Научная статья на тему 'TAKOMILLASHTIRILGAN QUYOSH QURITGICHDA PAMIDORQURISH KINETIKASI'

TAKOMILLASHTIRILGAN QUYOSH QURITGICHDA PAMIDORQURISH KINETIKASI Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
39
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kollektor gelioquritgich / temperatura / konvektiv / radiatsiya / shkaf / quritgich / qora toshlar / polietilen / ultrabinafsha akkumulyatsiyalash.

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — To‘xliyev M. M.

Quyosh energiyasidan samarali foydalanish, insoniyatni energiya taqchilligidan butunlay ozod etish kabi global muammolarni yechimini topish ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Quyosh kollektoridan o‘zining qator texnologik afzalliklari bilan farqlandi va issiqlik almashinuvi jarayonida yuqori foydali ish koeffitsiyentiga erishildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TAKOMILLASHTIRILGAN QUYOSH QURITGICHDA PAMIDORQURISH KINETIKASI»

To'xliyev M.M.

QarMII "Fizika va elektronika" kafedrasi o'qituvchisi

TAKOMILLASHTIRILGAN QUYOSH QURITGICHDA PAMIDORQURISH KINETIKASI

Annotatsiya. Quyosh energiyasidan samarali foydalanish, insoniyatni energiya taqchilligidan butunlay ozod etish kabi global muammolarni yechimini topish ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Quyosh kollektoridan o 'zining qator texnologik afzalliklari bilan farqlandi va issiqlik almashinuvi jarayonida yuqori foydali ish koeffitsiyentiga erishildi.

Kalit so'zlar: Kollektor gelioquritgich, temperatura, konvektiv, radiatsiya, shkaf, quritgich, qora toshlar, polietilen, ultrabinafsha akkumulyatsiyalash.

Tukhliyev M.M. teacher

Department "Physics and electronics"

QarMII

IN AN IMPROVED SUN DRYER PAMIDOR CONSTRUCTION

KINETICS

Annotation. They are conducting scientific research on finding solutions to global problems such as the efficient use of solar energy, the complete liberation of humanity from the energy deficit. It was distinguished from the solar collector by its number of technological advantages, and a high useful working coefficient was achieved in the process of heat exchange.

Keywords: Collector heliocouter, temperature, convective, radiation, cabinet, dryer, black stones, polyethylene, ultraviolet accumulator.

Tabiiyki, ochiq maydonda mahsulotning qurish jarayoni cho'zilib ketadi, noqulay ob-havo sharoitida mahsulotda mikroorganizmlar rivojlanib uning tarkibini buzadi, turli hasharotlar va qurt-qumursqalar yopishadi, ari va qushlar ifloslaydi, chang va g'ubor bilan qoplanadi. Respublikamizda aksariyat hollarda o'rik, mayiz va boshqa quritilgan mevalar ishlab chiqarish bevosita ochiq maydonlarda amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda dastlabki ishlov berilgan mahsulotlar ochiq maydonlarda yoyilib qo'yiladi va mahsulotning turi hamda iqlim sharoitlariga qarab, quritish jarayoni 10 kundan 25 kungacha davom etadi [1,.2]. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, quritish jarayonining uzoq davom etishi va samaradorlikning pastligi (maydonchaning har kvadrat metridan kunlik 0,1-0,2 kg quritilgan meva olinadi), katta maydonlarga ehtiyoj borligi (har 10 kg quritilmagan mevaga kamida 1m2 joy kerakligi) [2], tayyor mahsulotning ifloslanishi va buzilishi, buning natijasida mahsulot zavodlarda qayta yuvilishi va

yana quritilishi kabi qo'shimcha ishlovni talab qiladi. Shuning uchun, hosilni havo - quyosh nuri yordamida quritish usuli, yuqorida keltirilgan kamchiliklarga ko'ra ustunlik qilolmaydi. Meva - sabzavot mahsulotlarini quritish jarayonida boshlang'ich massadan 80% - 90% gacha suvni chiqarib yuborish kerak ya'ni, qayta ishlash jarayoni o'ta ko'p energiya resurslarini talab qiladi. Bunda y paytda haroratni oshirish esa tayyor mahsulot sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu muammolar meva va sabzavotlarni quritishning resurstejamkor texnologiyalari hisoblangan gelioquritgichlarni ishlab chiqarishga joriy etishni taqazo etmoqda [3]. Quyosh energiyasi yordamida ishlovchi meva-sabzavotlarni quritish qurilmalarini qo'llanilishi yuqorida qayd etilgan kamchiliklarning keskin kamayishiga olib keladi. Eng asosiysi, bu qurilmalar faqat quyosh energiyasi hisobidan ishlab, atrof-muhitni zararlamaydi, ekologik toza mahsulot olinishiga xizmat qiladi. Quyosh quritkichini issiqlikni akkumulyatsiyalovchi kollektor qismi shaffof plyonka qatlam, havo aylanishini ta'minlovchi tirqishlar, quritiladigan mahsulot uchun temir shkafdan iborat bo'ladi. Quyosh kollektorining ish tamoyili quyosh nurlari shaffof qatlamdan o'tadi va ichki havo hamda issiqlikni akkumulyatsiya qilish elementlari tomonidan yutiladi. Yutilgan energiya issiqlikka aylanadi (1-rasm). Qurigkich harorati shu energiya hisobiga shakllanadi. Qurilmaning pastki tirqishlaridan kirgan harorati past bo'lgan havo oqimi quritkich ichiga kirib harorati oshadi shu bilan birgalikda quritish uchun qo'yilgan mahsulotning namligini ham bug'latib yuqoridagi tirqishdan olib chiqadi. Quritgichlarning samaradorligini oshirish maqsadida quyosh quritgichlarida ishlatilgan. Yoz oylarining issiq kunlarida quritish shkafining ichki temperaturasi 70-740 C ga yetadi, kollektor ichidagi temperatura 80-850 C ga yetadi, qizitilayotgan 100 litr suvning harorati 670 C bo'ladi. Quritish shkafining tepa qismida namlikni chiqarish uchun balandligi 2 m va 30 cm2 tirqich muri qo'yilgan. Quritish shkafining ichki hajmi 1 m2 bo'lib shaffof kollektorning yuzasi 12 m2 ega tag qismi 9 m2 ga teng. 2022- yil 6 avgust kuni kollektor ichidagi tosh qatlamlarini harorati o'rganilindi shu kuni ob - havo harorati maksimal 38-

W

390 C, quyosh radiatsiyasi 960^- bo'ldi. Muhim afzalliklaridan biri, bu kabi

m

pomidorlarning uzoq vaqt saqlanishi, ularning ta'mini yo'qotmaydi. Boshqa sabzavotlarga o'xshab, pomidor ko'p miqdorda foydali vitaminlar va organizm uchun zarur bo'lgan elementlarni o'z ichiga oladi. Olingan natijalarga ko'ra pomidorni quritish jarayoni (2-rasm) 40 soat davom etdi bu vaqtda mahsulot tarkibidagi namlikni 80 foizini yuqotib massasi 1/5 qismi qoldi. Tashqi harorat oshishi bilan shkaf ichidagi harorat ham oshib boradi.

Poliz ekinlarini quritishda harorat 60-620C dan oshmasligi kerak [8.,9]. Aks holda, mahsulotni ustki qismi kuyib qoladi (qoramtir bo'lib). Quritish shkafidagi haroratni barqarorlashtirish uchun shkaf tepasidagi tirqichni ochish orqali kerakli haroratni ta;minladik. 1-rasmda. LQuritish shkafi., 2. Stelajlar., 3.Tuynik., 4. Tirqich. Kollektor qismiga issiqlikni akkumulyasiyalash uchun qoraga buyalganqayroq toshlar joylashtirilgan. Quyoshli vaqtda akkumulyatsiya qilgan issiqlik energiyasidan kechki vaqtda foydalanish mumkin. Mavjud barcha turdagi meva quritgichlarning akkumulyatsiya qismi yaxshi takomillashtirilmaganligi sababli kechki vaqtlarda mahsulotlarni qurish davri tuxtaydi. Mahsulot tashqaridan namlikni tortib oladi tarkibidagi namlik ortadi. Bu namlikni bug'latib yuborish uchun yana ma'lum issiqlik energiyasi kerak bo'ladi.

Endi energiya tenglamasini keltirib chiqaramiz. quritgichga kiradigan havo oqimi G+CPTad.T issiqlik energiyasini olib kiradi. Kameradan chiqib ketadigan

energiya esa G CpdTz ga teng [5].

Bundan tashqarii kamera xaroratini o'zgarishiga quyosh radiatsiyasi asosoiy omil sifatida ta'sir ko'rsatadi va uning qiymati ga teng. Issiqlik almashinish tufayli tashqi muhitga beriladigan issiqlik miqdori:

Q = cF(T —Ta)dz bo'ladi [4].

Shunday qilib; 1 dCPpTV = CPG+Ta -CPG T + JAS + cF{TA -T) (1)

dz

K

Ammo, CppTV = PV-= const bo'lgani uchun

K — 1

CPG+Ta — CpGT + AJS + cF (Ta — T) = 0

Tenglamalar sistemasini yopish uchun quritiladigan mevadan bug'lanadigan namlik miqdori aniqlanadi.

Adabiyotlar:

1. G.Umarov., Z.Toirov., «Kombinirovannaya ustanovka dlya sushki plodov vinograda» Geliotexnika 1982 g № 1.

2. G.N. Uzakov, H.A. Davlonov, K.N.Xoliqov. Applied Solar Energy, 2020, Vol. 54, No. 6, pp. 481-484. © Allerton Press, Inc., 2019.

3. UZAKOV, G. N.; DAVLONOV, H. A.; HOLIKOV, K. N. Study of the Influence of the Source Biomass Moisture Content on Pyrolysis Parameters. Applied Solar Energy, 2018, 54: 481-484.

4. Uzakov G.N., Davlonov K.A. Modeling of the heat and moisture balance of the helio-greenhouse with the pyrolysis heating installation and the heat energy utilization// European science review. Vienna, Austria, 2018, No. 7-8, pp, 2625. Uzakov G.N., Davlonov K.A. Modeling of the heat and moisture balance of the helio-greenhouse with the pyrolysis heating installation and the heat energy utilization// European science review. Vienna, Austria, 2018, No. 7-8, pp, 2626. Узоров F.H., Давлонов Х.А., Раббимов Р.Т. Исследование термической переработки биомассы для получения альтернативного топлива// Гелиотехника. Тошкент. 2017 йил. №3-сон. 34-38 б.

7. T.M. Maxmudovich "PAST POTENSIALLI QUYOSH QURITGICHLARNI SAMARADORLIGINI OSHIRISH" - Educational Research in Universal Sciences, 2022 Vol. 1 No. 6 (2022): Educational Research in Universal Sciences (ERUS) Section.

8. M.M To'xliyev, JO Ovlayev - POLISH SCIENCE JOURNAL, 2021 "GELIOQURITGICHDA DOIMIY HARORATNI SAQLASH USULLARI"

9. To'xliyev M M. Meva quritgichlarning kollektor ichidagi toshlarda qatlamlararo issiqlik almashinishi. "Energiya va resurs tejamkor innovatsion texnologiyalari rivojlanishining dolzarb muammolari" Respublika ilmiy-amaliy anjumani

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.