Научная статья на тему 'TAFAKKUR PSIXOLOGIYASI'

TAFAKKUR PSIXOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1180
654
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tafakkur / hukm / chin hukm / xato hukm / tushuncha / xulosa chiqarish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — K.B. Murotmusayev, A. X. Ermatov, N. Sh. Qurbonova

Tafakkur qilish orqali olimlarning kashf qilingan ilmi ishlar haqida maʼlumot ega boʻlasiz. Bundan tashqari olimlarini tafakkur qilish haqidagi fikrlari, Tafakkur qilish kerak ekanligi haqida Qurʼondagi oyatlarda maʼlumot berib berib ótilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TAFAKKUR PSIXOLOGIYASI»

TAFAKKUR PSIXOLOGIYASI

K.B. Murotmusayev

Oriental Universiteti, dotsenti, t.f.n.

A. X. Ermatov Oriental Universiteti, o^qituvchisi N. Sh. Qurbonova

Oriental Universiteti, 2 - bosqich talabasi

Annotasiya: Tafakkur qilish orqali olimlarning kashf qilingan ilmi ishlar haqida ma'lumot ega bo'lasiz. Bundan tashqari olimlarini tafakkur qilish haqidagi fikrlari, Tafakkur qilish kerak ekanligi haqida Qur'ondagi oyatlarda ma'lumot berib berib otilgan.

Kalitsoizlar: Tafakkur,hukm,chin hukm,xato hukm,tushuncha,xulosa chiqarish

Tafakkur inson aqliy faoliyatini yuksak shaklidir. Tafakkur orqali biz sezgi a'zolarimiz bilan bevosita aks ettirib bo'lmaydigan narsa va hodisalami ongimizda aks ettiramiz. Ummuman olganda tashqi muhitdagi narsa xodisalar o'rtasida ko'z bilan ko'rib, quloq bilan eshitib bo'lmaydigan ichki munosabatlar hamda qonuniyatlar mavjud. Tafakkur faoliyati muayyan maqsadga qaratilgan ongli jarayon tariqasida sodir bo'ladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri-ob'ekt anglashi bilishi tafakkur jarayoning xarakterli xususiyatidir. Odam o'z idrok qilayotgan narsalar to'grisida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarining butun bir sinfi,turkumi to'grisida fikr qiladi, ya'ni bular tafakkurni obyekti bo'ladi. Bir narsaga tayanmagan quruqda quruq tafakkur bo'lishi mumkin emas.

Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm,xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Narsa hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytiladigan fikr hukm deyiladi. Hukmlar ob'ekt voqelikni aks ettirishiga qarab chin yoki xato bo'ladi.

Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o'zaro bog'liq bo'lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bogliq ravishda ko'rsatilib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratilib ko'rsatilsa bu chin hukm deb ataladi.Masalan, metallar elektr tokini o'tkazuvchidir. Metallar qizdirilganda kengayadi. Degan chin hukmlardir. Chunki elektr tokini o'tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir. Moddiy olamda haqiqatdan bog'liq bo'lmagan narsa hukmda bogliq qilib ko'rsatilsa,bunday hukm xato hukm deb ataladi. Masalan hozir tashqarida yomg'ir yogyabdi. Yer quyosh atrofida aylanmaydi,degan misollar xato hukm doirasiga kiradi.

Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Masalan har qanday harakat materiya harakatidir. Issiqlik harakat shaklidir degan ikkita hukmni olaylik. Bu ikki hukmdan demak issiqlik materiya haraktidir degan yangi hukm chiqariladi. Bunda birinchi hukm hamisha ummumiy hukm bo'lib,ikkinchi hukm yakka hukm bo'ladi. Xulosa chiqarish uchta turga bo'linadi. Induktiv ,deduktiv va anologiya.

Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlarda tarkib topadi. Shu

sababli tushunchaning mazmuni ochib berish uchun bir qancha hukm yuritishga to'gri keladi. Masalan odam ongli mavjudotdir degan tushunchani oladigan bo'lsak,bu yerda odamning eng muhim xususiyati uning ongliligi ekani qayd qilinayabdi. Tushunchalar odamning turmish tajribasi va bilimlarining ortishi jarayonida tarkib topadi.

So'zlar,belgilar,simvollar atamalar tafakkur jarayonida tushunchalarning mazmuni aks ettiradi. Tafakkur yordamida inson yaratish,kashf etish,ixtiro qilishda davom etishi mumkin. Tafakkur faolligiga qarab ixtiyorsiz(intuitiv)va ixtiyoriy (analitik) tafakkur turlariga ajratiladi.Intuitsita deb mantiqiy tafakkur yordamida ko'p vaqtlar davomida hal qilinmagan aqliy vazifalarning to'satdan,kutilmaganda hal qilinib qolishi jaroyoniga aytiladi. Ko'pincha ixtiyoriy tafakkur jarayoni mulohaza muhokama, isbotlash, gipoteza kabi shakllarda namoyon bo'ladi. Masalan matematika, fizika, kimyo,

Psixologiya va boshqa fanlarda misol va muhokamalarni yechish jarayoni. Tafakkur jarayoni ixtiyorsiz yuz berishi ham mumkin.Lekin bu holda ular ixtiyoriy tafakkurga suyungan tarizda vujudga keladi.

Arximed solishtirma og'irlik qonuni zo'r berib aqliy mehnat qilish paytida emas,balki hech kutilmagan jarayonda,vannada cho'milib turgan paytida kashf etilgan. Ulug rus olimi D.I Mendeleyevning hikoya qilishicha u elementlar davri tizimni jadvalini tuzish vaqtida uch-kechayu, uch kunduz betinim mehnat qilgan,ammo bu vazifani nihoyasiga yetkaza olmagan. Undan so'ng charchagan olim ish &ol u&ida uyquga ketgan va tushida bu elementlar tartibli joylashtirilgan jadvalni ko'rgan. Shunda D.I. Mendeleyev uyqusidan, o'ygonib bir parcha qogozga tushida ayon bo'lgan jadvalni ko'chirib quygan. Yirik fiziolog hamda psixolog V.M. Bexterevning izohlashicha,bundan kutilmagan jarayonlaring ro'y berishiga asosiy sabab bu o'rganilayotgan masala to'grisida uxlashdan oldin zo'r berib bosh qotirish,o'ylash (fikr yuritish)va butun zehni shuning bilan birga diqqat-e'tiborining tortilishi,kashf qilishini zarur masalaga to'la-to'kis yo'nalishdan iborat maqsadga muvofiqlashtirilgan murakkab barqaror psixik holati hukm surishdir. Ekzi&ensializmning asoschisi bo'lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o'z diqqatimizni qarata olsakgina,biz fikrlashga o'rganamizda deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarining mohiyatini tushunish,anglab yetish,inson fikrlab yetish jarayonida muhim o'rin egallaydi. Tuahunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tamonimizdan yaratilmaydi. Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudlikning asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta'limotga logika,mantiq deb ataydi. Akademik A.I Berg shunday deb yozadi. «Inson faqat tashqi dunyo bilan to'xtovsiz muloqat qilishi sharoitidagina uzoq vaqt fikrlashi mumkin».

Vyursburg psixologiya maktabini namoyondalari tafakkur bu ichki harakat,aktirdir deb qaray boshlaladilar. O'z-o'zini kuzatish metodidan foydalanib,ish tutishda ular mana bunday ifodaning ma'nosini tushuntirib berish lozim, tafakkur haddan tashqari mashshaqatliki, shunga qaramay ko'pchilik shundaki hukm chiqarishni maqul ko'radilar.

Payg'ambarimiz alayhissalom: «Bir soatlik tafakkur bir yil ibodat qilgandan xayrliroqdir»,deb marhamat qilganlar.Fuzuliy aytadiki: «Fikr senga yaxshi yoki yomon amallaringni ko'rsatib turadigan ko'zgudir». Bir rivoyatda qilishicha:»Ibrohimga buncha uzoq vaqt tafakkur qilib o'tirasan, deyishdi. «U fikr aqlining iligider»,deb javob berdi.

Tovus aytadiki: «Havoreylar Iso ibn Maryamga : Ey Rosululloh! Bugun yer yuzida sizga uxshagan kishi bormi,deb so'rashdi. U bunga shunday dedi:»Kimni nutqi zikr,sukuti fikr va nazari ibrat bo'lsa, albatta u menga uxshabdi.

XULOSA

Ayrim kishilarning tafakkuri ozining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi jihatidan ,mu&aqilligi,samaraligi va tezligi turli holatda turlicha namoyon bo'ladi. Bular tafakkur sifatini tashkil qiluvchi belgilaridir. Bu belgilar tafakkurni individual xususiyatlari hamdir. Tafakkur mazmundorligi (boyligi va chuqurligi odamning faoliyatiga,bilimiga va tajribasiga odamda xayolning qay darajada rivojlanganiga va odamda qiziqish,havaslarning borligiga bog'liqdir.

Tafakkur nafsni poklaydigan va axloqni saqlaydigan eng muhim omillardan biridir. Tafakkur «fikr «ozagidan olingan bo'lib bir narsa haqida chuqur fikr yuritish ma'nosini anglatadi. ALLOHning kitobida tafakkur qilishga on yettida oyatda targ'ib qilingan.

ALLOH taolo «Oli Imron» surasida:

«Albatta,osmonlaru yerning yaratilishida va kecha-kunduzning almashishida aql egalari uchun belgilar bor. Ular ALLOHni tik turgan,otirgan va yonboshlagan xollarida eslaydigan,osmonlaru yerlarining yering yaratilishini tafakkur qiladiganlardir»degan (190-191 oyatlar). Ushbu oyati Karimlardan ko'rinib turibdiki, Allohni biru borligi hamda cheksiz qudrati va boshqa va komil sifatlarini tola anglab yetish uchun zikr va tafakkur qilish lozim ekan. Tafakkur qilmaganlar esa,ongsiz hayvonlarga uxshab yuraveradilar.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Zufarova M.E.. Umumiy psixologiya.-T.: 2016

2. Xaydorov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya, -T.: 2016.

TA'LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA MASOFAVIY O'QITIShNING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Sultonova D.G'.

Sirg'ali tibbiyot kolleji, o'qituvchi.

Annotatsiya:Mazkur ishda ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalar va masofaviy o'qitishning psixologik jihatlari, ta'lim samaradorligini oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari kabi vositalaridan unumli foydalanish hamda ular orqali ta'lim jarayoni unumdorligini oshirish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Ta'lim, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, masofaviy ta'lim, Harakatlar ürategiyasi.

Bizga ma'lumki, hozirgi biz yashab turgan XXI asrning ko'p qirrali zamonaviy texnologiyalari bilan barchamizning kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Bunday sharoitda iqtisodiy soha tarmoqlari bilan bir qatorda boshqa ko'plab sohalar o'z ish faoliyatida ushbu texnologiyalardan unumli foydalanish yo'llarini

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.