Научная статья на тему 'TАDBIRKОRLIK SUB’YЕKTLАRINI RАQАMLI TЕХNОLОGIYALАR ОRQАLI RIVОJLАNTIRISHNING ILMIY-NАZАRIY АSОSLАRI'

TАDBIRKОRLIK SUB’YЕKTLАRINI RАQАMLI TЕХNОLОGIYALАR ОRQАLI RIVОJLАNTIRISHNING ILMIY-NАZАRIY АSОSLАRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
33
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
tаdbirkоrlik / rаqаmli tехnоlоgiya / mоdеrnizаtsiya / tаlbirkоrlik fаоliyati / tаdbirkоrlik sub’yеktlаri. / предпринимательство / цифровые технологии / модернизация / предпринимательская деятельность / субъекты предпринимательства.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Tохirоv Rustаm

Taraqqiy etayotgan mamlakatlarda tadbirkorlik shakllarining rivojlanishi shundan dalolat beradiki, yuqori darajadagi ushbu jarayonda tadbirkorlik madaniyatini yuksak darajada bo‘lishi talab etiladi. Ushbu omil iqtisodiy yutuqqa erishishning eng muhim omillaridan biri sifatida tan olinadi. Ushbu mаqоlаdа tаdbirkоrlik sub’еktlаrini rаqаmlitехnоlоgiyalаr оrqаli rivоjlаntirishning ilmiy-nаzаriy аsоslаri tаdqiq etilgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ СУБЪЕКТОВ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА С ПОМОЩЬЮ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

развитие форм предпринимательства в развивающихся странах свидетельствует о том, что в этом процессе на высоком уровне требуется высокий уровень культуры предпринимательства. Этот фактор признается одним из важнейших факторов достижения экономического успеха. В данной статье рассмотрены научно-теоретические основы развития субъектов предпринимательства с помощью цифровых технологий.

Текст научной работы на тему «TАDBIRKОRLIK SUB’YЕKTLАRINI RАQАMLI TЕХNОLОGIYALАR ОRQАLI RIVОJLАNTIRISHNING ILMIY-NАZАRIY АSОSLАRI»

TADBIRKORLIK SUB'YEKTLARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Toxirov Rustam

Qo'qon universiteti doktoranti, O'zbekiston, Qo'qon shahri https://doi. org/10.5281/zenodo. 7514215 Annotatsiya: Taraqqiy etayotgan mamlakatlarda tadbirkorlik shakllarining rivojlanishi shundan dalolat beradiki, yuqori darajadagi ushbu jarayonda tadbirkorlik madaniyatini yuksak darajada bo'lishi talab etiladi. Ushbu omil iqtisodiy yutuqqa erishishning eng muhim omillaridan biri sifatida tan olinadi.

Ushbu maqolada tadbirkorlik sub'ektlarini raqamlitexnologiyalar orqali rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: tadbirkorlik, raqamli texnologiya, modernizatsiya, talbirkorlik faoliyati, tadbirkorlik sub'yektlari.

^УЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ PA3B^M СУБЪЕКТОВ ПРEДПРИНИМAТEЛЬСТВA С ПОМОЩЬЮ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ Aннoтaция: рaзвитиe фoрм прeдпринимaтeльствa в рaзвивaющиxся CTpaHax свидетельствует o tom, 4to в этом npo^cce Ha вы^шм ypoBHe требуется вышкий ypoBeHb культуры прeдпринимaтeльствa. Этот фaктoр признaeтся oдним из вaжнeйшиx фaктoрoв дoстижeния экoнoмичeскoгo yспexa.

В дaннoй стaтьe рaссмoтрeны нayчнo-тeoрeтичeскиe oснoвы рaзвития сyбъeктoв прeдпринимaтeльствa с пoмoщью цифрoвыx тexнoлoгий.

Ключевые слова: прeдпринимaтeльствo, цифрoвыe тexнoлoгии, мoдeрнизaция, прeдпринимaтeльскaя дeятeльнoсть, субъекты прeдпринимaтeльствa.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE DEVELOPMENT OF BUSINESS ENTITIES USING DIGITAL TECHNOLOGIES Abstract: the development of forms of entrepreneurship in developing countries indicates that a high level of entrepreneurship culture is required in this process at a high level. This factor is recognized as one of the most important factors for achieving economic success.

This article discusses the scientific and theoretical foundations of the development of business entities using digital technologies.

Keywords: entrepreneurship, digital technologies, modernization, entrepreneurial activity, business entities.

Tadbirkorlik bugungi iqtisodiyotning jadal rivojlanayotgan sektori hisoblanadi, bu yerda nafaqat yangi tovarlar ishlab chiqariladi, balki o'z ijtimoiy hayoti, kelajagi haqida izchil o'ylaydigan insonlar tarbiyalanadi, yoshlar uchun yangi ish o'rinlari yaratiladi. Demokratik islohotlar davomida mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi ijtimoiy-huquqiy negiz yaratilganiga qaramasdan, rivojlanishning yangi bosqichida tashkiliy, moliyaviy muammolar aniqlandi. Ushbu muammolardan biri rahbarlar tomonidan tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish ijtimoiy xususiyatga mansub masalalariga yetarli e'tibor berilmayotganligi bilan

KIRISH

xarakterlanadi. Yuksak madaniyat va milliy, umuminsoniy qadriyatlarga tayanuvchi boshqarish tizimi tadbirkorlarning samarali faoliyat olib borishlari uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYA

Tadbirkorlikni shakllantirish uchun iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa muayyan sharoitlar yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga bo'lgan taklif va talab; haridor sotib olishi uchun tovar turlarining mavjudligi; haridor sotib olishi uchun kerak bo'lgan pul hajmining mavjudligi; ishchilarning maoshiga, ya'ni sotib olish imkoniyatiga ta'sir ko'rsatuvchi ishchi joylarining, ishchi kuchlarining ortiqchaligi yoki etishmovchiligi.

Tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini olib borishning zamonaviy uslublarini o'rganishni tashkil etish, xodimlarni o'qitish va qayta o'qitish, ularni rivojlangan mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborish, ishbilarmonlarni o'qitish uchun o'qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, tadbirkor sektori uchun xodimlarni tanlash bo'yicha maslahat markazlarini ochish kerak. Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. Shuning uchun kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu narsa birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi qonunlarning mavjudligi, ya'ni korxonalarni ro'yxatdan o'tish jarayonining qisqa va oddiy bo'lishi; tadbirkorlikni davlat byurokratizmidan himoya qilish; soliq qonunchiligini takomillashtirish; O'zbekiston va chet el ishbilarmonlarining hamkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir.

Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va uning huquqiy himoyasini ta'minlash -amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Zero, tadbirkorlik rivoji - yurtimiz va iqtisodiyotimiz taraqqiyoti garovidir.

Shu bois ham istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab Prezidentimizning bevosita rahbarligida yurtimizda iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy sohalarni isloh etish, erkin tadbirkorlik faoliyatini qaror toptirish borasidagi islohotlar mantiqiy izchillikda bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMA

Xususan, so'nggi yillarda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari hamda Hukumat qarorlari natijasida tadbirkorlik sub'yektlarini ro'yxatga olishning xabardor qilish tartibi joriy etildi, ularning moliya-xo'jalik faoliyatini faqat soliq idoralari tekshirishi mumkinligi va tadbirkorlarga nisbatan har qanday sanktsiyalar sud qaroriga binoan qo'llanilishi belgilandi, shuningdek hisobot taqdim etishning barcha shakllari va turlari, tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashuv va tekshirishlar soni keskin qisqartirildi.

Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, qo'yingki, jamiyat hayotining barcha jabhalarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish natijadorlikni oshirish, jamiyat taraqqiyoti va aholi turmush farovonligini yuksaltirish imkoniyatini kengaytiradi. Raqamli iqtisodiyot bu birgina faoliyat turi emas, u ishbilarmonlik, tizimli va rivojlangan sanoat, sifatli ta'lim va xizmatlar deganidir. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs sanalsa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma'lumotlar hisoblanadi. Ular tahlil qilingandan keyin esa to'g'ri va samarali boshqarish bo'yicha yechim ishlab chiqiladi. Bugungi kunga kelib, raqamli texnologiyalar hayotimizning barcha sohalarida faol qo'llanilmoqda. Bu iqtisodiyot, bank, xizmat sektori, shuningdek, ta'lim tizimi va boshqa jarayonlarning tez sur'atlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda.

Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Tabiiyki, boshqa sohalarda bo'lgani singari kabi paqamli texnologiyalarni soliq ma'murchiligida joriy etish ham uning faoliyatini tubdan o'zgartirmoqda. Bu nafaqat soliq to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi munosabatlar bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki deklaratsiyalarni taqdim etishdan tortib, to soliqlarni to'lash va ma'lumotlarni saqlash usullarigacha ham yangilikliklar kirityapti.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib boryapti va har bir sohada zamon bilan hamqadam odimlashni taqozo etadi. Masalan, sun'iy intellekt texnologiyacini joriy etish coliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlarini aniqlash, firibgarliklarni oldini olish, ma'lumotlarni tahlil qilish va takporlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish hamda shaffoflikni oshirishda qo'l kelsa, katta hajmli ma'lumotlar — Big data esa soliq organlariga kelib tushadigan katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tushumlarni yanada yaxshiroq bashorat qilish hamda to'lovchilar va soliq organlari o'rtasidagi hujjat almashinuvini yaxshilash imkoniyatini beradi

Keyingi yillarda dunyo miqiyosida tadbirkorlik va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatda raqamli axborot texnologiyalarining yangi avlodi paydo bo'lib, ularning rivojlanish ko'lami tufayli fanda "sun'iy intellekt", "robototexnika", "narsalarning interneti", "simsiz texnologiyalar" va boshqa terminlar paydo bo'ldi. Bularning barchasi raqamli iqtisodiyotning elementlaridir. Hisob-kitoblarga ko'ra raqamli iqtisodiyotga o'tish mamlakat milliy iqtisodiyotida faoliyat olib borayotgan firmalardagi mehnat unumdorligini, ularning ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda o' sish, faoliyat shaffofligini ta'minlash, mahsulot mutloq miqdorining o' sishi va uning tannarxini keskin kamaytirish imkonini beradi. Bu uning eng katta ustunlik tomonidir. Raqamli iqtisodiyot vositasida iste'molchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatiladi va boshqa bir qator qo'layliklar yaratiladi. Bu vaktingiz tig'iz paytida tushlikka buyurtma berish, taksi chaqirtirish, uzokdagi yakiningizga pul jo'natish, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijorat maydoni, masofaviy ofis kabilarni ham qamrab olmoqda.

XULOSA

Raqamli texnologiyalarni joriy qilish va uni jadal sur'atlarda rivojlantirish qator davlatlar uchun ustuvor yo'nalishlarning eng asosiysiga aylanib ulgurdi. Ular raqamli rivojlanishni amalga oshirish davrining uzoq davom etishi, ustuvorliklarning uzluksizligi, asosiy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaratishdan boshlab, ushbu sohada maqbul siyosatni shakllantirishga va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish dasturlarini qo'llabquvvatlashi bilan ajralib turadi.

Adabiyotlar:

1. Zaynudinov X. Elektron biznes asoslari. Toshkent, 2018.

2. S.G'ulomov va boshq. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. Toshkent, 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.