Научная статья на тему 'TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA BUYUK ALLOMALAR FIKRLARI VA BUGUNGI KUN TALABI'

TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA BUYUK ALLOMALAR FIKRLARI VA BUGUNGI KUN TALABI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
698
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Beruniy / Abu Ali ibn Sino / metodika / pedagogik texnologiya / tarbiya.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Matmuratova Oygul Urazbayevna, Urabayeva Shahlo Davlatbayevna

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya berish jarayonida ulug‘ allomalarimizdan Beruniynig ta’lim-tarbiya sohasidagi hozirgi kunda ham dolzarbligini yo‘qotmagan fikrlari, ta’lim oluvchini zeriktirmaslik, ta’lim berishda turli usullardan foydalanish, uzviylik,izchillik, ko‘rgazmalilik asosida bayon etish haqidagi fikrlari keltirilgan. Abu Ali ibn Sinoning ta’lim o‘qituvchilarning ma’suliyatli, bosiq va jiddiy bo‘lishi,o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish kerakligi va fanga qiziqtira olishi kabi fikrlari haqida so‘z yuritilgan. Hozirgi kunda ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan ta’lim texnologiyalari va metodlarining turlari, ahamiyati va ularning o‘z ornida qo‘llanilish kerakligi, ta’limning mazmundor va qiziqarli bo‘lishi ta’lim beruvchiga bog‘liqligi, doimo yagilik va zamon bilan hamnafas bo‘lish kerakligi haqida bayon qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TABIIY FANLARNI O‘QITISHDA BUYUK ALLOMALAR FIKRLARI VA BUGUNGI KUN TALABI»

TABIIY FANLARNI O'QITISHDA BUYUK ALLOMALAR FIKRLARI VA

BUGUNGI KUN TALABI

Matmuratova Oygul Urazbayevna

Xorazm viloyati Gurlan tumani 40-AFCh0'I maktabi biologiya va kimyo fani o'qituvchisi Urabayeva Shahlo Davlatbayevna Xorazm viloyati Gurlan tumani 13-maktabi kimyo fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7450621

Annotatsiya: Mazkur maqolada umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya berish jarayonida ulug' allomalarimizdan Beruniynig ta'lim-tarbiya sohasidagi hozirgi kunda ham dolzarbligini yo'qotmagan fikrlari, ta'lim oluvchini zeriktirmaslik, ta'lim berishda turli usullardan foydalanish, uzviylik,izchillik, ko'rgazmalilik asosida bayon etish haqidagi fikrlari keltirilgan. Abu Ali ibn Sinoning ta'lim o'qituvchilarning ma'suliyatli, bosiq va jiddiy bo'lishi,o'quvchilarning o'zlashtirishi, ta'limda turli metod va shakllardan foydalanish kerakligi va fanga qiziqtira olishi kabi fikrlari haqida so'z yuritilgan. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan ta'lim texnologiyalari va metodlarining turlari, ahamiyati va ularning o'z ornida qo'llanilish kerakligi, ta'limning mazmundor va qiziqarli bo'lishi ta'lim beruvchiga bog'liqligi, doimo yagilik va zamon bilan hamnafas bo'lish kerakligi haqida bayon qilingan

Kalit so'zlar: Beruniy, Abu Ali ibn Sino, metodika, pedagogik texnologiya, tarbiya.

Bugungi kunning muhim masalalaridan biri yosh avlodga munosib ta'lim -tarbiya berishdir. XXI asr ta'lim va tarbiyaning ilg'or texnologiyalaridan va ajdodlarimiz bitiklaridan doimo foydalana borishni talab qilmoqda. Ma'lumki yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda buyuk allomalarning fikrlari katta ahamiyatga ega. Beruniy ta'lim-tarbiya sohasida o'sha zamonlarda, hatto hozirgi kunda ham dolzarbligini yo'qotmagan fikrlarni ilgari suradi. U ta'lim berish jarayonida ta'lim oluvchini zeriktirmaslik, bilim berishda bir xil narsa yoki bitta usulda o'rgatmaslik, uzviylik, izchillik asosida, mavzularni qiziqarli asoslab, ko'rgazmali bayon etish va shunga o'xshash narsalarga e'tibor berish lozimligini uqtirgan. Beruniy ta'kidlashichai, inson kamolotida uch narsa muhimdir, bu hozirgi ma'rifat, ilm-fanni e'tirof qiluvchi irsiyat, ijtimoiy muhit va to'g'ri tarbiyadir. Yana u inson kamolga yetishi uchun eng muhim omil-muallimning ilm-ma'rifatli bo'lishi bilan birga yuksak axloqli bo'lishi ham kerakligini e'tirof etadi. Abu Ali ibn Sino boshqa mutafakkirlar kabi o'zining ta'lim tarbiyaga oid qarashlarini falsafiy, ijtimoiy qarashlari bilan bog'liq holda maxsus risolalarni talqin etgan.Abu Ali ibn Sino inson kamolotining

bosh mezoni sanalgan ma'rifatni egallashga da'vat etadi. Ta'lim jarayonida bilim berish o'qituvchilarning ma'suliyatli burchidir. Ibn Sino o'qituvchilarning qanday bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritib, shunday yo'l yo'riqlar beradi;

• bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo'lish;

• berilayotgan bilimni o'quvchilar qanday o'zlashtirib olayotganiga e'tibor berish;

• ta'limda turli metod va shakllardan foydalanish;

• fanga qiziqtira olish;

• berilayotgan bilimlarning eng muhimligini aytib bera olish;

• bilimlarni tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;

• har bir so'zning bolalar hissiyotini uyg'ta olish darajasida bo'lishiga erishish zarur.

Ajdodlarimiz me'roslariga tayanib bugungi kunning ta'lim tarbiya jarayonini tuzishda turli metod va texnologiyalardan foydalanilib kelinmoqda.Pedagogik texnologiyaning turlari: muammoli o'qitish, mujassamlashtirilgan ta'lim, modul ta'limi, rivojlantiruvchi ta'lim, differensiallashgan ta'lim, faol o'qitish, o'yin texnologiyalari mavjud. Hozirgi kunda o'qituvchilar pedagogik texnologiya haqida aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha kamligi natijasida uni xususiy metodikalar bilan deyarli teng hisoblash hollari uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud.« Aslida zamonaviy ta'lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo'g'ib tashlamagani deyarli mo'jiza, chunki bu nozik nihol (ya'ni qiziquvchanlik) rag'batlantirish yo'li bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, bo'lmasa, u shubxasiz, mavh bo'ladi» (A.Eynshteyn). Bu yerda ta'lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Pedagogik texnologiya tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o'qitish metodikalari tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga tegishli. Ular orasida faqat asosiy e'tiborni nimaga qaratilishdadir. Demak ta'lim berish jarayonida ta'lim oluvchinining yoshi, imkoniyati, qiziqishi,ehtiyoji,zaif tomonlari kabi barcha xususiyatlari e'tiborga olingan holda ulug' allomalarimiz bitiklaridan foydalangan holda,yangiliklarga moslashtirgan holda turli texnologiya va metodlardan o'z o'rnida foydalanilsa bugunning talabiga javob beradigan barkamol avlod tarbiyalanadi. mon talablari bo'lg'usi kadrlarning o'zlarida mavjud bo'lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakatlar tajribasini qunt va sabot bilan o'rganib, mag'zini chaqib, undan keyin o'z ta'lim oluvchilariga saboq berish ta'limning mazmundor, qiziqarli va tushunarli bo'lishi ustoz bilan shogirdlarning qalbini va ruhini bir-biriga mustahkam bog'laydi, ular o'rtasidagi samimiy hurmat va o'zaro ishonchni

mustahkamlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Azizxo'jaeva N.N. Oqituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. -TDPU, 2000. - 52 b.

2.Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa kontserni Bosh tahririyati, 1999. - 143-bet.

3. J.Yo'ldoshev, S.Usmonov, —Pedagogik texnologiya asoslarill, T., 2004.

4. J.Yo'ldoshev, —Ta'lim yangilanish yo'lidal, T., 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.