Научная статья на тему 'TA’LIMGA OID BA’ZI ARGOLARNING INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI QIYOSIY TAHLILI'

TA’LIMGA OID BA’ZI ARGOLARNING INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
137
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SO'ZLASHUV VA BADIIY USLUB / LEKSIK MUAMMO / TARJIMASHUNOSLIK / SEMANTIK MA'NO / TA'LIMGA OID ARGOLAR / IJTIMOIY GURUH

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ibragimova G.R.

Ushbu maqolada ingliz va o’zbek tillarida ta’limga aloqador bo’lgan argonlarning umumiy tavsifi ko’rib chiqiladi, hamda yuritilayotgan fikrlar misollar bilan fandagi o’z isbotini topadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF SOME EDUCATIONAL ARGOS IN ENGLISH AND UZBEK

This article provides a general description of argon in education in English and Uzbek, and provides scientific evidence with examples.

Текст научной работы на тему «TA’LIMGA OID BA’ZI ARGOLARNING INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDAGI QIYOSIY TAHLILI»

Ibragimova G.R.

Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi

TA'LIMGA OID BA'ZI ARGOLARNING INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI QIYOSIY TAHLILI

Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz va o'zbek tillarida ta'limga aloqador bo'lgan argonlarning umumiy tavsifi ko'rib chiqiladi, hamda yuritilayotgan fikrlar misollar bilanfandagi o'z isbotini topadi.

Kalit so'zlar: so'zlashuv va badiiy uslub, leksik muammo, tarjimashunoslik, semantik ma'no, ta'limga oidargolar, ijtimoiy guruh.

Ibragimova G.R.

student

Samarkand state institute of foreign languages

COMPARATIVE ANALYSIS OF SOME EDUCATIONAL ARGOS IN

ENGLISH AND UZBEK

Annotation: This article provides a general description of argon in education in English and Uzbek, and provides scientific evidence with examples.

Keywords: speech and artistic style, lexical problem, translation studies, semantic meaning, educational slang, social group.

Barchamizga ma'lumki, bugungi kunda tilshunoslik sohasi bir muncha taraqqiy etgan, hamda ushbu sohalarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu sohalar bir biriga chambarchas bog'liq hisoblanadi. Hech bir tarjimon tilshunoslikdan yetarlicha xabardor bo'lmay turib to'g'ridan to'g'ri tarjima qilolmaydi. U ingliz tilida mavjud bo'lgan birlikni tarjima qilish jarayonida ushbu birlikka mos birlikni o'zbek tilidan topa olishi va aynan muvofiq so'zni tanlashi kerak, yo'qsa tarjimaga putur yetishi hamda tarjimon ko'zlagan maqsadga yeta olmasligi mumkin. Aynan shu masalalar tarjimashunoslikning leksik muommolariqatoriga kiradi. Bunday jarayonda biz shunday so'zlarga duch kelishimiz mumkinki, ular faqat ma'lum bir doiradagina ishlatiladi va faqat shu guruh a'zolarigina uning asl ma'nosini tushuna olishi mumkin. Ushbu birliklarga filologiya fanlar nomzodi Nargiza Erkaboyeva o'zining "O'zbek tili maruzalar to'plami" kitobida shunday ta'rif beradi: " Ma'lum ijtimoiy guruh doirasidagina ishlatiladigan so'zlarga sotsial chegaralangan so'zlar deyiladi. Masalan, otarchilar doirasida qo'llanadigan so'zlar: yakan-pul, danap-qiz bola; temiryo'lchilar doirasida qo'llanadigan so'zlar: qaychi-taftishchi, kolxoz-chiptasiz yo'lovchi va bunday so'zlar argolar deb yuritiladi. Ayrim argolar umumtil leksikasidan olinadi. Bunday vaqtda mazkur so'zlar umumtildagiga nisbatan boshqa ma'noda qo'llaniladi. Masalan, qaychi so'zi umumtil leksikasida qirqishga mo'ljallangan

asbob ma'nosini, temiryo'l kuzatuvchilari orasida taftishchi ma'nosini bildiradi." [ N.E: 125]

Ko'rib turganimizdek, argolar faqat ma'lum bir guruh a'zolari uchun maxsus ma'no kasb etadi. Kontekstdan tashqari holatlarda esa u o'zining leksik orttirilgan ma'nosini yo'qotadi va boshqa ijtimoiy guruh a'zolari ushbu birlikni o'z ma'nosida qabul qilishadi. Bu kabi argolar asosan so'zlashuv va badiiy uslubda ishlatiladi, chunki boshqa nutq uslublaridagi axborot ommaga qaratiladi. Badiiy yoki so'zlashuv uslublari esa so'zga umuman boshqa tomondan yondashadi. "Asarning suyjet kompozitsiyasi, undan bo'lak boshqa unsurlar ham aynan so'z vositasida hosil qlinadi." [ A.U: 234] So'zlar gapga semantik jihatdan juda kata rol o'ynaydi. Argolar ham aynan shu davra o'rtasida o'z semantik vazifasini bajaradi. Argolar kundalik turmushda, odamlar tomonidan oddiy so'zlashuv usulida ham samarali tarzda ishlatiladi. " Kundalik hayotda, oilada ko'cha ko'yda, ish jo ylarida va boshqa joylarda kishilarning fikr almashish jarayonida qo'llaniladigan nutq uslubi so'zlashuv uslubi hisoblanadi." [ N.E. 134] Xudi o'zbek tilida bo'lgani kabi ingliz tilida ham argolarni uchratishimiz mumkin. Ingliz tilida ham argolar asosan badiiy va so'zlashuv uslubida ishlatiladi. Tarjimon tarjima jarayonida argolarni tarjima qilish uchun kontekstdan foydalanadi, negaki argolar kontekstsiz o'z qiymatini yo'qotishi mumkin. Misol uchun,

- How'd you do on the chemistry test?

- I aced it.

- Ushbu misolni quyidagicha tarjima tarjima qilishimiz mumkin:

- Kimyodan testni qanday bajarding?

- Men uni qoyillatdim.

Bu gapda "to ace a test" birikmasi mavjud bo'lib, aslida "to ace" fe'lini to'g'ridan to'g'ri tarjima qilsak "gol urmoq, bal yig'moq" kabi ma'nolarni anglatadi. Ushbu birikma esa o'quvchilar orasida va ta'limga oid tarzda qo'llanilayapti hamda kimyo fani bo'lgani uchun "juda yaxshi baho olmoq" "qoyillatmoq" ma'nosida ishlatilyapti. Agar ushbu birlik jismoniy tarbiya darsiga doir bo'lganda yoki boshqa vaziyatda "gol urmoq" deb tarjima qilsak xato bo'lmasdi. Xuddi shunday vaziyat yana quyidagi holatda ham kuzatiladi:

- I gotta go hit the books, I have a final exam tomorrow.

Bu gapdagi "Hit the books" argo hisoblanadi va bu yerda "o'qish" ma'nosini anglatadi va shunday tarjima qilinadi.

- Men kitob o'qishga ketyapman. Ertaga yakuniy nazoratim bor.

Agar kontekstsiz ushbu gapni tarjima qilsangiz siz "Men kitoblarimni urishga boryapman" deb tarjima qilishimiz mumkin.

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tishimiz joizki, har bir tilning o'z boyligi bo'lgani kabi, argolar ham har ikkla tilning ichki boylik manbaasi hisoblanadi va ushbu so'zlar orqali so'zlovchi o'z nutqini tinglovchiga ma'lum bir yo'nalishda yetkazib beroladi. Ko'rib o'tganimizdek argolar O'zbek hamda Ingliz tillarida qo'llanish jihatdan deyarli bir xil ko'rinishga ega, ikkalasida ham ushbu argolar kontekstga qarab o'z ma'nolarini belgilaydi. Mustaqil holda esa boshqa boshqa ma'nolarni kasb etadi. Argolarning turlari bo'lgani kabi ta'limga oid argolar

ularning ichidan farqli ravishda ajralib turadi. Ushbu sohada, argolar ma'lum bir ma'noda ta'limga oid sohada shuningdek, norasmiy hollarda ishlatilishiga guvoh bo'lamiz, ya'ni o'quvchilar orasida, o'qituvchilar orasida yumor shaklida umuman olganda ma'lum bir qolip asosida qo'llaniladi. Argolarni qo'llash mobaynida, biz tilning ichki boyligini oshirib boramiz, negaki bir so'zning o'zga ma'nolarda matnning ma'nosiga qarab qo'llay bilsak, ushbu ishlatilgan argo barqaror birikmaga aylanadi. Aynan ushbu argolarni keyinchalik shunday vaziyatlar uchun qo'llash odat tusiga aylanadi va tilda muayyan ya'ngi argo hamda yangi tushuncha paydo bo'lishiga zamin yaratadi. Ingliz tilida ham xuddi shunday yangilanish mavjud, ular ham tilning manbaaiga so'zlarni boshqa ma'nolarda qo'llash asosida erishadilar. Umuman olganda, tillarning ichki boyish tushunchalari deyarli barcha millatlarda bir xil o'rinni kasb etadi. Farqli jihati esa ular biz kundalik hayotimizda vaziyatlarga moslab ishlatayotgan argolarni bshqa vaziyatlarga o'z ijtimoiy holatidan kelib chiqi ishlatishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A.Ulug'ov "Adabiyotshunoslik nazariyasi" Toshkent; G'.G'ulom-2018 308-bet

2. M.A.Hamroyev "O'zbek tilida ma'ruzalar majmuasi" Toshkent-2005

3. Nargiza Erkaboyeva "O'zbek tilidan maruzalar to'plami" 125-bet

4. Nargiza Erkaboyeva "O'zbek tilidan maruzalar to'plami" 134-bet

5. Richard A. Spears, "Dictionary of American Slang and Colloquial expression" 2000

6. The Probert Encyclopaedia of Slang -2004

7. https://www.espressoenglish.net

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.