Научная статья на тему 'TA’LIMDA INNОVАTSIОN TЕХNОLОGIYALАRNING O`RNI'

TA’LIMDA INNОVАTSIОN TЕХNОLОGIYALАRNING O`RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Komil inson” / texnologiyaning asosiy jarayoni: tashkil etish / hamkorlikda ish yuritish / takomillashtirish / tahlil qilish / qiyoslash / umumlashtirish / xulosa chiqarish / boshqarish / nazorat etish / baholash. / "Perfect Man" / the main process of technology: organizing / working together / improving / analyzing / comparing / summarizing / drawing conclusions / managing / controlling / evaluating.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Muqumova H.I., Toxtamishov A.

Ushbu maqolada ta’limda innovatsion texnologiyalarning qo`llash yo`llari, texnologiyaning asosiy jarayonlari o`z ifodasini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN EDUCATION

This article describes the ways of using innovative technologies in education, the main processes of technology.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA INNОVАTSIОN TЕХNОLОGIYALАRNING O`RNI»

Muqumova H.I.

Qarshi davlat universiteti o^qituvchisi

To xtamishov A.

Qarshi davlat universiteti talabasi

TA'LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING ORNI

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'limda innovatsion texnologiyalarning qollashyollari, texnologiyaningasosiyjarayonlari o^z ifodasini topgan.

Kalit so^zlar: "Komil inson", texnologiyaning asosiy jarayoni: tashkil etish, hamkorlikda ish yuritish, takomillashtirish, tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat etish, baholash.

Muqumova H.I. teacher

Karshi State University Tokh tamish ov A.

student

Karshi State University

ROLE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN EDUCATION

Annotation. This article describes the ways of using innovative technologies in education, the main processes of technology.

Key words: "Perfect Man", the main process of technology: organizing, working together, improving, analyzing, comparing, summarizing, drawing conclusions, managing, controlling, evaluating.

Ta'lim tarbiya sohasigayangicha yondashuv- barqaror taraqqiyotgarovidir.

Sh.Mirziyoyev

Mamlakatimizda so'ngi yillarda erishishilgan iqtisodiy, ijtimoiy sohalarda tub islohotlarning asosiy mohiyati, yosh avlodning har tomonlama rivojlanishi, ularning ma'naviy boy, yuksak salohiyatli, bilim, konikma va malakalarga ega bolishini nazarda tutadi. Yuqori malakali kadrlar tayyorlash talabi oliy ta'lim tizimi oldiga bilim olishning zamonaviy samarali vositalarini joriy etishdan iborat yangi vazifalarni qoymoqda. Bu vazifalar bosqichma-bosqich, islohotlar yoli bilan amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi22oliy ta'lim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot

22O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Toshkent shahri,2019 yil 8 oktab

tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish, oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan oshirishga qaratilgan.

Shu nuqtai nazardan davlatimiz ta'limda ilg'or pedagogik texnologiyalarga asoslangan xolda talaba - yoshlarning bilim olishiga bo'lgan qiziqishi va ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, yuqori bilimga ega bo'lgan, fan va ishlab chiqarishni rivojlantirishda raqobatbardosh iqtidorli yoshlarni shakllantirish vazifalarini ham qo'ymoqda.

Prezidentimiz ta'lim va tarbiya sohasidagi tub islohatlarni yuksak bosqichga ko'tarish muhim vazifamiz va muqaddas burchimizdir deb takidlaganidek shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq. Demokratik jamiyat qurilishni va uning taraqqiyotini ta'lim va tarbiya sohasisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bu ta'lim-tarbiya sohasini milliy madaniy meros va umumiy e'tirof etilgan demokratik prinsiplarga asoslanishi bilan bog'liq. Shu ma'noda bu sohada chuqur islohatlar amalga oshirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga ko'ra umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti hamda 2020 yil 23- sentyabrida O'RQ -637-sonli yangi "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni mamlakatimizda ta'limni rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi islohotlarni amalga oshirishning nazariy-amaliy asosini tashkil qilib, kelgusida ta'limni yanada rivojlantirishning istiqbollarini belgilovchi tarixiy ahamiyatga molik hujjatlardir. Bu hujjatlarda vatanimizning kelajagi bo'lgan yoshlarni voyaga yetkazish, ulardagi mavjud iste'dod va iqtidorni namoyon etishlariga alohida e'tibor berilgan, mamlakatimiz ta'lim tizimini isloh qilishning asoslari, tamoyillari va bosqichlari belgilangan.

O'quv jarayonini to'g'ri tashkil etishda innovatsion texnologiyalar o'qitish samaradorligini ta'minlovchi eng asosiy manba bo'lib xisoblanadi.

Innovatsion texnologiyalar mustaqil faoliyat asosida talabalarda bilim, ko'nikmalarni shakllantirish, ularda rejalashtirish, o'z-o'zini boshqarish va nazorat qilish, o'zlashtirish bo'yicha samarali natijani ta'minlashga qaratilgan eng samarali yondashuvlardan biri bo'lib qolmoqda. Innovatsion texnologiyalar bu shunday maqsadga yo'naltirilgan bog'lamki, u o'zida o'rganiladigan mavzu mazmunni va uni o'zlashtirish texnologiyasini aks ettiradi.

Respublikamizda yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, kasbga o'rgatish, aqliy va ma'naviy kamol topishlarini tashkil etishda jiddiy o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Boshlang'ich sinflarda ta'lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari o'qitish metodlari ham yangilanmoqda. «Ta'lim to'g'risida» qonun talablaridan kelib chiqqan xolda ta'limning mazmuni qayta ishlab chiqildi. Ta'lim

mazmunining o zgarishi ta'lim jarayoni tarkibiy qismlarini yangicha tartibda namoyon bolishini taqoza etadi. An'anaviy ta'lim qonuniyatlari va tamoyillariga mos xolda yangi tamoyillarga amal qilish, ta'lim metodlarining paydo bolishi, ta'lim vositalarining takomillashuvi, ayniqsa ta'limni tashkil etishning noan'anaviy shakllari keng kolamda joriy etilishi kuzatilmoqda. Bu ozgarishlarning bir qismi mavjud didaktik ta'limotlarning tarkibidan chiqqan bo lsa, yana bir qismi dunyodagi ta'lim tizimi rivojlangan mamlakatlar olimlarining pedagogik tajribalariga suyangan xolda vujudga kelmoqda.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev "Ilmli odamlar - mamlakatimizning oltin fondi." hisoblanadi shu sababdan kelajak avlod tarbiyasida asosiy maqsad qilib komil inson tarbiyasi turishini ta'kidlaganlar.

Umumiy orta ta'lim tizimi va maktab oldiga maqsad qilib ya'ni, komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazish qo'yildi. "Komil inson", - deganda biz, eng avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan,oz xulq-atvori bilan ozgalarga ibrat bo la oladigan, bilimli, ma'rifatli kishilarni tushunamiz. Shu boisdan ta'limda quyidagi vazifalarni belgilab olindi;

I Ta'lim to g risidagi qonun, Maktab ta'limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini ta'lim jarayoniga tadbiq etish bilan ta'limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali modernizatsiya qilingan ta'lim standartlari to liq bajarilishini ta'min etish davri boshlandi. Davlatimiz tomonidan yangi maktablar qurilib, minglab maktablarni yangitdan rekonstruksiya qilindi, joriy ta'mirlash ishlari jadal sur'atlar bilan olib borildi. Maktablarni yangi jihoz, asbob-uskunalar, takomillashtirilgan dasturlar, moderinizatsiya qilingan, tajriba-sinovdan o'tgan standartlar, darsliklarning yangi avlodi bilan (ijara tariqasida) ta'minlandi, kompyuterlashtirish davlat umummilliy dasturi asosida izchil amalga oshirildi. Endi oquv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish davri keldi. Boshqacha qilib aytganda zerikarli darslar o rniga darslarni tashkil etishga ma'suliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdonlik, metodik mahoratga ega, ma'suliyatli, zamonaviy, interfaol pedagogik texnologiyani mukammal o zlashtirib olgan, innovatsiyon texnologiyalar asosida ta'limni tashkil etaoladigan o'qituvchilarga talab oshib bormoqda. Bunda oqituvchi quyidagi tarzda ish tutishni rejalashtirib olishi lozim;

1. Talabalar shaxsini, ularning rivojlanishi va qobiliyatini hisobga olgan xolda guruhlarga ajratish. (guruhlarga ajratish ikki yo'l bilan boradi; birinchi -talabalarning o z ixtiyorlari bilan guruhlanish, ikkinchi - o qituvchi talabi bo'yicha guruhlanish).

2. Didaktik materiallar test, varaqalar, oquv vazifalari, oquv topshiriqlarini tayyorlash. Ushbu didaktik materiallarning talabalar mustaqil ijodiy ishiga qay darajada mosligini aniqlash (testlar yordamida).

3. Talabalar guruhining mustaqil ijodiy faoliyatiga tayyorgarlik darajasi.

4. Talabaning oquv guruhlarga aloqadorlikka qo'shgan hissasi.

5. Guruhdagi har bir talabaning samaradorlikka qoshgan hissasi.

6. Talaba va o'qituvchi orasidagi ozaro munosabat (hamkorlik, hamjihatlik, do'stona tanqidiy).

7. Oqituvchining talabalar guruhi yutuqlariga munosabati.

8. Guruhlar bilan ishlashda talaba bilan muloqotda bolish.

9. Talabalarning dars jarayonidagi faoliyatini nazorat qilish va baholash (mavzuni to'liq so'rash, qisman so'rash, ma'lumot tarzida so'rash, muammoni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish).

10. Darsni yakunlash va guruh talabalarini hamda yakka tartibda qatnashishini tahlil qilish.

Ta'limda moddiy baza, davlat standarti, oquv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish, chuqur va puxta bilim berish, yuqori sifatdagi o'zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy mashg'ulotlarni olib boruvchi o'qituvchining ijodkorligi, izlanuvchanligi, malakasiga pedagogik mahoratiga bog'lanib qolaveradi, oquv-biluv markazida esa talaba turmog'ini taqozo etadi.

II Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni: -Tashkil etish, hamkorlikda ish yuritish, takomillashtirish, tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat etish, baholash kabilarni oz ichiga oladi.

Texnologiyalarning obyekti- ta'lim mazmunini texnologiyalashtirish jarayonidir.

Texnologiyani predmeti - ta'lim jarayonini pirovard samarali natijasini olish shakli, usul va vositalarini belgilashdan iborat.

Texnologiyani maqsadi - ta'lim mazmunini modullashtirish, loyixalashtirish asosida talabani shaxsiy faolligi ishtirokida Davlat ta'lim standartlarini to'la o'zlashtirishni kafolatlashdan iborat. Har bir professor-o'qituvchi pedagogik texnologiyani oz mashg'ulotlariga qo'llash uchun quyidagi texnologik xaritasidan foydalanishi mumkin: Mavzuni aniqlash; maqsadni aniqlash; mavzu yuzasidan ozlashtirishi lozim bolgan kalit-tayanch sozlarni belgilash; vazifalarni esa 1,2,3 tartibida belgilab olish;texnologik jarayonni tashkil etish:( 1. Yakka ishlash; 2. Juft bo'lib ishlash; Kichik guruhlarda ishlash; Katta guruhlarda munozara, savol javob, debat va boshqa topshiriqlar) mavzu mazmuni va vazifalariga moslab tanlab olinadi.

III Ta'lim vositalari - o'qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi.

a) Ta'limning texnik vositalari (TTV) - oquv materialini korgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi; talabalarga oquv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishlariga imkon beradi. (Diaproyektor, grafoproyektor, doska-bloknot, doska-stend, flipchart,videofilmlar yozuv taxtasi).

b)Yordamchi ta'lim vositalari (YoTV) - grafiklar, chizmalar, namunalar va h.k. Ta'lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar: Maqsadni belgilash; Oquv axborot mazmuni; Ta'lim vositalari; Yetakchi bilim manbai;Oquv materialining yangiligi va murakkabligi.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Boshqacha so'z bilan aytganda, o'qitishning interfaol uslubiyotlari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo'lib, unda ta'lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo'ladilar, ular biladigan va o'ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo'ladilar. Interfaol darslarda o'qituvchining o'rni qisman talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo'naltirishga olib keladi.

Talabaning yuksak kamoli uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim-tarbiya jarayonining tashkil qilinishiga, boshqarilishiga bog'liq bo'ladi. Har tomonlama rivojlangan shaxsning tarkib topishi uchun avvalo u ham ma'nan ham jismonan sog'lom bo'lishi, yuqori saviyadagi, sifatli ta'lim-tarbiya olgan bo'lishi kerak.

Fan doimo taraqqiyotda bo'lar ekan, inson ham doimo izlanishda, tadqiqotda bo'ladi, yangiliklarni ochishga, hayot farovonligini yaxshilashga harakat qiladi. Shunday ekan, hozirgi zamon talabalari ham fan asoslari bo'yicha chuqur bilim olish, fan yangiliklarini egallash, mustaqil fikrlash, ta'lim jarayonining faol ishtirokchisi bo'lishga harakat qiladi. Talabaning qiziqishlarini orttirish, bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, ularning bilish faoliyatini faollashtirish maqsadida ta'lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni qo'llash zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarori.

2. "Ta'lim to'g'risida"gi qonun O'RQ - 637- son 2020-yil 23- sentyabr.

3. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Toshkent shahri,2019 yil 8-oktabr.

4. Muqumova H.I., To'xtamishov A. Geografiya darslarida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish. Fizika, matematika va information texnologiyalarning innovatsion rivojlanishdagi o'rni. Respublika ilmiy-nazariy anjumani. Buxoro. 2023 yil 22-dekabr

5. Muqumova H.I." Geografiya darslarida foydalaniladigan interfaol metodlar xususida." Экономика и социум 3-2 (106) (2023): 198-202.

6. Muqumova, X. I. "Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani dars jarayonlarida buyuk ajdodlarimizning merosidan foydalanish." Экономика и социум 10 (113)-2 (2023): 248-251

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.