Научная статья на тему 'TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA YOSHLARNING MILLIY VA UMUMINSONIY MA’NAVIYATDAGI O‘RNI'

TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA YOSHLARNING MILLIY VA UMUMINSONIY MA’NAVIYATDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
75
159
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM / TARBIYA / MILLAT / MA'NAVIYAT / MA'RIFAT / G'OYA / MAFKURA / QADRIYAT / ILMU FAN / MADANIYAT / DIN

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Gapparov B.N.

Ushbu maqolada hozirgi vaqtda inson ongli holda o‘zi tanlagan, zaruriy deb bilgan va e’tiqod qilgan faoliyat turini dastur qilib olishi va uni ro‘yobga chiqarishi mumkinligi, ma’naviyat moddiy hayotning in’ikosi, ijtimoiy ehtiyojning hosilasi sifatida jamiyatni harakatlantiruvchi kuch ekanligi xususida fikrlar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF YOUTH IN NATIONAL AND PUBLIC SPIRITUALITY

This article discusses the idea that man can now consciously program and realize the type of activity he chooses, considers necessary and believes, and that spirituality is a reflection of material life, a driving force of society as a product of social need.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TARBIYA JARAYONIDA YOSHLARNING MILLIY VA UMUMINSONIY MA’NAVIYATDAGI O‘RNI»

Gapparov B.N.

Jizzax politexnika instituti katta o'qituvchisi

TA'LIM TARBIYA JARAYONIDA YOSHLARNING MILLIY VA UMUMINSONIY MA'NAVIYATDAGI O'RNI

Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi vaqtda inson ongli holda o'zi tanlagan, zaruriy deb bilgan va e 'tiqod qilgan faoliyat turini dastur qilib olishi va uni ro'yobga chiqarishi mumkinligi, ma'naviyat moddiy hayotning in'ikosi, ijtimoiy ehtiyojning hosilasi sifatida jamiyatni harakatlantiruvchi kuch ekanligi xususida fikrlar bildirilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, tarbiya, millat, ma'naviyat, ma'rifat, g'oya, mafkura, qadriyat, ma'rifat, ilmufan, madaniyat, din.

Gapparov B.N. senior lecturer Jizzakh Polytechnic Institute

THE ROLE OF YOUTH IN NATIONAL AND PUBLIC SPIRITUALITY

Annotation: This article discusses the idea that man can now consciously program and realize the type of activity he chooses, considers necessary and believes, and that spirituality is a reflection of material life, a driving force of society as a product of social need.

Keywords: education, upbringing, nation, spirituality, enlightenment, idea, ideology, value, enlightenment, science, culture, religion.

Insonning qalbi va ongiga jo bo'lgan milliy ma'naviy-axloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bo'lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qo'shishga, o'zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. O'z vaqtida I.A.Karimov ta'kidlaganidek: "...Bizning o'z oldimizga qo'ygan maqsadimiz esa, bunday ulug' zotlarning hayot yo'li va qoldirgan merosini to'liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyandalari timsolida ma'rifat, ilmu fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini o'zida uyg'unlashtirgan xalqimizning ma'naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o'rganish, uning ma'no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi navbatda, ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo'lishi shart, deb hisoblayman" [1].

Vatanimiz kelajagi bo'lgan yoshlarga hozirgi zamon talablari darajasida bilim va tarbiya berish, ularni yuksak ma'naviyatli, ongi har qanday salbiy ta'sirlarga nisbatan bardoshli qilib voyaga yetkazish - bugungi kun ta'lim

muassasalarining asosiy vazifasidir, chunki faqat ana shunday insonlargina kelajakda odil jamiyat poydevorini yarata oladilar.

Turli millatlar ma'naviyatining o'ziga xosligi kamalakdagi turli ranglar tovlanishiga monand bo'lib, ular bir-birini to'ldiradi, boyitadi, ammo inkor etmaydi, bir so'z bilan aytganda, ma'naviyat ellarni zidlashtirmaydi, balki birlashtiradi. Aslida umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, bu qadriyatlarni har bir xalq, har bir elat o'z tarixiy tajribasi bilan asta-sekin shakllantirib boradi va o'zaro turlicha munosabatlar jarayonida elatlar, millatlar bir-birini tushunib, o'zaro ma'naviyatlaridagi umumiy jihatlarni tadrijiy anglab boradi.

Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog'i lozim. Dushmanlik, g'ayr ko'zi bilan qarash emas, balki mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug' haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo o'zgani tushunish uchun, o'zgaga mehr ko'zi bilan boqish uchun, avvalo, inson o'zligini anglab yetmog'i kerak. O'zligini anglamagan zot hech qachon o'zgani tushunmaydi, uni xolis qabul qilmaydi. Asli milliy ma'naviyatimizga bugungi ayricha e'tibor ham ushbu o'zligimizni anglab yetishga bo'lgan kuchli ehtiyoj natijasidir. Biz milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizga baho bermoqchi bo'lsak, butun insoniyat manfaatlari nuqtai nazarini, alohida shaxs erkinligi, Vatan va millat manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz majmuini yaxlit uyg'unlikda olib qaramog'imiz talab etiladi. Agar shu uyg'unlikka mohiyatan muvofiq bo'lsa, yoxud loaqal unga zid bo'lmasa, demak, maqbul, ammo insonlararo ziddiyat tug'dirsa, nifoq solsa, yoki o'zga shaxs erkini bo'g'sa, Vatan va millat manfaatlariga zid bo'lsa, demak, maqbul emas. Ammo milliy ma'naviyatimizni qadrlashimiz, uni rivojlantirishga urinishimiz, kimlardir talqin qilmoqchi bo'layotganidek, o'zga xalqlar madaniyatini mensimaslik yoki milliy xudbinlikka berilishni anglatmaydi, balki uzoq yillik qaramlik asoratidan qutulib o'zligimizga qaytish, o'zligimizni anglab yetishga urinishni bildiradi. "Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma'naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o'sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi" [2].

Inson komilligining mezonlarini eslaydigan bo'lsak jismonan sog'lom, aqlan yetuk, intellektual salohiyati yuqori bo'lgan farzandlarimizgina O'zbekistonning kelajagini belgilaydi.

Shu o'rinda hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2018 yilda Oliy Majlisga qilingan Murojaatnomasida "O'zimiz o'zimizga xiyonat qilmasak, o'zimiz o'zimizni aldamasak, halol-pok bo'lib mehnat qilsak, ko'zlagan barcha marralarimizga albatta yetishimiz" ta'kidlandi [3]. Bunda ham xalq, yos hlarning ma'naviyati nazarda tutildi. Chunki ma'naviyatli odam sadoqatli bo'ladi. O'z burchiga xiyonat qilmaydi, o'zi o'zini aldamaydi. Halol-pok mehnat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo'lidan borar ekan, o'z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel

bog'lagan, o'sib kelayotgan avlod va bo'lajak mutaxassislarning ma'naviy shakllanishiga alohida e'tibor qaratmoqda.

Shuning uchun Oliy Majlisga Murojaatnomada "Milliy g'oya nima uchun kerak?", degan savolni o'rtaga tashlagan Prezident Shavkat Mirziyoev "Vatanni sevish uchun", deb javob berdi. Bularning barchasi yoshlar, xususan millatning bo'lajak ziyolilari qatlami - yoshlarni g'oyaviy tarbiyalashga davlat tomonidan ifodalangan ijtimoiy buyurtma bo'lib hisoblanadi. Bunda "Avvalambor, «ommaviy madaniyat» ko'rinishida kirib kelayotgan turli tahdidlar, giyohvandlik, diniy ekstremizm, missionerlik kabi balo qazolardan yoshlarimizni asrash, ularning ta'lim-tarbiyasiga har birimiz mas'ul ekanimizni hech qachon unutmasligimiz kerak" [4].

Yoshlarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma'naviy-axloqiy kamoloti, g'oyaviy chiniqishiga, har hil buzg'unchi g'oya va mafkuralarga qarshi murosasiz kurashchi ruhida tarbiyalashga mas'uliyat bilan yondashishga undaydi. Aynan farzandlarning kamoloti - ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta'minlaydi. Buning uchun ularni milliy g'oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik, demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir [5].

Binobarin, bu ruh insonni uyushtiradi va ilxomlantiradi, orzu xavaslar sari yetaqlaydi. Ma'naviyat aqlli munosabat, jur'at, ongli kurash asosi hamdir. Ma'rifatli xalqning ruhi sog'lom, niyati pok, tilagi ezgu bo'ladi. Va aksincha ma'rifatsizlik xalqni jaholat botqog'iga botishiga sabab bo'ladi. Inson ongli holda o'zi tanlagan, zaruriy deb bilgan va e'tiqod qilgan faoliyat turini dastur qilib olishi va uni ro'yobga chiqarishi mumkin. Ma'naviyat moddiy hayotning in'ikosi, ijtimoiy ehtiyojning hosilasi sifatida jamiyatni harakatlantiruvchi kuchdir [6].

Xulosa o'rinda shuni aytish mumkinki, inson har doim o'z qalbiga quloq tutishi, uning unsiz sadosini tinglay bilishi hayotiy zaruratga aylanishi zarur. Kishilar ongli faoliyat davomida ma'naviyat jamiyat hayotida nakadar muhim o'rin tutishini yaqqol his qila bilishlari kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirziyoev Sh.M. "Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz". T.: «O'zbekiston» - 2017. 29-b.// Mirziyoev Sh.M. "We will resolutely continue our path of national development and raise it to a new level." T.: "Uzbekistan" - 2017. p. 29.

2. Gapparov B.N. va boshqalar. "Xalq pedagogikasi", O'quv qo'llanma. "Tafakkur", Toshkent. 2009 yil. 286 bet.// Gapparov B.N. and others. "People's pedagogy", Study guide. "Tafakkur", Tashkent. 2009. 286 pages.

3. M.Quronov «Mustaqillik sharoitida xalqimizning g'oyaviy tarbiyalanishining dolzarb masalalari» mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari 5 may 2020 yil, 9-13 betlar. // M.Kuronov Proceedings of the Republican scientific-theoretical conference on the topic "Actual issues of the ideological education of our people in the conditions of independence", May 5, 2020, pages 9-13.

4. Allaniyazov A. "Mustaqillik sharoitida xalqimizning g'oyaviy tarbiyalanishining dolzarb masalalari" mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy anjuman materiallari 5 may 2020 yil, 59-63 betlar. // Allaniyazov A. Proceedings of the Republican scientific-theoretical conference on the topic "Actual issues of the ideological upbringing of our people in the conditions of independence", May 5, 2020, pages 59-63.

5. Гаппаров Б.Н. "Основные требования к педагогической профессии в нашем обществе" "НамДУ илмий ахборотномаси" журнали. Наманган. 2022 йил.№ 3 -Б. 664-668.// Gapparov B.N. "Osnovnye trebovaniya k pedagogicheskoy professionii v nashem obshchestve" "NamDU Scientific Bulletin" jurnal. Namangan. 2022. №. 3 -B. 664-668.

6. Гаппаров Б.Н. "Жамият ривожланишида укитувчилик касби ва унга куйилган асосий талаблар". "НамДУ илмий ахборотномаси" журнали. Наманган. 2021 йил, № 6 - Б.501-504. // Gapparov B.N. "Teaching profession in the development of society and the main requirements for it". "NamDU Scientific Bulletin" jurnal. Namangan. 2021, №. 6 - B.501-504.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.