Научная статья на тему 'TA’LIM TARAQQIYOT GAROVIDIR'

TA’LIM TARAQQIYOT GAROVIDIR Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
2
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ta’lim fidoyilari
Ключевые слова
11 yillik ta'lim / repititor / oylik / Shavkat Mirziyoyev / mablag‘ / tadbirlar / kadrlar / rektorlar / Yo‘l xaritasi

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Sharofidinov Shoxruxxon Lazizovich

ANNOTATSIYA: davlatimizdagi ta'lim tizimining tarixiy rivojlanishi va uning hozir kundagi o‘rni batafsil yortilib, ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadida jahon davlatlari tajribasi ta'siri

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TARAQQIYOT GAROVIDIR»

L

REANDPUB.COM

Sharofidinov Shoxruxxon Lazizovich Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey 2-kurs o'quvchisi

+998908690411

lenainter93 @gmail.com

ANNOTATSIYA: davlatimizdagi ta'lim tizimining tarixiy rivojlanishi va uning hozir kundagi o'rni batafsil yortilib, ta'lim tizimini rivojlantirish maqsadida jahon davlatlari tajribasi ta'siri

Kalit so'zlar: 11 yillik ta'lim, repititor,oylik, Shavkat Mirziyoyev,mablag',tadbirlar ,kadrlar,rektorlar,Yo'l xaritasi

Odamzot yer yuzida paydo bo'lganidan boshlab rivojlanishda, taraqqiyotda to'xtamadi. Bunga misol qilib eng birinchi mehnat qurollari yasalishidan tortib, birinchi manzilgohlar-u hozirgi kungacha rivojlanishda to'xtagani yo'q va bunda davom etadi. Har kuni ertalab uyqudan uyg'onganda qo'ygan maqsadingizni bajarishingiz ham taraqqiyotga intilishdan dalolat beradi. Hozirda bu bajargan maqsadingiz kichik bolishi mumkin, lekin kelajakda bu maqsad muvaffaqiyatingizni birinchi qadami yoki katta bir yutug'ingiz bolishi mumkin. Biz atrofimizdagi insonlardan ortda qolmasligimiz uchun bilim olishda to'xtamaymiz, bu ham taraqqiyot va ta'lim rivojlanishining bir belgisi hisoblanad i. Yetuk shaxslarning hayot maydonidagi zafarlari o'zidan-o'zi paydo bo'lib qolmagan, bularning barchasini tagida katta bilim, katta ishonch va taraqqiyotga bo'lgan intilish yotadi. Biz o'zimizni o'zgartirishimiz uchun bizga bilim va ko'nikmalar katta yordam beradi.

Hozirda O'zbekistonda ta'lim sohasida ulkan yutuqlar qo'lga kiritilmoqda. Yaqin o'tmishga nazar tashlaydigan bo'lsak, sovet mustamlakachiligi davrida O'zbekiston hududida sanoqli ta'lim muassasalari bo'lib, ularning aksariyati talab darajasida bo'lmagan. Ularda yetishib chiqqan mutaxassislar mamlakat aholisining juda oz qismini tashkil etgan. Ba'zi hollarda odamlar savodsiz hatto 11 yillik ta'limni ham egallamagan edi. Bu sovet hukumatining nayrangi bo'lib, o'zbek xalqi uchun yod bo'lgan komunistik mafkura bilan millat ongini zabt etishga harakat qilgan. Shu asnoda xalqni qaramlikda, kuchli tazyiq ostida tutib turish, ularning maqsadi bo'lgan. Hatto ta'lim berishda bizning bobokalonlarimizni qabih va razil insonlar qatorida tilga olishdi. Bolalarga shu asnoda ta'lim berishdi. Bizni o'zligimizni

TA'LIM - TARAQQIYOT GAROVIDIR

L.......kk

REANDPUB.COM

yo'qotishga urinishdi. Ammo ularning ko'zlagan rejasi amalga oshmadi, ozodlik ruhi ostida kamol topgan xalqimiz mustaqillik uchun kurash olib bordi va uzoq kutilgan kunga erishdi. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab har bir sohaga ulkan e'tibor qaratildi shu bilan bir qatorda ta'lim sohasida ham tub burilish yuz berdi. Yildan yilga yoshlarga ko'rsatiladigan e'tibor ortib bordi. Jumladan, jahonning sanoqli mamlakatlaridagina mavjud majburiy 12 yillik bep ul ta'lim tizimi yaratildi. Bir qancha oily ta'lim muassasalarini biz kabi yoshlar chuqur ta'lim olishi uchun eng ilg'or ta'lim texnologiyalari bilan jihozlandi. Buning samarasi o'laroq, o'zbek yoshlari xalqaro fan olimpiadalarida g'oliblik shohsupasiga ko'tarilib kelmoqda. Birinchi prezidentimiz har bir nutqlarida: "Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchliroq, bilimli,dono va albatta baxtli bo'lishlari shart" deb bekorga takror va takror ta'kidlamaganlar. Buni biz kabi yoshlarga bildirilgan ulkan ishonch deb bilaman. Buguni o'tmishidan, ertasi bugunidan porloq yurtda yashayotganimdan faxrlanaman. Biz bilamizki butun dunyoda hech narsa mukammal emas, shu bilan birga bizning ta'lim tizimimiz ham. Bizning ta'lim tizimimizda menga yoqmaydigan juda ko'p joylari bor masalan Texnologiya(oldingi nomi Mehnat edi), chizmachilik(ya'ni Tasviriy san'at) va shunga o'xshash bir nechta fanlar ya'ni biznng yo'nalishimiz bo'lmagan fanlar bizga 9-sinfgacha o'qitiladi. Mening fikrimcha bu fanlarni 5-sinfgacha o'qitib keyinchalik sinflarni yo'nalish bo'yicha bo'lish kerak. Chunki biz bu fanlardan ko'ra o'zimizning yo'nalishimizga ko'proq vaqt ajratsak, kelajakda yaxshi kasb egasi bo'lishimiz mumkin. Masalan qanday guruhlarga ajratishimiz mumkin: Ijtimoiy-gumanitar fanlar, Tabiiy fanlar, Aniq fanlar, Huquqiy fanlar va boshqalar. Biz bunday qilsak o'quvchilarning bilim salohiyatini yanada oshirib oliy o'quv yurtlariga kirish foizi ancha oshadi meni fikrimcha. Keyingi masalaga o'tsak, Nimaga repititor ustozlar maktabda emas o'quv markazlarda dars berishadi deb o'ylaysiz? Chunki o'qituvchilik qilib maktabda dars berib yaxshi pul topa olmasligini va oilasini boqa olmasgini yaxshi biladi. Shuning uchun maktabdagi ustozlar oyligini oshirib maktablarga jalb qilish kerak. Hozirda o'qituvchilar ham darsda bo'sh vaqtlarida repititorlik qilishyapti buni sababi oylik kamligi. Masalan tasavvur qiling agar viloyatlarning yaxshi repititorlik qilayotgan ustozlarni maktablarga ustozlikka qo'yilsa tepadagi ajratilgan tartiblarda dars o'tilsa qanday zo'r bo'ladi. Mamlakatimiz uchun juda yaxshi kadrlar yetishib chiqadi. Uchinchi masalaga o'tsak bizning ta'lim tizimimizda yoki oliy o'quv yurtlariga kirish imtihonlarida shaffoflik yo'q. Nafaqat oliy o'quv yurtlariga kirish balki "Bilimlar bellashuv"laridan tortib maktabning ichida ham korrupsiya va tanish-bilishchilik katta rol o'ynaydi. Tepada sanab o'tilgan narsalarning salkam hammasi o'zimni boshimdan o'tgan. Masalan maktabimizda bir ustoz(endi ismlarini aytib o'tirmayman) darsdan keyin qo'shimcha dars ya'ni repetitorlik o'tardilar. Ularga repititorga borgan bolalarga doimiy yordam va chorakliklar chiqishida baholarini ko'tarib qo'yishlar bo'lar edi, biz masalan bahoni qiynalib o'qib olsak ular shunchaki repititorga kelib ketgani uchun olardi. Keyingisi bo'lsa "Bilimlar

L.......kk

REANDPUB.COM

bellashuvi"ning shahar bosqichida bo'lgan edi 2-3-o'rinlar sotilganligi sababli meni 4-o'ringa tushurish uchun ballimdan olib tashlashgan edi. Ustozim bilan appilatsiya kirsak bo'lar edi, lekin ustozim xohlamagan edi. Endi nima ham deymiz... To'g'ri endilikda kamaygan bo'lishi mumkin, lekin baribir hali ham bor. Agar hozir korrupsiya yo'qolib sof raqobat bo'lganida boshqacha bo'lar edi. Mana shuncha muammolarni sanab o'tdik. Albatta bu muammolar ham asta-sekin hal etiladi degan umiddaman. Hozirgi kunda O'zbekistonimizda ham ta'lim tizimida ko'p o'zgarishlar bo'lmoqda. Mamlakatimizda ham keyingi yillarda ta'lim tizimida zamon talablaridan kelib chiqib keng miqyosli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning so'ngi ikki yilda ta'lim va ilm,-fan sohasiga oid o'nlab farmon va qarorlari qabul qilindi. Bu islohotlarning natijalari hozirdanoq ko'zga tashlanmoqda. Lekin o'zgarishlar va yangiliklar osonlikcha kechayotgani yo'q, chunki bu tadbirlarni amalga oshishi nihoyatda katta mablag', professional mutaxassis-kadrlarga ehtiyoj tug'diradi. Shuningdek, shu paytgacha tizimda to'planib qolgan muammolarni birdaniga hal etish imkonsiz. Ikkinchi tomondan esa qachon bog'chada xorijiy tillarni o'rganib , boshlang'ich va o'rta maktabga keladi, deb kutib o'tirishimizni shiddat bilan o'zgarib borayotgan vaqt ham, jamiyat ham kutib o'tirmaydi. Davlatimiz rahbarining Janubiy Koreya, Angliya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlarning nufuzli mutaxassislarini ta'lim jarayoniga jalb qilish, yurtimizda xorijiy mamlakatlar universitetlari filiallarini ochish, yoshlarimizning xorijda malaka oshirishi yoki o'qishi uchun imkoniyat yaratishga alohida e'tibor qaratishining boisi ham shundadir. Mamlakatimizdagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari ham o'z faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, yaqin yillarda amalga oshirishi kerak bo'lgan chora-tadbirlarni belgilab olgan. Universitetlarning rektoratlari ta'limning sifati va samaradorligini oshirish, boshqaruv tizimini optimallashtirish maqsadida fakultetlar va kafedralar sonini ta'lim yo'nalishlari, talabalar kontingenti, ilmiy darajali professor-o'qituvchilar tarkibi, moddiy-texnik bilan ta'minlanganlik darajasidan kelib chiqib qaytadan shakllantirdi. Ilmiy salohiyatni oshirish maqsadida har bir ta'lim yo' nalishidan yiliga kamida bir nafar yosh hodimni xorijga o'qish yoki malaka oshirish uchun yuborish belgilanadi. Uch yil va undan ortiq muddatda ishlab kelayotgan va ilmiy ish bilan faol shug'ullanayotgan o'qituvchi va texnik xodimlar uchun xorijda o'qish va til o'rganishni o'z ichiga olgan "Yo'l xaritasi" tuzildi. Shunaqa katta-katta islohotlar bo'lishda davom etsin. Bundanda katta islohotlar bolishi tarafdorimiz. Mening ma'ruzada aytmoqchi bo'lgan gaplarim shulardan iborat edi, meni tinglaganingiz uchun rahmat.

1. O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida yohud Sho'rolarning so'ngi talvasasi. Islom Karimov so'zlagan nutqi.1991.

Foydalanilgan adabiyotlar:

O'zbekistonda ta'lim statistikasi.2018y. Mfa.uz, medium.com, zarnews.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.