Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATINI OSHIRISH ASOSIY MAQSADIMIZ!'

TA’LIM SIFATINI OSHIRISH ASOSIY MAQSADIMIZ! Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
209
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Murojaatnoma / Oliy Majlis / Insonga eʼtibor / sifatli taʼlim yili / interfaol / metod / pedagog / Yusuf Xos Hojib.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Boltayeva Gulhayo Shukurjonovna, Saidaxmedova Sarvinozxon Muxsinboy Qizi

Ushbu maqolada Prezident Sh. M. Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasiga munosabat bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATINI OSHIRISH ASOSIY MAQSADIMIZ!»

TA'LIM SIFATINI OSHIRISH ASOSIY MAQSADIMIZ!

Boltayeva Gulhayo Shukurjonovna

Farg'ona viloyati Quvasoy shahar 29-umumiy o'rta ta'lim maktabining

tarix fani o'qituvchisi Saidaxmedova Sarvinozxon Muxsinboy qizi Farg'ona viloyati Quvasoy shahar 29-umumiy o'rta ta'lim maktabining

tarix fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7491095

Annotatsiya: Ushbu maqolada Prezident Sh. M. Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasiga munosabat bildirilgan.

Kalit so'zlar: Murojaatnoma, Oliy Majlis, Insonga e'tibor, sifatli ta'lim yili, interfaol, metod, pedagog, Yusuf Xos Hojib.

Yangicha qarash, yangi g'oya va yangi rejalargina davlatning istiqboliga, vatan ravnaqi va xalqimizning farovonligiga daxldor harakatlarni, amaliy natijalarni belgilab berishi aniq. Aniq rejalar bo'lmasa, shunga muvofiq harakat va faoliyat bo'lmasa, istiqbolli rejalarni amalga oshirish mushkul.

Murojaatnomada xalqimiz istiqboli hamda mamlakat ravnaqi uchun har bir rahbar, har bir fuqaro qanday ish tutishi va yuritishi bilan bog'liq vazifalar aniq va keskin ravishda belgilab berildi.

Insoniyat mavjudki qaysi davrlarda yashamasin, doim yaxshi, farovon, tinch-

osuda hayotni orzu qilib kelgan. Yaxshi hayotni amalga oshirish uchun har bir

xalqning, millatning o'z oldiga qo'ygan maqsadlari, rejalari bo'lgan. Mamlakatimizda bugungi kunda olib borilayotgan islohotlar aynan inson qadrini ulug'lash tamoyili asosida olib borilmoqda. Prezident Sh. M. Mirziyoyev 2022-yil 20-dekabrdagi murojatnomasida 2022-yil sarhisoblariga va 2023-yilda mamlakat taraqqiyotining eng muhim ustivor vazifalariga to'xtalib o'tdi.

2023-yilni "Insonga e'tibor, sifatli ta'lim yili" deb e'lon qilishni taklif etildi. Bu albatta bejiz emas. Chunki bilim bor joyda, rivojlanish, taraqqiyot, o'zgarish ro'y beradi. Shuningdek Sh. Mirziyoyev ta'lim sifatini oshirish- Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to'g'ri yo'li ekanligini ta'kidlab o'tdi. "Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta'lim dargohlariga borib, o'qituvchi va murabbiylar bilan ko'proq muloqot qilib, sifatni oshirish bo'yicha ular qo'ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak. Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz ko'targan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz. Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar

va keng jamoatchiligimizdan faol bo'lishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini so'rayman"- dedi davlat rahbari.

Ushbu murojatnomadan kelib chiqib biz oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilariga sifatli ta'limni tashkil qilishda muhim vazifalarni belgilab berdi. Sifatli ta'lim, o'z o'rnida sifatli kadrlarni mamlakatga yetkazib beradi. Shu jihatdan oliy ta'lim muassasalari professor -o'qituvchilari ta'lim sifatini yanada oshirishga e'tibor berishi, malaka oshirishi, o'z ustida ishlashi, ilmiy tadqiqot ishlarni olib borishini taqozo qiladi. Ta'lim sifatini yaxshilashda nafaqat pedagog xodimlar mehnati, balki talabalarni ilmga bo'lgan ishtiyoqini oshirish ham juda muhimdir.

Prezidentimiz birinchi navbatda, e'tibor Yangi O'zbekiston uchun eng katta investitsiya bo'lgan ta'limni qo'llab-quvvatlashga qaratishni ta'kidlar ekan, bunda o'qituvchilarning maqomini, ularning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarurligi qayd etdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga yo'llagan Murojaatnomasini xalq ta'limi tizimi xodimlari katta qiziqish va zo'r hayajon bilan kuzatdi.

Murojaatnomada inson qadrini ulug'lash va orzu-umidlarini ro'yobga chiqarish davlat siyosatining muhim maqsadlaridan biri ekaniga alohida urg'u berildi. Jumladan, "Avval - inson, keyin - jamiyat va davlat" degan g'oyani Konstitusiyamiz va qonunlarimizga ham, kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz kerakligi, bu jarayonda, eng avvalo, ta'lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, farzandlarimizning xalqaro standartlar asosida bilim olishini ta'minlash kunning muhim talabi ekani qayd etildi. Xalqimiz farovonligi va jamiyatimiz rivoji uchun katta o'zgarishlarga asos bo'lib xizmat qiluvchi mazkur nutqda yoshlar masalasiga, xususan, ularning sifatli bilim olishi, kasb-hunar egallashi uchun muhim tashabbuslar ilgari surilgani biz, soha xodimlariga katta xursandlik baxsh etish bilan birga zimmamizga ulkan mas'uliyat yukladi. Yoshlarning sifatli ta'lim olishini ta'minlash borasidagi tub islohotlar zamirida yosh avlodning barkamol bo'lib ulg'ayishiga qaratilgan yuksak e'tibor, o'g'il-qizlarni bilimli va vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash g'oyasi mujassam. Mazkur fikrlarga hamohang tarzda Prezidentimiz tomonidan kirib kelayotgan 2023-yilga "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb nom berish taklif etilgani barcha yurtdoshlarimizning ko'nglidagi gap bo'ldi. Yangi O'zbekistonni "ijtimoiy davlat" tamoyili asosida barpo etishning dastlabki sharti sifatli ta'lim ekani va eng katta investitsiya, avvalo, ta'limni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilishi lozimligi, shu maqsadda kelgusi yildan boshlab maktab ta'limini xalqaro ta'lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanishi aytildi. Murojaatnomada ta'kidlanganidek, 2023-yildan boshlab yurtimizdagi umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida mutlaqo yangicha metodika asosida yaratilgan darsliklar bo'yicha o'qitish yo'lga qo'yiladi.

Prezidentimiz o'qituvchilarning maqomini, ularning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ushbu mezonni Konstitusiyada alohida belgilash zarurligini ta'kidlab o'tdi.

Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o'zlashtirib, kompyuterda ishlashni o'rganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga, san'at va madaniyatga qiziqtirishimiz lozim. O'quvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko'nikmalarini shakllantirish zarur. Yurtboshimiz: "Milliy o'zligimiz timsoli, ma'naviyatimiz asosi bo'lgan ona tilimizga e'tibor yanada kuchaytiriladi. Albatta, chet tilini bilish - zamon talabi. Ammo ona tilini bilishni majbur qilish kerak", - deya ta'kidladi.

Shu bois, 2023 yildan maktab ta'limini xalqaro ta'lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi. Sifatli ta'limga erishish yo'lidagi islohotlar natijasida bashorat qilib bo'lmaydigan xavf-xatarlarni bartaraf etishga qodir avlod, jamiyat shakllanib boradi. Zero, donishmand bobomiz Yusuf Xos Hojibdan Prezidentimiz keltirgan iqtibosda ta'kidlanganidek, "Zakovat bor joyda ulug'lik bo'ladi, Bilim bor joyda buyuklik bо'ladi".

Yurtimizda yashayotgan yoshlarning sifatli ta'lim olishi va kelgusida barkamol avlod bo'lib yetishishini ta'minlashda mazkur nutqning tarixiy ahamiyati va o'rni g'oyat muhim. Muhtaram Yurtboshimizning Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasini tinglab, kelayotgan Yangi yil har bir vatandoshimiz uchun muhim islohotlar yili bo'lajagini his etdim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi, 2022-yil.

2. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar - T. : O'zbekiston, 2001.

3. Internet saytlari: www. ziyonet. uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.