Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5
educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
TA'LIM PSIXOLOGIYASI
Egamberdiyeva. F. P.f.n.d. Tursunboyeva Yulduz Radj qizi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti magstranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta'lim, o'qitish psixologiyasi va ta'lim jarayoniga ta 'sir ko 'rsatuvchi omillar haqida atroflicha ma 'lumotlar yoritib o 'tildi. Shuningdek, ta 'lim tizimi haqida ma 'lumotlar keltirildi.
Kalit so'zlar: Fikrlash (aqliy va intellektual) faoliyat, jamiyatda o'zini to'g'ri tutish, fanlarga qiziqish, qiziquvchanlik, madaniy darajani oshirishga intilish, sensorli (his etish), motorli (harakatli), kognitivli (bilish) jarayoni.
EDUCATIONAL PSYCHOLOGY
Egamberdiyeva F. Candidate of Pedagogical Sciences, Associate Professor
Tursunbaeva Yulduz Radj qizi, Master of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
Abstract: This article provides detailed information on education, teaching psychology, and factors influencing the learning process. Information about the education system was also provided.
Keywords: Thinking (mental and intellectual) activity, behavior in society, interest in science, curiosity, striving to raise the cultural level, sensory (feeling), motor (movement), cognitive (cognitive) process .
KIRISH
Yosh o'sishi jarayonida boladagi barcha xulq va faoliyat o'zgarishlari o'rganish omillari bo'lib hisoblanadi. O'rganish ma'lum bir maqsadga erishishga imkon beruvchi faoliyat va xulqdagi tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) o'zgarishlarni talab qiladi. Boshqacha qilib aytganda, o'rganish tashqi va ichki faoliyat (xulq-atvor)dagi maqsadga muvofiq o'zgarishlarda namoyon bo'ladi.
O'rganish - bu faoliyatni maqsadga muvofiq qat'iy o'zgar-tirishdir. U avvalgi faoliyat natijasida Yuzaga keladi.
O'rganishda tushunchalarni ifodalash vositasi sifatida til katta ahamiyatga ega. So'zlar orqali ifodalangan tushunchalarni o'rganish odamning butun insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida to'plagan bilimlarini o'zlashtirishni anglatadi.
Predmetli harakatdan ideal harakatga tasavvur va tushunchalar bilan o'tish fikrlash orqali amalga oshiriladi. U har doim ma'lum bir masalani hal etishga qaratiladi.
Scientific Journal Impact Factor
O
Shunday qilib, insonning tushuncha va aqliy harakatlarni o'zlashtirishi uni fikrlashga o'rgatishni ham talab qiladi.
Insonning butun fikrlash (aqliy va intellektual) faoliyatining pirovard maqsadi ishlab chiqarish va ijtimoiy hayot uning oldiga qo'ygan turli amaliy masalalarni hal etishdan iborat. Amaliy masalalarni hal etish uchun esa zarur malaka kerak bo'ladi, ya'ni to'laqonli intellektual o'rganish malaka bilan boyitiladi. O'rganish turli darajada o'tuvchi murakkab ko'p pog'onali: sensorli (his etish), motorli (harakatli), kognitivli (bilish) jarayondan iborat. O'rganish kuzatish asosida amalga oshadi. Mashqlarni anglash va o'z-o'zini nazorat qilish ongli ravishda qo'yilgan maqsad va vazifalar tomonidan amalga oshiriladi.
Ta'lim va o'qitish psixologiyasi.
O'rganish stixiyali bo'lishi, insonning boshqa odamlar, atrof-muhit bilan muloqot va o'zaro harakati natijasida Yuzaga kelishi mumkin. Lekin, bilim va malakani tabiiy egallash bilan bir qatorda, o'rganish ko'p hollarda maqsadga yo'naltirilgan holda maxsus tashkil etilgan sharoitlarda amalga oshadi. Bunday maqsadga yo'naltirilgan o'rganishni tashkil etish - ta'lim deb ataladi. Uning eng keng tarqalgan turi - maktab ta'limi. Lekin ko'plab boshqa muassasalarda ham ta'lim beriladi, masalan, rasm chizish, musiqa, o'z-o'ziga xizmat qilish ko'nikmalari va boshqalarga bolalar bog'chasida o'rgatiladi. Ta'lim elementlari oilaviy tarbiyada kuzatiladi (jamiyatda o'zini to'g'ri tutish) va hokazo.
O'quv jarayonida bilim, malaka, ko'nikmalar passiv emas, balki o'qituvchi va o'quvchining faol ishtirokida beriladi. Ta'limni o'rganuvchi va o'rgatuvchi orasidagi o'zaro faol harakat jarayoni, deb tavsiflash mumkin, buning natijasida o'rganuvchida ma'lum bir bilim, malaka va ko'nikmalar shakllanadi. Bu jarayonni boshqarib, sifatli qilish, natijada eng samarali darajaga erishish pedagogika fanining (nazariya, metodika va amaliyot) asosiy vazifalaridan biri bo'lib hisoblanadi.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Ta'lim psixologiyasi va uning xususiyatlari haqida tahlil olib borildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tarixi va ma'naviy merosini o'rganishga oid bergan uslubiy ko'rsatmalari hamda, N.N. Azizxo'jaevaning "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat" nomli kitobi tadqiqotning nazariy-uslubiy asosi bo'lib xizmat qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
Scientific Journal Impact Factor
O
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Ta'lim muammolarini to'g'ri hal etish, o'qish ma'lum darajada majburiy xususiyatga egaligi va asosiy maqsad yo'lida engib o'tish kerak bo'lgan to'siq sifatida namoyon bo'lishi bilan ham bog'liq. Bu vaziyat uchun qarshi kurashuvchi kuchlarning mavjudligi xosdir. Umuman olganda, bu ziddiyatli holat hisoblanadi, shuning uchun u katta psixik zo'riqish bilan bog'liq ichki kuchni hamda individning o'z-o'zi bilan kurashishini talab qiladi. Ziddiyat keskin bo'lganda «vaziyatdan chiqish» tendensiyasi (inkor, qiyinchilikni chetlab o'tish, nevroz) Yuzaga keladi. Unda o'quvchi o'qishni tashlaydi yoki «o'zini tutolmay qoladi» - qoidalarni buzadi, loqaydlikka tushadi. Shunga o'xshash holat maktab amaliyotida ko'p uchraydi.
Ta'limdagi muvaffaqiyatli vaziyat - insonni o'qishga undovchi vaziyatdir. Bunga fanlarga qiziqish, qiziquvchanlik, madaniy darajani oshirishga intilish misol bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bunday motivli vaziyatlar ichki ziddiyatlarga ega bo'lmaydi. Albatta, ular, shuningdek, o'qish davomida uchrovchi qiyinchiliklarni engish bilan bog'liq va iroda kuchini talab qiladi. Lekin bu kuchlar o'z-o'zi bilan kurashga emas, tashqi to'siqlarni engishga yo'naltirilgan. Bunday vaziyatlar pedagogika nuqtai nazaridan optimaldir. Ularni yaratish pedagogikaning muhim vazifasidir. Ular o'quvchining xulqini boshqarishni emas, balki uni tarbiyalashni, uning maqsad, qiziqish va idealini shakllantirishni talab qiladi.
Faoliyatda ta'lim tizimi.
O'quv faoliyati motivlari:
1. Ichki manbalar bilan bog'langan (tug'ma, erishilgan ehtiyojlar).
2. Tashqi manbalar bilan bog'langan (hayotning ijtimoiy shart-sharoitlari).
3. Shaxsiy manbalar bilan bog'langan (qiziqishlar, intilishlar va boshqalar).
Ta'lim tuzilishi:
1. Tashqaridan berilgan axborotni passiv qabul qilish va o'zlashtirish.
2. Faol tarzda axborotni mustaqil izlash, aniqlash va undan foydalanish.
3. Tashqi tomondan shakllantirilgan axborotni yo'naltirilgan holda izlash, aniqlash va undan foydalanish.
O'qish va ta'lim harakatlari turlari:
1. Taqlid qilish, so'zma-so'z yoki mantiqan qabul qilish va takrorlash, tayyor namuna va qoidalar bo'yicha mashq qilish.
2. Savol va vazifalar tanlovi, axborot va umumiy tamoyillar qidiruvi, «ixtiyor» va fahmlash, ijodiy faoliyat.
3. Qo'yilgan vazifalarni hal etish va natijalarni baholash, sinov va xatolar, tajribadan o'tkazish, tushunchalarni tanlash va qo'llash hamda boshqalar.
Scientific Journal Impact Factor
o
Mazkur ta'lim turlarining har biri o'quvchi faoliyatini boshqarishda o'z usullari, ta'lim konsepsiyasi va metodlariga ega. Shunday qilib, birinchi tur - (tayyor bilim va malakalarni berish)da - ta'lim konsepsiyasi o'qitish sifatida namoyon bo'ladi. Uning uchun quyidagi: xabar qilish, tushuntirish, berish, ko'rsatish metodlari xos. Ikkinchi tur (tabiiy mustaqil o'rganish)da - ta'lim konsepsiyasi rag'batlantirish sifatida aks etadi. Unga xos metodlar: qiziqish, hayrat, qiziquvchanlik uyg'otish. Uchinchi tur (ongli faol yo'nalishi)da - ta'lim konsepsiyasi rahbarlik sifatida ifodalanadi. Unga xos metodlar: muammo va masalalarni qo'yish, muhokama va munozara, hamkorlikda rejalashtirish va boshqalar.
Ta'lim jarayoniga ta'sir ko'rsatuvchi omillar
O'quv vaziyatlari, ta'lim konsepsiyasi, o'quv va ta'lim faoliyati, motivlari hamda o'quv manbalari turli-tuman bo'lsa-da, barchasi qandaydir umumiylikka ega. Ularning pirovard maqsadi - o'quvchining kuchini nimanidir o'rganishga yo'naltirish. Agar o'quv maqsadiga yo'naltirilgan harakatning o'zi bo'lmasa, unda o'qishning o'zi ham bo'lmaydi. har qanday maqsadli o'rganishning mazkur universal komponenti yodlab olish deb ataladi.
Yod olishning birinchi shartini shunday ta'riflash mumkin: o'rganilishi va o'zlashtirilishi zarur bo'lgan narsa inson tomonidan tashqi va ichki olamdan qabul qilinadigan barcha boshqa narsalardan ajratib olinishi kerak. Qarash kamlik qiladi -ko'rish kerak, tinglash kamlik qiladi - eshitish kerak. O'qituvchining tushuntirishi bilan bir paytda begona «shovqinlar» oqimi ham mavjud bo'ladi.
Psixologik tajribalar shuni ko'rsatadiki, inson bir vaqtning o'zida ob'ektlarning chegaralangan doirasini (taxminan 5-9) qabul qilishga qodir. Qolgan barchasi umumiy xira fon sifatida aks etadi yoki umuman anglanmaydi. Ma'lum bir ma'lumotni tanlash, qayta ishlash va foydalanishda inson shaxsining namoyon bo'lishini psixologlar ko'rsatma deb ataydilar. SHunday qilib, o'qishga e'tibor va ko'rsatma - o'quvchilarda psixik va amaliy yo'naltiril-ganlikning (natijalarga, maqsadga va o'qish jarayoniga) tashqi ifodasidir.
O'quv materialni o'rganishning tashqi omillariga quyidagilar kiradi: o'quv materialining mazmuni, shakli, qiyinchiligi, ahamiyati, anglanish darajasi, tuzilishi, hajmi, emosional xususiyatlari.
Agar o'quv materiali asosiy dastlabki sabab, ichki ko'rsatma esa shart-sharoit bo'lib xizmat qilsa, qaytarish va mashq qilish o'rganishning asosiy vositasi bo'lib hisoblanadi. Ular o'zlashtirilgan materialni mustahkamlash, yodda saqlash, vazifani, uni bajarishning usul va rejalarini rejalashtirish, vazifani bajarishda og'zaki o'z-
Scientific Journal Impact Factor
o
o'ziga tushuntirish, xatolar, ularning sabablari va to'g'rilash usullarining tahlili va boshqalar uchun kerak.
Ko'nikmalarga o'rgatishning ikki asosiy yo'li bor.
Birinchisida - sensor farqlanishlar, ya'ni hissiy mo'ljallarga tayanishni ishlab chiqish asos sifatida qabul qilinadi. Ikkinchisida -motorli farqlar, harakat aktlari ko'nikmalarga o'rgatish asosi sifatida qabul qilinadi.
Mazkur konsepsiyalarning har biri pedagogik nazariya va maktab amaliyotida keng qo'llanadi. Birinchi konsepsiya sintetik mazmunli metodikaga ega (o'qishga o'rgatishda so'zlar metodi, xorijiy tillarni o'rgatishda kontekst metodi) maktablarga tavsiya etilgan. Ishlab chiqarish ta'limida u predmetli tizim sifatida namoyon bo'ladi. Ikkinchi konsepsiya elementli rasmiy tahliliy metodikada ifodalanadi (o'qishga o'rgatishda harf-bo'g'in metodi, xorijiy tillarni o'rgatishda lug'at metodi va shunga o'xshash). Ishlab chiqarish ta'limida u operasion tizim sifatida namoyon bo'ladi.
1. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.T.: Nizomiy,
2. Yosh va pedagogik psixologiyadan praktikum. T.1991.
3. Goziev E. «Pedagogik psixologiya asoslari». Toshkent. 1997.
4. Asomova R.Z. Kasb tanlash motivasiyasi va uning dinamikasi. Psix.f.n......dis.-T.,
2002. -137 b.
5. Goziev E. «Psixologiya». Toshkent. «O'qituvchi». 1994.
6. Ishmuhammedov R.Abduqodirov A.Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar.Toshkent -2008.
XULOSA
REFERENCES
2003.