Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONINI INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI'

TA’LIM JARAYONINI INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion ta’lim texnologiyalari / strategiya / modellashtirish / dinamik muhit / motivatsiya.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Xodjiyev Azamat

Maqolada majburiy fanlarni didaktik o‘qitishni takomillashtirishning yondashuvlariga mos ravishda amalga oshirish, ma’lumotlarni Innovatsion texnologiyalar asosida ifodalash va ularning yanada aniqroq, soddaroq ko‘rinishda tasvirlashiga xizmat qilishi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONINI INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI»

TA'LIM JARAYONINI INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Xodjiyev Azamat Baxodirovich

Buxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi https://orcid.org/ 0009-0008-7107-4425

Annotatsiya. Maqolada majburiy fanlarni didaktik o'qitishni takomillashtirishning yondashuvlariga mos ravishda amalga oshirish, ma'lumotlarni Innovatsion texnologiyalar asosida ifodalash va ularning yanada aniqroq, soddaroq ko'rinishda tasvirlashiga xizmat qilishi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: innovatsion ta'lim texnologiyalari, strategiya, modellashtirish, dinamik muhit, motivatsiya.

Bugungi kunda umukasbiy fanlarni o'qitish va uning oliy ta'lim tizimidagi o'rni haqida turli fikrlar bildirib kelinmoq. Bizning fikrimizcha, oliy ta'limdagi sonli usullar fani nafaqat asosiy intizom, balki shaxs madaniyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanishi, fanni yuksalishidagi yutuqlar ham moddiy, ham ma'naviy jihatdan dunyoqarashning jiddiy rivojlanishiga sabab bo'lmoqda [1].

Fanni ongli va chuqur o'zlashtirishda amal va xatoliklarni baholash mavzusini o'rganish talabalar uchun bir qator qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Bu bilan talabalarning zamonaviy ta'lim va Innovatsion ta'lim texnologiyalariga bo'lgan talablar oshib boradi.Ushbu mashg'ulotlar o'z navbatida Innovatsion texnologiyalardan mohirona foydalanishni rivojlanishdagi zaruriy shartlarni o'z ichiga olishi zarur. Biroq, Innovatsion ta'lim texnologiyalardan foydalanish ko'p elementlarni bajara olishni talab qiladi. Ushbu turdagi Innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklarini inkor qilmasdan, shuni ta'kidlash o'tish lozimki, ular bilan tanishish ko'pincha passiv tafakkur xususiyatiga ega bo'lib, muayyan munosabatlarni mustaqil ravishda izlashga undaydi.

Ta'lim jarayonida Innovatsion ta'lim texnologiyalaridan keng foydalanish o'quv va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish, pedagogik jarayon samaradorligini yanada oshirishga imkon beradi. Barcha turdagi ta'lim faoliyatining fikrlash metodikasi, shakllari va usullarining o'zgarishi muqarrar va shuning uchun ham ma'lum afzalliklar va shu bilan birga muayyan muammolar mavjud. Ushbu muammolarni hal qilish hozirgi kunda o'qitish nazariyasi va amaliyotida markaziy o'rinlardan birini egallaydi. Shu munosabat bilan, ta'lim jarayonida Innovatsion texnologiyalarini o'qitish vositasi sifatida foydalanish strategiyasida, shuningdek, ulardan foydalanish uchun tegishli o'quv dasturlari to'la - to'kis bajarish metodikasini ishlab chiqishda muayyan tuzatishlarni kiritishni talab qiladi [2].

Bugungi ta'lim tizimining amaldagi bosqichida va ushbu tizimni boshqarish Innovatsion texnologiyalaridan foydalanmasdan tasavvur etib bo'lmaydi. Ta'lim jarayonida Innovatsion texnologiyalardan foydalanish zamonaviy jamiyat uchun dolzarb talab hisoblanadi. Innovatsion texnologiyalaridan o'quv jarayonida foydalanish talabaga tushadigan yukni kamaytirishga, o'qitish sifatini oshirishga imkon beradi, shu bilan bir qatorda o'quv jarayonini yanada madaniy, ilmiy va ijodiylikdan kelib chiqib qiziqarli qilishda xizmat qiladi.

Innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari hal qiluvchi darajada ekanligi bilan talabalarning o'quv jarayonini to'g'ri va mukammal tashkil etishiga bog'liq. Dasturiy-pedagogik vositalardan foydalangan holda esa o'qituvchi har bir aniq holatda talabalarning aqliy faoliyatini rag'batlantirish uchun dars paytida ulardan qaysi tartibda foydalanish maqsadga muvofiqligini aniqlashga majburdir.

"Resurs turi - o'quvchining harakatlari - o'qituvchining boshqaruv harakatlar" havolasi quyidagi jadvalda o'z aksini topadi.

Elektron resur turi

s Dasturiy mahsulotdan

foydalanish bo'yicha

talabalarning harakatlari

O'qituvchining harakatlari

boshqaruv

Axborot ma'lumotnoma Idrok haqida ma'lumot. An'anaviy o'quv (sinfdan tashqari) vazifalarni hal qilish uchun yordamchi ma'lumot Elektron resurslarni tanlash maydonini yaratish, ularni qidirishni tashkil qilish, ma'lumotni idrok etish

Instrumental-amaliy Axborot oby ektlarini amaliy loyihalash, real jarayonlar modellarini yaratish va tahlil nilish Talabalarning dasturiy mahsulotlar bilan o'zaro aloqalarida maslahat va pedagogik yordam berish

O'quv-baholash Kompyuter buyrug'i bilan harakatlarni bajarish. Kompyuter natijalari asosida amalga oshirilgan harakatlarni aks ettirish va boshqarish. Innovatsion elektron resursdan pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq foydalanishni tashkil etish.

Kompleks Ta'lim (sinfdan tashqari) vazifalarni hal qilish uchun har xil turdagi Innovatsion elektron resurslarning l/nmKinotonjooi (TO ocnrl ПШТОП O'quv dasturlari va qo'shimcha ta'lim dasturlarini ishlab chiqish bilan elektron resurslardan foydalanishni cinvrAnlorbtirifll

Xulosa qilib, innovatsion texnologiyalar yordamida o'rganilayotgan fanimizdagi o'zgartirish jarayonini modellashtirish, kuzatish orqali ularning xususiyatlarini ajratib ko'rsatish imkonini beradi. Talabalarning motivatsiyasini oshirish, asosiy qobiliyat va ko'nikmalami tarbiyalash sifat jihatidan yangi didaktik imkoniyatlarni yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Бегимкулов У.Ш. Педагогик таълим жараёнларини ахборотлаштиришни ташкил этиш ва бошкариш назарияси ва амалиёти.: Пед.фан.докт. ... дисс. автореф. - Т.: 2007. - 37 б.

2. Белайчук О.А., Лебедева Н.А. Математический конструктор -интерактивная творческая среда для создания учебных моделей по математике. Вопросы информатизации образования. №9, 2010, С. 212.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.