Научная статья на тему 'TA‟LIM JARAYONIDA TALABALAR TAFAKKURI RIVOJLANISHINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

TA‟LIM JARAYONIDA TALABALAR TAFAKKURI RIVOJLANISHINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA‟LIM JARAYONIDA TALABALAR TAFAKKURI RIVOJLANISHINING O„ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

TA'LIM JARAYONIDA TALABALAR TAFAKKURI RIVOJLANISHINING

O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

F. I. Abduvaliyeva

TIPI Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi lmiy rahbar - Sh.T.Xalikova, TIPI dotsenti, O'zbekiston

Alohida jismlar va real olam hodisalarini bilishda biz talabalar istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo'lgan savolga javob topishga harakat qilamiz. Turli savollar yuaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin va bu harakat natijasida nima hosil bo'ladi? Kabi savollardan dan iborat. Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o'zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog'liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o'tish sodir bo'ladi. Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta'riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqishini biz umumiy psixologiya darslarida o'rganmoqdamiz. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o'tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og'zaki va yozma nutqda (o'qituvchilar ma'ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko'plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.

Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.

Tafakkurning o'ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog'liqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo'lgan savolga javobdan boshlanadi.

Tafakkur muammosini ko'rib chiqqan a.a.smirnov tafakkur va aqliy jarayonlarning assotsiativ tarzda kechishini tafovutlash zaruriyati haqida ogohlantirgan edi. Gap shundaki, aqliy faoliyatda biz assotsiatsiyalardan keng foydalanamiz, chunki ular tafakkur masalalarini yechishda ahamiyatli yordam ko'rsatadi. Aqliy jarayonlarning assotsiativ kechishida holat o'zgacha bo'ladi. Muhim tafovut shundan iboratki, bu vaziyatda o'z oldimizga hech qanday maqsad qo'ymaymiz, chunki hech qanday vazifani bajarmaymiz. Bunda bir jarayon ikkinchisi bilan almashadi, chunki ular bir-biri bilan assotsiativ tarzda

416

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

bog'langan bo'ladi. Tafakkur jarayonlarining assotsiativ tarzda kechishi ko'p hollarda inson toliqqan bo'lib, hordiq olishni xohlayotganida kuzatiladi. Uyquga ketishdan oldin xayolingizdan ketma-ket turli xildagi o'ylar o'tishini kuzatgansiz. Mana shu o'ylar ma'lum assotsiatsiyalarga kiradi.

Tafakkurning alohida muhim o'ziga xos xususiyati - bu uning nutq bilan uzluksiz aloqasi. Tafakkur va nutqning bunday aloqasi, avvalambor, fikrlarning, hatto, nutq tovush shakliga ega bo'lmagan holat, masalan, kar-soqov odamlarda ham nutq shakliga mujassamlashtirilishida o'z ifodasini topadi. Biz doimo so'zlar orqali fikr yuritamiz.

Qisqartirilganlik, muxtasarlik, ixchamlilik xususiyatiga ega bo'lgan yashirin, tovushsiz, ichki nutq insonning tafakkur mexanizmi bo'lib hisoblanadi.

Nutq tafakkur qurolidir. Ma'lum fikr so'zlar bilan ifoda etilganida tafakkur jarayoni amalga oshiriladi. Fikrni so'z bilan ifoda etish - ifodalash motivi (nutqiy maqsad), ichki nutq, fikrni tashqi tomondan nutqiy ifodalash kabi bosqichlaridan iborat bo'lgan murakkab jarayon.

Ta'lim, tarbiya jarayonida fakkur bu - narsalar mohiyatini ochib beruvchi g'oyalar harakati sifatida namoyon bo'ladi. Uning natijasi obraz emas, balki ma'lum bir fikrdir. Tafakkur bu - kiritilgan yo'nalishli-tadqiqiy, qayta o'zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo'lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo'lgan nazariy va amaliy faoliyat.

Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo'llash sohasi bo'lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo'lib xizmat qiladi.

Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi. Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o'taydigan yuqoriroq darajadagi miya jarayonlari tafakkurning fiziologik asosini tashkil etadi. Lekin hozirda tafakkur jarayonini ta'minlovchi barcha fiziologik tuzilmalarning o'zaro ta'sir etish tartibi va ahamiyati haqida aniq fikr mavjud emas. Tafakkur faoliyatida miya peshona qismlari alohida ahamiyatga ega ekanligi shubhasizdir. Bundan tashqari, bosh miya po'stlog'ining tafakkurni gnostik (bilish) vazifasi bilan ta'minlovchi doirasi, shuningdek, tafakkur jarayonini ta'minlovchi miya nutq markazlari ham katta ahamiyatga ega.

Tafakkurning ikki darajasi mavjud: fahm-farosat - abstraksiyalardan foydalanish o'zgarmas chizmalar, namunalar chegarasida sodir bo'ladigan oddiy tafakkur, sog'lom fikr, tafakkurning boshlang'ich darajasi, uning mantiqiy mazmunini emas, balki, ibora va dalillar tuzilishini o'rganadi, bu aniq, izchilliklik bilan mulohaza yuritish, fikrlarni to'g'ri tuzish, dalillarni qat'iy tizimlashtirish, tasniflash layoqati; aql (dialektik tafakkur) -abstraksiyalarni ijodiy qo'llash va ular tabiatini ongli tadqiq etish xususiyatiga ega bo'lgan nazariy bilishning oliy darajasi, aql yordamida inson narsalar mohiyati, ularning qonunlari va qarama-qarshiliklarini anglab etadi. Ko'pincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi odamlarda ustun bo'ladi. Tushunchali tafakkur voqelikni

417

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi, lekin bunday aks ettirish mavhumdir. O'z navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi olamni aniq va subyektiv aks ettirish imkonini beradi. Shunday qilib, tushunchali va obrazli tafakkurlar bir-birini to'ldiradi.

Ko'rgazmali-harakatli tafakkur - mohiyati real jismlar bilan amalga oshiriladigan amaliy o'zgartiruvchi faoliyatdan iborat bo'lgan tafakkurning alohida turi. Tafakkurning bu turi biror-bir moddiy mahsulot ishlab chiqarish maqsadidagi mehnat bilan mash g'ul bo'lgan odamlarda kengroq ifodalanadi.

Yana til vositalari asosida vazifa bajaruvchi so'z-mantiqiy tafakkur mavjud bo'lib, u tafakkur tarixiy rivojlanishining so'nggi bosqichidir. Unga tushunchalar va mantiqiy hosilalar qo'llanadi.

Talabalaming ta'lim jarayonidagi fikrrlash faoliyatidagi individual tafovutlar tafakkurning sinchkovlik, tafakkur kengligi, chuqurligi va mustaqilligi, fikrning eguluvchanligi, aqlning sertashabbusligi va tanqidiyligi, mantiqiylik, isbotlanganlik va ijodkorlik kabi sifatlarida ifodalanishi mumkin.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, tafakkur jarayonlari va uning shakllanish bosqichlari birmuncha murakkab bo'lib, jarayonlarni tarkib toptirish kishidan ma'lum bir darajada mehnat, vaqt, sharoit va tartib-intizomni talab etadi. Tafakkur haqida fikr yurutar ekanmiz, tafakkurni barkamollik darajasida tarkib toptirishda tizimli ravishda mehnat qilish lozimligini unutmasligimiz kerak. Shaxsdagi tafakkur bir kunda to'la-to'kis holda shakllanib qolmaydi. U yillar mobaynida rivojlanib insonning yetuklik davrida ma'lum shaklda namoyon bo'ladi.Tafakkur jarayonlarini tarkib topishi umumiy ma'noda tashqi muhit,irsiyat, ta'lim-tarbiyaga bog'liq ekan, eng avvalo, mana shu uchta unsurga e'tibor berish zarurdir. Talabalar kelajakda qanday ko'rinishjihat bilan ijtimoiy muhitga faoliyat yuritishi atrofdagilarga ta'sir ko'rsatishi uni boshqarib turgan aql,ong va tafakkurga chambarchas bog'langanligini anglashlari muhimdir. Shunday ekan, tafakkurni taraqqiy ettirish bu - shaxsni barkamol ettirish demakdir.

References / Adabiyotlar

1. G'oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

2. Tuychieyva S.M.Umumiy psixologiya.Toshkent -2023.

3. A.X^ra^ Н.А.Мираширова Общая психология. - Ташкент 2014.

4. Дружинина В. Психология. Учебник. "Питер", 2003.

5. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. - М., Аспект Пресс, 2002. - 383с.

418

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.