Научная статья на тему 'Ta’lim jarayonida interaktiv metodlar'

Ta’lim jarayonida interaktiv metodlar Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1165
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / interaktiv metodlar / innovatsion texnologiyalar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Komil Uralovich Yahshilikov

Bugungi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedogagik va axborot texnologiyalarni o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish va e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o’quvchi, talabalarga faqat tayyor bilimlar berib kelingan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topib, mustaqil ravishda o’rganib va tahlil qilib, ushbu qilingan ishlardan xulosalar keltirib chiqarishlariga undaydi. O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan birgalikda boshqaruvchilik funksiyasini bajaradi [1].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Ta’lim jarayonida interaktiv metodlar»

Ta'lim jarayonida interaktiv metodlar

Komil Uralovich Yahshilikov Jizzax politexnika instituti

Annotatsiya: Bugungi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedogagik va axborot texnologiyalarni o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish va e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishning sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi, talabalarga faqat tayyor bilimlar berib kelingan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topib, mustaqil ravishda o'rganib va tahlil qilib, ushbu qilingan ishlardan xulosalar keltirib chiqarishlariga undaydi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan birgalikda boshqaruvchilik funksiyasini bajaradi [1].

Kalit so'zlar: ta'lim, interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar

Interactive methods in the educational process

Komil Uralovich Yahshilikov Jizzakh Polytechnic Institute

Abstract: Today, the interest and attention to the use of interactive methods, innovative technologies, pedagogic and information technologies in the educational process is increasing day by day, one of the reasons for this is that until now an while in traditional education, pupils and students were given only ready-made knowledge, modern technologies encourage them to search for the acquired knowledge by themselves, study and analyze it independently, and draw conclusions from this work. In this process, the teacher creates conditions for the development, formation, learning and upbringing of the individual, and at the same time performs the function of management [1].

Keywords: education, interactive methods, innovative technologies

Bunda ta'lim beruvchilarning oldiga qo'yilgan maqsad mustahkam fan asoslarini o'rganishdan tashqari ularni talabalarga etkazish yo'llari, zamonaviy pedagogik texnologiya bilan qurollanishi, o'qitishda fanlarni bog'lash orqali tushuntirish zarur. Shu nuqtai nazardan turli fanlarning o'qitish uslublarini ishlab chiqish va ular bilan o'qituvchilarni qurollantirish, boshqa fanlar haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish zarur omillardan biridir. Fizika o'qituvchisi fan asoslarini

o'rganish bilan bir qatorda uni kollej, litsey va turli oliy o'quv yurtlarida o'qitish uslublarini o'rganishlari ham zarur. Shuning uchun xam biz eng avvalo o'qitish uslubini yangi texnologiyalarda qo'llash orqali talabalarga fizika asoslarini o'rganish, olgan bilimlarini amaliyotga qo'llash malakasi va ko'nikmasini hosil qilishga erishishimiz zarurdir.

Fizika fanini o'qitish jarayonida talabalarga, fanning mazmuni, ya'ni fizika asoslari, o'qitish-o'qituvchi faoliyatidan iborat bo'lib, tajriba va texnika vositalari asosida predmetni bayon qilish, o'quvchilarning mustaqil ishlarini boshqarish, ularning bilim va malakalarini sinash, o'qish-o'quvchilarning ko'pqirrali aqliy va jismoniy o'quv faoliyatlari, o'qitish vositalari: darsliklar, asboblar, texnika vositalarining turlari, mazmun mohiyatini singdirishimiz zarur hisoblanadi.

Fizika o'qitish uslubida o'quv-tarbiyaviy jarayonining quyidagi asosiy masalalari ko'rib chiqiladi va hal qilinadi. Avval ilg'or o'qituvchilarning tajribalari, tegishli adabiyotlar, o'quvchilarning bilim olishdagi faoliyatlari o'rganiladi.

Har bir dars, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor. O'qituvchi va talabaning maqsadi ijobiy natijaga erishish ekan, darsda qanday texnologiyadan foydalanish ular ixtiyorida. O'qituvchining mahoratiga qarab, kompyuter bilan ishlash, film, tarqatma material, plakat, axborot texnologiyasi, turli adabiyotlar, puxta loyihalangan interfaol usullar qo'llash mumkin. [2].

Berilgan mavzu materiallarini bayon etishda bilim oluvchilarga savollar berib borish ham yaxshi samara beradi. Bunda o'qituvchi o'quvchilarning materialni qanday o'zlashtirganliklarini bilib oladi. Shu bilan bir qatorda, bilim oluvchilar o'qituvchining istagan paytda savollar berishini bilib, uni diqqat bilan eshitadilar. O'quvchilarni o'qituvchiga savollar berishga odatlantirish o'quv materialining muvaffaqiyatli o'zlashtirilishiga yordam beradi. Shuningdek, o'quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshiradi. O'quvchilarni faollashtirish, ularda o'tilayotgan darsga qiziqish uyg'otish ham pedagogga bog'liq.

O'quvchilar savolni butun material yoki uning ayrim qismlari bayon etib bo'linganidan keyin berishlari kerak. Aks holda savollar o'qituvchini asosiy fikrdan chalg'itishi, natijada bu metodik usul foyda o'rniga zarar keltirishi mumkin.

O'quvchilar charchashi oqibatida ko'pincha ularning diqqat-e'tibori va faolligi pasayadi, buni o'quv materialini bayon etishda hisobga olish zarur. Uzoq vaqt e'tiborni jalb etish ham bilim oluvchilarni charchatadi, ya'ni bilim oluvchilar o'qituvchining so'zlarini diqqat bilan eshita olmaydi va chalg'iy boshlaydi. Bilim oluvchilarning berilayotgan darslardan charchamasligi hamda chalg'imasligi, diqqatini berilayotgan darsga jalb qilish usullaridan biri bu - dars o'tish uslubining xilma-xil, yangi pedagogic texnologiyalardan foydalangan holatda o'tishidir. Bilim berishda tajribali o'qituvchilar bilim oluvchilar o'zlashtirishi qiyin bo'lgan

materiallarni darsning birinchi yarmida, takrorlash, savol-javob o'quvchilardan so'rash va olgan bilimlarini mustaxkamlashni darsning ikkinchi yarmida o'tkazadilar.

Ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kuchayib bormoqda. Shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar asosida ular egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishga, mustaqil o'rganib tahlil qilishga, xulosani o'zlari chiqarishga undalmoqda. Bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishi uchun sharoit yaratiladi.

Qayd etishni istardimki, davlatimiz tomonidan ta'lim sohasida yaratilgan yuksak darajadagi sharoit va samarali himoya mexanizmlari xalqaro miqyosda mustaqil ekspertlar ("INSEAD" tadqiqotlari) tomonidan e'tirof etildi. Tahliliy ma'lumotlarga ko'ra, yurtimizning ta'lim sohasini rivojlantirishi, ushbu sohaga davlat xarajatlari, kapital qurilish va maktablarni yangilash xarajatlari, o'qituvchilar sonining o'quvchilar soni bilan nisbati, aniq fanlar va muhandislik ishi sohasida bitiruvchilar soni, GMAT (biznes maktablarda muvaffaqiyatli o'qish qobiliyatlarini aniqlash uchun standartlashtirilgan test) bo'yicha o'quvchilarning o'rtacha bahosiga doir va boshqa ko'rsatkichlari juda balanddir.

Keng ko'lamli islohotlarning muhim bo'g'ini - innovatsiyalar bugun har bir sohada bo'lgani kabi ta'lim tizimida ham o'zining afzalliklarini namoyish etmoqda. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo'lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir.

O'quvchilarda amaliy bilim va ko'nikmalarni shakllantirishda fizika fanidan mashg'ulotlarda muhim o'rin demonstratsion (ko'rgazmali) eksperimentlarga va frontal laboratoriya ishlariga ajratiladi. Fizika darslarida fizik eksperiment o'quvchilarda fizik hodisalar va jarayonlar haqida oldindan to'plangan tasavvurni kengaytiradi, o'quvchilarning qarashlarini to'ldiradi va kegaytiradi. Laboratoriya ishlarini o'quvchilar mustaqil bajarganida eksperiment paytida ular fizik hodisalar qonuniyatlarini tushunib oladilar, ularni o'rganish metodlari bilan ishlashni o'rganadilar, ya'ni amaliyotda mustaqil bilim olishni organadilar[3].

Pedagogik texnologiyalarning afzalligi shundan iboratki, unda olib borilgan mashg'ulotlar muvaffaqiyatli o'tilishining 80 foizi ta'lim jarayonini to'g'ri loyihalashtirish, olib borish va uni amalga oshirishdan iboratdir.

Interfaol usullardan oqilona foydalanish ta'lim jarayoniga jo'shqinlik, izlanuvchanlik kayfiyatini baxsh etadi, o'quvchilarda o'z imkoniyatlariga ishonch va o'z mehnati natijasidan mamnunlik hissini vujudga keltiradi, bilishga oid qiziqishlarini yanada orttiradi. Bular esa, ta'lim jarayonida o'quvchilar shaxsi barkamollashuvining muhim omillari bo'lib hisoblanishi tabiiydir. O'qituvchi va talabaning maqsadli natijaga erishishiga qanday texnologiyani tanlashlari ularning

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 371 [MJ^^^H

ixtiyorida chunki xar ikkala tomonining asosiy maqsadi aniq bo'lib, u natijaga erishishga qaratilgan. Bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Natijaga erishish uchun yoki kompyuter bilan ishlash lozim yoki film, tarqatma material, chizma va plakatlar kerak bo'ladi

[4].

O'yinli texnologiyalardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham namoyon bo'ladiki, buning oqibatida har talaba o'zining shaxsiy imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o'zi egallagan o'rinni barqarorlashtiradi, o'z-o'zini boshqarish ko'nikmalarini hosil qiladi.

O'yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy ko'nikma va malakalaraga aylanishini ta'minlabgina qolmay, balki o'quvchilarda muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga yordam beradi.

Ishlab chiqarish texnologik jarayon ma'lum mahsulot uchun ishlanganidek, yangi pedagogik texnologiya ham har qanday fan uchun o'qitish texnologiyasining asosiy elementlarini o'z ichiga olgan umumiy uslubiyot asosida ishlab chiqiladi.

Pedagogik texnologiyaning afzalligi ham, ahamiyati ham shu bilan belgilanadi. Bu ommaviy o'qitish sharoitida, talabalarni to'la o'zlashtirishini ta'minlovchi yagona to'g'ri yo'ldir [5].

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Очилов М. Янги педогогик технологиялар Укув кулланма. - Нафас 2000.

2. Mirzahmedov B. va boshqalar. Fizika o'qitish metodikasi. I qism. Toshkent. 2010 y.

3. Т.П.Ефремова, Электронная лабораторная работа по физике как средство формирования информационной компетеентности учащихся, http: // festival .1 september.ru/articles/411219/

4. У.Т.Усаров, М.Н.Бобокулова —Замонавий педагогик технологияларни укув жараёнига куллаш Самарканд-2008

5. Ишматов К,. Педогогик майорат асослари. Наманган, НамМПИ. 2005

6. Эшбекова, С. О., Ибрагимов, Ж. К., Ашуров, Н. Р., & Хакбердиев, Э. О. (2020). НАНОКОМПОЗИТЫ НА ОСНОВЕ ПОЛИПРОПИЛЕНА. «Узбекский физический журнал», 22(6), 369-373.

7. Eshbekova, S. O., Ibragimov, J. K., & Yaxshilikov, K. U. (2022). Nanokompozitlar olish va ularning strukturaviy va mexanik xossalari. Science and Education, 3(11), 558-562.

8. Эшбекова, С. О., & Ибрагимов, Ж. К. ПОЛИПРОПИЛЕН НАНОКОМПОЗИТЛАРИНИНГ МЕХАНИК ХАРАКТЕРИСТИКАЛАРИ.

Узбекско-Казахский Симпозиум «Современные проблемы науки о полимерах» СБОРНИК ТЕЗИСОВ, 158.

9. Эшбекова, С. О., Ибрагимов, Ж. К., Ашуров, Н. Р., & Хакбердиев, Э. О. (2023). НАНОКОМПОЗИТЫ НА ОСНОВЕ ИЗОТАКТИЧЕСКОГО ПОЛИПРОПИЛЕНА. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 22(2), 89-96.

10. Ибрагимов, Ж. К., & Яхшиликов, К. У. (2022). ПОЛИПРОПИЛЕН НАНОКОМПОЗИТЛАРИНИНГ СТРУКТУР-ХОССАЛАРИНИНГ КОРРЕЛЯЦИОН БОГЛИКДИГИ. Экономика и социум, (9 (100)), 352-356.

11. Ибрагимов, Ж. К., & Яхшиликов, К. У. (2022). НАНОКОМПОЗИТНЫЕ ПОЛИМЕРНЫЕ МАТЕРИАЛЫ НА ОСНОВЕ ОРГАНОГЛИН. Экономика и социум, (9 (100)), 347-351.

12. Umarova, R. U. (2020). IMPROVING THE EFFICIENCY OF USING SMART TECHNOLOGIES IN THE EDUCATION SYSTEM. Экономика и социум, (12 (79)), 288-292.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.