Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH'

TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
57
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KOMPETENTSIYA / TIL / KASBIY / RIVOJLANISH / TA'LIM / KOMMUNIKATIV / LINGVISTIK / TARAQQIYOT / MA’NAVIYAT / INTELLEKTUAL / ILM-FAN / STRUKTURAVIY KOMPONENT

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nuritdinova X.N.

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida bo‘lajak mutaxassislarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish mohiyat tavsifi keltirilgan bo’lib muloqotning psixologik funksiyalari, muloqotning mexanizmlari hamda ilmiy adabiyotlarning tahlilidan misollar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ESSENTIAL DESCRIPTION OF COMMUNICATIVE COMPETENCE IN COMMUNICATION PROBLEMS

This article describes the essence of the development of professional training of future specialists through the development of communicative competence in the educational process, the psychological functions of communication, the mechanisms of communication, and examples from the analysis of scientific literature.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA BO‘LAJAK MUTAXASSISLARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISH ORQALI KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH»

Nuritdinova X.N.

Termiz davlatpedagogika instituti o'qituvchisi

TA'LIM JARAYONIDA BO'LAJAK MUTAXASSISLARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISH

ORQALI KASBIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta 'lim jarayonida bo'lajak mutaxassislarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish mohiyat tavsifi keltirilgan bo'lib muloqotning psixologik funksiyalari, muloqotning mexanizmlari hamda ilmiy adabiyotlarning tahlilidan misollar keltirilgan

Kalit so'zlar: kompetentsiya, til, kasbiy, rivojlanish, ta'lim, kommunikativ, lingvistik, taraqqiyot, ma'naviyat, intellektual, ilm-fan, strukturaviy komponent.

Nuritdinova Kh.N.

teacher

Termiz State Pedagogical Institute

ESSENTIAL DESCRIPTION OF COMMUNICATIVE COMPETENCE IN COMMUNICATION PROBLEMS

Abstract. This article describes the essence of the development of professional training of future specialists through the development of communicative competence in the educational process, the psychological functions of communication, the mechanisms of communication, and examples from the analysis of scientific literature.

Key words: competence, language, professional, development, education, communicative, linguistic, development, spirituality, intellectual, science.

Mamlakatimizning zamonaviy ta'lim tizimida ta'limning maqsadlari, vazifalari va natijalarini anglab tushunishga kompetentlikka asoslangan, oliy kasbiy ma'lumoti bor mutaxassislarni tayyorlashning yangi konseptual-metodologik asoslarini, modellarini izlash bilan, mavjud davlat ta'lim standartlarini qayta fikrlab, ko'rib chiqish va ularni ishlab chiqish hamda amalga oshirishning mazmuni, strukturasi, tashkiliy tomoni, ularning oliy ta'lim sifatiga asl ta'siri bilan bog'liq yondashuv tobora kuchayib bormoqda.

Mamlakatimizda 2019 yilning oktabrida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya

mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, xalqaro e'tirofga erishish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bularning barchasi ta'lim jarayonini yangi sifat bosqichiga ko'tarish uchun xizmat qiladi.

Ta'lim jarayonida bo'lajak mutaxassislarning kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish orqali kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish zarur ahamiyatga ega ekanligi bir qator olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Xususan, bugungi kunda biz kommunikativ kompetentlilik deb ataydigan samarali muloqot qilish qobiliyati har doim mutaxassislarning diqqat markazida bo'lgan. Taniqli olim N.A.Muslimovning ta'kidlashicha shaxsga yo'naltirilgan zamonaviy ta'lim texnologiyalarini samarali amalga oshirish uchun talabalar zarur darajada kommunikativ kompetentlikka ega bo'lishi, ta'lim tarbiya jarayonida o'zaro ta'sir jarayonlariga moslashuvchan bo'lishi, kommunikativ texnologiyalarni qo'llaganda talabalar va o'qituvchi o'zaro bir-birini tushunishi talab etiladi.

Pedagog olim Sh.S.Sharipov oliy ta'lim tizimidagi o'qituvchining kasbiy mahorati nafaqat bilim va ko'nikmalar to'plami bilan cheklanib qolmaydi, balki ularni haqiqiy o'quv amaliyotida qo'llash samaradorligi bilan belgilanadi. Kompetentlikka ega bo'lish qobiliyatlilikni anglatadi, mavjud bilimlarni, tajribani muayyan vaziyatlarda muammoni hal qilish uchun safarbar eta olishlikni anglatishini qayd etadi.

Ko'pchilik tadqiqotchilar, ham xorijiy B.Bergman, Diter Munk, Georges T. Ross, hamda Rossiya tadqiqotchilari V.I.Baydenko, I.A.Zimnyaya, Yu.S.Perfilyev, S.A.Podlesniy va boshqalar kompetentlikka asoslangan yondashuv hayotga obyektiv sabablar bilan shartlangan deb ta'kidlaydilar, zero jamiyatni qamrab olgan globalizatsiya, integratsiya jarayonlari, hayotning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarining o'zgarishlarini tez sur'atlari, bilimlarning yangilanishi, axborot hajmlarining oshishi, avtomatlashtirilgan va kommunikatsion texnologiyalarni kirib kelishi va boshqa holatlar oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlashning darajasi va sifatiga qo'yiladigan talablar o'zgarishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda ish beruvchilar qo'yadigan talablar orasida faoliyatni keng individual, iqtisodiy va madaniy kontekstlar/ma'nolarda tashkil etish imkonini beradigan tizimli tashkil etilgan intellektual, kommunikativ, refleksiya qildiruvchi, o'zini mustaqil tashkil qildiruvchi, axloqiy ibtidolar ustuvor darajaga ko'tariladi. Kasbiy bilishning tor ixtisoslashuvi, vazifalarni bajarish va algoritmlashtirilgan modellar, va bu hatto eng murakkab modellar bo'lsa ham, doirasida amal qilish qobiliyati bugungi kunda o'z o'rnini "jarayon kategoriyalari bilan fikrlash qobiliyatiga, maqsadni ishning davomida aniqlay olish malakasiga, turli senariylar bilan fikrlash, bir necha muqobilliroq variantlarni hisobga olgan holda ish ko'rish/amal qilish qobiliyatiga bo'shatib

bermoqda", ya'ni, hayotiy faoliyatni umuman olganda va samarali kasbiy faoliyatni o'zgargan sharoitlarga muvaffaqiyatli moslashtirish bilan amalga oshirish.

Bunday sharoitlarda kompetentlikka asoslangan yondashuv mavj ud ta'lim konsepsiyalarga muqobil/alternativaga aylanmoqda, chunki, ta'limning maqsadlari va natijalarini kompetentlik va kompetensiyalar kategoriyalarda fikrlab tushunish bilan, u oliy ta'limning umumtizim siljishini iqtisodiyot va mehnat bozorlari tomonga uning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatlarini kuchaytirish bilan, hamda bitiruvchilarning o'z hayot faoliyatlariga tobora oshib borayotgan va noaniqlik sharoitlarda moslashuvchanlik darajasini oshirish..." imkonini beradi. Mamlakatimiz ta'limini rivojlantirishning asosiy strategiyalarini qayd etuvchi me'yoriy hujjatlar ilmiy hamjamiyat avval o'rgangan va qabul qilgan, biroq hali qonun bilan belgilanib qo'yilmagan (dasturlash, algoritmlashtirish, muammoli, berilgan, kontekstga asoslangan, tizimli, fanlararo va boshqa) yondashuvlardan farqli o'laroq, kompetensiyani va kompetentlikka asoslangan yondashuvni joriy qilishga ko'rsatma beradi.

Shunday qilib, fikrlarimizga yakun yasab, biz uchun tubdan muhim qarashlarni qayd qilish zarur. Birinchidan, biz kommunikativ kompetentlilikni zamonaviy insonga faoliyat turidan qat'iy nazar zarur bo'lgan asosiy/kalit kompetentlilikdan biri sifatida qayd qilamiz. Ikkinchidan, kommunikativ kompetentlilik uni ikki tomonlarning - lisoniy xulq atvorning o'zi va kommunikativ xulq atvor bilan birgalikda o'rganishni taqozo etadi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. S.Xabilova. Tarbiyachi - Yuksak ko'ngil sohibasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishning dolzarb vazifalari: muammo va yechimlar Respublika ilmiy-onlayn konferentsiyasi MATERIALLAR TO'PLAMI 22. 12. 2020 y

2. Tursunmurodovna X. S. Yosh pedagoglarning psixologik-pedagogik faoliyatidagi kompitentlik masalalariga oid ayrim mulohazalar //Research and education. - 2022. - т. 1. - №. 1. - с. 324-328.

3. X. Nuritdinova MAKTABGACHA TAYYORLOV YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK ASOSLARI Eurasian Journal of Academic Research, 2022 -in-academy.uz

4. Hikmatullaevna, M. K. (2022). DEVELOPMENT OF STUDENTS'CREATIVITY AS A PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL PROBLEM. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(10), 571-574.

5. Kuvvatova, M. (2022). DEVELOPMENT OF STUDENTS'CREATIVITY AS A PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL PROBLEM. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(10), 665-670.

6. Quvvatova, M. H., & Ibrohimova, K. A. (2021). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EKOLOGIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI. Студенческий вестник, (16-7), 71-73.

7. Quvvatova, M. (2022). PEDAGOGIK TA'LIMNING BO'LAJAK BAKALAVRLAR KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH KONTEKSTIDA TAYYORLASHDAGI KASBIY XUSUSIYATLAR. Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar, 1(27), 29-31.

8. Quvvatova, M. (2022). LEARNING TO DEVELOP THE CREATIVITY OF HIGHER EDUCATION STUDENTS. Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot, 1(28), 131-134.

9. Quvvatova, M. (2022). OLIY TA'LIM TALABALARINING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI. Академические исследования в современной науке, 1(19), 236-239.

10. Quvvatova, M. (2022). WAYS OF DEVELOPING CREATIVE ABILITIES OF STUDENTS OF HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS. Models and methods in modern science, 1(18), 4-7.

11. Quvvatova, M. H., & Alisherova, S. (2022). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQINI O'STIRISHDA LUG 'AT ISHINING AHAMIYATI. Eurasian Journal of Academic Research, 2(3), 472-474.

12. X Nuritdinova MULOQOT MUAMMOLARIDA KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIKNING MAZMUN TAVSIFI Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot 1 (28), 135-137

13. X Nuritdinova SHAXSNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHNING AMALIY VAZIFALARI Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar 1 Том Номер 27 32-33 Страницы

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.