Научная статья на тему 'Suv ombori drenajlarida dala tadqiqotlari olib borish'

Suv ombori drenajlarida dala tadqiqotlari olib borish Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suv ombori / gruntli to‘g‘on / filtratsiya / drenaj / quruq qoldiq / suv tarkibi / loyqalik darajasi. / reservoir / earth dam / filtration / drainage / dry residue / water composition / turbidity level.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, Samiyev Luqmon Nayimovich, Xoshimov Sardorbek Ne’matjon O‘g‘li, Ulashov Qudratilla Chori O‘g‘li

Hozirgi kunda yurtimizda foydalanib kelinayotgan suv omborlarining 95 foizi gruntli to‘g‘onlardan barpo etilgan. To‘g‘on tanasi hamda zaminidan kelib chiqadigan filtratsiya jarayonlarining gruntli to‘g‘onlarga ta’sirini o‘rganish dolzarb masala hisoblanadi. Shu bois suv ombori drenajlarida filtratsiya suvlari tarkibini o‘rganish va baholash suffoziya hodisalarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy dala tadqiqotlari davomida Chimqo‘rg‘on suv ombori to‘g‘oni tanasidan bo‘ladigan filtratsiya suvlarini 19 ta gidropostda o‘lchash ishlari amalga oshirildi. Har bir gidropostdan olingan suv namunalarining quruq qoldiq miqdori aniqlanganda, 3a, 4, 7 gidropostlaridagi natijalar yuqori byef suv sathidagi natijalarga juda yaqin bo‘ldi. Qolgan gidropostlarda esa bu ko‘rsatkichlar ancha yuqori darajada ekanligi tadqiq etildi. Olingan namunalarning pH miqdori pH Meters qurilmasida tekshirilib, bir-biridan katta farq qilmayotganligi ma’lum bo‘ldi. Filtratsiya suvlarining loyqalik miqdorini aniqlashda spektrofotometr qurilmasidan foydalanildi va 1, 4, 4a, 5, 6, 7, 7b, 8a gidropostlardan olingan namunalarda loyqalik miqdori yuqori bo‘lgani aniqlandi. Ushbu tadqiqot davomida olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, to‘g‘onlarda filtratsiya suvlari tarkibini o‘rganish va filtratsiya jarayonini baholash muhim vazifalardan sanaladi. Bu orqali gruntli to‘g‘onlarning ishonchli ishlashi ta’minlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Field studies of reservoir drainage

At present, 95% of water reservoirs used in our country are constructed of earth dams. A topical issue is the study of the influence of filtration processes on groundwater dams, occurring both on the dam body and on its bottom. Therefore, the study and evaluation of the filtration water content in the water body runoff is of great importance for the prevention of suffosion phenomena. During the naturalscientific field studies, measurements of seepage water coming from the dam of the Chimkurgan reservoir were carried out at 19 gauging stations. When determining the amount of dry residues in water samples taken from each gauging station, the results at gauging stations 3A, 4, and 7 were very close to the upstream water level. However, at the other gauging stations, these values were at much higher levels. The pH levels of the samples obtained were checked using a pH Meters instrument, and it was found that they were not significantly different from each other. The spectrophotometric device was used to determine the turbidity of the seepage waters, and it was found that the turbidity was higher in the samples taken from gauging stations 1, 4, 4a, 5, 6, 7, 7b, and 8a. The results obtained from this study show that studying the composition of seepage water in dams and evaluating the seepage process are important tasks. This ensures the reliable operation of earth dams.

Текст научной работы на тему «Suv ombori drenajlarida dala tadqiqotlari olib borish»

UDC: 532.546(045)(575.1) EDN: https://elibrary.ru/xfzbpd

SUV OMBORI DRENAJLARIDA DALA TADQIQOTLARI OLIB BORISH

Arifjanov Aybek Muxamedjanovich1, Samiyev Luqmon Nayimovich2, Xoshimov Sardorbek Ne'matjon o'g'li3, Ulashov Qudratilla Chori o'g'li4

1texnika fanlari doktori, professor

e-mail: [email protected]

2texnika fanlari doktori e-mail: luqmonsamiyev@ mail.ru

3texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent e-mail: xoshimov.50907@ gmail.com

4doktorant

e-mail:[email protected]

"Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti

Annotatsiya. Hozirgi kundayurtimizda foydalanib kelinayotgan suv omborlarining 95 foizi gruntli to'g'onlardan barpo etilgan. To'g'on tanasi hamda zaminidan kelib chiqadigan filtratsiya jarayonlarining gruntli to'g'onlarga ta'sirini o'rganish dolzarb masala hisoblanadi. Shu bois suv ombori drenajlarida filtratsiya suvlari tarkibini o'rganish va baholash suffoziya hodisalarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tabiiy dala tadqiqotlari davomida Chimqo'rg'on suv ombori to'g'oni tanasidan bo'ladigan filtratsiya suvlarini 19 ta gidropostda o'lchash ishlari amalga oshirildi. Har bir gidropostdan olingan suv namunalarining quruq qoldiq miqdori aniqlanganda, 3a, 4, 7gidropostlaridagi natijalaryuqori byef suv sathidagi natijalarga juda yaqin bo'ldi. Qolgan gidropostlarda esa bu ko'rsatkichlar ancha yuqori darajada ekanligi tadqiq etildi. Olingan namunalarning pH miqdori pH Meters qurilmasida tekshirilib, bir-biridan katta farq qilmayotganligi ma'lum bo'ldi. Filtratsiya suvlarining loyqalik miqdorini aniqlashda spektrofotometr qurilmasidan foydalanildi va 1, 4, 4a, 5, 6, 7, 7b, 8a gidropostlardan olingan namunalarda loyqalik miqdori yuqori bo'lgani aniqlandi. Ushbu tadqiqot davomida olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, to'g'onlarda filtratsiya suvlari tarkibini o'rganish va filtratsiya jarayonini baholash muhim vazifalardan sanaladi. Bu orqali gruntli to'g'onlarning ishonchli ishlashi ta'minlanadi.

Kalit so'zlar: suv ombori, gruntli to'g'on, filtratsiya, drenaj, quruq qoldiq, suv tarkibi, loyqalik darajasi.

ПРОВЕДЕНИЕ ПОЛЕВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ ДРЕНАЖА ВОДОХРАНИЛИЩА

Арифжанов Айбек Мухамеджанович1, Самиев Лукмон Найимович2, Хошимов Сардорбек Неъматжон угли3, Улашов Кудратилла Чори угли4

1доктор технических наук, профессор

2доктор технических наук

3доктор философии по техническим наукам (PhD), доцент

4докторант

Национальный исследовательский университет «Ташкентский институт инженеров ирригации и механизации сельского хозяйства»

Аннотация. В настоящее время 95 % водохранилищ, используемых в нашей стране, построены из грунтовых дамб. Актуальным вопросом является изучение влияния фильтрационных процессов на грунтовые плотины, которые возникают как на теле плотины, так и на её дне. Поэтому изучение и оценка содержания фильтрационных вод в стоках водоёма приобретает важное значение для предотвращения явлений суффозии. В ходе естественнонаучных полевых исследований на 19 гидропостах были проведены измерения фильтрационных вод, поступающих из плотины Чимкурганского водохранилища. При определении количества сухих остатков в образцах воды, взятых с каждого гидропоста, результаты на гидропостах 3а, 4, 7 были очень близки к результатам к уровню воды на верхнем бьефе. Однако на остальных гидропостах эти показатели были на гораздо более высоком уровне. Уровни pH полученных образцов были проверены с помощью прибора pH Meters, и оказалось, что они не сильно отличаются друг от друга. Спектрофотометрическое устройство использовалось для определения мутности фильтрационных вод, и было обнаружено, что мутность выше в образцах, взятых с гидропостов 1,4,4а, 5, 6, 7, 7в, 8а. Результаты, полученные в ходе этого исследования, показывают, что изучение состава фильтрационных вод в плотинах и оценка процесса фильтрации являются важными задачами. Благодаря этому обеспечивается надёжная работа грунтовых плотин.

H^TH6ocnHK^HTHpoBaHHe/citation: Arifzhanov, A. M., Samiev, L. N., Khoshimov, S. N. u., & Ulashov, K. Ch. u. (2024). Field studies of reservoir drainage. (In Uzbek). Science and Innovative Development, 7(5), 103-111.

Ключевые слова: водохранилище, грунтовая плотина, фильтрация, дренаж, сухой остаток, состав воды, уровень мутности.

1Doctor of Technical Sciences, Professor

2Doctor of Technical Sciences

3Doctor of Philosophy in Technical Sciences (PhD), Associate Professor

4Doctoral Student

National Research University "Tashkent Institute of Irrigation and Agriculture Mechanization Engineers"

Kelib tushgan/Получено/ Received: 21.09.2024

Qabul qilingan/Принято/ Accepted: 14.10.2024

Nashr etilgan/

Опубликовано/Published:

31.10.2024

FIELD STUDIES OF RESERVOIR DRAINAGE

Arifzhanov Aibek Mukhamedjanovich1, Samiev Lukmon Nayimovich2, Khoshimov Sardorbek Nematjon ugli3, Ulashov Kudratilla Chori ugli4

Abstract. At present, 95% of water reservoirs used in our country are constructed of earth dams. A topical issue is the study of the influence of filtration processes on groundwater dams, occurring both on the dam body and on its bottom. Therefore, the study and evaluation of the filtration water content in the water body runoff is of great importance for the prevention of suffosion phenomena. During the natural-scientific field studies, measurements of seepage water coming from the dam of the Chimkurgan reservoir were carried out at 19 gauging stations. When determining the amount of dry residues in water samples taken from each gauging station, the results at gauging stations 3A, 4, and 7 were very close to the upstream water level. However, at the other gauging stations, these values were at much higher levels. The pH levels of the samples obtained were checked using a pH Meters instrument, and it was found that they were not significantly different from each other. The spectrophotometric device was used to determine the turbidity of the seepage waters, and it was found that the turbidity was higher in the samples taken from gauging stations 1, 4, 4a, 5, 6, 7, 7b, and 8a. The results obtained from this study show that studying the composition of seepage water in dams and evaluating the seepage process are important tasks. This ensures the reliable operation of earth dams.

Keywords: reservoir, earth dam, filtration, drainage, dry residue, water composition, turbidity level.

Kirish

Mintaqada suv resurslari notekis taqsimlanganligi va ularning miqdori cheklanganligi sababli insonlar tomonidan suvni boshqarish uchun suv omborlari (to'g'onlar) bunyod etilgan. To'g'onlardan suvni saqlash, toshqinlarning oldini olish, energiya ishlab chiqarish hamda sanoat iste'moli uchun ham foydalaniladi. Hozirgi kunda foydalanib kelinayotgan grunt to'g'onli suv omborlarining ishonchli hamda xavfsiz ishlashi muhim ahamiyatga ega. Ekspluatatsiya qilinayotgan gruntli to'g'onlarda bo'ladigan o'zgarishlarning asosiy sabablaridan biri - bu to'g'on tanasidan bo'ladigan filtratsiya jarayonidir. Bu jarayon to'g'on tanasida suffoziya, ya'ni yuvilish hodisalariga olib kelishi hamda suv ombori to'g'onining siljish yoki cho'kish, ya'ni deformatsiyasiga sabab bo'lishi mumkin. Yuqorida keltirilgan bu jarayonlar suv ombori to'g'onining ishonchli ishlashiga katta ta'sir ko'rsatadi. Olimlarimiz suv omborlaridagi jarayonlarni baholash bo'yicha ko'plab izlanishlar olib borgan hamda muayyan natijalarga erishgan.

Adabiyotlar tahlili va masalaning qo'yilishi

Mamlakatimizda suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida ko'plab suv omborlari bunyod etilgan. Suv zaxiralaridan samarali va oqilona foydalanish, vegetatsiya davrida iste'molchilarni bir maromda suv bilan ta'minlash, foydali hajm miqdorini aniq baholash va gidrotexnik inshootlar mustahkamligini oshirish muhim masalalardan biri bo'lib kelmoqda (Arifjanov et al., 2024а).

Suv omborlaridan ishonchli va samarali foydalanish bo'yicha reja ishlab chiqish, inshootlarning xavfsiz ishlashi uchun suv omborida saqlanadigan suv hajmini aniq bilish talab etiladi. Shu bilan birga, suv ombori to'g'on xavfsizligi va xizmat muddatlarini oshirish, to'g'onlarni ishonchli ekspluatatsiya qilishga alohida e'tibor qaratilgan (Arifjanov et al., 2024b). Jumladan, gruntli ko'tarma to'g'onlarning drenaj qurilmalari, gruntli ko'tarma

to'g'onlarda drenajlar depressiyasi egri chizig'ini pasaytirish, filtratsiya oqimining qiyalikka chiqishiga yo'l qo'ymaslik va to'g'on tanasi orqali o'tadigan filtratsiya suvlarini pastki b'efga chiqarib yuborish ekspluatatsiya davrida dolzarb vazifalardan biridir (Arifjanov et al., 2020).

Chimqo'rg'on suv omborining ekspluatatsiya davri 60 yildan ortiq ekanligini inobatga olsak, respublikamizda ham xorijdagi kabi gidrotexnika inshootlarini kapital ta'mirlash bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilayotgani bejiz emas (Gapparov et al., 2020).

Hozirgi kunda ekspluatatsiya qilinayotgan 70 dan ziyod suv omborlarining 90 %dan ortig'i o'tgan asrning 70-yiligacha qurib foydalanishga topshirilgan (Arifjanov et al., 2023). Chimqo'rg'on suv ombori 1963-yil foydalanishga topshirilgan bo'lib, suv ombori to'g'on tanasidan bo'ladigan filtratsiya sarfining oshishi 1973-yildan boshlab ilk ilmiy izlanishlar olib borilishiga sabab bo'lgan. Shularni inobatga olib, tadqiqotchilar Chimqo'rg'on suv omborida filtratsiya jarayoni, asosan, grunt to'g'on zaminida kuzatilayotganini ko'rib chiqdi va zamin daryo o'zanida joylashgan degan xulosaga keldi (Arifjanov et al., 2024c).

O'tgan asrlarda ham tekislikda joylashgan suv saqlash havzalarida filtratsiya natijasida suvning yo'qolish sabablari, inshootlarda filtratsiyaning jadallashishiga olib keladigan omillarning oldini olish bo'yicha ham ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan (Arifjanov et al., 2022). Suv omborlariga suv bilan birga kirib keladigan cho'kindilar kimyoviy tarkibining fraksional o'zgaruvchanligi hamda vegetatsiya davrida o'zgarishi bu jarayonning asosiy omili hisoblanadi (Samiyev et al., 2020). Shuningdek, suv omboridagi suv resurslarini boshqarish rejimi va to'plangan suvdan yil davomida foydalanish rejasiga qarab, har bir suv ombori uchun alohida ishlar amalga oshiriladi (Samiev et al., 2023a).

Olimlar o'z ishlarida tabiiy ko'llarga nisbatan daryo o'zanida joylashgan suv omborlarida loyqa cho'kindilar miqdori va tarqalishi ko'p ekanligini aniqlagan (Samiev et al., 2023b). Shu bilan bir qatorda, tabiiy o'zanli kanallarda ham loyqa bosish orqali deformatsiyalanish jarayoni yuzaga kelib, kanallarning suv o'tkazish qobiliyati kamaya boshlaydi (Samiev et al., 2024).

Tadqiqotchilar gilli yadro yordamida gruntli to'g'ondan bo'ladigan filtratsiya jarayonini tahlil qilish bo'yicha izlanishlar olib borishgan. Ular gruntli to'g'on tanasidan suvning oqib o'tishini o'lchash maqsadida vertikal va qiya drenajlardan foydalangan. Shuningdek, gruntli to'g'onlarda yuzaga keladigan filtratsiya jarayonining turli modellarini qo'llab, bu jarayonning to'g'on strukturasi va barqarorligiga ta'sirini o'rganishgan (Fakhari & Ghanbari, 2013). Filtratsiya jarayoni dala kuzatuvlari orqali tahlil qilingan. Qozog'istonning "Bugun" suv ombori to'g'on tanasidan bo'layotgan filtratsiya holati, drenajdagi filtratsiya oqim tezligi, drenaj shakli, filtratsiya yo'nalishi, suv harorati va oqimning kimyoviy tarkibi nazorat va o'lchash uskunalari bilan o'rganilib, zarur xulosalar olingan (Panov & Veselov, 2016).

P.V. Kondratenko et al. (2018) o'z ishlarida suv omborlarida muhandislik-geologik tadqiqotlar olib borib, ekspluatatsiyadan so'ng to'g'on tanasi va poydevor gruntlarining filtratsiya xususiyatlarini miqdoriy baholagan. Ularning ishlarida drenajning ishlash muddati, filtratsiyaga qarshi filtrning sezuvchanligi sezilarli o'zgarishlarga duch kelishi mumkinligi aniqlangan.

"Massingir" to'g'oni tosh-gruntli to'g'on hisoblanib, maksimal balandligi 46 m ni tashkil qiladi. Gil yadroli va tekis gorizontal drenajga ega. 1977-yilda ekspluatatsiya boshlanganidan keyin to'g'onda pastki b'ef zonasining botqoqlanishi va to'g'on poydevorida suffoziya jarayonlari kuzatildi. Loyihaviy yechimlar varianti sifatida to'g'onning pastki qismidagi oqim tomonda ekran yoki yuqori oqimda diafragma o'rnatish taklifi ko'rib chiqilgan

(Orischuk, 2018). Tadqiqotchilar suv ombori zaminida shag'al qatlamlari orqali filtratsiya oqimining o'zgarishini aniqlagan va filtratsiyaning jadallashishini hisobga olgan holda, to'g'on chap qirg'oq zaminidan filtratsiyani kamaytirish uchun quyidagi ikkita variantni tavsiya etgan: a) sementatsiya yoki b) to'g'on oldi chap qirg'oq zaminidan suv o'tkazmas qatlamgacha plastik devor kesish (Jain & Choudhary, 2019).

Loyiha mualliflari suv o'tkazmaydigan geomembrana shaklida to'g'on yuqori b'ef tomonida ekran qurish bo'yicha chora-tadbirlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkinligini ta'kidlashsa ham, ishni tashkil etishning murakkabligi tufayli bu chora-tadbirlarni amalga oshirish bekor qilingan (Montfort & Breul, 2019; Vaschetti et al., 2019). Olimlar grunt to'g'on yuqori b'efida kuzatiladigan filtratsiyani kamaytirish uchun asfalt-beton va bitum materiallarini sinovdan o'tkazishning ilg'or texnologiyalari ustida izlanishlar olib borishgan (Muller & Wilson, 2018).

Chouireb & Djehiche (2019) o'z izlanishlarida SEEP/W dasturidan foydalangan holda, vertikal drenajli gruntli to'g'on tanasi orqali filtratsiya oqimi tahlilini Harreza to'g'onining yuqori b'ef uch xil suv sathi uchun PK 28 da amalga oshirgan. Modelda olingan natijalar dala tadqiqotlarida olingan ma'lumotlar bilan solishtirganda, natijalar loyihaviy parametrlariga mos kelishi aniqlangan.

Olimlarning tadqiqotlariga ko'ra, gruntli to'g'on suv omborlarida filtratsiya depressiya egri chizig'ini pasaytirish uchun bir nechta konstruksiyalar taklif qilingan. Ba'zi olimlar drenaj qurilmalarining filtratsiya jarayonidagi muhim rolini aniqlashgan. Ammo ular filtratsiya jarayonlarini o'rganishda drenajlardan chiqayotgan suvlar tarkibini inobatga olmagan. Respublikamizdagi suv omborlarining 95 foizdan ortig'i gruntli to'g'onlardan iborat bo'lib, hozirgi kunda ulardan turli maqsadlarda foydalanib kelinmoqda. Gruntli to'g'onlarning ishonchli va xavfsiz ishlashi uchun to'g'on tanasidan bo'ladigan filtratsiya jarayonlarini to'g'ri baholash, drenaj orqali chiqayotgan filtratsiya suv sarfini yuqori b'ef suv sathi bilan bog'liq holda tahlil qilish, shuningdek, filtratsiya suvlaridan namunalar olib, laboratoriya sharoitida tekshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Tadqiqotning asosiy maqsadi yuqorida ko'rsatilgan muammolarni inobatga olgan holda, Chimqo'rg'on suv omborining yuqori b'ef kosasidan suv namunalari olib, pastki b'ef drenajlaridan chiqayotgan filtratsiya suv namunalari bilan taqqoslashdir. Bu suv namunalari laboratoriya sharoitida tekshiriladi. Shu orqali to'g'on tanasidan o'tayotgan filtratsiya suvlari tarkibidagi o'zgarishlarni aniqlash maqsadida dala va laboratoriya tadqiqotlari olib borish zarur.

Material va metodlar

Dala tadqiqotlari "Toshkent irrigatsiya qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti "Gidravlika va gidroinformatika" kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda doktorantlari tomonidan Qashqadaryo viloyati Qashqadaryo daryo o'zanida qurilgan Chimqo'rg'on suv omborida olib borildi. Suv ombor to'g'oni uzunligi 8 km, to'g'onning maksimal balandligi esa 33 m ni tashkil qiladi. Suv omborining loyihaviy hajmi 500 mln m3, foydali hajmi esa 450 mln m3. Suv ombor to'g'onining PK 27 dan PK 50 gacha bo'lgan uchastkalari daryo o'zanida joylashgan. Ushbu uchastkada 21 ta stvor hamda 116 ta p'ezometrlar qurilgan (1-rasm).

Loyiha bo'yicha to'g'on tanasi hamda zaminidan bo'ladigan filtratsiya suv sarflarini o'lchaydigan gidropostlar 11 ta, shundan 1 tasi umumiy filtratsiya suv sarflarini o'lchash maqsadida qurilgan. Suv omboridan foydalanish davomida filtratsiya suv sathlari ko'tarila boshlagani uchun yana qo'shimcha 8 ta gidropost bunyod etilgan. Hozirgi kunda jami 19 ta gidropostdan ishchi holatda foydalanib kelinmoqda.

1-rasm. Chimqo'rg'on suv ombori tadqiqot hududi

Shulardan loyiha bo'yicha qurilgan 10 ta gidropost birinchi liniya drenaj tizimida joylashtirilgan. Keyingi bosqichda qurilgan 8 ta gidropost ikkinchi liniyada qurilgan.

Tadqiqotlar Chimqo'rg'on o'zanli suv omborida olib borilib, asosan, to'g'on tanasi hamda zaminidan bo'layotgan filtratsiya suvlarini olib chiqib ketuvchi drenajlarda amalga oshirildi. Drenajlarni loyihalashda to'g'on tanasi va zamindagi gruntlar tavsiflari, ularning suffoziya xossalari va drenaj zonasidagi filtratsiya sharoitlari hisobga olinadi. Gidrotexnika inshootlari amaliyotida filtratsiya suv sarflarini hisoblash uchun drenaj konstruksiyalari qo'llanadi. Eng keng tarqalganlari orasida drenaj prizmasi, qatlamli drenaj, kombinatsiyalashgan drenaj, gorizontal yassi drenaj, qiya-gorizontal drenaj, kombinatsiyalangan drenaj, tasmasimon drenaj va quvurli drenajlar asosiy o'rin tutadi.

Tadqiqot obyektida drenaj tizimi quvurli drenaj konstruksiyasidan foydalanilgan bo'lib, filtratsiya suvlari quvurlarda yig'iladi va suv sarfini o'lchaydigan gidropostlar orqali hovuzga tashlanadi.

Filtratsiya suvlarini o'lchaydigan gidropostlarda "Chipoletti" suv o'tkazgichda suv sarfini o'lchash ishlari amalga oshirilmoqda. Suv o'tkazgichlar ko'rinishi (2, 3) rasmda keltirilgan.

2-rasm. 8-gidropost 3-rasm. Umumiy gidropost

Suv ombori to'g'oni va zaminidan o'tayotgan filtratsiya suv sarfini o'lchash uchun umumiy gidropost sekundiga 500 l/s suv o'tkazish qobiliyatiga ega "Chipoletti" suv o'tkazgichida o'lchov-kuzatuv ishlari olib borildi. Suv o'tkazgichdan o'tayotgan suv "Berdoli" kanali tagidan dyuker orqali Qashqadaryo daryosiga chiqariladi.

Tabiiy dala tadqiqoti davomida drenajlardan chiqayotgan filtratsiya suv sarfi hamda gidropostlarning hozirgi ishchi holatini aniqlash bo'yicha tadqiqotlar amalga oshirildi (4-rasm). To'g'on tanasidan o'tadigan filtratsiya suvi tarkibini aniqlash uchun esa "Gidravlika va gidroinformatika" kafedrasi laboratoriyasida tadqiqotlar olib borildi (5-rasm).

4-rasm. 1-linya 3-gidropost

5-rasm. Namuna suvlarini laboratoriya sharoitida tekshirish

Laboratoriya sharoitida filtratsiya suvining quruq qoldiq miqdori quritish shkaf pechida amalga oshirilgan (7-rasm). Suvning pH miqdori pH Meters qurilmasi orqali aniqlangan (8-rasm). Olingan namunaning loyqalik miqdorini aniqlash uchun spektrofotometr qurilmasidan foydalanilgan (9-rasm).

7-rasm. Quritish shkaf pechi

8-rasm. pH Meters

9-rasm. Spektrofotometr

Quruq qoldiq miqdorini aniqlashda tayyorlangan chinni idishlar 110°C da doimiy og'irlikka yetguncha quritiladi, eksikatorda sovitiladi va og'irligi analitik tarozida o'lchab olinadi. Tarozida o'lchab olingan chinni idishlarga 50 sm3 suv namunasi pipetka bilan o'lchab solinadi va suv hammomiga joylashtiriladi. Namuna chinni idishda to'liq bug'latiladi. To'la bug'latilgan namunalar quritish shkafida 110°C da doimiy og'irlikka yetguncha quritiladi, eksikatorda sovitiladi va og'irligi analitik tarozida o'lchab olinadi.

Quruq qoldiq miqdori quyidagi (1) formula bilan hisoblanadi:

x =

(m2 - m2) V

(1)

bu yerda: шц - tigel og'irligi, g;

m2 - quritilgan qoldiqli tigel og'irligi, g;

V- bug'latish uchun olingan suv namunasining hajmi, dm3.

Tadqiqot natijalari

Tadqiqot hududida olib borilgan tabiiy dala tadqiqotlari davomida 18 ta gidropostdan drenajlar orqali chiqayotgan filtratsiya suv namunalarining laboratoriya sharoitida quruq qoldiq miqdori, loyqalik darajasi hamda suvning pH miqdorini aniqlash ishlari amalga oshirildi.

Tabiiy dala tadqiqotlari davomida olingan ma'lumotlar quritish shkaf pechidan foydalanib, laboratoriya sharoitida o'rganildi va to'g'on tanasidan o'tuvchi filtratsiya suvlarining quruq qoldiq miqdori aniqlanib, har bir gidropost uchun (1) jadvalda keltirildi. Olingan natijalar shuni ko'rsatmoqdaki, buloq hamda 1, 2, 6, 8, 9, 9a gidropostlardan olingan suv namunalarida quruq qoldiq miqdori 2a, 3, 3a, 4, 4a, 5, 6a, 7, 7b, 8a, gidropostlarga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi.

1-jadval

Drenajlardan chiqayotgan filtratsiya suvlari tarkibidagi quruq qoldiq miqdori

№ Nomi Quritilishidan oldingi og'irligi, g Quritilgandan keyingi og'irligi, g S,g/dm3

1 YuBSS 25,457 25,412 0,9

2 Buloq 30,714 30,865 3,02

3 1 26,034 26,194 3,2

4 2 28,225 28,378 3,06

5 2a 25,467 25,531 1,28

6 3 25,829 25,881 1,04

7 3a 25,153 25,197 0,88

8 4 27,552 27,596 0,88

9 4a 26,246 26,298 1,04

10 5 25,738 25,799 1,22

11 6 29,233 29,355 2,44

12 6a 37,423 37,488 1,3

13 7 36,735 36,768 0,66

14 7b 39,725 39,799 1,48

15 8 29,219 29,275 1,12

16 8a 42,526 42,687 3,22

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

17 9 37,519 37,671 3,04

18 9a 36,841 36,997 2,52

Tadqiqot davomida gidropostlardan olingan namuna suvlarining laboratoriya sharoitida pH Meters qurilmasi orqali (2) jadvalda keltirilgan pH miqdori aniqlangan. pH - "potensial vodorod" suvli eritmaning kislota yoki asosligi o'lchovi hisoblanadi.

2-jadval

Drenajlardan chiqayotgan suvning pH miqdori

№ Nomi pH № Nomi pH № Nomi pH

1 YuBSS 6,66 7 3a 6,54 13 7 6,54

2 Buloq 6,70 8 4 6,88 14 7b 6,70

3 1 6,42 9 4a 6,52 15 8 6,53

4 2 6,55 10 5 6,73 16 8a 6,67

5 2a 6,42 11 6 6,61 17 9 6,58

6 3 6,46 12 6a 6,34 18 9a 6,55

18 ta gidropostlardan olingan filtratsiya suv namunalari natijalariga e'tibor beradigan bo'lsak, filtratsiya suvlarining pH miqdori bir-biridan unchalik katta farq qilmaydi.

Dala tadqiqotlari davomida gidropostlardan olingan suv namunalarining loyqalik miqdori spektrofotometr qurilmasi yordamida aniqlandi va natijalar (3) jadvalda keltirildi.

3-jadval

Drenajlardan chiqayotgan suvning loyqalik miqdori

№ Nomlari mg/l № Nomlari mg/l

1 YuBSS 0,032 11 6a 0,032

2 1 0,063 12 7 0,053

3 2 0,043 13 7a 0,033

4 2a 0,048 14 7b 0,058

5 3 0,0465 15 8 0,0565

6 3a 0,049 16 8a 0,069

7 4 0,0592 17 9 0,0492

8 4a 0,0598 18 9a 0,0498

9 5 0,051 19 10 0,022

10 6 0,0602

Chimqo'rg'on suv omborida dala tadqiqotlari olib borildi. Tadqiqot davomida olingan suv namunalar kafedra laboratoriyasida ko'rib chiqildi.

Tadqiqot natijalar tahlili

Tahlil natijalari shuni ko'rsatadiki, 1-liniya drenaj tizimi orqali chiqayotgan filtratsiya suvlarining quruq qoldiq miqdori yuqori bo'lgan.

Filtratsiya suvlaridagi loyqalik miqdorini aniqlashda yuqori b'ef suv namunasi bilan pastki be'f drenajlardan chiqayotgan filtratsiya suv namunalari solishtirildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, drenajlarning 1, 4, 4a, 5, 6, 7, 7b, 8a gidropostlaridan chiqayotgan filtratsiya suvining loyqalik miqdori YuBSSga nisbatan ancha yuqori.

Xulosa

Tabiiy dala tadqiqotlari Chimqo'rg'on suv omborida olib borilib, suv ombori to'g'oni tanasidan o'tayotgan filtratsiya suvlari drenajlar orqali chiqadigan gidropostlarda o'lchov-kuzatuv ishlari amalga oshirildi. Suv omborida jami 18 ta gidropost bo'lib, har bir gidropostdan suv namunalari olindi va tarkibidagi quruq qoldiq miqdori, loyqalik miqdori hamda pH ko'rsatkichlari laboratoriya sharoitida o'rganildi.

Laboratoriya tahlillari shuni ko'rsatdiki, 1, 2, 6, 8, 9, 9a gidropostlardagi filtratsiya suvining quruq qoldiq miqdori YuBSS dan olingan suv namunalariga nisbatan sezilarli darajada juda yuqori.

Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, pastki b'efda 18 ta gidropost bo'lib, ulardan 7 tasida filtratsiya suvining loyqalik miqdori YuBSS ga nisbatan ancha yuqori. Bu uchastkalar Chimqo'rg'on suv ombori to'g'onining Pk 37 dan Pk 50 gacha bo'lgan stvorlariga to'g'ri keladi.

Natijalardan xulosa qiladigan bo'lsak, gruntli to'g'onlarning ishonchli hamda xavfsiz ishlashini ta'mimlash uchun to'g'on tanasi va zaminida sodir bo'ladigan filtratsiya jarayonlarini to'g'ri baholash hamda drenajlardan chiqayotgan filtratsiya suvlari tarkibini tekshirib turish katta ahamiyatga ega. Bu orqali fizik va kimyoviy suffoziya jarayonlarining oldini olish, shuningdek, suv omborining barqaror ishlashini ta'minlash mumkin.

REFERENCES

1. Arifjanov, A., Babajanov, F., Xoshimov, S., & Sultonov, R. (2024b). Distribution of river flow in the river bed. BIO Web of Conferences, 105, 05015.

2. Arifjanov, A., Gapparov, F., Apakxujaeva, T., & Xoshimov, S. (2020). Determination of reduction of useful volume in water reservoirs due to sedimentation. IOP ConferenceSeries: Earth and Environmental Science, 614 (1), 012079.

3. Arifjanov, A., Samiev, L., Khaydarov, S., Kasimov, T., Juraev, S. (2022). Increasing Efficient Use of Water Storage Pools. AIP Conference Proceedingsthis link is disabled, 2432, 040003

4. Arifjanov, A., Samiyev, L., Babajanov, F., Tadjiboyev,S., & Akramov, J. (2024a). Assessment of the productivity of river sediments. E3S Web of Conferences, 538, 03010.

5. Arifjanov, A., Samiyev, L., Ibragimova, Z., & Ulashov, Q. (2023). Effects of water level changes in reservoir basin on coastal erosion. E3S Web of Conferences, CONMECHYDRO, 401, 01016. https://doi. org/10.1051/e3sconf/202340101016

6. Arifjanov, A., Samiyev, L., Xoshimov, S., Ulashov, Q. (2024c). Filtratsiya jarayonini gruntli to'g'onlarga ta'sirini baholash [Assessment of the influence of the seepage process on earth dams]. (In Uzbek). Science and Innovative Development, 7, (2).

7. Chouireb, M., & Djehiche, A. (2019). Simulation of seepage flow through an earthen dam with vertical drain and comparison of results with observations data (case study: Harreza dam-Algeria). Arabian Journal of Geosciences, (12), 406. https://doi.org/10.1007/s12517-019-4542-6

8. Fakhari, A., & Ghanbari, A. (2013). A simple method for calculating the seepage from earth dams with clay core. J. of Geo-Engg., 8 (1), 27-32.

9. Gapparov, F., Nazaraliev, D., & Eshkuvatov, Q. (2020). Assessment of Chimkurgan water reservoir sedimentation processes. CONMECHYDRO. https://doi.org/10.1088/1757-899X/883/1/012039

10. Jain, A., & Choudhary, R. K. (2019). Rehabilitation of pervious foundation of Kanupur earth dam, Odisha - acase study. International Dam Safety Conference, 2, 931-939. Bhubaneswar, Odisha.

11. Kondratenko, P. V., Voronkov, O. K., Sheikin, A. M., Ganin, A. V., & Ushakova, L. F. (2018). Engineering and geo-physical studies of the condition of the left-bank abutment of the concrete dam of Volkhovskaya HPP. (In Russian). Izvestiya of "Vedeneev VNIIG", 288, 37-45.

12. Montfort, A., & Breul, B. (2019). Bituminous geomembrane increasing tendency on Europe, America and Australia, to assume and renew watertightness of dams and reservoirs. International Dam Safety Conference, 2, 837-847. Bhubaneswar, Odisha.

13. Muller, D., & Wilson, D. (2018). Asphaltic cores: making embankment dams truly watertight. The International Journal on Hydropower and Dams, 25 (1), 169-176.

14. Orischuk, R.N. (2018). Problems of design, construction and operation of clay-cement-concrete diaphragms of earth dams erected by the method of bored piles. Izvestiya of "Vedeneev VNIIG", 287, 3-13.

15. Panov, S. I., & Veselov, A. B. (2016). Peculiarities of operation of piezometric devices in dams with clayey soil elements. (In Russian). Izvestiya of "Vedeneev VNIIG", 280, 65-78.

16. Samiev, L., Khamidov, A., Ungalov, A., & Mamatisaev, G. (2023a). Hydrological analysis of livestock water reservoir using GIS technologies. E3S Web of Conferences, 371, 01030

17. Samiev, L., Shaymardanov, S., Xoshimov, S., Mamadiyorov, O. (2023b), Dynamics of sediment formation in natural lakes and reservoirs. E3S Web of Conferences, 452, 02019.

18. Samiev, L., Vokhidova, U., Tursunova, E., Babajanov, F., & Shaymardonov, S. (2024). Analysis of the causes of silting of natural channels. E3S Web of Conferences, (508), 07006.

19. Samiyev, L., Allayorov, D., Atakulov, D., & Babajanov, F. (2020). The influence of sedimentation reservoir on hydraulic parameters of irrigation channels. IOP Conference Series: Materials Science and Engineering.

20. Vaschetti, G., Tronel, F., & Subramanian, J. (2019). Geomembrane systems in dam's rehabilitation: underwater applications. International Dam Safety Conference, 2, 830-836. Bhubaneswar, Odisha.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.