Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATINING EKSTRIMAL OB-HAVO SHAROITIGA MOS BO‘LGAN G‘O‘ZANING ISTIQBOLLI NAVLARINING QIMMATLI-XO’JALIK BELGILARI O‘RGANISH'

SURXONDARYO VILOYATINING EKSTRIMAL OB-HAVO SHAROITIGA MOS BO‘LGAN G‘O‘ZANING ISTIQBOLLI NAVLARINING QIMMATLI-XO’JALIK BELGILARI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
69
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
G‘o‘za / G.barbadense L / ingichka tola / tola uzunligi / mayinligi / pishiqligi / chidamli / tezpishar / genofond / o‘rta va ingichka

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — U. Qarshiyeva, X.Amirov, I.T.Islamov

G.barbadense L. turi genofondining xilma-xilligini o‘rganish, tola sifati, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, tezpisharligi va hosildorligi yuqori bo‘lgan ingichka tolali g‘o‘za navlarini yaratish, ularning ekin maydonlarini kengaytirish, yangi va istiqbolli navlarning urug‘larini ko‘paytirish hamda yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb xisoblanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATINING EKSTRIMAL OB-HAVO SHAROITIGA MOS BO‘LGAN G‘O‘ZANING ISTIQBOLLI NAVLARINING QIMMATLI-XO’JALIK BELGILARI O‘RGANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

SURXONDARYO VILOYATINING EKSTRIMAL OB-HAVO SHAROITIGA MOS BO'LGAN G'O'ZANING ISTIQBOLLI NAVLARINING QIMMATLI-XO'JALIK

BELGILARI O'RGANISH *U. Qarshiyeva2X.Amirov, 3I.T.Islamov

1Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, q.x.f.d. v.b professor.

2Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, assisent.

3Termiz Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti, Agrobiologiya fakulteti II-kurs

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002129

Annatotsiya. .G.barbadense L. turi genofondining xilma-xilligini o'rganish, tola sifati, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi, tezpisharligi va hosildorligi yuqori bo'lgan ingichka tolali g'o'za navlarini yaratish, ularning ekin maydonlarini kengaytirish, yangi va istiqbolli navlarning urug'larini ko'paytirish hamda yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb xisoblanadi.

Kalit suzlar: G'o'za, G.barbadense L,ingichka tola,tola uzunligi, mayinligi, pishiqligi,chidamli, tezpishar, genofond, o'rta va ingichka.

Mavzuning dolzarbligi. Dunyo bo'yicha paxta yetishtiruvchi mintaqalarda o'rta tolali g'o'za navlari ishlab chiqarishning 70% ni, ingichka tolali navlar hamda Hindi-Xitoy g'o'zalari 30% ni tashkil qiladi. G'o'zaning G.barbadense L. turiga mansub ingichka tolali navlari tola uzunligi, mayinligi va pishiqligi bo'yicha ajralib turadi. Bunday navlar asosan AQShda, Xitoy, Hindiston, Misr va G'arbiy Afrika davlatlarida yetishtiriladi.

O'zbekiston Respubikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi "Surxondaryo viloyatida Ingichka tolali paxta yetishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-170-son qaroriga ko'ra hududlarning tuproq iqlim sharoiti va paxta to'qimachilik klasterlari talablaridan kelib chiqqan hoda 2023-yil paxta hosili uchun Surxondaryo viloyatida 18 ming gektar maydonga g'o'zaning ingichka tolali navlarini joylashtirish belgilangan.

So'ngi yillarda ob-havoning o'zgarishi Respublikaning janubiy viloyatlarida salbiy ta'siri kuzatilmoqda. Qish va bahor mavsumida yog'ingarchiliklarning nisbatan kam bo'lishi, yoz oylarida havo haroratining o'ta keskin isib(45os va undan yuqori)ko'tarilishi,yuqori havo haroratini bir necha kun saqlanib turishi ya'ni anomal havo harorati kuzatilishi qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilariga jiddiy tashvish tug'dirmoqda.Qish mavsumida yog'ingarchiliklar kam bo'lishi, qor va sovuq kunlar kam kuzatilishi natijasida zararli xashoratlarning qishlovdan betalofat chiqib, kunlar isiy boshlaganda qishloq xo'jaligi ekinlariga jiddiy zarar keltirishiga zamin bo'lmoqda.

Tadqiqotning obyekti sifatida Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (PSUYeAITI) G.barbadense L. turiga mansub «Surxon-14» ,SP 1607, navlaridan foydalaniladi.

Tadqiqotning usullari. Tadqiqotlarida umumiy seleksiya va urug'chilik uslublaridan, B.A.Dospexov (1985) uslubi asosidagi matematik tahlil va statistika ishlov usullaridan foydalanildi. Barcha olingan ma'lumotlar asosida genetik, seleksion tahlillar amalga oshirildi. Barcha o'simliklarda umumiy qabul qilingan usullar yordamida fenologik kuzatuv ishlari va laboratoriya tahlillari o'tkazildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Ilmiy tadqiqotlarni olib borish davomida quyidagi vazifalarni amalga oshirish rejalashtirilgan:Surxondaryo viloyatining ekstrimal ob-xavo sharoitida guzaning ingichka tolali «Surxon-14» va SR-1602 navlarining xosildorligini urganish guzaning ingichka tolali navlarini tashqi muhitning biotik va abiotik omillariga (qurg'oqchilikka, issiqlikka va kasalliklarga) chidamliligini o'rganish va shu xususiyatlar bo'yicha yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan namunalarni ajratib olish,morfoxo'jalik belgilari bo'yicha fenologik kuzatuvlar va laboratoriya tahlillari o'tkazish.Tajribalarni o'tkazish joyi va sharoiti. Termiz tumani Namuna SIU. Paxta seleksiyasi, urugchiligi va yetishtirish agratexnologiyalar ilmiy tadkikot instituti Surxondaryo tajriba stansiyasi (PSUYeAITI Surxondaryo tajriba stansiyasi )

Tadqiqotning ilmiy yangiligi Surxondaryo viloyatining ekstrimal ob-xavo sharoitida guzaning ingichka tolali «Surxon-14» va SR-1602 -1602 navlarining tashqi muhitning biotik va abiotik omillariga (qurg'oqchilikka, issiqlikka va kasalliklarga) chidamliligini va xosildorligini o'rganish.

Olimlarimiz oldiga hozirgi kunda qo'yilayotgan talablardan bittasi Respublikamiz sharoitiga mos tezpishar navlarni yaratishdan iboratdir. G'o'za o'simligida tezpisharlik belgisi unib chiqqandan shonalashgacha, unib chiqqandan birinchi gulning ochilishigacha hamda birinchi ko'sak ochilishigacha bo'lgan davrlarning muddatlari bilan ifodalanadi. G'o'za o'simligi rivojlanishining ontogenezi davrida har bir davr qanchalik tez nihoyasiga yetsa, yaratilgan nav yoki oila shunchalik tezpishar hisoblanadi.

G'o'za navlarining muhim bo'lgan xo'jalik belgilaridan biri hosildorlik bilan uyg'unlashgan holatdagi tezpisharlikdir. Tezpisharlik birinchi hosil shoxining joylashish o'rni, gullashning boshlanishi va ko'saklar ochilishi sur'atiga bog'liqdir.

Tadqiqotlarda ingichka tolali «Surxon-14» va SR-1602 navlarining biotik va abiotik omillariga (qurg'oqchilikka, issiqlikka va kasalliklarga) chidamlili o'rganilib ishlab chikarishga tavsiya etildi.

Ilmiy izlanishlarimizning birinchi yilida o'rganilgan Surxon-14 navida bosh poya balandligi (50,2 sm-55,2 sm) , SR-1602 (53,2 sm-57,2 sm) tashkil qildi, birinchi hosil shoxining joylashish bo'g'ini Surxon-14 navida (5,8-7,0 ) O'zPITI -1602 unib chiqqandan shonalashgacha bo'lgan davr, kun Surxon-14 navida (31-37) SR-1602 (31-34), Unib chiqqandan gullashgacha bo'lgan davr, kun Surxon-14 navida (58-63) SR- -1602(57-61), unib chiqqandan birinchi ko'sak ochilguncha bo'lgan davr, kun ,Surxon-14 navida (58-63) SR-1602 (57-61), unib chiqqandan birinchi ko'sak ochilguncha bo'lgan davr, kun Surxon-14 navida (103-106) SR-1602 (99-103),kunni tashkil etdi.

1-jadval

G'o'za navlarining qimmatli-xo'jalik belgilari

№ Nav nomi Bosh poya birinchi hosil unib Unib unib chiqqandan

balandligi shoxining chiqqan chiqqan birinchi ko'sak

joylashish dan dan ochilguncha

bo'g'ini shonala gullash bo'lgan davr, kun

shgacha gacha

bo'lgan bo'lgan

davr, davr,

kun kun

1. Surxon-14 50,2 5,8 35 61 106

2. 52,4 6,1 32 63 105

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

3. 55,2 7,0 37 60 104

4. 52,1 6,2 33 61 106

5. 53,2 6,7 35 63 105

6. 51,4 6,3 34 62 104

7. 52,4 6,0 31 64 103

8. 53,0 6,7 33 60 105

9. 50,4 6,5 35 59 103

10. 54,2 6,7 34 62 104

11. SR-1602 55,1 5,8 31 58 103

12. 53,2 6,1 33 60 101

13. 55,1 6,7 30 57 100

14. 54,3 6,2 31 59 99

15. 57,0 5,9 32 60 102

16. 56,7 6,3 34 61 100

17. 55,6 5,7 31 60 101

18. 54,7 6,0 30 57 99

19. 56,7 6,2 32 60 100

20. 57,2 6,0 31 59 102

Tajriba natijalariga ko'ra, «Surxon-14» navi « SR-1602 » naviga nisbatan hosildorlik bo'yicha 11 %, tola hosili bo'yicha 30 %, tola chiqimi bo'yicha 1,7 % ko'p tola berishini ko'rsatdi.

REFERENCES

1. Ashurbekov X., Muqimov E. Tumanlashtirilgan g'o'za navlari elita urug'larining har xil bo'g'inlarida genetik sifatini o'rganish. G'o'za genetikasi, seleksiyasi, urug'chiligi va bedachilik masalalari to'plami. -Toshkent, 1995. -111 b.

2. Baxshi M.A., Xolmanov B.A., Toshpo'latov Sh.K. G'o'zaning G.barbadense L. turitezpisharlik belgisini yaxshilashda har xil doza gamma nurlarining samaradorligi. //G'o'za, beda seleksiyasi va urug'chiligi. Ilmiy ishlar to'plami. -Toshkent, 2009. -B. 245250.

3. Bobayev S.G'., Nazarbayev X., Toshpulatova G. //G'o'zaning turlararo duragaylarini yaratish va ularda ayrim belgilarning irsiylanishini o'rganish. //G'o'za va boshqa ekinlar genofondi bioxilma-xilliklarini o'rganish, rivojlantirish, saqlash samarali foydalanish istiqbollari mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman materiallari. -Toshkent,2020. -B. 243-245.

4. R.Oripov, N.Xalilov. O'simlikshunoslik.Toshkent. 2007. 309-b.

5. M.Tojiev. Ingichka tolali g'o'za navlarini yetishtirish agrotexnologiyasi bo'yicha tavsiyalar. Termiz. 2017 .

6. J.Axmedov va boshqalar.Yangi istiqbolli, hosildor ingichka tolali "Termiz-208" g'o'za navi."O'zbekiston qishloq xo'jaligi"jurnali Toshkent, 2020. №9.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.