Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYAT YER FONDINING TABIIY LANSHAFT JIXATIDAN TABAQALANISHI'

SURXONDARYO VILOYAT YER FONDINING TABIIY LANSHAFT JIXATIDAN TABAQALANISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
provinsiyalar / okruglar / tabiiy geografik rayon / Surxondaryo botig‘I landshaft hududi rayonlashtirish / gersin / tetis / yirik gavdali hayvonot vakillari / Neogen va antropogen / to‘rtlamchi davr yotqiziqlari / morfologik tip / Sherobod cho‘li / suglinkali qatlam. / provinces / districts / natural geographical region / zoning of the landscape area of the Surkhandarya Basin / Hercynian / Tethys / representatives of large-bodied animals / Neogene and anthropogenic / Quaternary deposits / morphological type / Sherabad desert / lichen layer.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Raxmatov A.F.

Surxondaryo viloyati tabiiy geografik jihatlari xamda u fakat janub tomonga "ochik”, xolos; qolgan uch tomondan tog’lar bilan o‘ralganligi. Orografik vaziyat mintaqa iqlimining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatishi va mintaqa iqilimi va o’ziga xos agroiqilimiy avzalliklari. Surxondaryo botig‘i geosistemalarini paragenetik prinsip hamda geoekologik rayonlarga ajratish va geoekologik vaziyatni optimallashtirish bo‘yicha ilmiy asoslar. Okruga ajratishda xissa qo’shgan olimlar va mutaxasislar Surxondaryo tog’lari va tekisliklari hamda uning avzaliklari haqid so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATURAL LANDSCAPE CLASSIFICATION OF SURKHONDARYO REGIONAL LAND FUND

The natural geographical features of Surkhandarya region include the fact that it is "open" only to the south, surrounded by mountains on the other three sides. The orographic situation has a great influence on the formation of the region's climate and the region's climate and specific agroclimatic advantages. Paragenetic principle and scientific basis for the division of the geosystems of the Surkhandarya basin into geoecological regions and the optimization of the geoecological situation. The scientists and specialists who contributed to the division of the region are discussed about the mountains and plains of Surkhandarya and its basins.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYAT YER FONDINING TABIIY LANSHAFT JIXATIDAN TABAQALANISHI»

Raxmatov A.F.

Farg'ona davlat universiteti Geografiya

kafedrasi doktorandi O'zbekiston, Farg'ona

SURXONDARYO VILOYAT YER FONDINING TABIIY LANSHAFT

JIXATIDAN TABAQALANISHI

Annotatsiya: Surxondaryo viloyati tabiiy geografikjihatlari xamda u fakat janub tomonga "ochik", xolos; qolgan uch tomondan tog'lar bilan o'ralganligi. Orografik vaziyat mintaqa iqlimining shakllanishiga katta ta 'sir ko 'rsatishi va mintaqa iqilimi va o'ziga xos agroiqilimiy avzalliklari. Surxondaryo botig'i geosistemalarini paragenetikprinsip hamda geoekologik rayonlarga ajratish va geoekologik vaziyatni optimallashtirish bo 'yicha ilmiy asoslar. Okruga ajratishda xissa qo'shgan olimlar va mutaxasislar Surxondaryo tog'lari va tekisliklari hamda uning avzaliklari haqid so 'z yuritiladi.

Kalit so 'zlar: provinsiyalar, okruglar, tabiiy geografik rayon, Surxondaryo botig'I landshaft hududi rayonlashtirish, gersin, tetis, yirik gavdali hayvonot vakillari, Neogen va antropogen, to'rtlamchi davr yotqiziqlari, morfologik tip, Sherobod cho 'li, suglinkali qatlam.

Rakhmatov A.F. doctoral student Department of Geography Fergana State University Uzbekistan, Fergana

NATURAL LANDSCAPE CLASSIFICATION OF SURKHONDARYO

REGIONAL LAND FUND

Abstract. The natural geographical features of Surkhandarya region include the fact that it is "open" only to the south, surrounded by mountains on the other three sides. The orographic situation has a great influence on the formation of the region's climate and the region's climate and specific agro-climatic advantages. Paragenetic principle and scientific basis for the division of the geosystems of the Surkhandarya basin into geoecological regions and the optimization of the geoecological situation. The scientists and specialists who contributed to the division of the region are discussed about the mountains and plains of Surkhandarya and its basins.

Key words: provinces, districts, natural geographical region, zoning of the landscape area of the Surkhandarya Basin, Hercynian, Tethys, representatives of large-bodied animals, Neogene and anthropogenic, Quaternary deposits, morphological type, Sherabad desert, lichen layer.

Surxondaryo viloyati tabiiy geografik jihatidan ancha mukammal o'rganilgan. Jumladan Surxondaryo xududiniig taxminan 70 foiz maydoni togliklardap iborat (Hisor, eng baland nuktasi 4643 m; Kuxitang va o.). Tabiiy geografik jihatdan u fakat janub tomonga "ochik", xolos; qolgan uch tomondan tog'lar bilan o'ralgan. Bunday tuzilishi, orografik vaziyat mintaqa iqlimining shakllanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Iqlimi - quruk, issik, yog'in-sochin miqdori o'rtacha 130-180 mm, tog' yon bag'irlarida 600 mm gacha yetadi. Harorat respublika bo'yicha eng yqkori, vegetatsiya davri uzoq. Agroiqlimiy sharoitlar sug'orma dexqonchilik uchun qulayliklarni keltiradi. Mamlakatimizning boshqa xududlaridan farqi - bu yerda subtropik xo'jalik yaxshi rivojlangan. [1; 284-b]

Surxondaryo botig'i geosistemalarini paragenetik prinsip asosida geoekologik rayonlarga ajratish va geoekologik vaziyatni optimallashtirish bo'yicha ilmiy asoslarini ishlab chiqdi (YArashev Q). Surxondaryo botigining tabiiy sharoiti va landshaft kompleksining rang-barangligi kupchilik geograf-tadkikotchilarning e'tiborini uziga jalb etgan. Uning xududini va unga yondosh bulgan regonlarning tabiiy geografik rayonlashtirish masalasi bilan E.M.Murzaev, V.M.CHetbirkin, L.N.Babushkin, N.A.Kogay, SH.Ergashov, P.Baratov, A.A.Abdulkosimov, va boshalar shug'ullanganlar. Eng birinchilardan bo'lib Yuqori Surxondaryo regional kompleksi va Quyi Surxondaryo regional kompleksiga bo'lgan olim (V.M.CHetirkin) hisoblanadi.

O'zbekistan Respublikasi xududini tabiiy geografik rayonlashtirishda Surxondaryo xavzasini mustakil okrug sifatida ajratgan. Bu okrugni kuyi regional birliklarga bulishda uning tabiiy sharoitini ichki tafovutlariga va landshaft strukturasining tuzilish xarakteriga asoslangan (L.N.Babushkin va N.A.Kogay). Ana shu nuktai nazardan Surxondaryo xavzasini uchta tabiiy geografik rayonga bulgan: Quyi Surxon, O'rta Surxon va Yuqori Surxon. Surxondaryo viloyatini landshaft tipologik karta asosida rayonlashtirish (SH.Ergashov) tomonidan amalga oshirilgan.P.Baratov [2; 214-b.]

Surxondaryo botigini okrug sifatida ajratib, uni ikkita tabiiy geografik rayonga buladi: 1)Termiz-Denov tabiiy geografik rayoni; 2)SHerobod tabiiy geografik rayoni. Mazkur rayonlarning tarkibiy tuzilishida bir nechta landshaftlar ishtirok etadi. P. Baratovning [2; 214-b.]

Surxondaryo botig'ini tabiiy geografik rayonlashtirish sxemasi boshqa mualliflarning rayonlashtirish sxemasidan ancha fark kiladi. Jumladan, P.Baratov tomonidan ajratilgan Termiz-Denov tabiiy geografik rayoni bo^qa mualliflarning Quyi Surxon, O'rta Surxon va Yuqori Surxon rayonlarining deyarli xamma qismini o'z ichiga oladi. Vaxolanki, mazkur tabiiy geografik rayonlar Surxondaryo xududida tabiiy geografik sharoitning janubdan shimolga karab uzgarib borishi, zonal farqlarning mavjudligi va geografik komponentlarning shu yo'nalishda farklanib borishi kabi omillar e'tiborga olingan xolda ajratilgan.

O'rta Osiyo tog' oralig'i botikdarini, jumladan Surxondaryo botig'ini xam landshaft-tipologik kartalashtirish va tabiiy geografik rayonlashtirish muammosi

bilan shug'ullanib, ularning xar birini O'rta Osiyo tog'li tabiiy geografik ulkasi doirasida karab mustakil provinsiya deb ajratgan. Provinsiyalar dastlab okruglarga, okruglar esa tabiiy geografik rayonlarga bulingan A.A.Abdulkrsimov [3; 3-126 b.].

Surxondaryo botig'ini geoekologik rayonlashtirish bilan shug'ullanib, dastlab uning landshaft-ekologik kartasini tuzgan va shu asosda kuyidagi 4 ta geoekologik rayonlarni ajratgan olim Yarashov Q.S. hisoblanadi ular quydaglar; 1) kuchsiz ifloslangan va degradatsiyalashgan Termiz-Amudaryo vodiy geoekologik rayoni; 2) deflyasiya va sho'rlanish tufayli kuchli degradatsiyalashgan Quyi Surxon voxa-cho'l geoekologik rayoni; 3) kimyoviy birikmalar bilan ifloslangan O'rta Surxon voxa-chala cho'l geoekologik rayoni; 4) metallogen changlar bilan ifloslangan Yuqori Surxon voxa-dasht geoekologik rayonlaaridir. Quyida ajratilgan rayonlarning xar biriga sifat va mikdor kursatkichlariga, vujudga kelgan geoekologik vaziyatlarning keskinlik darajasiga asoslangan xolda landshaft-ekologik nuktai nazardan tavsifi mavjut [4; 91- b.].

Surxondaryo viloyati landshaft hududi rayonlashtirish massalari bilan 1970 yilda (SH.Ergashov) tatqiqotlar amalga oshirilgan. Unda 4 ta rayonga bo'lib o'rganilgan.

1.Surxon-Amudaryo allyuvial tekisliklar

2.Kuxitang-Boysun tog'oldi tekisligi

3.Tuyuntau-Babatog' tayyor tekisligi

4.Kuxitang-Boysun tog'ili rayoni

Surxondaryo viloyatining asl zamini o'ta qadimiy bo'lib, u murakkab geologik rivojlanishni boshidan kechirgan. Gersindan keyingi platformaning o'stida joylashgan qadimda, (paleozoy erasigacha) bu joy Markaziy Osiyo o'rnidagi serharakat geosinklinal dengiz havzasidan iborat bo'lgan. Qadimgi dengiz («Tetis» nomi bilan atalgan okean) yotqiziqlarining tuplana borishi bilan birga tektonik harakatlar jonlanib turgan, paleozoy erasining ikkinchi yarmida ruy bergan qudratli gersin burmalanishi (tog' hosil qilish jarayoni) nisbatan osoyishta bo'lgan tektonik vaziyatni, tubdan o'zgartirib yuboradi. Natijada tektonik yoriqlar magmaning kirib kelishi tufayli kutarilish (va cho'kish)lar yuz beradi. Dengiz va quruqlik cho'kindilarining to'planishi uzoq vaqt davom etadi. So'ngra O'zbekiston hududining barcha qismida uzoq yil davrlar mobaynida tog'lar yemiriladi, tekislikka aylanadi, platforma hosil bo'ladi.

Bu esa Surxondaryoda mavjud bo'lgan neft, gaz, ko'mir konlarining zaminini yaratgan. SHu davrda iqlim iliq va nam bo'lgan. Dengiz bo'yida va quruqlikda keng bargli va doimiy yashil o'simlik (paparotniq qirqbug'in va b.)lar o'rmonzorlarni hosil qilgan. Yirik gavdali hayvonot vakillari yashagan. Ushby davr bilan viloyat hududida mavjud bo'lgan ko'mirli qatlamlar, neft, gaz, tuz konlariniig shakllanishi uzviy bog'liqdir. Shuningdek sayoz dengiz sharoitida ohaktosh, dolomit, gips, granit, marmar kabi ma'danlarning paydo bo'lishi uchun ob'ektiv shart-sharoit yaratilgan.

So'nggi tog' hosil qilish jarayoni (Alp burmalanishi davri)ga kelib butun O'zbekistonning tekislik (platforma) qismida qudratli neotektonik harakatlar yuz bergan va oqibatda ikkita morfostruktura (tog'li va platformali tekislik) qismlar ajralib chiqqan (hosil bo'lgan). Neogen va antropogen davirning qalin alivial va proalivual yotqiziqlari bilan to'lgan. Bu botiqda hozir ham neotektonik jarayonar davom etmoqda, okrug atrofidagi tog'lar ko'tarilib, botiq cho'kib bormoqda. [Baratov 209-b]

Shunday qilib viloyatdagi tabiiy-geografik vaziyatning hozirgi zamini yaratilgan. Keyinchalik (va ayniqsa kaynazay erasining to'rtlamchi davrida) ham shiddatli va kuchli ko'tarilish (va cho'kish)lar yuz berib turgan. Natijada viloyatning sercho'qqili tog'lari ko'p emirilishlarni boshdan kechirgan.

To'rtlamchi davr yotqiziqlarini viloyatning barcha geografik nuqtalarida kurishimiz mumkin. Ayniqsa uning g'arbiy, shimoli-g'arbiy va shimoliy qismidagi tog'lari va tog' etaklarida shu davr yotqiziqlari keng tarkalgan. Bu yotqiziqlarning g'oyat katta qismi allyuvial, prolyuvial va quruq toshli qatlamlar bilan qoplangandir. Shunday qilib Surxondaryoning relefi va uning hozirgi holati yaqin geologik o'tmishda shakllangan. U barcha morfologik tip (tekisliq daryo va soy vodiylari, adirliq tog' yon bag'ri, tog'lik va baland tog'lar)dan tashkil topgan. Viloyat hududining aksariyat qismini ishhol qilgan ushbu geografik oblastlar endilikda ishlab chiqaruvchi kuchlarning tig'iz rivojlanishida sabab bo'lgan zonasidir.

Viloyatning tekislik qismi uning o'rtalig'idir. U «Surhon - Sherobod vodiysi», «Surhon vodiysi» va goho «Sherobod vodiysi» deb ham yuritiladi. Ushbu tekislikning dengiz sathidan balandligi har hil: janubiy qismida 300 metr atrofida, o'rtaligida 400-450 m. shimoliy va shimoli-g'arbiy qismida 700 m gacha etadi, ya'ni u janubdan-shimolga borgan sari balandlashib boradi. Qiziriqdara cho'li Kattaqo'm massivi, Haudagtog' suvayiririchi va Bandihon massividagi o'nlarcha tepalik va jarliklar viloyatning yahlit tekislik zonasida bo'lib uning bir hil tabiiy yuzasini buzib turadi.

Viloyatning tekislik qismidagi keng maydoni ishg'ol qiligan Haudagtog' Qiziqdara platosi va SHerobod cho'lini Surhon vodiysidan ajratib turuvchi suvayirig'ichdir. Haudagtog' uchlamchi davrning qalin qatlami (qizg'ish, sariq, to'zli qo'moq jinslari)dan hosil bo'lgan. Afg'on shamolining ta'sirida Haudagtog' juda emirilgan va yassilanib ketgan. Uning yuza qismidan hozir ham shimoli-sharqiy yunalish buyicha qo'm kuchishi o'zluksiz kechiriladi.

Sherobod cho'li tekislik zonasining o'rta va quyi qismini ishg'ol qiladi: Uning geografik ko'rinishi uchburchakni eslatadi. Cho'lning relefi birmuncha tekis, tuprogi serunum. Cho'lning davomi esa Poshhurt chukmasiga borib taqaladi. Bu chukma esa Kuhitang tog'i bilan Kelif-Sherobod tog' balandligi (gryadasi) oralig'ida joylashgan. O. Y. Poslavskayaning yozishiga qaraganda Poshhurt chukmasi o'z atrofidagi tog'lardan bir vaqtlar oqib o'tgan daryolarning qalin allyuvial-prolyuvial yotqiziqlari bilan qoplangan.

Viloyat tekislik kismining o'rta va yuqori zonasi Surxon chukmasi deb yuritiladi. U asosan Surxondaryoning o'ng terrasalarini, Karatog', To'polang, Sangardaq Ho'jaipok daryolarini kesib o'tgan va vodiylar hosil qilgan hududlarini o'z ichiga oladi. Shuning uchun ham bu hududning yuza qismi zikr qilingan daryolar va ko'pgina soy suvlari oqizib kelgan «yotqiziq» allyuvial tuproq bilan qoplangan. Daryo yotqiziklarining qalinligini 5 metrdan 10 metrgacha boradi. Mazkur hudud tuprog'ining geomofologik jihatdan kelib chiqishi lyossimon suglinkali qatlamda va daryolarning prolyuvial terrasalari o'stida hosil bo'lgan. Umuman viloyat tekislik qismining dehqonchilik uchun o'zlashtirilgan hududining tuprog'i geologik jihatdan to'rtlamchi davr yotqiziqlari: turli genetik tipdagi lyossimon konglomerat jinslar eolovoy (shamol ta'sirida) allyuvial qo'mlar, qo'mtuproqlar, galechniklar, kamdan kam bo'lsa ham solonchaklar o'stida hosil bo'lgan.

Viloyatning tekislikka nisbatan 3-4 marta katta qismini tog' va baland tog' zonasi egallagan. Viloyat xududining 70 % ni tog'lar egallaydi. [ Soliev A]

Uni shimoldan, g'arbdan va sharqdan urab olgan tog'lar va tog' tizmalarining barchasi Pomirga tutashgan Hisor tog'larining janubiy yunalish olgan tizmalaridir. Bular g'arbda Surxontog', Keraga tog', Boysuntog' va uning tizmalari: Kuhitang, Ketmonchopti, Sarimas, Suvsiztog', Kulbatog'dir.

Viloyatning g'arbiy qismida joylashgan va yuqorida zikr qylingan qator tog' chuqqilari va tizmalarini birlashtirgan Boysuntog' geologik jihatdan yahshi o'rganilgan. U janubda (Turkmaniston davlatining hududi bilan tutash zona) da Kuhitangtog'ga borib taqaladi. Boysuntog'ning quyi qismi qadimiy paleozoy yotqiziqlari: ohaktoshlar, slanetslar, granitlardan iborat. Uning viloyat hududidagi eng baland chuqqisi 3700 m ga teng. Dehqonobod dovonidan keyin (janubda) tahminan 40 km dan so'ng Boysuntog'dan Kuhitangtog' ajralib chiqadi. SHimoldan janub (toki Amudaryo o'zani)gacha cho'zilgan ser chuqqili Kuhitang tog'ining o'rtacha balandligi 2500 m, eng baland chuqqisi esa 3139 m ga teng.

Viloyatning g'arbiy va shimoli-g'arbiy qismini ishg'ol qiluvchi tog'lar eng muhim iqlim hosil qiluvchi omil bo'lib, Surxondaryoning mamlakatimizda yagona subtropik region bo'lib shakllanishiga asosiy sababchidir. Bu tog'larning baland chuqqilari ko'pincha oppoq qopga burkangan bo'ladi va shuning uchun ham ular viloyat tabiatiga betakror husn berib turadi. Hisor tizmasiga mansub bo'lgan bu tog'lardan yuzlarcha soylar, unlab daryolar suv oladi. Tog' yonbag'irlari esa archazor o'rmonlaridan, yong'oq va pista, bodom va jiyda zorlardan iborat.

Viloyatning sharqiy qismida keng maydonni ishhol qilgan Bobotog' joylashgan. Bu tog'ning shimoliy qismi Tojikiston hududidagi «Dunyo osmoni» Pomirga borib taqaladi. So'nggi (alp) burlanishida hosil bo'lgan Bobotog' ancha yemirilgan bo'lib, u qirlar va adirlar, to'lqinsimon past-balandliklardan iborat. Tog'ning eng baland chuqqisi (Zarkosa) 2286 m. Uncha baland bo'lmagan cho'qqi va tizmalarga ega bo'lgan Bobotog'ning shimoliy va markaziy

qismlarida yovvoyi holda o'suvchi va qo'lda ekilgan pistazorlar keng maydonni ishhol qiladi. Bu yerlarda tashkil qilingan ixtisoslashgan ho'jaliklar har yili davlatga tonna-tonnalab pista yalpi hosili topshiradi. Bobotog'ning janubiy va qisman markaziy qismlarida esa ming-minglab qorako'l quylari boqiladi.

Surxondaryoning murakkab orografik hususiyatlari: moviy tekisliklari va pasttekisliklari, daryo vodiylari va soy buylari, tepaliklari va qirlari, adirlari va to'lqinsimon g'or massivlari, balandliklari va tog' yon bag'rilari, tog'liklari va baland tog'lari hamda ularning bir-birlari bilan almashinishi viloyat tabiatining rangbarang va husnkor bo'lishiga olib kelgan. Ayniqsa viloyat hududining orografik to'zilishidagi bu murakkablik uning tuproq va o'simliklar hamda hayvonot olamining vertikal va gorizontal zonalikka hos mintaqalanishi (farqlanishi) ni keltirib chiqargan. Ayni bir paytda bu hil farqlanish regionning relef formalardan foydalanishni tabaqalab olib borishni ham taqozo qilgan. Bunday turfa xususiyatga ega bo'lgan viloyat lanshaftidan qishloq xo'jaligi maqsadida to'g'ri va tartibli foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar:

1. A.SOLIEV "O'ZBEKISTON GEOGRAFIYASI TOSHKENT" «UNIVERSITET» 2014

2. P.Baratov "O'ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIYASI" TOSHKENT «UK.ITUVCHI» 1996 Y 214-B

3. Abdulqosimov A., Jo'raqulova D., YArashev Q. Surxondaryo botig'i geoekologik rayonlashtirish tajribasi//Tabiiy va iqtisodiy geografik rayonlashtirishning dolzarb muammolari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. - Toshkent, 2004. B. 18-21.

4. YARASHEV Q.S. "SURXONDARYO BOTIG'I PARAGENETIK LANDSHAFT KOMPLEKSLARI VA ULARNI GEOEKOLOGIK RAYONLASHTIRISH" Toshkent 2018

5. Rakhmatov A. F. Artikova Sh. Z. Development of Fishing Farms in River and River Areas of Surkhandarya Region Middle European Scientific Bulletin, VOLUME 17 Oct 2021

6. Rakhmatov A. F. Ortikova Sh. Z. Surxondaryo viloyati bog'dorchiligining geografik ko'rinishi Journal of Geography and Natural Resources http s: //topj ournal s .uz/index .php/j gnr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.