Научная статья на тему 'SUN'IY INTELLEKT TARIXI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI HAMDA INSONLAR HAYOTIDAGI O’RNI'

SUN'IY INTELLEKT TARIXI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI HAMDA INSONLAR HAYOTIDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
2539
242
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SUN'IY INTELLEKT / INTELLEKTUAL MULK / BIMT / RAQAMLI O 'ZBEKISTON / ITPARK / BIR MILLION DASTURCHI / YOSHLAR TEXNOPARKLARI / FACE-ID / MAXSUS REJIM

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Pardayeva D.N., Niyazov F.X., Xushboqov I.U.

Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan "Sun'iy intellekt" haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. Maqola davomida Sun'iy intellekt o'zi nima?, Sun'iy intellektni tarixi, rivojlanish bosqichlari?, Sun'iy intellektning insoniyatga xavfi bormi? kabi savollarga javob topishga harakat qilamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE, DEVELOPMENT STAGES AND ITS PLACE IN HUMAN LIFE

In this article, you will learn about "artificial intelligence" which has become a hot topic these days. In the article what is artificial intelligence? History of artificial intelligence, stages of development? Is artificial intelligence a threat to humanity? We will try to find answers to such questions.

Текст научной работы на тему «SUN'IY INTELLEKT TARIXI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI HAMDA INSONLAR HAYOTIDAGI O’RNI»

Pardayeva D.N.

Denov tadbirkorlik vapedagogika instituti o'qituvchisi

Niyazov F.X.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi

Xushboqov I. U.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi

SUN'IY INTELLEKT TARIXI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI HAMDA INSONLAR HAYOTIDAGI O'RNI

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda dolzarb mavzuga aylangan "Sun'iy intellekt" haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. Maqola davomida Sun'iy intellekt o'zi nima?, Sun'iy intellektni tarixi, rivojlanish bosqichlari?, Sun'iy intellektning insoniyatga xavfi bormi? kabi savollarga javob topishga harakat qilamiz.

Kalit so'zlar: Sun'iy intellekt, Intellektual mulk, BIMT, Raqamli O 'zbekiston, ITpark, Bir million dasturchi, Yoshlar texnoparklari, Face-ID, Maxsus rejim.

Pardayeva D.N.

Denov is a teacher Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Niyazov F.Kh.

Denov is a teacher Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

Khushbakov I. U.

Denov is a teacher Institute of Entrepreneurship and Pedagogy

HISTORY OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE, DEVELOPMENT STAGES AND ITS PLACE IN HUMAN LIFE

Abstract. In this article, you will learn about "artificial intelligence" which has become a hot topic these days. In the article what is artificial intelligence? History of artificial intelligence, stages of development? Is artificial intelligence a threat to humanity? We will try to find answers to such questions.

Keywords: Artificial intelligence, Intellectual property, ICT, Digital Uzbekistan, ITpark, One million programmers, Youth technoparks, Face-ID, Special regime.

Bugungi kunda mamlakatimizning rivoji yo'lida iqtisodiy globalizatsiyasi bilan bir qatorda intellektual mulk huquqi va uning himoyasi ham muhim

ahamiyat kasb etadi. Chunki, intellektual mulk himoyasi davlatning innovatsiyalar orqali o'z sanoatini yuksaltirishdan tashqari, xorijdan texnologiya transferi, investitsiya qilish va aholini ish bilan ta'minlash sohasida o'ziga xos "kalit" bo'ladigan vosita hisoblanadi. Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, uning raqobatbardoshligini ta'minlash, faol tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan sharoitlarni yaratish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta'minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sun'iy intellekt o'zi nima?

Sun'iy intellekt deganda insonning mantiqiy va ijodiy funksiyalarini bajaruvchi intellektual sun'iy tizim tushuniladi. Ushbu atama, shuningdek, o'rganish va muammolarni hal qilish kabi inson aqli bilan bog'liq xususiyatlarni namoyish etadigan har qanday te xnalogiyaga nisbatan ham qo'llanilishi mumkin. Sun'iy intellektning ideal xususiyati - bu aniq maqsadga erishish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega bo'lgan harakatlarni baholay olish va amalga oshirish qobilyatidir. Hozirda sun'iy intellekt turli amallarni bajarishga mo'ljallangan algoritim hamda

dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo'lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi. Olimlar sun'iy intellekt bilan tajriba o'tkazishga ishtiyoq bilan qarashsada, ko'p odamlar bu hodisadan ehtiyot bo'lishadi. Hatto Tesla rahbari Elon Mask ham buni insoniyat uchun "asosiy tahdid" va urush va ishsizlikning mumkin manbasi deb atagan.

Sun'iy intellektni tarixi, rivojlanish bosqichlari?

Sun'iy intellektni ilmiy yo'nalish sifatida rivojlantiri sh faqat EHM yaratilgandan keyin mumkin bo'lgan. Bu XX asrning-yillarida sodir bo'lgan. Bu vaqtda N.Viner (1894-1964) yangi fan kibernetika bo'yicha o'zining asosiy ishlarini yaratadi. Sun'iy intellekt atamasi 1956 Stenford universiteti (AQSh) dagi xuddi shunday nomdagi seminarda taklif qilingan. Seminar hisoblash emas, balki mantiqiy vazifalarni ishlab chiqishga mo'ljallangan. Sun'iy intellektni fanning mustaqil sohasi deb tan olingandan keyin tezda uni ikkkita asosiy yo'nalishlarga: neyrokibernetika va "qora quti" kibernetikasiga bo'linishi sodir bo'lgan. Va faqat hozirgi vaqtda bu qismlarni yana bitta butuncha birlashishining tendentsiyasi sezilmoqda [1].

Sun'iy intellektni amaliy qo'llashda katta ilgariga surilish 70 yillarning o'rtalarida ro'y berdi, bu vaqtda inson tafakkurining universal algoritimini qidirish o'rniga mutaxassislar-ekspertlarning aniq bilimlarini modellashtirish va bilim eng muhim tarkibiy qismi bo'lgan dasturiy vositalar va tizimlarni ishlab chiqish g'oyasi kelgan.

70 yillarda sun'iy intellekt sohasidagi mutaxassislar vazifalarni yechishning umumiy usullari va bu usullardan universal dasturlarda foydalanishni qidirib, inson tafakkurining murakkab jarayonini modellashtirishga harakat qilganlar. Ammo bunday dasturlarni ishlab chiqish

judayam qiyin ish bo'lgan, chunki bitta dastur yecha olishi mumkin bo'lgan vazifalar sinfi qanchalik keng bo'lsa, aniq vazifani yechishda uning imkoniyatlari shunchalik kattaroq bo'lgan.

80 yillarda dasturchilarning harakatlari axborotlarni taqdim etish va qidirish usullarini ishlab chiqishga jalb qilingan. Axborotlarni taqdim etish usullari - bu muammolar va vazifalarni uni yechish mumkin bo'lishi uchun shakillantirish usullaridir. Qidirish usullari esa - bu judayam katta hajmda xotira va vaqt talab qilmaslik uchun yechimni borishini boshqarishning ajoyib usulidir. 80 yillarning ohirida sun'iy intellekt bo'yicha mutaxassislar vazifalarni yechishda dasturlarning samaradorligi ko'proq ular egalik qiladigan bilimlarga bog'liqligini tushunib yetadilar.

90 yillarni boshlarida butunlay yangi kontseptsiya qabul qilingan. Uni mohiyati shundan iboratki, dasturni intelektli qilish uchun uni ba'zi bir predmetli sohadagi yo'lgina yuqori sifatli maxsus bilimlar bilan ta'minlash kerak. Shunday qilib, ishlab chiqilayotgan sun'iy intellekt tizimlari bilimlarning yaxshi rivojlangan bazasiga ega bo'lishi kerak. Hozirgi vaqtda bu kontseptsiya ekspert tizimlarini loyihalashtirishda to'liqroq rivojlangan [2].

BIMT Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan muassasasi bo'l ib, a'zo davlatlar uchun intellektual mulk, sun'iy intellekt, siyosat, axborot va hamkorlik xizmatlari bo'yicha global forum hisoblanadi. Barcha mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishi uchun ixtirolar va ijodkorlikni targ'ib qilish vakolatining bir qismi sifatida, a'zo davlatlar BIMTdan intellektual mulk va sun'iy intellekt siyosatini muhokama qilish uchun forum o'tkazishni so'rashdi.

"BIMTning 2019-yildagi texnologiya tendensiyalari - Sun'iy intellekt" yig'ilishida nazariyadan amaliy qo'llanishga o'tayotgan sun'iy intellekt bilan bog'liq ixtirolar namoyish etildi. Sun'iy intellekt sohasidagi o'zgarishlarni tezlashtirishga yordam bergan bir qator omillar mavjudligi aytib o'tildi. Uchrashuvda BIMT Bosh deirektori Frensis Garri "Sun'iy inte llekt hayot tarzimiz va ishimizni o'zgartirish orqali dunyoga chuqur ta'sir ko'rsatadigan yangi raqamli chegaradir" deya ta'kidlab, BIMT muvozanatli va samarali xalqaro intellektual mulk tizimini rivojlantirishga rahbarlik qilishini va barchaning manfaati uchun innovatsiyalar va ijodkorlikni qo'llab-quvvatlashini e'lon qildi [3].

Sun'iy intellektni insoniyatgaxavfi bormi?

Sun'iy intellekt haqidagi bahs- munozalar qariyib 50 yillardan buyon davom etib kelmoqda. Mutaxassislar hanuzgacha aniq bir to'xtamga kelishgani yo'q. Ba'zilar uni ommalashib odamlarning o'rnini egallashi natijasida, odamlar orasida ishsizlikning kengayib borishini o'ylashmqda. Mutaxassislarning boshqa bir guruhi sun'iy intellektga ijobiy munosabatda bo'lish kerakligini uqtirishmqda. Hatto IT-sohasidagi millarderlar ham bunga o'z fikrlarini bildirishmoqda.

Jumladan, SpaceX asoschisi Ilon Mask Sun'iy intellektning butun boshli svilizatsiyani barbod qilishiga ishonchi komil. Maskning fikricha, "Sun'iy

intellekt insoniyat sivilizatssiyasi uchun asosiy xavfdir. Sun'iy intellekt mehnat bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqaradi. Sababi robotlar hamma ishni bizdan ko'ra yaxshiroq bajarishadi. Ilg'or texnalogiyalar ortidan quvish natijasida, kmpaniyalar sun'iy intellekt ortidan quvish natijasida, kompaniyalar sun'iy intellekt ortidan kelib chiqadigan xavf-xatarni ko'rmay qolishlari mumkin" [4].

Shuningdek Microsoft rahbari Bill Geyts ham uning zarari haqida to'xtalib

o'tadi.

"Bir necha 10 yildan so'ng, robotlar ishning katta qismini bajara boshlagach, sun'iy intellekt shu qadar kuchayib ketadiki, yakunda u bizni havotirga sola boshlaydi, bu borada Elon Maskning fikriga qo'shilaman. Ammo nega bu savol boshqalarni tashvishlantirmayotganiga hech tushunaolmayman."-deydi Bill Geyts.

"Boshqalar" deganda Geyts Facebook egasi Mark Sukerbergni nazarda tutgan bo'lsa ajab emas. Chunki, Mark Sun'iy intellektga nisbatan ijobiy munosabatda ekanligini bildirar ekan: Yangi texnologiyalar har doim ham yaxshilik yoki yomonlik qilish maqsadida yaratilishi mumkin. Sun'iy intellektning keng tarqalishi ortidan keladigan ijobiy natijani esa yaqin 5-10 yil ichida ko'ramiz", deya Elon Maskning fikriga e'tiroz bildirgan edi [5].

Hozirgi kunga kelib ba'zi davlatrada robot hamshiralar, o'zi yurar avtomabillar, turli xil xizmatlarga mo'ljallangan dronlar xizmatidan foydalanish yo'lga qo'yilgan. Olimlar imkon qadar ularni inson qiyofasiga o'xshatishga harkat qilishnoqda. Ko'rib turganingizdek sun'iy intellektni hayotimizdagi o'rni kundan kunga ortib bormoqda. Sun'iy intellekt foydami yoki zarar? Kabi savollarga turli xil javoblar berishmoqda. Menimcha bu bahs-munozaralar hali uzoq davom etadi.

So'nggi yillarda yurtimizda sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, ularni keng qo'llash, raqamli ma'lumotlardan foydalanishni kengaytirish, sohani jahon talablari darajasida rivojlantirishga qaratilgan ko'plab islohotlar amalga oshirildi. Mazkur sohani rivojlantirishga qaratilgan harakatlar jadallashmoqda. Jumladan, faoliyati kengayib borayotgan "IT park"lar, "Bir million dasturchi", "Yoshlar texnoparklari" mazkur sohaning barqaror rivojiga juda katta umid uyg'otadi. AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya, Koreya, Kanada kabi 30 dan ortiq davlatlarda sun'iy intellektni rivojlantirish strategiyalari qabul qilingan.

Robotlarni yaratishda insoniyatga xavf tug'dirmaslik yo'llarini o'ylab qo'yish ham zarar emas.

References:

1. Yusupbekov N. R. Boshqarishning intellektual ti/.imlari va qaror qabul qilish / N. R.Yusupbekov. - Toshkent: «O'/.bekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2015.-572 b.

2. Nazarov X. N. Robotlar va robototexnik tizimlar. Darslik. - "MAShHUR PRESS", 2019, -236 b.

3. Angeles J. Fundamentals of Robotic Mechanical Systems Theory, Methods, and Algorithms. -VerlagNew York, Inc., 2003. 545 p.

4. Kurfess T. Robotics and automation handbook. CRC Press LLC, 2005. -519 p.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.