Научная статья на тему 'SUG’URTA ZAXIRALARI AUDITINING METODOLOGIK MASALALARI'

SUG’URTA ZAXIRALARI AUDITINING METODOLOGIK MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug’urta / sug’urta zaxiralari / rezev kapitali / audit / auditorlik tekshiruvlari. / insurance / insurance reserves / reserve capital / audit / audit inspections.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shirinov U.A., Mamasharifov P.

Maqolada sug’urta tashkilotlarida rezervlar tasnifi va tavsifi hamda ularni auditorlik tekshiruvdan o’tkazishning maqsad va vazifalari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGICAL ISSUES OF THE AUDIT OF INSURANCE RESERVES

The article describes the classification and description of reserves in insurance organizations, as well as the goals and objectives of their audit.

Текст научной работы на тему «SUG’URTA ZAXIRALARI AUDITINING METODOLOGIK MASALALARI»

Shirinov U.A. dotsent SamISI Mamasharifov P.

magistr SamISI

SUG'URTA ZAXIRALARI AUDITINING METODOLOGIK

MASALALARI

Annotatsiya. Maqolada sug 'urta tashkilotlarida rezervlar tasnifi va tavsifi hamda ularni auditorlik tekshiruvdan o 'tkazishning maqsad va vazifalari bayon qilingan.

Kalit so 'zlar: sug 'urta, sug 'urta zaxiralari, rezev kapitali, audit, auditorlik tekshiruvlari.

Shirinov U.A. associate professor SamIES Mamasharifov P.

master SamIES

METHODOLOGICAL ISSUES OF THE AUDIT OF INSURANCE

RESERVES

Abstract. The article describes the classification and description of reserves in insurance organizations, as well as the goals and objectives of their audit.

Key words: insurance, insurance reserves, reserve capital, audit, audit inspections.

Jahon iqtisodiyoti va global moliya tizimining uzluksiz rivojlanishi sharoitida sug'urta tizimi va uning asosiy komponenti, sug'urta bozorining ahamiyati ortib bormoqda. Birinchidan, jahon amaliyotida sug'urta tizimi ma'lum bir fondlarni shakllantirish va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning mablag'larini qayta taqsimlash munosabatlari orqali iqtisodiyotda investitsiyalarning eng katta manbalaridan biri hisoblanadi. Ikkinchidan, sug'urta zamonaviy iqtisodiyotda murakkab va o'sish tendensiyasiga ega bo'lgan risklarni boshqarishning asosiy shakllaridan biridir. Bundan tashqari, sug'urtalangan shaxsning mulkiy manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash doimiy ravishda takror ishlab chiqarish jarayonini yuzaga keltiradi, bu esa iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga yordam beradi. Shuni ta'kidlab o'tish joizki, zamonaviy global

sug'urta bozorining umumiy aylanmasi 2,4 trin. AQSh dollaгini tashkil etadi. Rivojlangan davlatlar tajribasi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni samarali hal etishda sug'uгtaning гolini ortib boгayotganligidan dalolat beradi.

Sug'uгta tizimi va uni amalga oshiгish mexanizmini takomillashtiгish bo'yicha xalqaгo amaliyotda keng qamrovli tadqiqotlaг amalga oshiгib kelinmoqda. Ushbu tadqiqotlar sug'uгta tizimini tadbrikoriik sub'ektlaгining mulkiy manfaatlarini himoya qilishning samarali shakli sifatida, shuningdek, sug'urta kompaniyalari tomonidan milliy iqtisodiyotga investitsiya kiritish uchun mablag'lami jalb qilish usuli sifatida ko'гib chiqadi. Lekin bugungi kunda sug'urta tizimining iqtisodiy mohiyati va faoliyat mexanizmini tahlil qilish, mamlakatda sug'urta tizimining institutsional muhitini shakllantiгishning o'ziga xos xususiyatlari va sug'uгta tizimini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqotlarni olib borish asosiy masalalardan biri bo'lib qolmoqda.

Sug'urta korconalarida zaxiralami ikki asosiy guгuhga ajгatish mumkin:

1-rasm. Sug'urta korxonalarida zaxira turlari.

Rezerv kapitali - bu korxonaning turli maqsadlarlarda va turli manbalar evaziga shakllantirilgan xususiy kapitalining bir turi. Ushbu kapital asosan quyidagi manbalar hisobidan vujudga keladi:84

• mavjud mulkni qayta baholash natijasida paydo bo'ladigan yangi qiymat evaziga;

• korxonaning sof foydasi hisobidan;

• qaytarib bermaslik sharti bilan kelib tushgan mulk evaziga.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vaziriigi tomonidan tasdiqlangan «1

yanvar holati bo'yicha asosiy fondlami har yili qayta baholashni o'tkazish tartibi to'g'гisida NIZOM»ga85 va unga kiritilgan o'zgaгtiгishlaгga muvofiq korxonalar har yilning 1 yanvar holatiga o'zlaгining asosiy vositalarini, tugallanmagan qurilish obyektlarini bozor baholaridan kelib chiqib yoki Iqtisodiyot vazirligi belgilagan koeffisiyentlar asosida qayta baholaydilar86. Qayta baholashda asosiy vositalarning oldingi boshlang'ich qiymati va jamlangan eskiгishi гeal bozoг baholaridan kelib chiqgan holda, ko'payish yoki kamayish tomonlariga

84ypa30B К.Б. Молиявий ^исоб Ba хисобот. Зaмонaвий педягогик теxнологиялaргa aсослaнгaн кургязмяли

мaърyзaлaр курси. 2-^исм. - СямИСИ, 2019. - 155 бет.

85Уз.АВ томонидян 2002 йил 4 декaбрдa руйхятга олинган, № 1192

86Микрофирмaлaр Ba кичик корхоняляр адр 3 йилдя бир мяртя rçama бaxолaйдилaр

o'zgartirilishi mumkin. Agar o'zgartirishlar o'sish tomonga yuz bergan bo'lsa, o'rtadagi ijobiy farq rezerv kapitalini vujudga kelishiga sabab bo'ladi.

O'zbekiston Respublikasi qonunlari va ta'sis hujjatlariga muvofiq korxonalar o'zlarining sof foydasi evaziga rezerv kapitalini shakllantirishlari mumkin. Chunonchi aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to'g'risida qonunga muvofiq ular o'zlarining ustav kapitali miqdorining 15 %gacha bo'lgan miqdorida sof foyda evaziga rezerv kapitalini shakllantirishlari shart. Boshqa turdagi korxonalar (MChJ, xususiy korxona, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar) ham o'zlarining sof foydasidan ta'sischilar yig'ilishi qaroriga asosan ma'lum foizda rezerv kapitaliga ajratma qilishlari mumkin.

Qaytarib bermaslik sharti bilan kelib tushgan mulk evaziga vujudga keladigan rezerv kapitali. Ushbu kapital har qanday korxonada mol-mulkni beg'araz olish natijasida vujudga keladi. Respublikamizning Soliq kodeksiga muvofiq bepul kelib tushgan mulklar bitta tizim korxonalarida yuqori tashkilotning qarori bilan balansdan balansa o'tkazish tarzida amalga oshirilgan bo'lsa, daromad solig'iga tortilmaydi. Boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlarda bepul kelib tushgan mulk ularning yalpi daromadiga kiradi va soliqga tortiladi.

Yuqorida zikr etilgan manbalar evaziga shakllanadigan rezerv kapitali korxonalarda turli maqsadlarda, masalan ishlab chiqarishni rivojlantirish, xodimlarni rag'batlantirish, imtiyozli aksiyalar egalariga dividend hisoblash, korxona likvidasiyasi chog'ida vujudga kelgan o'tgan yillar zararlarini qoplash qoplash va boshg'a maqsadlarda ishlatiladi.

Rezerv kapitalining jamlangan summasi korxona tugatilishida taqsimlanmagan foydaga qo'shiladi va ta'sischilar o'rtasida taqsimlanadi.

Rezerv kapitali bo'yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

*rezerv kapitalini vujudga kelishini to'g'ri va o'z vaqtida hisob va hisobotda aks ettirish;

*rezerv kapitalining tegishli maqsadlarda ishlatilishini ta'minlash, nazorat qilish hamda to'g'ri va o'z vaqtida hisob va hisobotda aks ettirish.

Sug'urta korxonalarida sug'urta zaxiralari quyidagilardan iborat:

> Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasi

> Sodir bo'lgan lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasi

> Xabar qilingan lekin bartaraf etilmagan zararlar

> Ogoxlantirish chora-tadbirlari zaxirasi

> Aktivlarning nomuvofiqligi zaxirasi

> Falokatlar zaxirasi

> Hayot sug'urtasi bo'yicha zaxiralar

> Ishlab topilmagan mukofotlar zaxirasidagi qayta sug'urtalovchilarning

ulushi

> Xabar qilingan lekin bartaraf etilmagan zararlar zaxirasidagi qayta sug'urtalovchilarning ulushi

> Sodir bo'lgan lekin xabar qilinmagan zararlar zaxirasidagi qayta sug'urtalovchilarning ulushi

> Hayot sug'urtasi bo'yicha zaxiralardagi qayta sug'urtalovchilarning

ulushi

M.Abduraimova esa o'zining qarashlarida, sug'urta tashkilotlarining moliyaviy hisobotini tekshirish makroiqtisodiy darajada ahamiyatli bo'lib, auditorlik tekshiruvining faoliyat yuritishi quyidagilar bilan belgilanadi: 87

l.Sug'urta tashkilotining moliyaviy hisobotini tekshirish va natijalardan manfaatdor foydalanuvchilar qarorlari uchun, sug'urta tashkilotiga qiziqish bildirgan shaxslar, davlat organlari va jamoatchilik uchun qo'llaniladi.

2.Sug'urta tashkilotining moliyaviy hisobotini audit o'tkazish jarayoni bir qancha sabablar oqibatida buzilishi yoki bo'lmasa, ma'lumotlarning yetarli bo'lmasligi natijasida auditor o'zi kutgan maqsadga erisholmasligi mumkin. Masalan, sug'urta tashkilotida zaxiralar shakllantirishda me'yoriy talabga rioya qilinmagan, moliyaviy hisobotlarida sodir bo'lgan operasiyalar noaniqlikka ega, bu esa har jihatdan subyektga borib taqalishi va shunga o'xshash bir qancha jarayonlarni sanab o'tgan.

U.A. Shirinov "Sug'urta sohasidagi auditorlik faoliyatini o'ziga xosligi, avvalo, bu borada maxsus sug'urta qonunchiligi mavjudligi, mazkur sohada buxgalteriya hisobini yuritishni.....tubdan farq qilishi bilan tavsiflanadi."88

M.Abduraimova sug'urta tashkilotlarida auditorlik tekshiruvining natijalarini rasmiylashtirish auditor professionallik asosida auditorlik tekshiruvlarini tashkil qilish va moliyaviy hisobot ishonchliligini xolis va halol tekshirish natijalari yuzasidan xulosa yoki fikri bilan aks ettirish jarayoni hisoblanadi.89

1.Auditor tomonidan sug'urta tashkilotlarini tekshirishda, avvalo, auditor audit strategiyasini tuzishda sug'urtaning xususiyatidan kelib chiqib yondashuvni tanlashi kerak.

2. Auditor tekshiruvni boshlashdan oldin, albatta, sug'urta tashkilotining ichki nazorat tizimi bilan yaqindan tanishib, yetarlicha ma'lumotga ega bo'lishi kerak.

3. Auditor tekshiruv jarayonlarini optimallashtirish uchun, albatta, tarmoqning risk hududini tanlab, tekshiruvning ko'p qismini o'sha hududga targ'ib qilishi kerak.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak sug'urta korxonalarida auditorlik tekshiruvlarini to'g'ri tashkil etish, ularda sug'urta rezervlari xarakatini to'g'ri tashkillashtirilganini o'rganish korxona iqtisodiy ko'rsatkichlariga ham bevosita ta'sirini o'tkazadi.

87Абдураимова М. "Сугурта ташкилотларида молиявий ^исоботини тузиш ва аудиторлик текширувидан утказиш тартибини такомиллаштириш" мавзусидаги докторлик диссертацияси. 2020 йил.

88Ширинов, У. А., & Абдусаидов, С. Ж. (2022). Сугурта корхоналарида аудитнинг хусусиятлари. экономика и социум, (10-1 (101)), 745-749.

89Абдураимова, Мафтунахон. "Сугурта ташкилотларини аудиторлик текширувидан утказиш методологияси." Iqtisodiyot va ta'lim 24.1 (2023): 238-244.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Абдураимова, Мафтунахон. "Сугурта ташкилотларини аудиторлик текширувидан утказиш методологияси." Iqtisodiyot va ta'lim 24.1 (2023): 238-244.

2. Абдураимова М. "Сугурта ташкилотларида молиявий хдсоботини тузиш ва аудиторлик текширувидан утказиш тартибини такомиллаштириш" мавзусидаги докторлик диссертацияси. 2020 йил.

3. Уразов К.Б. Молиявий хдсоб ва хисобот. Замонавий педагогик технологияларга асосланган кургазмали маърузалар курси. 2-кисм. -СамИСИ, 2019. - 155 бет.

4. Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини такомиллаштириш. Экономика и социум, (6-2 (97)), 810-813.

5. Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини методологик асослари. Экономика и социум, (6-2 (97)), 814-817.

6. Ширинов, У. А. (2021). Improvement of methodology of auditoral assessment of segmentary accounting and reporting reality in committees providing communication services. Экономика и социум, (5-2), 642-647.

7. Ширинов, У. А., & Абдусаидов, С. Ж. (2022). Сугурта корхоналарида аудитнинг хусусиятлари. экономика и социум, (10-1 (101)), 745-749.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.