Научная статья на тему 'SUG’URTA ZAXIRALARI AUDITINI O’TKA'

SUG’URTA ZAXIRALARI AUDITINI O’TKA Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug’urta / sug’urta zaxiralari / audit rejasi / audit / auditorlik tekshiruvlari. / insurance / insurance reserves / audit plan / audit / audit inspections.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shirinov U.A., Mamasharifov P.

Maqolada sug’urta tashkilotlarida zaxiralarni auditorlik tekshiruvdan o’tkazishning ketma-ketligi va auditorlik rejasi hamda dasturini tuzish to’g’risida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE PROCEDURE FOR AUDIT OF INSURANCE RESERVES

The article describes the sequence of auditing reserves in insurance organizations and the creation of an audit plan and program.

Текст научной работы на тему «SUG’URTA ZAXIRALARI AUDITINI O’TKA»

Shirinov U.A. dotsent SamISI Mamasharifov P.

magistr SamISI

SUG'URTA ZAXIRALARI AUDITINI O'TKAZISH TARTIBINI

TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya: Maqolada sug'urta tashkilotlarida zaxiralarni auditorlik tekshiruvdan o'tkazishning ketma-ketligi va auditorlik rejasi hamda dasturini tuzish to 'g'risida bayon qilingan.

Kalit so'zlar:sug'urta, sug'urta zaxiralari, audit rejasi,audit, auditorlik tekshiruvlari.

Shirinov U.A. associate professor SamIES Mamasharifov P.

master SamIES

IMPROVING THE PROCEDURE FOR AUDIT OF INSURANCE

RESERVES

Abstract: The article describes the sequence of auditing reserves in insurance organizations and the creation of an audit plan and program.

Key words: insurance, insurance reserves, audit plan, audit, audit inspections.

Bugungi kunda mamlakatimizda inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo'lib, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish yo'lida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Respublikamiz iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlari o'rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o'sish sur'atlarining ta'minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli ravishda oshishi ertangi kunga bo'lgan ishonchimizning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.

мЭкономнка h соцнумм №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

660

Prezidentimiz qator nutqlarida sug'urta faoliyatini rivojlantirish bo'yicha ta'kidlaydilar: "Sug'urta xizmatlari iqtisodiyotni turli xil moliyaviy xatarlardan himoya qiluvchi vositalardan biridir."60.

Yurtimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida qo'lga kiritilayotgan yuqori natijalar, eng avvalo, yangidan-yangi zamonaviy tarmoq va ishlab chiqarish quvvatlarining yo'lga qo'yilishi, buning ta'sirida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatining sezilarli darajada ortib borayotgani, yaratilayotgan mahsulot va ko'rsatilayotgan xizmat turlarining ko'payib, mahsulot sifatini yaxshilash ta'minlanmoqda. Iqtisodiyot rivojlanishini yangi bosqichga ko'tarishga qaratilgan "Taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash bo'yicha vazifalari belgilangan.61 Ushbu vazifalarni amalga oshirish xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini sug'urta qilish bilan bevosita bog'liq.

Korxonalar sug'urta zaxiralarini auditorlik tekshiruvidan o'tkazishning boshlang'ich bosqichi bo'lib rejalashtirish hisoblanadi. Rejalashtirish jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi:

- Dastlabki rejalashtirish;

- Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;

- Audit dasturini tayyorlash va tuzish.

Dastlabki rejalashtirish jarayonida auditor korxonaning moliyaviy-xo'jalik faoliyati bilan tanishishi, audit o'tkazish imkoniyatlarini baho berishi lozim. Aynan bu jarayon dastlabki rejalashtirishning bir qismi bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari dastlabki rejalashtirishda auditorlik tashkiloti tomonidan tekshiruvda ishtirok etadigan mutaxassislar tarkibini, ishning muddatlarini, miqdoriy tarkiblarini ishlab chiqadi.

Shundan so'ng auditorlik korxonasi tomonidan mijoz korxonaga auditorlik tekshiruvini o'tkazish bo'yicha rozilik xati yuboradi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, moliyaviy faoliyat auditi jarayonida quyidagi amallar bajariladi:

60 https://www.uzavtoyul.uz/cy/post/sugurta-bozorini-rivojlantirish-masalalari-muhokama-qilindi.html

61 Y36eKHCTOH Pecnyô^HKacH npe3HgeHTHHHHr "2022 — 2026 HH^apra My^a^aHraH amu y36eKHCTOHHHHr TapaK^HëT CTpaTerHHCH TyrpHCHga"rH OapMOHH, 2022 hhïï 28 arnap, № n®-60.

661

мЭкономнка h соцнумм №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

Sug'urta zaxiralari bo'yicha auditni rejalashtirishning asosiy amallari

Subyekt to'g'risida umumiy ma'lumotlar yig'ish

Mijozlarning huquqiy majburiyatlari haqida ma'lumotlar yig'ish

Audit muhimliligi va maqbul xatarlik darajasini baholash

Auditning umumiy rejasi va dasturini ishlab chiqish

5-rasm. Sug'urta zaxiralari bo'yicha daromadlar auditini rejalashtirishning

asosiy amallari.

Auditorlik tekshiruvini o'tkazish bo'yicha rozilik xati - bu dastlabki kuzatishlar tugagach buyurtmachiga taqdim etiladigan hujjat. U o'zida dastlabki kuzatishning natijalari, auditorlik tekshiruvi bo'yicha hisoblangan ish hajmi, auditorlik xatarining darajasi, taklif etilayotgan qiymat, ishni bajarish bo'yicha taklif etilgan muddatlarni, bajaruvchilarni va boshqalarni aks ettiradi.

Shundan so'ng buyurtmachi korxona bilan auditorlik korxonasi o'rtasida shartnoma tuziladi.

Auditorlik faoliyati to'g'risida shartnoma - bu auditorlik tashkiloti va xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida auditorlik tekshiruvi yoki boshqa kasbiy xizmatlarni ko'rsatish bo'yicha o'zaro munosabatlarni belgilab beruvchi yuridik hujjat. Shartnoma bilan birgalikda "Shartnomaviy bahoni kelishuv bayonnomasi" rasmiylashtiriladi.

Auditorlik tashkiloti bajarayotgan rusum-qoidalarning natijalarini umumiy reja va dasturni tayyorlash paytida batafsil hujjatlashtirish kerak, chunki mazkur natijalar auditni rejalashtirish uchun asos hisoblanadi va butun audit jarayoni davomida ishlatilishi mumkin. Auditning umumiy rejasi audit dasturini amalga oshirishda qo'llanma bo'lib xizmat qilishi kerak.

Umumiy rejada auditorlik tashkiloti auditni o'tkazish muddatlarini, hisobot (xo'jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzishni nazarda tutishi shart va u auditorlik tekshiruvi jarayonida asosiy qo'llanma hisoblanadi. Auditni rejalashtirish paytida auditor qanday harakatlar va operasiyalar moliyaviy hisobotni jiddiy buzishlarga olib kelishini ko'rib chiqadi.

3-son AFMSda audit rejasining namunaviy mazmuni keltirilgan bo'lib, bizningcha moliyaviy faoliyat auditining rejasi quyidagicha tuzilishi mumkin:

'^KOHOMHKa h соцнумм №6(121)-2 2024

www.iupr.ru

662

1-jadval

Sug'urta zaxiralari auditining umumiy rejasi

Tekshirilayotgan tashkilot: "O'zbekinvest" EIMSK

Audit davri: 1.05.2024 dan 25.05.2024

Kishi soatlar soni: 250

Auditorlik guruh rahbari: Aliyev A.

Auditorlik guruh tarkibi: Aliyev A.

Rejalashtirilayotgan auditorlik xatari: 5

Rejalashtirilayotgan jiddiylik darajasi: 5_

Rejalashtirilgan ishlar turi O'tkzish davri Ijrochi Izoh

1. Korxona faoliyati bilan tanishish 1.05-2.05

2. Sug'urta zaxiralariga doir hujjatlarni tekshirish 3.05-5.05 Aliyev A.

3. Sug'urta zaxiralarining shakllanish manbalarini tekshirish 6.05-23.05 Aliyev A.

4. Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va korxona sug'urta zaxiralari doir xo'jalik operasiyalarining qonuniyligi buzilishini bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish 24.05-25.05 Aliyev A.

Auditorlik dasturi tekshiruv umumiy rejasini rivojlantirish orqali tuziladi va u yuqorida aytganimizdek, tekshiruv jarayonidagi asosiy yo'riqnoma bo'lib xizmat qiladi hamda audit rejasini amalda ro'yobga chiqarish uchun zarur bo'lgan auditorlik rusum-qoidalari mazmunining batafsil ro'yxatini o'z ichiga oladi.

2-jadval

Sug'urta zaxiralari auditining umumiy dasturi_

Rejalashtirilgan ishlar turi O'tkaz ish Ijrochi Auditorning ishchi hujjatlari л о z I

1.Korxona faoliyati bilan tanishish

2.Moliyaviy faoliyat daromadlariga doir hujjatlarni tekshirish

2.1 Sug'urta zaxiralarini shakllantirishga doir shartnomalarning mavjudligini, ularning to'gri rasmiylashtirilganini tekshirish 1.05-4.05 Aliyev A.

3.Moliyaviy faoliyat daromadlarining shakllanish manbalarini tekshirish

3.1 Sug'urta zaxiralarini to'g'ri tan olinganligini va ular hisobini tegishli schyotlarga to'g'ri olib borilganligini tekshirish 5.05-7.05 Aliyev A. 8500 schyoti bo'yicha o'tkazmalar, hisob-kitob ma'lumotlari

3.2 Sug'urta zaxiralarini bo'yicha yuritiladigan yig'ma hujjatlarning to'g'ri yuritilayotganini hamda hisobot shakllaridagi ma'lumotlar bilan dastlabki hujjatlarda bir xil ma'lumotlar ekanligini tekshirish 8.05-10.05 Aliyev A. 8500 schyoti bo'yicha jurnal-oderlar, hisobot ma'lumotlari

4. Auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish

4.1 Tekshiruv natijalari bo'yicha yaxlid fikrlarni hosil qilish 24.05 v e Ali A.

4.2 Sug'urta zaxiralariga doir xo'jalik operasiyalarining qonuniyligi buzilganligi aniqlansa bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish 25.05 Aliyev A.

Auditning umumiy rejasi va auditning dasturi audit o'tkazish vaqtida lozim bo'lishiga qarab qaytadan ko'rib chiqilishi lozim. Vaziyatlardagi o'zgarishlar yoki auditorlik muolajalarni bajarish paytida olingan ko'zda tutilmagan natijalarni hisobga olish uchun xizmat ko'rsatishning butun muddatida rejalashtirish uzluksiz amalga oshirib boriladi. Ahamiyatli o'zgartirishlarning natijalari hujjatli rasmiylashtirilib boriladi.

Xulosa qilib aytganda sug'urta zaxiralari auditini to'g'ri tashkil etish uni rejalashtirishga juda ham bog'likligini ko'rishimiz mumkin. Shu boisdan sug'urta zaxiralari auditini rejalashtirish va shunga asosan dasturini tuzish o'ta muhum masalallardan biri bo'lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Абдураимова, Мафтунахон. "Сугурта ташкилотларини аудиторлик текширувидан утказиш методологияси." Iqtisodiyot va ta'lim 24.1 (2023): 238-244.

2. Абдураимова М. "Сугурта ташкилотларида молиявий хдсоботини тузиш ва аудиторлик текширувидан утказиш тартибини такомиллаштириш" мавзусидаги докторлик диссертацияси. 2020 йил.

3. Уразов К.Б. Молиявий хдсоб ва хисобот. Замонавий педагогик технологияларга асосланган кургазмали маърузалар курси. 2-кисм. -СамИСИ, 2019. - 155 бет.

4. Ширинов, У. А., & Абдусаидов, С. Ж. (2022). Сугурта корхоналарида аудитнинг хусусиятлари. экономика и социум, (10-1 (101)), 745-749.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.