Научная статья на тему 'SUG’URTA TIZIMINING RIVOJLANISH TENDENSIYASIVA UNINGO’ZBEKISTONIQTISODIYOTIDA TUTGAN O’RNI'

SUG’URTA TIZIMINING RIVOJLANISH TENDENSIYASIVA UNINGO’ZBEKISTONIQTISODIYOTIDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug’urta agentligi / sug’urta kompaniyalar / premium sug’urta / dengiz sug’urtasi / sug’urta polisi / avto sug’urta. / insurance agency / insurance companies / premium insurance / marine insurance / insurance policy / auto insurance.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Shirinov U.A., Turg’Unova R., Umidov D.U.

Mazkur maqolada sug’urta paydo bo’lishi qisqacha tarixi, O’zbekistonda sug’urta sohasining rivojlanishi, sug’urta turlari, sug’urta polisi va mamlakatdagi yirik sug’urta tashkilotlar faoliyatlari haqida qisqacha yoritilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT TENDENCIES OF THE INSURANCE SYSTEM AND ITS ROLE IN THE ECONOMY OF UZBEKISTAN

In this article, a brief history of the emergence of insurance, the development of the insurance industry in Uzbekistan, types of insurance, insurance policies and the activities of major insurance organizations in the country are briefly discussed.

Текст научной работы на тему «SUG’URTA TIZIMINING RIVOJLANISH TENDENSIYASIVA UNINGO’ZBEKISTONIQTISODIYOTIDA TUTGAN O’RNI»

Shirinov U.A. dotsent SamISI Turg'unova R. talabasi SamISI Umidov D.U. talabasi SamISI

SUG'URTA TIZIMINING RIVOJLANISH TENDENSIYASIVA UNINGO'ZBEKISTONIQTISODIYOTIDA TUTGAN O'RNI

Annotatsiya. Mazkur maqolada sug'urta paydo bo'lishi qisqacha tarixi, O'zbekistonda sug'urta sohasining rivojlanishi, sug'urta turlari, sug'urtapolisi va mamlakatdagi yirik sug 'urta tashkilotlar faoliyatlari haqida qisqacha yoritilib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: sug'urta agentligi, sug'urta kompaniyalar, premium sug'urta, dengiz sug'urtasi, sug'urta polisi, avto sug'urta.

Shirinov U.A. associate professor SamIES Turgunova R. student SamIES Umidov D.U. student SamIES

DEVELOPMENT TENDENCIES OF THE INSURANCE SYSTEM AND ITS ROLE IN THE ECONOMY OF UZBEKISTAN

Abstract. In this article, a brief history of the emergence of insurance, the development of the insurance industry in Uzbekistan, types of insurance, insurance policies and the activities of major insurance organizations in the country are briefly discussed.

Keywords: insurance agency, insurance companies, premium insurance, marine insurance, insurance policy, auto insurance.

Biz sug'urta haqida ma'lumotlar to'plab, sug'urta nima ekanligiga qiziqayotgan ekanmiz, dastlab sug'urtaning paydo bo'lish va rivojlanish tarixi haqidagi ma'lumotlarni o'rganmasdan turib, biror-bir natijaga erisha olishimiz

qiyindir. Tarixiy hujjatlarga qaraganda, sug'urtaga o'xshash dastlabki amaliyotlar Bobilda taxminan 4000 yil oldin uchragan ekan. O'sha davrning tijorat markazi bo'lgan Bobilda karvon savdogarlariga qarz bergan kapitalistlar karvonlarni o'g'irlash yoki to'lovlarni to'lash holatlarida savdogarlarning qarzlarini yo'q qilishdi.

Keyinchalik, bu voqea qirol Xammurapi tomonidan qonuniylashtirildi. Xammurapi kodeksining eng katta xususiyati shundaki, unda qaroqchilar hujum qilgan karvonlarning yo'qotishlari, qolgan boshqa barcha karvonlarda ham bo'lishi kerakligini oldindan o'ylamagan. Bu quruqlik transportida xavflarni taqsimlashning birinchi misoli. Premium sug'urta milodiy 1250-yilda Venetsiya, Florensiya va Genuya shaharlarida paydo bo'lgan. Biroq XIV asrgacha bugungi ma'noda sug'urta to'g'risida gaplashish uchun kutish kerak edi. Iqtisodiy sharoitning o'zgarishi bilan birgalikda savdoda ham XIV asrdan boshlab, juda muhim o'zgarishlar yuz berdi. O'sha paytda, sug'urta ("dengiz savdosida eng rivojlangan") Italiyada kerak edi va dengiz sug'urtasi tushunchasi bu yerda birinchi marta paydo bo'ldi.

Sug'urta kompaniyalari Yevropada, ayniqsa sanoat inqilobidan so'ng rivojlandi. Amerikada esa, sug'urta rivojlanish tarixi boshqacha edi. Kolonistlarning hayoti hech qanday sug'urta kompaniyalari tomonidan kafillikka olinmagan edi. Oziq-ovqat yetishmasligi, mahalliy aholi va kasalliklar bilan bog'liq urushlar natijasida, har to'rt kolonistning deyarli uchtasi 40 yoshiga yetmasdan halok bo'ldi. Amerikaga sug'urtaning kirib kelishi uchun 100 yildan ko'p vaqt kerak bo'ldi. Nihoyat, u o'sha davrda Yevropada ishlab chiqilgan sug'urta, amaliyot va tajriba asosida tadbiq etildi. Angliyaning Londan shahrida esa 1666-yilda katta yong'in bo'lib, 14 ming atrofida binoni vayron qildi. Buning natijasida London vayronaga aylandi, omon qolganlarning uylari yonib kul bo'ldi. Londonni yonib ketishidan keyin boshlangan g'azabga javoban, dengiz sug'urtasi bilan shug'ullanadigan sug'urta kompaniyalari yong'indan sug'urta qilishni taklif etgan sug'urta kompaniyalarini tashkil qildi. Paskalning uchburchagi bilan qurollangan ushbu kompaniyalar tez orada o'z biznesini kengaytirdi. 1693-yilga kelib, birinchi o'lim jadvali Paskalning uchburchagi yordamida yaratilgan va tez orada hayotni sug'urtalash boshlangan rejani amalga oshirdi.

O'zbekistonda ham bir qancha tadqiqotchilar sug'urta turlari, jarayonlari va hisoblanish bosqichlarini tadqiq qilishgan. Toshkent davlat Iqtisodiyot Unverstitutining 2-bosqich tayanch doktaranti Abduturapova Dildora Farxodjon qizi "O'zbekistonda sug'urta munosabatlarini rivojlanish samaradorligini tahlili" bo'yicha ilmiy taqdiqot ishlarini olib borgan bo'lsa, Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi, tayanch doktoranti Soliyeva Navruza Axmadillo qizi "Qishloq xo'jaligida sug'urta tizimini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari" mavzusi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib brogan. I.Ochilov va D.Sultonov "Sug'urta hisobi va hisoboti" mavzusidagi kitoblarini chiqarib, sug'urta kompaniyalarida tuziladigan barcha hisobotlar (buxgalteriya balansi, moliyaviy hisobot, pul mablag'lari

aylanmasi tog'risidagi hisobot, asosiy vositalar tog'risidagi hisobot kabilar) ni qay tarzda olib borilishini aniq isbotlab, ko'rsatib, qaysi schyotlar orqali qaysi turdagi opertasiyalar bajarilishi haqida ma'lumotlar keltirib o'tishgan.

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ishchi xodim kasal bo'lganda, mehnatda kasallikga chalingan yoki boshqacha tarzda shikastlanganda, shu jumladan, turmushda jarohatlanganda, oilaning betob a'zosini parvarish qilganda, karantin e'lon qilinganda, sanatoriy-kurortda davolanganda va protez qilinganda to'lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo'lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to'liq miqdorida, boshqa hollarda esa, xodimning davlat ijtimoiy sug'urtasi badallarini to'lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog'idagi voyaga yetmagan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining oltmish foizidan yuz foizigacha miqdorda to'lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq to'lash eng kam miqdorining 35,2 foizidan oz bo'lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.Endilikda mamlakat iqtisodiyotini to'liq raqamlashtirish chora-tadbirlari ko'rib chiqilayotgan vaqtda, sug'urta kompaniyalar xizmatlarini ro'yxatdan o'tkazishni mijozlar uchun tez va qulay qilishga harakat qilinmoqda. Misol uchun 2016-yil 11-oktabrda ishlab chiqilgan elektron sug'urta polisi (bu huddi "qog'oz" ko'rinishidagi sug'urta polisidir, faqatgina u mijoz shaxslarga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda beriladi) mijozlar uchun ko'plab qulayliklar yaratib bermoqda. U "ALSKOM" sug'urta kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, u O'zbekiston Respublikasining 29.04.2004-yildagi 611-II sonli "Elektron hujjat aylanishi tog'risida"gi Qonuni va 11.12.2003 yildagi 562-II sonli "Elektron raqamli imzo to'g'risida"gi Qonunga muvofiq chop etilgan elektron sug'urta polisi qog'oz ko'rinishidagisi bilan teng yuridik kuchga ega. Sug'urta polisini olish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.

Sug'urta shartnomalari sug'urta tashkilotining o'zi yoki sug'urta agentlari va sug'urta brokerlari tomonidan tuzilishi ham mumkin. Sug'urta tashkilotlarida ham boshqa tashkilotlar singari, sug'urtalanuvchilar, sug'urta agentlari va sug'urta brokerlari bilan bog'liq hisob-kitoblarni to'rttalik schyotlar orqali, buxgalteriya balansida aks ettirishadi. Masalan, 6040 schyot "Sug'urta agentlari va brokerlariga to'lanadigan schyotlar" va 4040 schyot "Sug'urta agentlari va brokerlaridan olinadigan schyotlar"da olib boriladi.

Sug'urta tashkilotlari o'z moliyaviy holatining barqarorligini ta'minlash maqsadida o'z zimmasidagi javobgarlikni boshqa sug'urta tashkilotlariga o'tkazishlari ya'ni qayta sug'urta qilishlari mumkin. Bunda sug'urta tashkiloti qayta sug'urtalayotgan sug'urta tashkilotiga ma'lum miqdordagi to'lovni amalga oshiradi. Qayta sug'urtaga o'tkazilgan risklar bo'yicha sug'urta mukofotlari summalari 9040schyot "Qayta sug'urta qilish va retrotsessiyaga berilgan risklar bo'yicha to'langan sug'urta mukofotlari"da hisobga olib boriladi.

Sug'urta qoplamasini to'lash bo'yicha zararning qayta sug'urtalash bo'yicha olingan ulushlarining hisobi 9070 schyot "Qayta sug'urta qilish va retrotsessiyaga berilgan risklar bo'yicha zararlar ulushining qoplanishi bo'yicha daromadlar"da yuritiladi.

Qayta sug'urtaga berilgan risklar bo'yicha qayta sug'urtalanuvchi va qayta sug'urtalovchi o'rtasidagi umumiy o'zaro hisobkitoblar quyidagi schyotlarda amalga oshirilib boriladi:

6050 schyot "Qayta sug'urta qilish bo'yicha olingan risklar bo'yicha to'lanadigan schyotlar";

6060 schyot "Qayta sug'urta qilishga berilgan risklar bo'yicha to'lanadigan schyotlar";

6070 schyot "Qayta sug'urta qilishga berilgan risklar bo'yicha depo mukofotlar";

6080 schyot "Qayta sug'urta qilishga oid komission rag'batlantirish, tantyemalar va yig'imlar bo'yicha to'lanadigan schyotlar";

4050 schyot "Qayta sug'urta qilish bo'yicha qabul qilingan risklar bo'yicha olinadigan schyotlar";

4051 schyot "Qayta sug'urta qilishga oid komission rag'batlantirishlar, tantyemalar va yig'imlar bo'yicha olinadigan schyotlar";

4060 schyot "Qayta sug'urta qilishga berilgan risklar bo'yicha olinadigan schyotlar";

4080 schyot "Sug'urtalovchining boshqa sug'urtalovchilardagidepo zarari";

4090 schyot "Sug'urtalovchining boshqa sug'urtalovchilardagi depo mukofotlari"

Har bir sug'urta shartnomasi bo'yicha ishlab topilmagan mukofot

hisob-kitob uchun qabul qilingan bazaviy sug'urta mukofotining hisobot sanasiga sug'urta shartnomasining tugamagan amal qilish muddatining (kunlarda) sug'urta shartnomasining butun amal qilish muddati (kunlarda) nisbatiga ko'paytmasi sifatida quyidagi formula orqali aniqlanadi:

T . _ . Ti-Mi

Imi = BmiX ——

Ti

bu erda:

Imi — i-shartnoma bo'yicha ishlab topilmagan mukofot;

Bmi — i-shartnoma bo'yicha bazaviy sug'urta mukofoti;

Ti — i-shartnomaning kunlardagi amal qilish muddati;

Mi — i-shartnomaning kuchga kirishidan boshlab hisobot sanasigacha bo'lgan kunlar soni.

Prezidentimiz taklif qilgan barcha g'oyalar va buyurilgan vazifalardan va hozirda manashu funksiyalar bo'yicha amalga oshirilayotgan natijalarni ko'rib, tadqiqot natijasida quyidagi takliflar ko'rib chiqildi:

> ishonchli va yirik bo'lgan sug'urta tashkilotlarini ko'paytirish va istemolchilarni ularga bo'lgan ishonchini mustahkamlash;

> sug'urta jarayonlarini raqamlashtirish orqali (keraksiz qog'ozbozchiliklardan voz kechgan holda), iste'molchilarga yanada ko'proq qulaylik yaratib, ularning miqdorini ko'paytirish;

> sug'urta xizmatlarini ko'paytirish orqali mamlakat YAIM dagi sug'urtaning o'rnini oshirish;

> sug'urta korxonalari tomonidan tayyorlanadigan, sug'urta hisobotlarini soddalashtirish;

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ochilov I., Sultonov D. Sug'urta hisobi va hisoboti //O 'quv qo'llanma, Toshkent. - 2010.

2. Abduturapova, Dildora Farxodjon qizi. "Sug'urta munosabatlarini takomillashtirishning istiqbollari." (2023): 221-230.

3. Soliyeva N. A. Q. Qishloq xo 'jaligida sug 'urta tizimini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - Т. 2. - №. 3. - С. 1105-1113.

4.Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини такомиллаштириш. Экономика и социум, (6-2 (97)), 810-813.

5. Ширинов, У. А., & Нарзуллаев, Н. А. (2022). Молиявий мажбуриятлар аудитини методологик асослари. Экономика и социум, (6-2 (97)), 814-817.

6. Ширинов, У. А. (2021). Improvement of methodology of auditoral assessment of segmentary accounting and reporting reality in committees providing communication services. Экономика и социум, (5-2), 642-647.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.