Научная статья на тему 'SUG‘ORISH KANALINI NIVELIRLASH'

SUG‘ORISH KANALINI NIVELIRLASH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
10
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit soʻzlar: nivelir asbobi / reyka / nivelirlash jurnali va qalam. / Key words: leveling tool / ruler / leveling log and pencil.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Otabayeva S.E.

Annotatsiya. Ushu maqolada nivelir asbobi yordamida oʻlchangan balandlik boʻyicha chiziqli inshoot trassasi jurnalin bilan tanishish ularni an’anaviy va dasturiy mahsulotdan foydalanib hisoblab chiqish oʻrganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEVELING THE IRRIGATION CHANNEL

Abstract. In this article, familiarization with the log of the linear structure route by the height measured with the help of a leveling tool, their calculation using traditional and software products is studied.

Текст научной работы на тему «SUG‘ORISH KANALINI NIVELIRLASH»

Otabayeva S.E.

Geodeziya, kertografiya va kadastr yo'nalishi talabasi

Urganch davlat universiteti

SUG'ORISH KANALINI NIVELIRLASH

Annotatsiya. Ushu maqolada nivelir asbobiyordamida o'lchangan balandlik bo'yicha chiziqli inshoot trassasi jurnalin bilan tanishish ularni an'anaviy va dasturiy mahsulotdan foydalanib hisoblab chiqish o'rganiladi.

Kalit so'zlar: nivelir asbobi, reyka, nivelirlash jurnali va qalam.

Otabayeva S.E.

student of geodesy, cartography and cadastre

Urganch State University

LEVELING THE IRRIGATION CHANNEL

Abstract. In this article, familiarization with the log of the linear structure route by the height measured with the help of a leveling tool, their calculation using traditional and software products is studied.

Key words: leveling tool, ruler, leveling log and pencil.

Kirish: Nivelirlashda bajariladigan dala ishlari quyidagi tartibda olib boriladi.

Asboblarni olish va ko'zdan kechirish. Geometrik nivelirlashni bajarish uchungeodezik asbob nivelir shtativ, ikkita nivelir reykasi, lenta, qoziqlar, bolg'a, geometrik nevelirlash jurnali, qalam va lezviya olinadi.

Nivelirlash ishlarini boshlashdan avval nivelir va nivelir reykalarini tekshirib ko'rish kerak. Xar qaysi nivelir o'z xususiyatiga qarab tekshiriladi. Quyma nivelirlar quyidagi shartlarga javob berishi kerak.

1.Ko'rish trubasi vizir o'qi silindrik adilak o'qiga parallel bo'lishi kerak.

2.Silindrik adilakning o'qi nivelirning aylanish o'qiga perpendikulyar bo'lishi kerak.

3.To'rning gorizontal ipi nivelirning aylanish o'qiga perpendikulyar bo'lishi

kerak.

4.Taglikdagi doiraviy adilakning o'qi nivelirning aylanish o'qiga paralel bo'lishi kerak.

Quyma va boshqa tipdagi nivelirlarni yuqoridagi shartlar bo'yicha tekshirish tartibi ko'rsatkichlar va oxirida berilgan adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Agar biror shart bajarilmayotganligi ayniqlansa asbob tuzatiladi.

Asosiyqism:Nivelirlash lozim bo'lgan joyni rekognossirovka qilish. Bunda trassa yo'nalishi boshlang'ich va oxirgi nuqtalar o'rni joyda belgilanadi, trassa

burilish burchaklari va tomonlari o'lchanadi trassani piketlarga bo'lib chiqiladi va ularni o'rnini joyda belgilanadi.

Trassani nivelirlash. Bu ish o'rtadan nivelirlash usulibilan quyidagi tartibda bajariladi:

A va V nuqtalariga vertikal qilib reyka o'rnatiladi va ularni orasiga ulardan bir xil masofada nivelir o'rnatiladi. Reyka o'rnatilgan nuqtalarni piket, asbob o'rnatilgan nuqtalarni stansiya deb ataladi. Orqadagi nuqtaga o'rnatilgan reykadan olingan sanoqni a bilan oldindagi nuqtaga o'rnatilgan reykadan olingan sanoqni esa v bilan belgilanadi. Nisbiy balandlikni h bilan belgilanadi.

Shunda A nuqtaga nisbatan B nuqtaning nisbiy balandligi quyidagi formula bilan topiladi.

h= a-b

Agara-bbo'lsa nisbiy balandlik musbat a-b bo'lsa manfiy ishorali bo'ladi.

Har bir stansiyada ish quyidagi tartibda olib boriladi:

10. nivelir ko'rish trubasining vizir o'qini orqadagi reykaga qaratib va elevatsion vint bilan nivelir silindrik adilagining ikkala yarim uchini aniq bir bir biriga to'g'rilab iplar setkasining o'rta gorizontal ipi bo'yicha reykani qora tomonidan sanoq olinadi.

11. Nivelir ko'rish trubasining mahkamlovchi vintini bo'shatib ko'rish trubasini vizir o'qini oldindagi reykaga qaratiladi va uning qora tomonidan yuqoridagi tartibda sanoq olinadi.

12. Oldindagi reykani qizil tomonidan sanoq olinadi.

13. Orqadagi reykani qizil tomondan sanoq olinadi.

Yuqorida olingan sanoqlar geometrik nevilirlash jurnaliga yozib boriladi. Har bir stansiyada o'lchash ishlari tugashi bilan asbobni joyidan ko'zg'atmasdan olingan sanoqlar kontrol qilinadi. Buning uchun orqadagi va oldindagi reykalarni qora va qizil tomondan olingan sanoqlarni farqi topiladi ya'ni

h1 =a1-b1 qora h2 =a2-b2 qizil

Ikki marta xisoblab chiqarilgan qiymatlar orasidagi farq4mmdan oshmasligi kerak aks xolda stansiya kuzatish qaytadan bajariladi.

Hisoblarni to'g'riligiga ishonch hosil qilgach nivelir bilan keyingi stansiyaga o'tiladi. Bunda orqadagi reykada turgan kishi reykani keyingi nuqtaga olib o'tadi va u endi oldingi bo'ladi.

Oldindagi reykada turgan kishi esa o'z o'rnida qoladi va u reykani qora tomonini nivelirga birinchi bo'lib qaratadi. Ikkinchi stansiyada ham ish xuddistansiyada bo'lgani kabi olib boriladi.

Nivelirlashda ikki qo'shni stansiya uchun umumiy bo'lgan nuqtalarga bog'lovchi nuqtalar deyiladi.

Agarda ikkita piket orasini bitta stansiyadan nivelirlash mumkin bo'lmasa, u xolda piketlar orasi bir stansiya o'rniga ikki yoki bir necha stansiyada turib nivelirlanadi. Bunda bog' lovchi nuqta sifatida x nuqtalar tanlanadi va qoziq bilan maxkamlanadi. Ular orasidagi masofalar o'lchanmaydi. Ikki piket orasidagi nisbiy

balandlik esa shu piketlar orasidagi stansiyalarda topilgan nisbiy balandliklar yig'indisiga teng bo'ladi.

Oraliq va ko'ndalang chiziqda belgilangan nuqtalarni nivelirlash. Oraliq nuqtalar piketlar orasidagi past baland joylardan olinadi. Ularni o'rni xam joyda qoziq qoqib belgilab qo'yiladi. Ko'ndalang chiziqlarni nivelirlash chizig'iga perpendikulyar qilib undan xar ikki tomonda 5-30m gacha olinadi, ularning umumiy uzunlig 10-60m bo'lishi mumkin. Oraliq va ko'ndalang nuqtalarni nivelirlash bog'lovchi nuqtadan olingan sanoqlarni ishlab chiqib bo'lingandan keyin bajariladi. Bunda orqadagi reyka piketdan olinadi va ketma-ket oraliq nuqtalarga qo'yib chiqiladi. So'ngra trubani vizir nurini reykaga to'g'rilab reykani faqat qora tomondan sanoq olinadi. Olingan sanoq jurnali oraliqdagi grafasiga yoziladi.

Tafsilotniplanga olish. Piketlash jurnali.

Nivelirlash yo'lini piketlarga bo'lish bilan bir vaqtda nivelirlash chizig'idan xar ikki tomonga 50m gacha bo'lgan joy tafsiloti asbob bilan yoki chamalab trassaga nisbatan syomka qilinadi.Plan olishda to'g'ri burchakli koordinatalar burchakli yoki kesishtirish usullari qo'llanilishi mumkin. Plan olish natijalari piketlash jurnalida qayd etib boriladi. Odatda piketlash jurnali milimetrli qog'ozga chiziladi. Unda trassa o'qi to'g'ri chiziq shaklida burilish burchaklari strelka bilan ko'rsatilgan bo'ladi. Bundan tashqari trassadagi piket va oraliq nuqtalari ko'ndalang chiziq va undagi nuqtalar, tafsilotlarni konturlari, shartli belgilari ko'rsatiladi. Piketlash jurnali 1:1000 yoki 1:2000 masshtabdachiziladi.

Kameral ishlar

Nivelirlash jurnalini tekshirish va dala ishlarini nazorat qilish.

Nivelirlash jurnalini tekshirish unda dalada bajarilgan hamma kuzatishlarni va hisoblashlarni sinchiklab ko'rib chiqishdan boshlanadi. Bu esa ishdagi mumkin bo'lgan xatolarni aniqlash va yo'qotish maqsadida bajarildi.

Nisbiy va o'rtacha nisbiy balandliklar to'g'ri xisoblab chiqilganligin tekshirish uchun nivelir jurnalining xar bir beti tagiga 3, 4,6,7,8 vagrafalar yig'indisi aloxida - aloxida yoziladi. Mana shunda 3 va 4 yig'indilarining ayirmasi tegishli ishora bilan 6 va 7 grafa qiymatlarini algebraik yig'indisining ikkilanganligiga teng bo'lishi teng bo'lishi kerak. Ya'ni,

(Z3-S4)/ 2 qZ6/2 q Z7

Bog'lanmaslikxatosini aniqlash va niveliryo'llarini bog'lash.

Nivelirlash yopiq poligon bo'yicha bajarilsa u vaqtda xamma nisbiy balandliklarni algebraik yig'indisi nolga teng bo'lishi kerak ya'ni.

/h = £h=0

Qo'yarli bog'lanmaslik xato cheki esa quyidagi formula bilan aniqlanadi. /h =± ЗОл/L mm/h =± 30л/05 mm = 21mm

Bu yerda L - km ifodalangan nivelirlangan yo'l uzunligi.

Nivelirlash otmetkasi ma'lum ikki nuqta orasida bajarilgan nisbiy balandliklarni nazariy yig'indisi oxirgi va boshlang'ich nuqtalar otmetkalarini ayirmasiga teng ya'ni

2 hnaz = Ho-Hb

Yoki nivelirlash xatosi

f h 2 hamaly

Bog'lanmaslik xatosi yo'l qo'yarli bo'lsa uni teskari ishora bilan o'ichangan nisbiy balandliklarga barobar yoki xisoblangan otmetkalarga tarqatib nisbiy balandliklar yoki otmetkalar tuzatiladi.

Bog'lovchi va oraliq nuqtalarning otmetkalarini xisoblash.

Bog'langan nisbiy balandliklardan foydalanib otmetkasi ma'lum boshlang'ich nuqtadan boshlab quyidagi formula asosida hamma bog'lovchi nuqtalari hisoblab chiqariladi.

N5+1=Nb+h

bu erda Nb+1 -otmetkasi aniqlanayotgan nuqta

Nb - boshlang'ich otmetkasi ma'lum nuqta

H - shu ikki nuqta orasidagi nisbiy balandlik.

Otmetkalarni to'g'ri yoki noto'g'ri hisoblanganligi quyidagi formula bilan aniqlanadi.

N0-Nb= 2hoxrta

Oraliq nuqtalarni otmetkalari quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi.

Ns=AG-as

Bu erda Ns - otmetkasi aniqlanayotgan oraliq nuqta

AG- asbob gorizonti

as - oraliq nuqtaga o'rnatilgan reykani qora tomonidan olingan sanoq

Asbob gorizonti quyidagi formula bilan aniqlanadi.

AG= Nor - Oor

Nor - orqadagi piketni otmetkasi

Oor - orqadagi piketga o'rnatilgan reykani qora tomonidan olingan sanoq.

Trassani nivelirlash jurnali

Bek atlar № Piket- lar № Reykadan sanoqlar Nisbiy balandliklar h, mm Asbob gori zonti Ag,m Baland ligi H, m

Orqadagi a oldindag i b oraliqda gi s Hisob langan, hh O'rtach a ho'r Tuzati lgan, ht

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10

1 Rp5 5949 -3.5 552.776

1163 -0838 -0889.5 -0893

PK 0 6787 -0941 551.883

2104

PK 0 5731 -2 551.833

2 1044 -1278 -1229 -1231

PK 1 7009 -1180 550.б52

2224

3 PK 1 51б9 -2.5 550.б52

0384 -2400 -2449.5 -2452

X 75б9 -2499 548.200

2883

4 X 5034 -1 548.200

0349 -2570 -2520 -2521 548.54 9

+б8.12 1212 -2470 547.337

PK 2 7б04 545.б79

2819

5 PK 2 5343 545.б79

0557 54б.23 б

+7б.38 б895 -2.5 539.341

O' 10.0 1бб1 -2104 -2155.5 -2158 544.575

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

O' 20.0 1740 -2207 544.49б

Ch 8.45 1825 544.411

Ch 20.0 1445 544.791

PK 3 7447 543.521

27б4

Za Z a= 30723 Z ь= 38723 Z hh= -18487 Z hor= -4000

б PK 3 б571 -3.5 543.521

1885 +07б5 +0815.5 +081 2

+08бб

PK 4 5В06 544.333

1019

- - - -

7 PK 4 7694 544.333

2911 -2.5

+2091 +2042.5 +204 0 547.24 4

+68.76 2265 +1994 544.979

PK 5 5603 546.373

0917

- - - - - •

PK 5 657В -2 546.373

В 1В93 +04В7 +053В +053 6

+05В9

Rp 6 6091 546.909

1304

- - - - -

Za Z a= 58255 Z v= 30355 Z hh= -17109 и > Z -85

Z a=58255 Z b=69950 Z hh=-11695 Z hor=-5847.5

2«-2b -11695

= -5847.5

2 2

fu = Zhyp -(HRP17 -HRP11) = -5847.5mm- (546.909-552.776)= -5847.5+5867.0=+19.5

fh cheklan = 30^^/0,5 =+ 21

Trassasining bo'ylama profili

55l| 33(1 54 a 1 547l 54 el 1 ------_ (0 1 ~- ^——a

T.4T 544 54a 343 541L 34(1 53=[ 1 0.00s £ ^ 1

loylha bo,landllgl i p a iuu —-- « 1 ¡5 8 3 3

Yer bo.lo.ndl9! CO i 3 8 is 7 1 1 a a i 3

Mosofoilar 1. tk*. «a m

ToVJ vo. egrl fko pkl pke t=93s5 k.t94.78 ^ fk3

Joy plant*

Trassasining ko'ndalang profili

20 8,45 10 20

PK2 (76,38)

Xulosa: Trassani nivelirlash haqida, ayniqsa trassani nivelirlash xatosini tenglash, nuqtalar balandligini hisoblashni bajarish.

Trassa nivelirlash yo'l qurilishida ham muhim ahamiyatga ega. Yangi shahar va qishloqlarni yo'llarini bunyod etish, aholi yashaydigan hududlarini planlashtirish kabi ishlarni nivelirlashsiz taasavvur qilib bo'lmaydi shuningdek sug'rish kanallarini ham. Plan, profillar, ularning uzunliklarini hisoblash bilan bog'liq yo'l inshootlarini loyihalsh, qurishda zarur bo'lgan nuqtalar balandligin i va ular farqini aniqlash uchun bajariladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Toshpo'latov S.A., Avchiyev Sh.K., Kovalyov N.V. Oliy geodeziya.

2. O'tanov O'"Geodeziya"o'quv qo'llanma Toshkent "Bilim" 2005

3. Avchiyev Sh.K Amaliy geodeziya "Voris nashriyot" 2010

4. Oxunov Z.D. Geodeziyadan proktikum. Toshkent, "Universitet", 2009

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.