Научная статья на тему 'SRZ-A-M1 TA’MIRLASH-ZARYADLASH STANSIYASINING QUROLLI KUCHLARDAGI O‘RNI'

SRZ-A-M1 TA’MIRLASH-ZARYADLASH STANSIYASINING QUROLLI KUCHLARDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zirhli texnika / avtomobil zaryadlash / razryadlash / ta’mirlash / texnik xizmat ko‘rsatish / akkumulyator batareysi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kuzibayev Odiljon

Ushbu maqolada zirhli tank qurol-texnikalarining akkumulyator batareyalariga texnik xizmat ko‘rsatish, nosozliklarni aniqlash va ularni ta’mirlashni. Shuningdek akkumulyator batareyalariga dala sharoholatini zaryadlash va razryadlash ishlarini bajarish va ta’mirlash-zaryadlash stansiyasining rivojlanishi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SRZ-A-M1 TA’MIRLASH-ZARYADLASH STANSIYASINING QUROLLI KUCHLARDAGI O‘RNI»

SRZ-A-M1 TA'MIRLASH-ZARYADLASH STANSIYASINING QUROLLI

KUCHLARDAGI O'RNI

Kuzibayev Odiljon Tajibayevich

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi

katta o'qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada zirhli tank qurol-texnikalarining akkumulyator batareyalariga texnik xizmat ko'rsatish, nosozliklarni aniqlash va ularni ta'mirlashni. Shuningdek akkumulyator batareyalariga dala sharoholatini zaryadlash va razryadlash ishlarini bajarish va ta'mirlash-zaryadlash stansiyasining rivojlanishi keltirilgan.

Kalit so'zlari: zirhli texnika, avtomobil zaryadlash, razryadlash,ta'mirlash, texnik xizmat ko'rsatish, akkumulyator batareysi.

Аннотация: В этой статье рассматривается техническое обслуживание, устранение неисправностей и их ремонт аккумуляторных батарей бронетанкового вооружения. Также на аккумуляторных батареях осуществляется зарядка и разряд полевых шарообразных работ и разработка ремонтно-зарядной станции.

Ключевые слова: бронетехника, автомобильная зарядка, разрядка, ремонт, техническое обслуживание, аккумуляторная батарея.

Annotation: in this article, the maintenance of battery batteries of armored tank equipment, the detection of malfunctions and their repair. Also presented are the development of a field battery charging and discharge work and repair-charging station.

Keywords: armored vehicle, car charging, discharge, Repair, Maintenance, Battery.

Zamonaviy jangovar harakatlar davrida quruqlikdagi qo'shinlarning salohiyatini oshirishda zirhli tank qurol-texnikalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Jangovar vazifalarni bajarish vaqtida, ta'biy va suniy to'siqlarni yengib o'tishda, dushmanning olovli o'qlari ta'sirida, shuningdek, boshqa texnik sabablarga ko'ra zirhli tank qurol-texnikalari shikastlanishi, talofat ko'rishi yoki ishdan chiqishi ko'zda tutimoqda. Mashinalarni shikastlangan, talofat ko'rgan joyning o'zida nosozliklarini bartaraf etish mumkin bo'lsa shu joyning o'zida ta'mirlab safga qaytarish ta'mirlash bo'linmalarining kuch va vositalari yordamida amalga oshirilmoqda.

Zirhli tank qurol-texnikalarining dastlabki harakatlanishini asosiy ta'minlovchisi manba bu аkkumulyatоr bаtаrеyasi hisoblanadi. U^^n dvigаtеlni o't оldirish рау^а stаrtеrni, dvigаtеl isЫаmаy Ш^а^а yoki gеnеrаtоrlаr nоsоz Ьо'^аМа

iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlashda foydalaniladi. Zirhli tank qurol-texnikalarining akkumulyator batareyalarini belgilangan muddatdan oldin ishdan chiqishini oldini olish va ularga texnik xizmat ko'rsatish, ta'mirlash ishlarini dala sharoitida amalga oshirish dolzarb bo'lib hisoblanadi.

Bir necha yillar oldin avtomobil texnikalari asosan qo'shinlarning harakatlanishni, shaxsiy tarkibini bir joydan ikkinchi joyga ko'chirishda, moddiy vositalarni tashishni ta'minlaydigan asosiy vosita hisoblangan.

1911-yilda Rossiya armiyasiga birinchi bor ko'chma ta'mirlash ustaxonalari qabul qilindi. Ko'chma ta'mirlash ustaxonasining yordamida xodimlar chilangar-montaj, mis-chilangar, temirchilik, duradgorlik va vulkanizatsiya ishlarini bajarishlari mumkin bo'ldi.

Masalan, Ulug' Vatan urushi paytida harakatchan sobiq SSSR Qurolli kuchlarining ta'mirlash batalyonlari, bazalari va zavodlari yordamida o'rta va kapital ta'mirlash orqali bir yarim milliondan ortiq zirhli tank qurol-texnikalari tiklandi. Ushbu urushda avtomobillar deyarli uch baravar ko'p jalb etilgan [1].

Urushdan keyingi yillarda zirhli tank qurol-texnikalarini ta'mirlashda Ulug' Vatan urushidan oldin ishlab chiqilgan ko'chma ta'mirlash maxsus ustaxonalari endilikda vazifalarni bajarishni qoniqtira olmadi.

Shuning uchun Qurolli Kuchlarning talablaridan kelib chiqib 1949-yilga kelib Zil-151 rusumli avtomobil bazasida harbiy ta'mirlash-ekspluatatsiya ustaxonalarining tajriba partiyasi tayyorlandi. Uskunalar quyidagilarni o'z ichiga olgan: ko'chma elektr stansiyasi va kompressor; yog' to'ldirish uskunalari; elektr jihozlari, ta'mirlash uskunalari; yoqilg'i tizimlariga TXK uskunalari;

akkumulyator batareyalarini zaryadlash va razaryadlash uchun uskuna;

distillangan suv chiqarish uchun distilyator;

shinalarni ta'mirlash va avtoulovlarni to'xtatib turish moslamalari;

gaz payvandlash uskunalari;

temirchilik asboblari;

nazorat va sozlash asbob-uskunalari.

Ulug' Vatan urushining harbiy tajribasidan kelib chiqib, nafaqat harbiy texnika takomillashtirildi, shuningdek, ta'mirlash bo'linmalarining texnikalariga ham o'zgartirish va takomillashtirishlar kiritildi. 1960-yillarning o'rtalaridan boshlab qo'shinlarni Zil-131, Gaz-66, Ural-375 avtomobillari kiritila boshladi. O'z navbatida mashinalar parkida mobil ustaxonalarni birlashtirish talab qilina boshladi.

Ular uchun "KM" turidagi furgonlar metall ramka bilan va ramkasiz "K" turi engil mustahkamlangan ko'pikli panellardan foydalanilgan holda, Zil-157

(keyinchalik Zil-131) shassiga o'matilgan holda ishlab chiqarildi. Bu yechim dala sharoitlarida texnikalarni ta'mirlash va takomillashtirish bilan bog'liq vaziyatni sezilarli darajada yaxshiladi [2].

Yuqoridagi muammolarni echish uchun birinchi SRZ-A ta'mirlash-zaryadlash stansiyasi avtomobil bazasida ko'chma ta'mirlash maxsus texnikasi ishlab chiqarildi.

1963-yilda Bronnitsa shahrida joylashgan 38-tajriba zavodida sobiq SSSR mudofaa vazirligi kislotalarni saqlash, zaryadlash va razryadlash uchun mo'ljallangan dalabob texnika taqdimotini o'tkazildi. 1972-yildan boshlab uning o'rniga akkumulyator batareyasini ta'mirlash imkoniyati bilan yangilangan model dala sharoitiga mo'ljallangan Zil-131 shassisida ishlab chiqarilgan keng korpusli KM131 (K131) furgoni ishlab chiqarila boshlandi [3].

SRZ-A-M1 ta'mirlash-zaryadlash stansiyasiga quyidagi uskunalar o'rnatilib akkumulyator batareyalarini ta'mirlash imkonini berdi [2]:

1) uskunalar, asboblar va uskunalar to'plamlari uchun mo'ljallangan: akkumulyator batareyasini zaryadlash va razaryadlash avtomatik zaryadlashni

o'z ichiga oladigan qurilma;

zaryadlovchi va kommutator, masofadan boshqarish pulti kommutatsiya bloklari, qutilar va ulanish kabellari;

qayta zaryadlanuvchi batareyalarni yig'ish, demontaj qilish va texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash to'plamlari;

tortgichlar va ta'mirlash moslamalari qayta zaryadlanuvchi batareyalar ta'mirlashda qo'llaniladigan xar xil tortgichlar, asboblar to'plamlari;

elektrolitni tayyorlovch distilliyator, sulfat kislotasi, elektrolitni tayyorlash va saqlash uchun idishlar va asboblari to'plami.

2) energiya uskunalari quvvat generatoridan iborat quvvati 30 kvt va kuchlanishi 220 v, generatorni boshqarish shiti va avtomatik himoya, korpus quvvat manbai, yorug'lik qalqoni va kirish va chiqish qurilmalari.

3) yordamchi uskunalar chodirni o'z ichiga oladi zaryadlash va razaryadlash paytida akkumulyator batareyalarini joylashtirish nazorat mashq sikllari, chodirni isitish moslamasi, masofali ventilyatorlar va yorug'lik chiroqlari.

SRZ-A-M1 ta'mirlash-zaryadlash stansiyasida ish joylarini jihozlash quyidagi ishlarni bajarishga imkon beradi:

akkumulyator batareyalarning texnik holatini aniqlashni, qoldiq quvvatni aniqlash bilan nazorat-mashq siklini o'tkazishni;

akkumulyatorlarni, plitalarini va terminallarni almashtirish bilan batareyani ta'mirlashni;

akkumulyator batareyalarni ta'mirlash uchun qo'rg'oshin qismlarini tayyorlashni;

distillangan suv ishlab chiqarishni va elektrolit tayyorlashni;

akkumulyator batareyasini ta'mirlashni;

quruq zaryadlanmagan akkumulyator batareyasini ish holatiga keltirishni;

akkumulyator batareyalarni nominal oqim qiymati bilan yoki tezlikda katta kuchlanishda zaryadlashni;

zaryadlash va razaryadlash rejimini boshqarish va sozlashni;

elektr energiyasi bilan ta'minlash 30 kvtgacha elektr o'rnatishni.

Xulosa qilib aytganda O'zbekiston Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalarida jangovar vazifalarni bajarishda SRZ-A-M1 ta'mirlash-zaryadlash stansiyasi muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Mazkur ta'mirlash-zaryadlash stansiyasining imkoniyati darajasi texnik xizmat ko'rsatish tadbirlarini sifatli bajarishda muhim rol o'ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Тарасенко, П. Н. Войсковой ремонт автомобильной техники: учебное пособие / П. Н. Тарасенко. - Минск : БНТУ, 2006. - 300 с.

2. Каштанов, В. П. Свинцовые стартерные аккумуляторные батареи. Руководство / В. П. Каштанов [и др.]. - М.: Воениздат, 1983. - 183 с.

3. Секирин, М. М. Ремонтно-зарядная аккумуляторная станция СРЗ-А-М1. Руководство / М. М. Секирин [и др.]. - М. : Воениздат, 1989. - 168 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.