Научная статья на тему 'SPORTNING SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA JAMIYAT RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI'

SPORTNING SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA JAMIYAT RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sog‘lom turmush tarzi / jamiyat / tarbiya / mashg‘ulot / sport texnikasi / rivojlanish / qobiliyat / rejalashtirish / natija. / healthy lifestyle / society / upbringing / training / sports equipment / development / abilities / planning / result.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.Y. Ergashov

bilamizki, mukammal texnika – mashqni bajarishning eng ratsional, samarali usuli hisoblanadi. Sportchilar tayyorgarlik darajalarini o‘sishi, sport tayyorgarligi metodikasining takomillashuvi har doim ham texnikaning evolyusiya qilishiga ko‘maklashadi. Shuning uchun, har xil sportchilar uchun optimal texnikani izlash, uning evolyusiyasini har bir bosqichida, har doim ham zarur bo‘ladi. Sportning sog‘lom turmush tarzi va jamiyat rivojlanishdagi ahamiyati haqida so‘z boradi, pirovardida uning mehnat qobiliyati darajasini oshiradi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini zararli mashg‘ulotlar bilan o‘tkazishidan himoya qilish, shuningdek, ularni sportga jalb qilish g‘alabaga eltuvchi yo‘l ekanligi ta’kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF SPORTS FOR A HEALTHY LIFESTYLE AND THE DEVELOPMENT OF SOCIETY

способ выполнения упражнения. Повышение уровня подготовки спортсменов, совершенствование методики спортивной подготовки всегда способствует развитию техники. Поэтому поиск оптимальной техники для разных спортсменов, на каждом этапе ее эволюции, всегда будет необходим. В нем говорится о важности спорта для здорового образа жизни и развития общества, что в конечном итоге повысит уровень его трудоспособности. Также подчеркивается, что защита молодежи от проведения досуга вредными занятиями, а также привлечение ее к занятиям спортом-это путь к победе.

Текст научной работы на тему «SPORTNING SOG‘LOM TURMUSH TARZI VA JAMIYAT RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Sh.Y. Ergashov1^_

1Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Denov, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: bilamizki, mukammal texnika - mashqni bajarishning eng ratsional, samarali usuli hisoblanadi. Sportchilar tayyorgarlik darajalarini o'sishi, sport tayyorgarligi metodikasining takomillashuvi har doim ham texnikaning evolyusiya qilishiga ko'maklashadi. Shuning uchun, har xil sportchilar uchun optimal texnikani izlash, uning evolyusiyasini har bir bosqichida, har doim ham zarur bo'ladi. Sportning sog'lom turmush tarzi va jamiyat rivojlanishdagi ahamiyati haqida so'z boradi, pirovardida uning mehnat qobiliyati darajasini oshiradi. Shuningdek, yoshlarning bo'sh vaqtlarini zararli mashg'ulotlar bilan o'tkazishidan himoya qilish, shuningdek, ularni sportga jalb qilish g'alabaga eltuvchi yo'l ekanligi ta'kidlanadi.

MAQSAD: sportning sog'lom turmush tarzi va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyatini ko'rsatishgan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: sportning sog'lom turmush tarzi va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyatini asoslovchi o'quv materiallarini sohaning me'yoriy hujjatlariga muvofiq tarzda tanlab olinganligi, tadqiqot davomida pedagogikaning umume'tirof etilgan qonuniyatlari, prinsiplariga asoslanganligi, mahalliy va xorijiy manbalarning tahlillari asosida aniqlanishi hamda bu jarayonning mazmuni, metodikasi, qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarning amaliy asoslari, ularning samaradorlik darajalari eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan ilmiy xulosalar ishlab chiqilganligi bilan ta'minlangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: bugungi kunning oldimizga qo'yayotgan dolzarb vazifasi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, jihatdan asoslangan o'ziga xos turmush tarzini yaratishdir. Ana shunday sharoitda barqaror taraqqiyotni belgilovchi muhim omillar sifatida kishilarda, hususan yoshlarda sog'lom hayot, sog'lom turmush tarzini shakllantirishga e'tibor qaratish butun jamoatchilik oldida turganmuhim vazifalardan biriga aylandi.

XULOSA: hozirgi zamonda inson omili muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunning oldimizga qo'yayotgan dolzarb vazifasi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, jihatdan asoslangan o'ziga xos turmush tarzini yaratishdir. Ana shunday sharoitda barqaror taraqqiyotni belgilovchi muhim omillar sifatida kishilarda, hususan yoshlarda sog'lom hayot, sog'lom turmush tarzini shakllantirishga e'tibor qaratish butun jamoatchilik oldida turganmuhim vazifalardan biriga aylandi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Kalit so'zlar: sog'lom turmush tarzi, jamiyat, tarbiya, mashg'ulot, sport texnikasi, rivojlanish, qobiliyat, rejalashtirish, natija.

ЗНАЧЕНИЕ СПОРТА ДЛЯ ЗДОРОВОГО ОБРАЗА ЖИЗНИ И РАЗВИТИЯ

ОБЩЕСТВА_

© Ш.Ю. Эргашов1^

1 Институт предпринимательства и педагогики Денова, Денов, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: мы знаем, что совершенная техника - это наиболее рациональный и эффективный способ выполнения упражнения. Повышение уровня подготовки спортсменов, совершенствование методики спортивной подготовки всегда способствует развитию техники. Поэтому поиск оптимальной техники для разных спортсменов, на каждом этапе ее эволюции, всегда будет необходим. В нем говорится о важности спорта для здорового образа жизни и развития общества, что в конечном итоге повысит уровень его трудоспособности. Также подчеркивается, что защита молодежи от проведения досуга вредными занятиями, а также привлечение ее к занятиям спортом-это путь к победе.

ЦЕЛЬ: состоит в том, чтобы показать важность спорта в здоровом образе жизни и развитии общества.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: учебные материалы, обосновывающие значимость спорта в здоровом образе жизни и развитии общества, должны быть подобраны в соответствии с нормативными документами отрасли, основанными на общепринятых законах, принципах педагогики в ходе исследования, определены на основе анализа отечественных и зарубежных источников, а также определены содержание, методика этого процесса, практические основы применяемых педагогических технологий, уровни их эффективности в экспериментальной практике. на основе результатов исследований научные выводы подкрепляются разработкой.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: актуальная задача, которую мы ставим сегодня перед собой, - создание уникального образа жизни, основанного на экономических, социальных, политических, аспектах. В этих условиях одной из важнейших задач, стоящих перед всей общественностью, стало привлечение внимания к формированию здорового образа жизни, здорового образа жизни у людей, в частности молодежи, как важного фактора, определяющего устойчивое развитие.

ВЫВОД: в наше время человеческий фактор приобретает все большее значение. Актуальной задачей, которую ставит перед нами сегодня, является создание уникального образа жизни, основанного на экономическом, социальном,

п V V

политическом аспекте. В этих условиях одной из важнейших задач, стоящих перед

Iqtibos uchun: Ergashov Sh.Y. Sportning sog'lom turmush tarzi va jamiyat rivojlanishidagi ahamiyati. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B.57-65.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

всей общественностью, стало привлечение внимания к формированию здорового образа жизни, здорового образа жизни у людей, в частности молодежи, как важного фактора, определяющего устойчивое развитие.

Ключевые слова: здоровый образ жизни, общество, воспитание, обучение, спортивная техника, развитие, способности, планирование, результат.

THE IMPORTANCE OF SPORTS FOR A HEALTHY LIFESTYLE AND THE DEVELOPMENT OF SOCIETY_

© Shoxrux Y. Ergashov1®

1Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy, Denov, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: we know that perfect technique is the most rational and effective way to perform an exercise. Increasing the level of training of athletes, improving the methods of sports training always contributes to the development of technology. Therefore, the search for the optimal technique for different athletes, at each stage of its evolution, will always be necessary. It talks about the importance of sports for a healthy lifestyle and the development of society, which will ultimately increase the level of his ability to work. It is also emphasized that protecting young people from spending their leisure time with harmful activities, as well as involving them in sports, is the way to victory.

AIM: is to show the importance of sports in a healthy lifestyle and the development of society.

MATERIALS AND METHODS: educational materials substantiating the importance of sports in a healthy lifestyle and the development of society should be selected in accordance with the regulatory documents of the industry, based on generally accepted laws, principles of pedagogy in the course of research, determined based on the analysis of domestic and foreign sources, as well as the content, methodology of this process, practical foundations of the applied pedagogical technologies, the levels of their effectiveness in experimental practice. based on the research results, scientific conclusions are supported by the development.

DISCUSSION AND RESULTS: the urgent task that we set ourselves today is to create a unique lifestyle based on economic, social, political aspects. In these conditions, one of the most important tasks facing the entire public has become to attract attention to the formation of a healthy lifestyle, a healthy lifestyle among people, in particular young people, as an important factor determining sustainable development.

CONCLUSION: nowadays, the human factor is becoming increasingly important. The urgent task that confronts us today is to create a unique lifestyle based on the economic, social, and political aspects. In these conditions, one of the most important tasks facing the

Для цитирования: Эргашов Ш.Ю. Значение спорта для здорового образа жизни и развития общества. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С 57-65.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

entire public has become to attract attention to the formation of a healthy lifestyle, a healthy lifestyle among people, in particular young people, as an important factor determining sustainable development.

Keywords: healthy lifestyle, society, upbringing, training, sports equipment, development, abilities, planning, result.:

Barchamizga ma'lumki, sport mashg'ulotlari jarayonida sportni takomillashtirish mashg'ulotlar va mashg'ulotdan tashqari omillarning butun majmuidan foydalanishni o'z ichiga oladi, bu esa sportchining rivojlanishiga maqsadli ta'sir ko'rsatishga imkon beradi va pirovardida uning mehnat qobiliyati darajasini oshiradi. Sport mashg'ulotlarining maqsadi ham aslida raqobatbardosh faoliyatning o'ziga xos xususiyatlari va muhim musobaqalarda rejalashtirilgan sport natijalarini namoyish qilish kafolati tufayli ma'lum bir sportchiga tayyorgarlikning eng yuqori darajasiga erishish. Jismoniy mashqlar jarayonida unumdor mehnat qilish qobiliyatini ta'minlovchi fiziologik tizimlarning funksiya qilishini yuqori darajada bo'lishiga erishiladi, ularning funksiya qilish imkoniyatlari ortadi. Sport o'qituvchilarini tayyorlash sport sohasida yuqori malakali kadrlarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sport o'qituvchilari nafaqat jismoniy ta'lim berish, balki yoshlarning sog'lom turmush tarzini shakllantirishda ham muhim rol o'ynaydi. Shu bois, ularni tayyorlash sifatini oshirish jamiyat rivoji uchun ahamiyatlidir. Qolaversa, regulyar ravishda sport bilan shug'ullanish yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, mushaklarni rivojlantiradi va tana quvvatini oshiradi. Shuningdek, sport stressti kamaytirishga, kayfiyatni yaxshilashga va uyqu sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Sport turlari juda ko'p va xilma-xildir. Ular quyidagilarga bo'linadi:

1. Jamoaviy sportlar: Futbol, basketbol, voleybol kabi sportlar jamoadagi hamkorlikni va umumiy maqsadga erishish uchun birgalikda ishlashni rivojlantiradi.

2. Yakka tartibdagi sportlar: Tennis, yo'l yugurishi, suzish kabi sportlar shaxsiy mahorati va intilishni sinab ko'radi.

3. Ekstremal sportlar: Syorfing, parashyutdan sakrash kabi sportlar adrenalinga boy bo'lib, insonni ekstremal sharoitlarda o'zini sinab ko'rishga undaydi.

4. Mudofaa sportlari: Taekvondo, karate, dzyudo kabi sportlar jismoniy mustahkamlikni oshirish bilan birga, o'zini himoya qilish ko'nikmalarini ham rivojlantiradi.

Sport texnikasi yuqori natijalarga erishishda katta rol o'ynaydi, texnik tayyorgarlik -asosiy yetakchi zveno, umuman sport tayyorgarliginig o'ziga xos "kirish darvozasi". Bu haqida ko'plab olimlar o'z asarlarida, ilmiy tadqiqot ishlarida xulosalar berishgan. Quyidagi ularning ilmiy ishi ahamiyati va mutaxassis olimlar haqida ham ma'lumot berib o'tamiz.

Mavzuga doir adabiyotlar tahlili. Sportning sog'lom turmush tarzi va jamiyat rivojlanishdagi ahamiyati haqida mamlakatimiz olimlaridan A.J.Allambergenov,

For citation: Shoxrux Y. Ergashov. (2024) 'The importance of sports for a healthy lifestyle and the development of society.', Inter education & global study, (4(1)), pp. 5765. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

I.Q.Shamsiyeva, I I.N.Shodiyev, A.T.Nurmanov, B.B.Djalalov, Sh.Q.Primov, G'.A.Nafasovlar tomonidan, xususan, bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchilarining kasbiy kompetetntligini takomillashtirish muammolari bo'yicha ilmiy izlanishlar V.Sh.Karayev, O.A.Toshtemirov, F.M.Yaqubov, S.A.Axmedova kabi pedagog olimlar tomonidan amalga oshirilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan B.A.Ashmarin, L.I.Lubysheva, A.P.Strijak, Ye.A.Dubrovskaya, V.V.Kim, V.M.Dimov, J.K.Xolodovlar va boshqalar tomonidan jismoniy tarbiya darslarining amaliy ahamiyatini ochib berish, ta'lim oluvchilarda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish masalalari ustidan tadqiqotlar olib borilgan.

Xorijiy olimlardan J.P.Bennett, D.Mastad, H.Noack, D.Carless, J.Cornell, A.Cutter-Mackenzielarning ilmiy ishlarida inson ma'naviy va jismoniy rivojlanishining uyg'unligi, jismoniy tarbiya fanining ijtimoiy ahamiyati, harakatli o'yinlar vositasida o'quvchilar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishning ilmiy asoslari va uni ta'lim amaliyotiga tatbiq etishning oqilona usul hamda yo'llarini ishlab chiqish bilan bog'liq masalalar o'rganilgan. Xorijiy tadqiqotlarda kasbiy kompetentlikka oid muommolar, jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarini tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari alohida o'rganilgan.

Asosiy qism. Sport jamiyatni birlashtiradigan va hamjihatlikni oshiradigan kuchli vosita hisoblanadi. Sport tadbirlari va musobaqalari insonlarni bir joyga to'playdi, ularning o'zaro aloqalarini mustahkamlaydi. Shahar va davlat miqyosida o'tkaziladigan sport musobaqalari esa madaniy almashinuv va do'stona munosabatlarni rivojlantiradi. Shunday qilib, sport jismoniy va ruhiy sog'lomlikni saqlashda, jamoaviy hamjihatlikni oshirishda va yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega. Sport bilan shug'ullanish orqali insonlar nafaqat o'z sog'lig'ini mustahkamlaydi, balki jamiyat rivojlanishiga ham hissa qo'shadilar. Har bir inson o'z hayotida sportni bir bo'lak qilishi, sog'lom turmush tarzini tanlashi lozim.

Oliy o'quv yurtlarida sport mashg'ulotlariga qo'yiladigan talablar juda ahamiyatli masala. Bunda quyidagi yo'nalishlarga e'tibor berish kerak:

1. Talablar jismoniy tahlili: Talablar qanday sport mashg'ulotlariga qo'yilishi kerakligini tushunish uchun o'qituvchilar orasida anketa tashkil etish, so'rovlar o'tkazish va ma'lumotlar to'plash tadbirlarini o'tkazish.

2. Qo'shimcha ilmiy ko'nikmalar: Qo'shimcha ko'nikmalar olish va ularni o'rganish, shuningdek, o'qituvchilarning va talabalarning sport mashg'ulotlariga qo'yiladigan talablarga qanday e'tibor qaratishlari kerakligi haqida ma'lumot to'plash.

3. Ma'lumotlar tahlili: Toplangan ma'lumotlarni tahlil qilish va ularni boshqarishda qanday muammolar paydo bo'lishi mumkinligi haqida o'rganish. Masalan, qanday sport mashg'ulotlari talabalar uchun qiziqarliroq bo'ladi, qanday sharoitlarda talabalar motivatsiyalashishi mumkin.

4. Nazariy ko'nikmalar va ma'lumotlar to'plami: Talabalar va o'qituvchilarning sport mashg'ulotlariga qo'yiladigan talablarni tushunish uchun asosiy nazariy ko'nikmalarga

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №4 (1)

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

e'tibor berish. Bu ko'nikmalar sport tajribalari, fizioterapiya, pedagogika, va boshqa sohalarning konsepsiyalari bo'lishi mumkin.

5. Amaliy tashkilot: Talablarga asoslangan amaliy tavsiyalar ham berish kerak. Masalan, talabalarni motivatsiyalash, sport mashg'ulotlarini tashkil etishda qo'llaniladigan usullar, talablarga mos bo'lgan sport vositalari va maqollar, va hokazo.

6. Natijalar va takliflar: Olingan ma'lumotlar asosida sport mashg'ulotlariga qo'yiladigan talablarning natijalarini va takliflarni belgilash lozim. Bu, talabalar va o'qituvchilarning o'quv jarayonini yaxshilash va sport mashg'ulotlariga qo'yiladigan talablarni yanada rivojlantirishda yordam beradi.

Bo'lajak jismoniy madaniyat mutaxassisining kasbiy kompetentligi maxsus bilim, qobiliyat, ko'nikma va odatlardan tashkil topadi, ularda u yoki bu faoliyat turini mukammal qo'llashning asosiy usullari amalga oshiriladi. Mutaxassis hamisha tashkilotchi, murabbiy va pedagogik ta'sirning ustasi hisoblanadi. Bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchilarida kasbiy kompitentlikni shakllantirish muammosi nafaqat ijtimoiy-pedagogik, balki davlat siyosati darajasida ahamiyatga ega bo'lgan ilmiy-pedagogik muammodir. Kasbiy kompetentlik ta'lim jarayonda ilmiy asoslangan, zamonaviylashtirilgan mazmun, aniq rejalashtirilgan tizim, modifikatsiyalangan texnologiyalar, noan'anaviy va innovatsion metodlar, ideal va moddiy-texnik vositalar, shu jumladan, yangi axborot vositalaridan foydalanish talab etiladi.

Bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchilari uchun uning pedagogik muloqoti, pedagogik vazifalari, pedagoglik mahorati va qobiliyatlari, ijobiy, ijodiy shaxsiy sifatlari, kasbiy-pedagogik madaniyati, uning mohiyatli komponenti bo'lgan kasbiy kompetentliklar darajasini yaxshi egallaganligi kelajakda umumta'lim maktablarida pedagogik faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim jarayonini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil qilish, ta'lim mazmuniga zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida muayyan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish. 1 -jadval

Bo'lajak jismoniy tarbiya o'qituvchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish mexanizmi quyidagi jadvalda berilgan

Kasbiy kompetentlik Kompitentlik mazmuni

Metodik kompetentlik jismoniy tarbiya o'qituvchisi pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta'lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to'g'ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo'llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo'llash.

Informatsion kompetentlik axborot muhitida jismoniy tarbiya o'qituvchisi pedagogik faoliyat uchun zarur, muhim, kerakli, foydali ma'lumotlarni izlash, yig'ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o'rinli, samarali foydalanish.

Kreativ kompetentlik jismoniy tarbiya o'qituvchisi pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish.

Innovatsion kompetentlik jismoniy tarbiya o'qituvchisi pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 4 (1)

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Kommunikativ Kompetentlik

jismoniy tarbiya o'qituvchisi ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, o'quvchilar bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish.

Oliy o'quv yurtlarida sport mashg'ulotlariga qo'yiladigan talablar, talabalar va o'qituvchilar uchun muhim masalalardan biridir. Bu talablar talabalarning fizik va ruhiy salomatligini ta'minlash, ularning sport salohiyatini oshirish, jismoniy rivojlantirishlarini ta'minlash va jamoatchilik bo'yicha o'z mahsulotlarini takomillashtirish maqsadida belgilanadi.

Quyidagi bir nechta umumiy talablar sport mashg'ulotlariga qo'yiladi:

1. Jismoniy salomatlik: Sport mashg'ulotlarida qatnashuvchilar o'zlarini bajarishlari mumkin bo'lgan har qanday ta'sirga qarshi turgan holda fizik salomatlikka ega bo'lishlari kerak. Bu talab talabalarni regulyar jismoniy harakatni amalga oshirish, tayyorgarlik va kuchni oshirishga yondashadi.

2. Jismoniy rivojlanish: Oliy o'quv yurtlarida sport mashg'ulotlariga qo'yiladigan talablarga asosan, talabalarning jismoniy rivojlanishiga e'tibor qaratiladi. Bu, ularning sporda muvaffaqiyatga erishishlari va umumiy jismoniy rivojlanishlarini ta'minlashlari uchun juda muhimdir.

3. Sifatli dam olish: Sport mashg'ulotlarida qatnashuvchilar o'zlarini murakkab mashg'ulotlarga tayyorlash, murakkab saboqlar o'tkazish, va energiyani sifatli ravishda ishlatishlari talab etiladi. Bu, ularning tayyorgarlik va sporda muvaffaqiyat uchun zarurdir.

4. Jamoa ruhida o'zlashtirish: Sport mashg'ulotlariga qatnashish talabalarning jamoatchilik, qo'llashuv, va jamoat bilan birgalikda ishlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan. Bu, ularning jamoat bilan muvofiqiyatli munosabatlarni o'rganishlariga va jamoa ichida muvofiq tashkilotlashishlari uchun muhimdir.

5. Adolat va intizom: Sport mashg'ulotlarida qatnashuvchilarning adolat va intizomga ega bo'lishi, o'zaro hurmat, jiddiylik, va qadrlashuvni o'rganganlariga katta e'tibor beriladi. Bu talablar ularning sport mashg'ulotlarida qadrlanishlari, qadrlashganlariga e'tibor berishlari, va qo'llanishlarini o'rganishlarini ta'minlash maqsadida belgilanadi.

Bu talablar sport mashg'ulotlariga qo'yiladigan asosiy talablar hisoblanadi, va ularni amalga oshirish sportni o'rganish va rivojlantirish jarayonlarida juda muhimdir.

Usullar (Methods). Mazkur tadqiqotda sport o'qituvchilarini tayyorlash jarayonida qo'llaniladigan usullar va metodlarni tahlil qilish uchun quyidagi usullar qo'llanildi:

1. Adabiyotlarni tahlil qilish: Sport pedagogikasi va o'qitish metodikasi bo'yicha ilmiy adabiyotlar o'rganildi.

2. Anketallash: Sport o'qituvchilari va talabalar o'rtasida anketallash o'tkazilib, ularning fikrlari va tajribalari o'rganildi.

3. Intervyular: Sport o'qituvchilari va mutaxassislar bilan chuqur intervyular o'tkazilib, ularning fikrlari olindi.

4. Tajriba-sinovlar: Turli o'qitish usullari va metodikalarini qo'llab ko'rish orqali ularning samaradorligi baholandi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Natijalar (Results). Tadqiqot natijalari quyidagilarni ko'rsatdi:

1. Metodikalarning samaradorligi: Sport o'qituvchilarini tayyorlashda qo'llaniladigan zamonaviy metodikalar va interaktiv usullar ularning pedagogik mahoratini oshirishda samarali bo'lib chiqdi.

2. Muloqot va hamkorlik: Anketallash natijalariga ko'ra, sport o'qituvchilari o'rtasidagi hamkorlik va tajriba almashinuv ularning malakasini oshirishga katta ta'sir ko'rsatadi.

3. Praktik mashg'ulotlar: Tajriba-sinovlar shuni ko'rsatdiki, sport o'qituvchilari tayyorgarligida amaliyot mashg'ulotlari va real shart-sharoitlarda o'qitish ularning ko'nikmalarini yaxshilaydi.

4. Raqamli texnologiyalar: Zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish sport o'qituvchilari uchun yangi imkoniyatlar ochadi va ularning o'quv jarayonini yanada samarali qiladi.

Muhokama (Discussion). Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, sport o'qituvchilarini tayyorlashda interaktiv usullar, amaliy mashg'ulotlar va raqamli texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Adabiyotlarni tahlil qilish va intervyular natijalariga ko'ra, sport o'qituvchilarini tayyorlash jarayonida quyidagi tavsiyalar beriladi:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. Interaktiv o'qitish: Interaktiv o'qitish usullarini keng joriy qilish va talabalarning faol ishtirokini ta'minlash.

2. Amaliyot mashg'ulotlari: O'quv jarayonini amaliy mashg'ulotlar bilan boyitish va real shart-sharoitlarda tajriba orttirish imkoniyatlarini yaratish.

3. Raqamli texnologiyalar: Zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish va ularni o'quv jarayoniga integratsiya qilish.

4. Tadqiqot va innovatsiyalar: Sport o'qituvchilarini tayyorlashda yangi tadqiqotlar va innovatsion metodlarni qo'llab-quvvatlash.

Xulosa (Conclusion). Darhaqiqat, sportning yoshlar tarbiyasida ham o'rni katta. U yoshlarni intizomli, mas'uliyatli va sog'lom tarzda voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Sport orqali yoshlar o'z qobiliyatlarini namoyon qiladilar va o'zlariga bo'lgan ishonchni oshiradi. Sport o'qituvchilarini tayyorlash jamiyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy metodikalar va texnologiyalardan foydalanish orqali ularning pedagogik mahoratini oshirish va yoshlarni sog'lom turmush tarziga yo'naltirish mumkin. Ushbu tadqiqot natijalari sport o'qituvchilarini tayyorlash sifatini oshirishda yangi imkoniyatlarni ko'rsatadi. Maxsus tayyorgarlik mashqlarini tanlash tanlangan sportning o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi va shuning uchun bu mashqlar doirasi odatda nisbatan cheklangan. Shuni yodda tutish kerakki, maxsus tayyorgarlik mashqlari tanlangan sport turi bilan bir xil emas - aks holda ularni ishlatishdan foyda bo'lmaydi. Ularni tanlash sportchiga zarur bo'lgan maxsus jismoniy qobiliyatlar va harakatlar texnikasini rivojlantirishga yo'naltirilgan va tabaqalashtirilgan ta'sir ko'rsatadigan tarzda aniq amalga oshiriladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1. Goncharova O.V. Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish. 2014-y. Toshkent.

2. Salomov R.S. Sport mashg'ulot nazariy asoslari. Toshkent. 2016.

3. Usmonxodjayev T.S. Bolalar va o'smirlar sporti mashg'ulotlari nazariyasi va uslubiyatlari. 2015. Toshkent.

4. Vaynbaum Ya. S. Gigiena fizicheskogo vospitaniya i sporta. Moskva 2019.

5. Koshbaxtiyev I. A. Valeologiya asoslari. 2001 y. Toshkent.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HErgashov Shoxrux Yusuf o'g'li, oqituvchi [Эргашов Шохрух Юсуф угли,

преподаватель], [Shoxrux Y. Ergashov, teacher]; manzil: O'zbekiston, Surxondaryo, Denov shaxri, Sharof Rashidov ko'chasi 360-uy [адреc: Узбекистан, Сурхандарьинская обл., город Денов, улица Шарафа Рашидова, дом 360], [address: Uzbekistan, Surkhandarya, Denov city, 360 Sharafa Rashidova Street]; E-mail: ergashovshoxrux24@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.