Научная статья на тему 'СОЗДАНИЕ ИНТЕГРИРОВАННЫХ УРОКОВ ПО МАТЕМАТИКЕ И ЕСТЕСТВЕННЫМ НАУКАМ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ'

СОЗДАНИЕ ИНТЕГРИРОВАННЫХ УРОКОВ ПО МАТЕМАТИКЕ И ЕСТЕСТВЕННЫМ НАУКАМ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
84
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ИНТЕГРАЦИЯ / ЕСТЕСТВЕННОЕ / НАУЧНОЕ / ИСТОРИЧЕСКОЕ / ЭТИЧЕСКОЕ / ОБОБЩЕНИЕ / ВООБРАЖЕНИЕ / СИСТЕМА / ДИАЛЕКТИЧЕСКОЕ МЫШЛЕНИЕ / ЛОГИЧЕСКОЕ МЫШЛЕНИЕ / ОБРАЗНЫЙ ВЫВОД
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «СОЗДАНИЕ ИНТЕГРИРОВАННЫХ УРОКОВ ПО МАТЕМАТИКЕ И ЕСТЕСТВЕННЫМ НАУКАМ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2020. № 3-2 (102)

УДК 373.2

У.Б. Мухсинова, М.М. Мамедова, Г.Р. Курбонова

СОЗДАНИЕ ИНТЕГРИРОВАННЫХ УРОКОВ ПО МАТЕМАТИКЕ И ЕСТЕСТВЕННЫМ НАУКАМ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

В этой статье речь идет о создании интегрированных уроков по математике и естественным наукам в начальном образовании.

Ключевые слова: интеграция, естественное, научное, историческое, этическое, обобщение, воображение, система, диалектическое мышление, логическое мышление, образный вывод.

Boshlang'ich ta'limni tarbiyasini integratsiyalash muammosi nazariya uchun ham, amaliyot uchun ham muhim va dolzarbdir. Boshlang'ich talimni integratsiyalash masalasiga keyingi paytda bir qancha yondashishlar bo'ldi: darsni ikki fan o'qituvchisi olib borishi yoki ikki fanni bir darsga birlashtirib, uni bir o'qituvchi tomonidan o'tilishidan to integratsiyalashgan kurslar tashkil etish, boshlang'ich ta'lim mazmunini tubdan o'zgartirishgacha. Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslar bo 'yicha bilimni tshkil etuvchi integratsiyalashgan kurs yaratish muammosi dolzarb bo'lib turibdi. Integratsiyalashgan darslardan maqsad,o'zi ishlayotgan olam haqida narsa va hodisalar orasidagi bog'liqlik, o'zaro yordam,moddiy va madaniyatning turli-tumanligi haqida keng va eng asosiysi,inson-ning ichki (ma'naviy) va (ijtimoiy) dunyosi haqida,olamda hukm suruvchi qonunlar(tabiiy, ilmiy, tarixiy, axloqiy) haqida tushuncha berishdan iboratdir. Asosiy urg'u faqat ma'lum bilimlarni egallashgagina emas, obrazli fikrlashni rivojlantirishga beriladi. Olamning umumiy ko'rinishini tovushlar, obrazlar, ranglar orqali tanishtiriladi, bola esa ham dunyosi ham o'zini o'rganuvchi, tekshiruvchi o'rniga qo'yadi. Boshlang'ich ta'lim mazmuni o'quvchilarni har tomonlama ruhiy rivojlanishga, ularda turli xil tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan. Har bir o'quv predmetini o'rganish bolaning bolaning materialni anglash jarayonini, uni eslab qolishni, ta'sirchanlikni faollashtiruvchi, tafakkurni, nutq va tasavvurni rivojlantiruvchi ruhiy diqqatni yaratishga imkon beradi. Ayniqsa, matematik jarayonida bir-biri bilan uzviy bog'liq bo'lgan tafakkurning turlarini rivojlantirish juda muhimdir. Tarbiyaga asoslangan tafakkur va xulosalar uchun tirik mushohada, dastlabki ma'lumotlarni yig'ish vazifasini bajaradi. U bolalarni real voqealarni, hodisalarni o'qishga, ularni qayd qilish va yig'ishga o'rgatadi. Abstrakt ajratib olingan voqea, hodisalarda ularning mohiyatini ko'ra bilishga aniqlashga imkon beradi. Ayniqsa,ni uyg'otuvchi, ruhiy kechinmalarni faollashtiruvchi, shu bilan birga fikrlarni uyg'otuvchi asarlar juda tarbiyaviydir. Bunday umumlashtirish bolani bilish va ruhiy rivojlanishining yangi pog'onasiga ko'taradi. Shu asosda formal mantiqiy tafakkur, turli voqea-hodisalar o'rtasida aloqalar va bog'liqliklarni ko'ra bilish va o'rgana olish ko'nikmalari mustahkamlanadi va rivojlanadi. O'quvchi qarama-qarshiliklarni topa bilish, ulrning rivojlanish yo'nalishlarini to'g'ri tushunish va ularni o'z vaqtida yechish yo'llarini topishni o'rganadi. Dialektiv tafakkur ja-miyat hodisalarini uning barcha aloqa va vositalarida ko'rish qobiliyatini uzviy bog'laydi. Boshlang'ich ta'lim kelajakda bolalarga xohlagan fanni egallash imkonini beruvchi bilimlar asosini yaratadi. O'quv predmeti fanlarn-ing mustahkam asosiga ega, zamonaviy ilmiy ma'lumotlarni tushunishga yetaklaydi, fikrlash qobiliyatini rivojlan-tirishga olib keladi.

O'quv jarayonida integratsiyalangan ta'limdan foydalanishga katta ahamiyat berilyapti.Integratsiyalangan darslarning tuzilishi o'rganishning barcha bosqichlarida o'rganilayotgan materiallarning aniqligini va izchillig-ini,puxta o'rganilganligini va o'aro mantiqiy aloqalarini talab qiladi.Bunga dasturdagi o'quv materialning ixcham bo'lib, o'quv materilani o'rganishning ba'zi zamonaviy usullari orqali erishish mumkin.Masalan: 1-va 2-sinfdagi "Atrof-olam bilan tanishish" kursining barcha mavzulari bir-biri bilan chambarchas bog'liq. 3-va 4-sinfdagi "Ta-biatshunoslik" darslari "Atrof olam bilan tanishish" kursini davom ettiradi. Uning dasturiga tabiat va insonlar mehnatidagi mavsumiy o'zgarishlarni kuzatish kiritilgan o'quvchilar tomonidan atrof olamni o'rganish, o'qish, nutq o'stirish, matematika va mehnat ta'limi darslarida davom etadi. Shunday ekan, "Atrof olam bilan tanishish" kursi predmetlararo aloqalar o'qituvchiga barcha o'qitilayotgan darslarda atrof olam haqidagi tushunchalarni shakllantirish bo'yicha ish olib borishga imkon beradi. Boshlang'ich maktabdagi har bir predmet bu integratsiya-langan kurs, mazmun jihatidan ular tabiiy-matematik yo'nalish fanlari bilan uzviy bog'liq. Bu kichik maktab o'quvchilari uchun tushunarli bo'lgan atrof-muhit haqidagi bilimlarni o'zlashtirishni ta'minlaydi. Bu yoshdagi bolalarda tabiatni o'rganishga bo'lgan faqat hissiy joziba emas, bilim olish motivlari bilan bog'liq. O'quvchilarn-ing bu xususiyatlarini hisobga olib, qiziqishlarini quvvatlash uchun bilim olishga bo'lagan ehtiyojlarini yangi mazmun bilan to ' ldirib turish kerak. Bu o' quvchilarga hayotdagi o'zaro aloqalarni ochib berishga hamda tabiatdagi turli tumanliksiz inson yashay olmasligini tushunib yetishga yordam beradi. Predmetlararo aloqalarni amalga

© У.Б. Мухсинова, М.М. Мамедова, Г.Р. Курбонова, 2020.

Вестник магистратуры. 2020. № 3-3 (102)

ISSN 2223-4047

oshirish-integratsiya turlaridan biridir. Bola nutqini o'stirish uchun tabiatshunoslik, o'qish, husnixat va matemat-ikadan foydalanadi. Tabiat bilan tanishtiruvchi darslarda bu maqsadning tanlanishini quyidagicha tushuntirish mumkin: bu holatda nutq o'stirish erkin sharoitda, hozir o'qilayotgan obyektlarga bo'lgan jonli qiziqish asosida o'tadi. Tabiatshunoslik, o'qish, husnixat va matematika nutq o'stirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Erkin tabiat obrazlari bolada mantiq bilan birga ta'sirchanlikni ham rivoj lantiradi. Har bir darsda nutq o ' stirish masalalari hal qilinadi, bunda o'rganilayotgan materialning o'ziga xosligi va nutq o'stirish masalasini tanlashning maqsadga muvofiqligi hisobga olinadi. O'quvchilar bunday darslarni juda yaxshi ko'radilar. Ular ko'p yangi, kerakli tushun-chalar beradi, tasavvurlarini tartibga soladi, o'quvchilar boshqa darslarda olgan bilimlaridan foydalanishlar zarur bo'lgan holatlarni yaratadi. Bunday holatda bolalar o'rganilayotgan materialni yaxshiroq o'zlashtiradilar, bilimlar tizim holiga keladi va dars o'quvchilar uchun tushunarli va olingan bilimlarni yangi o'quv sharoitida ishlata bilish ko'nikmasini shakllantirishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Hasanboyeva O.U. va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. T.: Ilm ziyo, 2006.

МУХСИНОВА УМРИЯБАРНОЕВНА - магистр, дошкольное направление, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

МАМЕДОВА МАФТУНА МУХИДДИНОВНА - магистр, дошкольное направление, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

КУРБОНОВА ГУЗАЛ РАЖАБОВНА - магистр, дошкольное направление, Бухарский государственный университет, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.