Научная статья на тему 'SOVET ITTIFOQINING SOLIQ-BOJXONA TIZIMIGA BO’LGAN MUNOSABATI'

SOVET ITTIFOQINING SOLIQ-BOJXONA TIZIMIGA BO’LGAN MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
119
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Terminologiya / soliq / to‘lov / bojxona / termin

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ikromjon Toshpo‘Lat O‘G‘Li Habibjonov

Ushbu maqolada o‘zbek soliq-bojxona terminlarining sho‘rolar davridagi holati, taraqqiy etishi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tilgan. Shuningdek, soha terminologiyasining jamiyat iqtisodiy hayotida tutgan o‘rni borasida fikrlar ham berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOVET ITTIFOQINING SOLIQ-BOJXONA TIZIMIGA BO’LGAN MUNOSABATI»

SOVET ITTIFOQINING SOLIQ-BOJXONA TIZIMIGA BO'LGAN

MUNOSABATI

Ikromjon Toshpo'lat o'g'li Habibjonov https://orcid.org/0000-0003-3650-2654 mybooks91 @mail.ru

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek soliq-bojxona terminlarining sho'rolar davridagi holati, taraqqiy etishi haqida qisqacha to'xtalib o'tilgan. Shuningdek, soha terminologiyasining jamiyat iqtisodiy hayotida tutgan o'rni borasida fikrlar ham berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Terminologiya, soliq, to'lov, bojxona, termin.

THE ATTITUDE OF THE SOVIET UNION TO THE TAX-CUSTOMS

SYSTEM

Ikromjon Tashpolat oglu Habibjonov https://orcid.org/0000-0003-3650-2654 mybooks91 @mail.ru

Fergana regional branch of State Institute of Art and Culture of Uzbekistan

Abstract: In this article, the state and development of Uzbek tax and customs terms during the Soviet era is briefly discussed. Opinions were also given about the role of industry terminology in the economic life of the society.

Keywords: Terminology, tax, payment, customs, term.

Mutaxassislarning fikricha, hozirgi o'zbek adabiy tili "Turkiston viloyatining gazeti" chop etila boshlangan vaqtdan e'tiboran shakllana boshladi1. Yana shuningdek, XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yashab o'tgan ijodkorlar bu davr adabiy tilini shakllantirishga o'zlarining katta hissalarini qo'shdilar. A.Qodiriy, M.Behbudiy, Cho'lpon, A.Avloniy kabi ma'rifatparvar ijodkorlarning, keyinchalik Oybek, G'.G'ulom, Hamid Olimjon, M.Ismoiliy va boshqalarning asarlari orqali hozirgi o'zbek adabiy tilining adabiy me'yorlari qat'iylashib bordi.

Jamiyat hayotining barcha sohalariga asta-sekinlik bilan dastlab chor Rossiyasi, keyinroq bolsheviklar tuzumining tutumlari ko'p hollarda zo'rlik, aldov bilan joriy etila boshladi. Tabiiyki, bundan islomiy ahkomlar ta'sirida shakllangan va faoliyat ko'rsatib kelgan soliq-bojxona tizimi ham chetda qolmadi. Soliq-bojxona

1 Hamrayev M. O'zbek tilidan ma'ruzalar majmuasi. - Toshkent, 2012.

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

faoliyatidagi bunday o'zgarishlar tufayli sohaga yangi tushunchalar hamda shu tushunchalarni ifodalaydigan terminlar kirib keldi. Shu tariqa hozirgi o'zbek tilida ruscha soliq-bojxona terminlari paydo bo'ldi. Buni O.Ahmedovning "istiqlolgacha bo'lgan davrda o'zbek tili soliq-bojxona terminlarining kalka usulida yasalishi nuqtai nazaridan rus tili "yetakchilik" qilganligi, ...istiqlolgacha bojxona va soliq terminlari nisbatan kamroq qo'llanilganligi, ularning muqobili sifatida rus tilidan o'zbek tiliga o'zlashgan nalog hamda tamojnya terminlari faol bo'lganligi haqidagi qaydidan anglash mumkin2 .

Biz sho'rolar davrida chop etilgan gazeta materiallarini, turli lug'atlarni kuzatganimizda, juda ko'plab terminlarning rus tilidan aynan olinganligiga guvoh bo'ldik. Masalan, sof ruscha взнос terminini olib ko'raylik. U nafaqat sho'rolar davridagi soliq hujjatlarida, balki soliq-bojxona termini sifatida 1981- yilda chop etilgan "O'zbek tilining izohli lug'ati"ga ham kiritilgan: ВЗНОС [r] Biror jamiyat, tashkilot a'zolari oy sari to'lab turadigan pul, badal. Аъзолик взноси3 . Mazkur soliq-bojxona terminining xalq tilida ommalashganligi to'g'ri, shu tufayli hatto hozirgi vaqtda ham so'zlashuv tilida "badal", "to'lov" ma'nolarini ifodalashda qo'llaniladi. Bizning fikrimizga ko'ra, har qancha o'zbek tiliga singishib ketgan bo'lmasin, asta-sekinlik bilan ushbu terminning o'rnida badal, to'lov terminlarining ishlatilishiga erishishimiz kerak.

Shuningdek, sho'rolar davri soliq-bojxona terminologiyasida eng faol termin nalog bo'lgan. Mazkur termin xalq tilida ham, soha terminologiyasida ham juda keng qo'llanilib kelgan. Termin jonli o'zbek tiliga juda chuqur singib ketganligi sababli o'sha davr mahsuli bo'lgan "O'zbek tilining izohli lug'ati"ga kiritilgan. Jumladan: NALOG

Sho'rolar davri soliq-bojxona terminologiyasini O.Ahmedov shunday izohlaydi: "Xalq asosan подоходный leksemasi bilan partiya uchun yig'iladigan взнос so'zini yaxshi bilgan, xolos. Vaholanki, daromad solig'i termini подоходный налог, badal termini esa взнос o'rnida bemalol qo'llanilishi mumkin edi. Ammo "dominantlik"ni o'z qo'liga olgan rus tili mahalliy tillardagi terminologik tizimning shakllanib, taraqqiy etishiga muayyan darajada to'siq bo'lgan. Shu bois yuqorida qayd etilgan terminlarning leksik-semantik xususiyatlari umumtilshunoslik nuqtai nazaridan birinchi darajali nominativ birliklar sifatida izohlangan edi. Demak, o'zbek tili SB terminologiyasi 130 yillik mustabid tuzum ta'siri ostida shakllanib, qator ruslashgan terminlar o'zbek tili leksik qatlamida paydo bo'ldi. Masalan: таблица ставок,

2 Ahmedov O. Ingliz va o'zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari: Filol. fan. d-ri. diss. - Toshkent, 2016. 53- bet

3 O'zbek tilining izohli lug'ati. II tomli. I tom. - Moskva: Rus tili, 1981.

I ГсОТ^^^^Н 126 http://oac.dsmi-qf.uz

таблица налоговая норма, налоговая система, принципы налоговой системы, налоговые4.

Bizningcha ham, rus tilining ish yuritishdagi yetakchiligi milliy tillar terminologiyasini rivojlanishiga to'sqinlik qilgan, soha mutaxassislari, shuningdek, tilshunoslar ham terminologiyani yalpisiga milliylashtirishni umumrespublika miqyosida olib borolmas edilar. O.Ahmedov aytgan ruscha birikma terminlar sohaviy hujjatlarda ishlatilgan. Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, tilshunoslarimiz filologik lug'atlarda bo'lsa-da, o'zbekcha soliq-bojxona terminlarini qayd etganlar. Ruscha взнос so'zini keltirish bilan ma'lum ma'noda tuzum bilan murosa yo'lini tanlaganlar. Jumladan, 1981- yilda Moskvadagi "Rus tili" nashriyotida chop etilgan 2 tomli "O'zbek tilining izohli lug'ati"dan o'zbek tilidagi bir necha soliq-bojxona terminlarining o'rin olishiga erishganlar. Shunday terminlar sifatida izohli lug'atga badal, boj, yig'im, soliq, soliqchi terminlarini kirita bilganlar.

BADAL [a] 1 O'rniga o'rin, bir narsaning evaziga to'lanadigan haq yoki bir narsaning o'rnini bosadigan boshqa narsa; evaz. 2 esk. To'lov, vznos. A'zolik badali. (I tom, 70-bet)

BOJ [a] Chet davlatdan keltirilgan mol uchun olinadigan haq. (I tom, 125-bet) YIG'IM Biror maqsad uchun xalqdan (xonadon boshiga yoki jon boshiga) olinadigan haq, pul yoki buyum; soliq. (I tom, 350-bet)

SOLIQ 1 Ma'lum tartibda aholidan davlat foydasiga to'planadigan pul, mablag'; nalog. Mahalliy soliq. Daromad solig'i. 2 Biror xarajatni qoplash, yordam ko'rsatish yoki boshqa biror maqsadda o'zaro kelishib ko'pchilikka sochilgan to'lov, yig'im. 3 etn. Oliq-soliqdagi bitimga muvofiq, kuyov tomondan kelin tomonga berilishi lozim bo'lgan pul va narsalar. (II tom, 66-bet)

SOLIQChI Soliq oluvchi, yig'uvchi, to'plovchi. (II tom, 66-bet) Sho'rolar davri soliq va bojxona ishi hujjatlarida "soliq summasi", "soliq obyekti", "soliq me'yori", "soliq yuki", "soliq va bojxona ma'muriyati", "soliq bazasi", "soliq to'lovchisi", "bojxona boji" kabi terminlarning ruscha shakllarigina ishlatilgan.

Ularning o'zbekcha muqobillari "keng omma tomonidan nisbatan kamroq ishlatilganini emas, mutlaqo soliq bilan bog'liq hujjatchilikda qo'llanmaganigi haqida gapirish to'g'ri bo'ladi"5 . Mazkur terminlar faqat mustaqillikdan keyin soha terminologiyasini milliylashtirish maqsadida yaratilgan hisoblanadi.

Ta'kidlash lozimki, tillarning bir-biriga ta'siri doimiy, tabiiy bir jarayon hisoblanadi. O'z navbatida, turkiy tillar ham slavyan tillariga, jumladan, rus tiliga ta'sir ko'rsatgan. Bunday so'z o'zlashtirish jarayonlarini soliq-bojxona

4 Ahmedov O. Ingliz va o'zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari: Filol. fan. d-ri. diss. - Toshkent, 2016. 53 - 54- betlar.

5 Ahmedov O. Ingliz va o'zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari: Filol. fan. d-ri. diss. - Toshkent, 2016. 53- bet

ГГлЦ^^Ш! 127 http://oac.dsmi-qf.uz

terminologiyasida misolida ham kuzatish mumkin. Tadqiqotchilarning fikricha, bojxonachilik Turkistonda juda qadimdan bo'lgan. Shuning uchunmi "qadimgi Turkiston davriga oid turli tillardagi yozma manbalarda "muhr", "ramziy belgi", "nishon" ma'nosidagi qadimgi turkiy tamg'a so'zi uchraydi. Slavyan tillarida, shu jumladan, rus tilida "bojxona" ma'nosida qo'llaniladigan "таможня" termini ham xuddi shu so'z asosida shakllanganligi to'g'risida turli fikrlar bor"6 . Xulosa qilish mumkinki, sho'rolar davrida таможня so'zi o'zbek tiliga o'zlashib, o'zbek tili soliq-bojxona terminologiyasida o'rin olgan. Aslida esa bu termin turkiy tamg'a terminining rus tili fonetikasiga moslashtirilgan shaklidir. Demak, ta'sirlashuv jarayonlari ikki tomonlama bo'lgan.

Xulosa qilib aytganda, o'zbek tili soliq-bojxona terminlarining shakllanish ildizlari qadimgi turkiy tilga borib yetadi. Ularning salmoqli qismi arab halifaligi davrida islomiy aqidalar asosida o'zgardi, yangilari vujudga keldi. Shu boisdan o'zbek tili soliq-bojxona terminologiyasi tarkibida arabcha terminlar kuzatiladi. O'zbek xalqi qadimdan tojik xalqi bilan yonma-yon yashab kelgani sababli tilimizda fors-tojikcha til unsurlari ham anchagina. Mazkur lug'aviy boylik ichidagi bir qator leksemalar soliq-bojxona tushunchalarining ifodalari sifatida maxsuslashgan ma'noga ega bo'lgan. O'z navbatida, umumturkiy yoki sof o'zbekcha soliq-bojxona terminlari ham son jihatidan ko'p bo'lib, ular o'zbek tilining tarixiy taraqqiyotida mobaynida yashab kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Hamrayev M. O'zbek tilidan ma'ruzalar majmuasi. - Toshkent, 2012.

2. Ahmedov O. Ingliz va o'zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari: Filol. fan. d-ri. diss. - Toshkent, 2016.

3. Qodirov J., Gaipnazarov R. O'zbekiston Respublikasida bojxona ishi tarixi // O'zbekiston bojxona axborotnomasi, 2019. 1-son.

4. O'zbek tilining izohli lug'ati. II tomli. I tom. - Moskva: Rus tili, 1981.

5. Juvonmardiyev A. XVI - XIX asrlarda Farg'onada yer-suv masalalariga doir. - Toshkent: Fan, 1965.

6 Qodirov J., Gaipnazarov R. O'zbekiston Respublikasida bojxona ishi tarixi // O'zbekiston bojxona axborotnomasi, 2019. 1-son. 15-bet

128

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.