Научная статья на тему 'SOLIQLARNI CHETLAB O‘TISH VA SOLIQ TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLASHGA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI'

SOLIQLARNI CHETLAB O‘TISH VA SOLIQ TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLASHGA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
soliq / soliqlarni chetlab otish / soliqlardan bo‘yin tovlash / huquqbuzarlik / offshore zona / freelancer / kriptovalyuta

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ochilova Zilola Joxan Qizi

Soliqlarni chetlab o‘tish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash muammolari dunyoning ko‘plab mamlakatlari, jumladan O‘zbekiston uchun ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu hodisalar davlat byudjetiga jiddiy zarar yetkazadi, iqtisodiy tengsizlikni kuchaytiradi va qonunga rioya qiladigan fuqarolarga nisbatan adolatsizlikni keltirib chiqaradi. Ushbu maqola O‘zbekistonda soliqlarni chetlab o‘tish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini rivojlantirish tendensiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF LEGAL MECHANISMS FOR BYPASSING TAXES AND COMBATING TAX EVASION

The problems of tax evasion and tax evasion remain relevant for many countries of the world, including Uzbekistan. These events severely damage public budgets, exacerbate economic inequality, and create injustices against law-abiding citizens. This articleis devoted to the study of trends in the development of legal mechanisms to combat tax evasion and tax evasion in Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «SOLIQLARNI CHETLAB O‘TISH VA SOLIQ TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLASHGA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

SOLIQLARNI CHETLAB O'TISH VA SOLIQ TO'LASHDAN BOTIN TOVLASHGA QARSHI KURASHISHNING HUQUQIY MEXANIZMLARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI

Ochilova Zilola Joxan qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11498746

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 01-iyun 2024 yil Ma'qullandi: 03-iyun 2024 yil Nashr qilindi: 06-iyun 2024 yil

KEY WORDS

soliq, soliqlarni chetlab otish, soliqlardan bo'yin tovlash, huquqbuzarlik, offshore zona, freelancer, kriptovalyuta

Soliqlarni chetlab o'tish va soliq to'lashdan bo'yin tovlash muammolari dunyoning ko'plab mamlakatlari, jumladan O'zbekiston uchun ham dolzarb bo'lib qolmoqda. Bu hodisalar davlat byudjetiga jiddiy zarar yetkazadi, iqtisodiy tengsizlikni kuchaytiradi va qonunga rioya qiladigan fuqarolarga nisbatan adolatsizlikni keltirib chiqaradi. Ushbu maqola O'zbekistonda soliqlarni chetlab o'tish va soliq to'lashdan bo'yin tovlashga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini rivojlantirish tendensiyalarini o'rganishga bag'ishlangan.

TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF LEGAL MECHANISMS FOR BYPASSING

TAXES AND COMBATING TAX EVASION Ochilova Zilola Joxan qizi

LLM student of Tashkent State University of Law

Annotation

The problems of tax evasion and tax evasion remain relevant for many countries of the world, including Uzbekistan. These events severely damage public budgets, exacerbate economic inequality, and create injustices against law-abiding citizens. This article is devoted to the study of trends in the development of legal mechanisms to combat tax evasion and tax evasion in Uzbekistan.

Аннотация

Проблемы уклонения от уплаты налогов и уклонения от уплаты налогов остаются актуальными для многих стран мира, в том числе и для Узбекистана. Эти события наносят серьезный ущерб государственным бюджетам, усугубляют экономическое неравенство и создают несправедливость по отношению к законопослушным гражданам. Данная статья посвящена исследованию тенденций развития правовых механизмов борьбы с уклонением от уплаты налогов и уклонением от уплаты налогов в Узбекистане.

Kirish: Soliq tizimining samarali ishlashi har qanday davlatning iqtisodiy barqarorligi va ijtimoiy rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Biroq, soliqlarni chetlab o'tish va soliq to'lashdan bo'yin tovlash kabi hodisalar bu jarayonga jiddiy to'siq bo'lib, davlat byudjetiga sezilarli zarar yetkazadi. So'nggi yillarda dunyoning ko'plab mamlakatlari, jumladan

O'zbekiston ham, bu muammoga qarshi

kurashish uchun huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish yo'lida faol ishlamoqda. Yashirin iqtisodiyot davlat hisobi va nazorati doirasidan tashqariga chiqadigan iqtisodiy faoliyatning yorqin namunasidir. Bu hodisa ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ko'p bosqichli tuzilmasini shakllantirishga yordam beradi, uning asosiy tarkibiy qismi takror ishlab chiqarish sektori bo'lib, davlat organlarining bilimi va nazoratisiz amalga oshiriladi. Bu sektor iqtisodiy tovarlar va xizmatlar aylanishining barcha jabhalariga, jumladan, ularni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilishga ta'sir ko'rsatadi, shu bilan birga rasmiy statistika ma'lumotlari tomonidan e'lon qilinmagan

Asosiy qism: Soliqlarni chetlab o'tish va ularni to'lashdan bo'yin tovlash masalalarinig tahlilidan oldin, soliq tushunchasiga E.Xojiyevning bergan ta'rifini keltirib o'tsak, "soliqlar -davlatning oliy vakillik organi tomonidan joriy etilgan, yuridik xususiyatiga ko'ra qaytarib berilmaydigan, davlat va mahalliy organlar oldida turgan vazifa va funksiyalarni bajarilishiga qaratilgan, tegishli budjetlarda va budjetdan tashqari jamg'armalarda jamlanadigan yuridik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadigan majburiy to'lovlardir1", - deya ta'rif beradi.

"Soliqlarni chetlab o'tish" va "soliq to'lashdan bo'yin tovlash" tushunchalarini farqlash lozim. Soliqlarni chetlab o'tish - bu qonunchilikdagi bo'shliqlar va murakkabliklardan foydalanib, soliq majburiyatlarini kamaytirish. Bunga misol sifatida Prezidentimizning qarori bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga (vaqtinchalik imtiyozlar) qo'shimcha kiritilganligini keltirib o'tishimiz mumkin. Unga ko'ra, 2026-yil 1-yanvargacha O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy bo'linmalari, «O'zbekiston professional futbol ligasi» jamoat birlashmasi, O'zbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari:

- barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);

- o'zi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan to'lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini;

- O'zbekistonga olib kiriladigan, O'zbekistonda o'xshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translatsiya qilish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun'iy o'tlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qo'shilgan qiymat solig'ini to'lamaydi. Bu imtiyozlar sportni yanada rivojlantirish maqsadida berilgan, ammo bu normalardagi bo'shliqlardan foydalangan holda soliqlarni to'lashdan chetlab o'tish holatlari ham sodir etilishi mumkin.

Soliq to'lashdan bo'yin tovlash esa to'g'ridan-to'g'ri qonunbuzarlik bo'lib, soliq to'lovchi tomonidan daromadlarni yashirish yoki xarajatlarni oshirib ko'rsatish orqali sodir etiladi. Soliqlardan bo'yin tovlash tushunchasiga, mahkamov O. tomonidan quyidagicha ta'rif berilganligini ko'rishimiz mumkin: "davlat budjeti va maqsadli jamg'armalariga o'tkazilishi lozim bo'lgan pul mablag'larini o'tkazmasdan turib, ulardan bila turib g'ayriqonuniy foydalanish, ularga egalik qilish va ularni tasarruf etishdir2" O'zbekiston Respulikasi Jinoyat

1 Xodjiyev E. Soliq jinoyatlarining ijtimoiy xavfliligi // Iqtisodiyot asoslari va xo'jalik faoliyatiga qarshi kurash muammolari (jinoiy huquqiy va kriminologik jihatlari) mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent. 2003. - 211-bet.

2 Mahkamov O. Soliq yoki boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlashning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari mavzusida doktorlik dissertatsiyasi. Toshkent - 2015-yil, 23-bet.

kodeksining 184-moddasida aynan, soliqlarni va yig'imlarni to'lashdan bo'yin tovlashga qaratilgan jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilagan, unga ko'ra, foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko'rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki yig'imlarni to'lashdan qasddan bo'yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin ro'y bergan bo'lsa jinoiy javobgarlik qo'llanilishi belgilab qo'yilgan.

O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng, bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida soliq tizimini isloh qilish zaruriyati tug'ildi. Bu davrda soliq qonunchiligi tez-tez o'zgardi, natijada murakkab va ba'zan ziddiyatli qonunchilik vujudga keldi. Bu esa soliqlarni chetlab o'tish va soliq to'lashdan bo'yin tovlash uchun imkoniyat yaratdi. So'nggi o'n yillikda hukumat bu muammoni hal etish uchun keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirmoqda.

2019-yilda qabul qilingan yangi Soliq kodeksi bu yo'nalishdagi muhim qadam bo'ldi. Kodeks soliq tizimini soddalashtirdi, shaffoflikni oshirdi va ko'plab soliq imtiyozlarini bekor qildi. Soliq stavkalarining pasaytirilishi esa soliq to'lovchilarni halol ishlashga rag'batlantirdi. Masalan, yagona ijtimoiy to'lov stavkasi 25% dan 12% ga tushirildi. Biroq, qonunchilikni takomillashtirish yetarli emas. O'zbekiston hukumati soliq ma'muriyatchiligini kuchaytirish va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish orqali nazoratni oshirishga katta e'tibor qaratmoqda. 2019-yilda Elektron hisob-fakturalar tizimi joriy etildi, bu esa QQS bo'yicha firibgarlikni sezilarli darajada kamaytirdi. 2021-yilda esa O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmonni imzoladi. Bu hujjat raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar tahlilidan foydalanishni kengaytirishni maqsad qilgan.

Xalqaro hamkorlik ham bu kurashda muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston G20 mamlakatlarining "Base Erosion and Profit Shifting" (BEPS) loyihasiga qo'shildi. Bu loyiha ko'p millatli kompaniyalar tomonidan soliqlarni chetlab o'tish va foydani past soliqli hududlarga ko'chirishga qarshi kurashishni maqsad qiladi. Shuningdek, O'zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan ham faol hamkorlik qilmoqda, bu esa xalqaro standartlarni qabul qilish va tajriba almashishga yordam beradi. Lekin faqat jazolash bilan cheklanib qolmaslik kerak. Hukumat soliq to'lash madaniyatini oshirish va jamoatchilik bilan munosabatlarni yaxshilashga katta ahamiyat bermoqda. Soliq savodxonligini oshirish, ijtimoiy reklama va ommaviy axborot vositalari orqali targ'ibot ishlari olib borilmoqda. Bu tadbirlar fuqarolarni soliq to'lashning ahamiyati va soliqlarni chetlab o'tishning salbiy oqibatlari haqida xabardor qilishga qaratilgan. Shuni ham aytib o'tish lozimki, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi ham bu sohadagi yangi qiyinchiliklarni tug'dirmoqda. Elektron tijorat, freelancing va kripto-aktivlar soliqqa tortish uchun murakkabroq obyektlar hisoblanadi. O'zbekiston bu sohalarda soliq qonunchiligini takomillashtirish ustida ishlamoqda. Masalan, 2023-yildan boshlab freelancerlar uchun yangi, soddalashtirilgan soliq rejimi joriy etildi.

Offshore zonalardan foydalanish ham muhim muammo bo'lib qolmoqda. Ko'plab kompaniyalar foydani past soliqli hududlarga ko'chirish orqali soliq to'lashdan bo'yin tovlaydi. Shu o'rinda offshore zonalar haqida qisqacha to'xtalib o'tsak, offshor zona tushunchasi inglizcha "off-shore" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "dengizda qirg'oqdan bir oz masofada joylashgan", "o'z hududidan tashqarida, chet elda" degan ma'noni anglatadi. Offshor zona yoki offshor yurisdiktsiya (bu ta'rifni ixtisoslashtirilgan adabiyotlarda ham topish mumkin) erkin iqtisodiy zonalarning turlaridan biri bo'lib, qulay pul va fiskal rejimni yaratish, bank va tijorat

sirlarining yuqori darajasi va sodiqlik bilan tavsiflanadi. Shuning uchun offshor zonaga barcha yoki ayrim toifadagi daromadlar uchun soliq stavkasi past yoki nol bo'lgan, ma'lum bank yoki tijorat siriga ega bo'lgan hamda markaziy bankning majburiy rezerv talablari minimal yoki to'liq bo'lmagan yoki valyuta konvertatsiyasiga cheklovlar mavjud bo'lgan hududlar kiradi.

A. N. Mykhailinning fikricha, offshor zona - bu offshor hududida biznesini ro'yxatdan o'tkazgan mamlakat norezidentlariga soliq va boshqa imtiyozlar berish orqali kapitalni jalb qiluvchi moliyaviy markaz3. Bundan tashqari, kontseptsiyada "offshor moliya markazlari" N. Yu. Koniaxin xorijiy kompaniyalar va banklarni ro'yxatdan o'tkazish, soliqqa tortish va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun o'ta imtiyozli rejimga ega bo'lgan hududlar yoki shtatlarni o'z ichiga oladi4.

O'zbekiston bunga qarshi kurashish uchun yangi qonun loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu qonun offshorlarda kompaniya egalarini oshkor qilishni va ular bilan bog'liq operatsiyalarga nisbatan qattiqroq nazoratni o'rnatishni maqsad qilgan. Mamlakatimizning bu boradagi sa'y-harakatlari xalqaro miqyosda tan olinmoqda. Transparency International xalqaro tashkilotining 2023-yilgi hisobotiga ko'ra, O'zbekiston korrupsiyani idrok etish reytingida 33 ball to'plagan holda 180 ta o'rindan 121-o'rinni egalladi. Biroq, 2016-yildan buyon O'zbekiston 32 pog'onaga ko'tarilib, o'z mavqeini izchil yaxshilagan5 hamda Jahon bankining "Doing Business" reytingidagi6 O'zbekistonning o'rni yaxshilanib bormoqda. Bu esa soliq shaffofligini oshirish va soliq tizimini soddalashtirish borasidagi ishlar samarali ekanini ko'rsatadi.

Xulosa: qisqa qilib aytganda, O'zbekiston soliqlarni chetlab o'tish va soliq to'lashdan bo'yin tovlashga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishdi. Qonunchilikni takomillashtirish, ma'muriy nazoratni kuchaytirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xalqaro hamkorlik bu borada asosiy tendensiyalar bo'lib qolmoqda. Biroq, raqamli iqtisodiyot va globallashuv sharoitida yangi qiyinchiliklar paydo bo'lmoqda. Shuning uchun O'zbekiston uchun bu sohada islohotlarni davom ettirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va innovatsion yechimlarni izlash muhim ahamiyatga ega bo'lib qoladi.

References:

1. O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;

2. O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi;

3. Xodjiyev E. Soliq jinoyatlarining ijtimoiy xavfliligi // Iqtisodiyot asoslari va xo'jalik faoliyatiga qarshi kurash muammolari (jinoiy huquqiy va kriminologik jihatlari) mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. Toshkent. 2003. - 211-bet.

4. Mahkamov O. Soliq yoki boshqa majburiy to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlashning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari mavzusida doktorlik dissertatsiyasi. Toshkent - 2015-yil, 23-bet.

3Naskilky populiarni v Ukraini ofshory [How popular are offshore territories in Ukraine]. Retrieved from: https://biz.nv.ua/ukr/experts/cherkashyn/naskilkipopuljarni-v-ukrajini-ofshori-2454606.html (in Ukrainian) Mykhailyn, A. N. (2015).

4 3. Koniakhina, N. Yu. (2008). «Off-shores» - osobennosti funktsionirovaniia v strukture osobykh ekonomicheskikh zon [Offshores - features of functioning in the structure of special economic zones]. Vestnyk Tambovskoho unyversiteta, 12, 412. (in Russian)

5 https://www.transparency.org/en/cpi/2023/index/uzb

6 https://data.worldbank.org/country/uzbekistan

5. Naskilky populiarni v Ukraini ofshory [How popular are offshore territories in Ukraine]. Retrieved from: https://biz.nv.ua/ukr/experts/cherkashyn/naskilkipopuljarni-v-ukrajini-ofshori-2454606.html (in Ukrainian) Mykhailyn, A. N. (2015).

6. . Koniakhina, N. Yu. (2008). «Off-shores» - osobennosti funktsionirovaniia v strukture osobykh ekonomicheskikh zon [Offshores - features of functioning in the structure of special economic zones]. Vestnyk Tambovskoho unyversiteta, 12, 412. (in Russian)

7. https://www.transparency.org/en/cpi/2023/index/uzb

8. https://data.worldbank.org/country/uzbekistan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.