Научная статья на тему 'SMART TURIZM'

SMART TURIZM Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

325
79
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / O`zbekiston / smart / rivojlanish / UMS

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Baxrom Boxodirovich Xashimov

Smart turizm haqida gaplashishdan avval turizm nima ekanligini bilib olishimiz lozim. Turizm so'zi (fransuzcha: our — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sogʻlomlashtirish, maʼrifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanmagan holda uzogʻi bilan 1 yil muddatga joʻnab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SMART TURIZM»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-507-510

SMART TURIZM

Baxrom Boxodirovich Xashimov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti asistenti baxrom_akrombek@mail.ru

ANNOTATSIYA

Smart turizm haqida gaplashishdan avval turizm nima ekanligini bilib olishimiz lozim. Turizm so'zi (fransuzcha: our — sayr, sayohat), sayyohlik — sayohat (safar) qilish; faol dam olish turlaridan biri. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan sog'lomlashtirish, ma'rifiy, kasbiyamaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joyda (mamlakatda) haq to'lanadigan faoliyat bilan shug'ullanmagan holda uzog'i bilan 1 yil muddatga jo'nab ketishi (sayohat qilishi) tushuniladi.

Kalit so'zlari: turizm, Ozbekiston, smart, rivojlanish, UMS.

KIRISH

O'zbekistonda ham turizm kundan-kunga rivojlanmoqda. Shu bilan bir qatorda, smart turizm ham. Smart turizm O'zbekistonda ham rivojlanishi uchun qanday islohotlar amalga oshirildi? Birgalikda ko'rib chiqamiz:

Smart-turizm: Sayyohlar qulayligi uchun Uzbekistan Pass onlayn servisi ishga tushirildi.

Toshkent shahridagi LOTTE City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasida Uzbekistan Pass onlayn servisining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi vakillari shu haqida xabar berishdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Uzbekistan Pass - sayyohlar va umuman O'zbekiston bo'ylab sayohat qilishni istaganlar uchun keng xizmatlar spektrini taqdim etuvchi servis. Mazkur servisning yo'lga qo'yilishi turistik xizmatlarni yangi bosqichga olib chiqadi va mamlakatda Smart-turizm rivoji uchun jiddiy platforma bo'ladi. Mavjud servislar va ilovalarning keng ko'lamli integratsiyasi sabab Uzbekistan Pass mamlakatning har qanday nuqtasidagi sayyoh uchun qulay qo'llanma va operativ yordamchi bo'lishi mumkin.

Tadbir davomida shuningdek Uzbekistan Pass va UMS mobil xizmati bilan uzviy bog'liq mahsulotlar va servislar taqdim qilindi. Xususan, UMS O'zbekiston

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-507-510

operatorlari orasida birinchi bo'lib turistik sim-kartalar va ikki maxsus tarif-rejasini joriy qildi - Uzbekistan Pass 2000 i Uzbekistan Pass 5000. Ular O'zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarga mobil aloqa va Internetdan foydalanish imkonini beradi. UMS shuningdek Uzbekistan Pass navigatoriga mobil Internet trafigi uchun xarajat qilmay, imtiyozli kirish imkonini taqdim etadi. Sayyohlar uchun ikki xil - 5 va 10 dollarlik tariflar taklif etiladi.

Uzbekistan Pass o'z sayti va mobil ilovasiga ega, uni market yoki v App store'dan yuklab olish mumkin. Kompaniya O'zbekistonga keluvchilar uchun cho'ntak formatidagi ko'p tilli qo'llanmalarni tayyorlagan, tizimga ulangan foydalanuvchilar ularni mutlaqo bepul qo'lga kiritishlari mumkin. Unda O'zbekistonning har bir viloyati, diqqatga sazovor maskanlari, tarixiy qadamjolari, oshxonasi, bayramlari va sayyohlar uchun foydali boshqa ma'lumotlar bor. Bundan tashqari, ilova orqali turpaket sotib olish yoki gid xizmatiga buyurtma berish mumkin.

Sayyohlarning to'liq xavfsizligi uchun SOS tugmasi ishlab chiqildi. Favqulodda vaziyatlarda sayyoh Uzbekistan Pass servisi mobil ilovasidagi SOS tugmasini bosib, yordam olishi mumkin. Diskont karta egasi bo'lgan sayoh uni faollashtirgan taqdirda avtomatik ravishda tibbiy sug'urtaga ega bo'ladi.

Shuningdek ilovada "Mobil navigator" mavjud. Uning o'ziga xosligi shundaki, turist borishi kerak bo'lgan joyni belgilab, avtomatik ravishda yo'nalish va yetib olish vaqti hamda yaqin oradagi inshootlarga doir to'liq ma'lumotni oladi. Yangi tizim sayyohga ijaraga mashina olishni yoki taksiga buyurtma berishni taklif qiladi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Xizmatlar orasida mehmonxonalarda nomerlarni band qilish, aeroportdan va aeroportgacha transfer, aviachiptalar xarid qilish va ko'plab boshqa servislar taqdim etilgan.

Tejamkorlik maqsadlarida foydalanuvchilarga Uzbekistan Pass diskont kartalari taklif etiladi. Uning egalariga mehmonxonalar, kafe va restoranlar, madaniy-tarixiy inshootlarda, shuningdek o'zbekistonlik hunarmandlarning suvenirlarini xarid qilish va avtomobil xizmatlarida chegirmalar taqdim etiladi. Mazkur diskont karta chegirmalari umumiy miqdorda 70 foizgacha bo'lishi mumkin.

Ta'kidlash joizki, ushbu servis O'zbekisto n Respublikasi Prezidentining 3217-sonli "2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirishga doir dastlabki chora-tadbirlar to'g'risida"gi va 3514-sonli "Ichki turizmni jadal rivojlantirishni

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-507-510

ta'minlashga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari ijrosini ta'minlashga qaratilgan dasturning bir qismi hisoblanadi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi "Tadbirkorlik, innovatsiyalar va texnologiyalar yili" doirasida mazkur servisning ishlab chiqilishi va yo'lga qo'yilishiga faol ko'mak berdi.

Shuningdek, O'zbekiston respublikasi turizmni meroslarimiz saqlanadigan davlat muzeylarida smart-texnologiya konsepsiyasini ishlab chiqish tashabbusi bilan chiqdi .

2017 yil 6-dekabrdagi Ozbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi, Madaniyat vazirligi hamda "Tehno Dargoh" MChJ ortasida uch tomonlama kelishuv memorandumi asosida, Buxoro viloyatining 50 ga yaqin (Poyi Kalon ansambli, Gavkushon madrasasi, Kokaldosh madrasasi, Toqi sarofon, Toqi telpakfurushon, Toqi zargaron savdo toqlari, Lavi hovuz majmuasi, Nasriddin Afandi haykali, Nodir Devonbegi madrasasi, Yahudiylar Sinagogasi, Somoniylar maqbarasi, Ark qorgoni va boshqalar) tarixiy obektlarida QR kod ornatildi.

Ushbu loyihaga kora viloyatning SMART turizm viloyati sifatida xalqaro turizm bozoridagi imidjni oshirish va sayyohlarga qulaylik yaratish uchun

IT -texnologiyalardan faol foydalanish maqsadida «VERUM QR» qoshma loyihasini amalga oshirishning amaliy bosqichi boshlandi.

Ornatilgan QR kod lar 1 aprel kuniga qadar 12 ta tilda obekt haqidagi malumotlarni mahalliy va xorijiy sayyohlarga 3 soniyada taqdim etadi. Ornatish ishlarida "Tehno Dargoh" MChJ, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi va Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish inspeksiyasi xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur kodlar o'rnitilgani zahotiyoq, mahalliy va xorijiy mehmonlarga katta qiziqish uyg'otdi.

Mazkur loyihalarni takomillashtirish maqsadida 2018 yilning fevral oyida qo'shimcha turistik tashkilotlar (mehmonxona xo'jaligi, restoranlar hamda arxeologik obektlar)ga ham mazkur shakldagi kodlar o'rnatilishi belgilab olindi.

XULOSA

Ayni kunlarda smart-texnologiyalarni madaniy meroslar saqlanuvchi davlat muzeylariga o'rnatish masalalari ko'rib chiqilmoqda. Shunday qilib, Buxoroda o'tkazilgan tajribadan mamlakatimizning boshqa hududlarida foydalanish ko'zda tutilmoqda.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-507-510

REFERENCES

1. https://ictnews.uz/28/01/2019/smart-tourism/

2. https://kun.uz/uz/93174858?q=%2F93174858

3. http://uz.infocom.uz/2019/03/06/poytaxtda-smart-turizm-rivojlanmoqda/

4. https ://anhor.uz/society/smart-turizm-vse-o-dostoprimechatelynostyah-uzbekistana-rasskazhut-qr-kodi/

5. https://centersmarttourism.com/ru/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.