Научная статья на тему 'SITOVKA QILISH ORQALI XONDIZA POLIMETALL KONIDAGI OLINGAN RUDAGA BERILGAN METIL IZOBUTIL-KARBANIL FLATOREAGENTINING AJRATILADIGAN MIS KONSENTRATI UNUMIGA TA’SIRINI ANIQLASH'

SITOVKA QILISH ORQALI XONDIZA POLIMETALL KONIDAGI OLINGAN RUDAGA BERILGAN METIL IZOBUTIL-KARBANIL FLATOREAGENTINING AJRATILADIGAN MIS KONSENTRATI UNUMIGA TA’SIRINI ANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Raxmanov B.A, Qurbonov A, Ibragimova T, Shovaliyeva S

Ushbu maqolada “Xondiza” Kon boshqarmasida boyitilayotgan rudaning konsentrat holiga kelishida metil izobutil-karbanil (MIBK) ning hosil bo‘layotgan mahsulot unumiga ta’siri o‘rganilgan. MIBK boyitilgan mis konsentrati tarkiibida mis metallning miqdoriga ta’siri o‘rganib chiqildi. Mis konsentrati tarkibidagi mis metallning miqdori rudaning maydalanishi va flotatsion boyitish uchun sarflanayotgan suv va reagentlar tarkibi hamda miqdoriga bog‘liqligi o‘rganildi.Olingan natijalar kimyoviy elementar analiz va rentgeno spektral analiz tahlillari natijasi bilan tasdiqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SITOVKA QILISH ORQALI XONDIZA POLIMETALL KONIDAGI OLINGAN RUDAGA BERILGAN METIL IZOBUTIL-KARBANIL FLATOREAGENTINING AJRATILADIGAN MIS KONSENTRATI UNUMIGA TA’SIRINI ANIQLASH»

SITOVKA QILISH ORQALI XONDIZA POLIMETALL KONIDAGI OLINGAN RUDAGA BERILGAN METIL IZOBUTIL-KARBANIL FLATOREAGENTINING AJRATILADIGAN MIS KONSENTRATI UNUMIGA TA'SIRINI

ANIQLASH

1Raxmanov B.A., 2Qurbonov A., 3Ibragimova T., 4Shovaliyeva S.

1'2'3'4Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11115037

Annotatsiya: Ushbu maqolada "Xondiza" Kon boshqarmasida boyitilayotgan rudaning konsentrat holiga kelishida metil izobutil-karbanil (MIBK) ning hosil bo'layotgan mahsulot unumiga ta'siri o 'rganilgan. MIBK boyitilgan mis konsentrati tarkiibida mis metallning miqdoriga ta 'siri o 'rganib chiqildi. Mis konsentrati tarkibidagi mis metallning miqdori rudaning maydalanishi va flotatsion boyitish uchun sarflanayotgan suv va reagentlar tarkibi hamda miqdoriga bog'liqligi o 'rganildi.Olingan natijalar kimyoviy elementar analiz varentgeno spektral analiz tahlillari natijasi bilan tasdiqlandi.

Kirish

Mis - qadimdan ma'lum metallardan. Qadimda Mis rudasini Kipr orollaridan qazib olingan, shuning uchun uni orolning nomi bilan Cuprum deb atalgan. Mis tabiatda nisbatan kam tarqalgan. Yer pustining massa jihatdan 4,7-10~3% ini tashkil qiladi. Mis tarkibida ba'zan temir, kumush, kamdan-kam oltin bo'ladi. Misning ko'p sonli minerallari (250 dan ortiq) orasida xalkopirit CuFeS2, xalkozin Cu2S, kovellin CuS, bornit CusFeS4, malaxit CuCO,Cu(OH)2, kuprit CU2O, xriza-kolla CuSiO3 2H2O va boshqa ahamiyatlidir [1].

Mis yumshoq, chuziluvchan, bolg'alanuvchan qizg'ish metall. Zichligi 8,96 g/m3 (20° da), suyuqlanish temperaturasi 1083°C, qaynash temperaturasi 2567°C, Moos bo'yicha qattikligi 3,0. Mis issiqlik va elektr tokini juda yaxshi o'tkazadi, bu jihatdan faqat kumushdan keyinda turadi. Mis kimyoviy jihatdan unchalik faol emas. Havoda oksidlanib qorayadi. Nam havoda gidroksikarbonat hosil bulgani uchun ko'karadi. Mis birikmalarida +1 va +2 valentli bo'ladi. Mis havoda qizdirilsa, avval mis (I)-oksid Cu2O (377°C gacha), so'ngra qora Mis — mis (II)-oksid CuO (377°C dan yuqorida) hosil bo'ladi. Mis galogenlar bilan oson birikadi. Nam xlor odatdagi temperaturadayoq misga ta'sir etib, suvda eriydigan mis (Il)-xlorid hosil qiladi. Azot, vodorod, uglerod bilan yuqori temperaturada ham reaksiyaga kirishmaydi. Nitrat kislotada erib, mis (II) nitrat va azot oksidi, konsentrlangan issiq sul'fat kislota bilan birikib, mis (Il)sul'fat va sul'fid angidrid beradi. Misning tuzlari zaharli. Mis ko'pgina metallar bilan qotishmalar hosil qiladi. Bir va ikki valentli mis juda ko'p barqaror kompleks birikmalar vujudga keltiradi [2,3].

Mis, asosan, sul'fidli mis rudalaridan olinadi. Mis elektr simlari, elektr asboblar va uskunalar ishlab chiqarishda, badiiy buyumlar tayyorlashda, qotishmalar olishda, tuzlari esa pigmentlar va sun'iy ipak olishda, o'simlik zararkunandalariga qarshi, teri (ko'n) sanoatida, mikroo'g'it sifatida va tibbiyotda ishlatiladi [4].

Tarkibida mis, qo'rg'oshin, rux va boshqa koplab metallar bo'lgan "Xondiza" polimetall ruda konini koplab olimlarimiz organishgan. Bu borada ko'plab ilmiy ishlar, maqolalar qilingan. Ruda tarkibidagi har bir metall ustida ko'plab izlanishlar olib borilgan. Hozirgi jadal rivojlanib borayotgan davrda metallarga bo'lgan ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Mashinasozlikda, korroziya bardosh jixozlar ishlab - chiqarishda, elektrotexnikada va boshqa ko'plab sohalarda

metallarga bo'lgan talab ortmoqda. Ushbu talablarni inobatga olgan holda metallurgiya yo'nalishida koplab ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega [5]. Ushbu tadqiqotning texnologik jarayonlarning dastlabkisi bo'lmish maydalanish jarayoni flotatsion usulda ajratib olinayotgan mis konsentrati ajralishiga ta'sirini tahlil qilish edi.

Olingan natijalar: "Xondiza''polimetall rudalarini boyitib mis konsentrati tarkibidagi mis metalli miqdorini aniqlash bo'yicha tajribalar "Xondiza''boyitish fabrikasi laboratoriyasida otkazildi va metil izobutil-karbanil mahsulot unumida eng muhim reogentlardan biri ekanligi aniqlandi.

Metall ajratishda eng birinchi va asosiy jarayon bu rudani maydalanish jarayoni hisoblanadi. "Xondiza" koni rudasi juda qattiq bo lganligi sababli qazib olingan olchami 2.5metrgacha kattalikda bo'lgan rudalar jag'li maydalagichda birlamchi maydalanib, olchami 0,3 metrgacha maydalanadi va lentalar yordamida MMPS ozini ozi maydalash barabaniga uzatiladi. Barabanning maydalash darajasini oshirish maqsadida rudani qattiqligini hisobga olib 12 foizgacha og irligi 8 kg bo'lgan sharlar solinadi. Bu esa maydalanish jarayonining samaradorligini oshiradi.Namuna uchun 10 xil kattalikda maydalangan maydalangan rudalarni flotoreaktirda boyitib olingan konsentratlarni kimyoviy usulda analiz qildik.

Kimyoviy analizning kodi: M00193950.38-009:2018

Buning uchun 1 gram namuna olinadi , unga 15 ml xlorid kislota solinib qaynatiladi. Eritma qaynagandan so'ng ustidan 10ml nitrat kislota qo'shilib yana elektropechga qo yilib qaynatiladi. Eritmadan dastlab sariq rangli bug' chiqadi. Qaynatish eritma bug'ining oq tusga kirgunicha davom ettiriladi. So'ng eritmaga yana 15 ml sul'fat kislota qoshiladi va yana qaynatiladi Qaynatish eritma quyuq xolatga kelguncha davom ettiriladi. Quyuq eritmaga 50ml toza suv solib qaynatiladi va filtrdan otkaziladi filtr qogoz qorgoshinni ozida tutib qoladi. Filtrdan otgan eritma pechga qo'yiladi va takror qaynatiladi Natriy tiosulfit (Na2S2Ö3) dan 30ml qoshiladi va eritma 20 daqiqa qaynatiladi. Eritma tarkibidagi mis mis metallic mis ikki sul'fatga aylanib qora rangli chokma hosil qiladi. Eritma filtr qogozdan otkazilib mis birikmasi filtrda tutib qolinadi va mufelniy pechga 700 selsiy haroratda 40 daqiqaga qo'yib qizdiriladi. Mufelniy pechdan chiqqan mis birikmasiga smes aralashmasi qoshiladi va yaxshilab qaynatiladi. Eritma to liq bug'latilib quruq proba ustiga suv quyiladi va qaynatiladi. Olingan eritmaga natriy ftorid qoshiladi. namunaviy eritmaga kaliy yodid ham qoshiladi , bunda eritma rangi sariq tusga kiradi , kraxmal qoshganimizda esa eritma rangi qorayadi Eritmaga natriy gidro sul'fat (Na2S2O3) dan olchov asbobida millilitrda qoshib boriladi. Jarayon eritma rangi oq tusga kirguncha davom ettiriladi. Sarflangan natriy tiosul'fat miqdori formulaga qo yilib namuna tarkibidagi mis metalli miqdori aniqlanadi.

m

T=v

TV

X = —100

m

m- moddaning molekulyar massasi, g. V-eritma hajmi, ml

W*C%*n*60 g/t=----------------------

Q *100

875*1*2*60

g/t=--------------------= 15g/t

70*100

1-jadval.

Namunaning maydalanish darajasi 88% bo'lganda sarflanadigan MIBK reagentining sarfi

Urinishlar soni Jarayonga berilgan ruda miqdori Har bir tonna ruda uchun sarflangan MIBK (g/t) miqdori Kimoviy analiz natijalari. Mis konsetrati tarkibidagi misning miqdori

1 1 tonna uchun 10g 12.30

2 1 tonna uchun 11g 15.00

3 1 tonna uchun 12g 17.17

4 1 tonna uchun 13g 22.43

5 1 tonna uchun 14g 26.90

6 1 tonna uchun 15g 28.08

7 1 tonna uchun 16g 27.11

8 1 tonna uchun 17g 20.87

9 1 tonna uchun 9g 18.81

10 1 tonna uchun 8g 16.02

Xulosa

Xondiza kon boshqarmasida mis ajratib olish jarayoni kimyoviy va spektral analizda o rganib chiqildi. Bunda MIBK reagentini berilish miqdori mis ajratib olishda eng muhim omillardan biri ekani aniqlandi tajriba Xondiza kon boshqarmasi labaratoriyasida olib borildi va natijalar eng qulay mis kansentrati olish imkonini berdi . Sitovka uchun mini vibratsion elaklardan foydalandik. Flotatsiya qilish uchun mini flotamashinalardan foydalanildi va tonnaga nisbatan hisoblandi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. B.A.Raxmanov, F.B. Eshqurbonov, B.B. Ahatov. 134-136 b. KOMPOZITSION MATERIALLAR Ilmiy-texnikaviy va amaliy jurnal ISSN 2091-5527 № 2/2022. XONDIZA POLIMETALL KONIDAGI OLINGAN RUDA MAYDALANISH DARAJASINING AJRATILADIGAN MIS KONSENTRATI UNUMIGA TA'SIRI.

2. Yo'lliyev D.T o'g'li, Ro'ziyeva O'.M. Raxmanov B.A . BURG'ULASH SUYUQLIKLARINI STABILLASH UCHUN GEL-POLIMERLARNI OLISH VA QO'LLASH. "SCIENTIFIC JOURNAL SCHOLAR" ISSN 2181-4147 VOLUME 1, ISSUE 6 MARCH 2023.

3. Под редукцией В.И.Коротича «Начала металлургии» Екатеринбург УГТУ 2000 й.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.