Научная статья на тему 'SIRDARYO VILOYATI YER-SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI'

SIRDARYO VILOYATI YER-SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
49
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suvni tejash usullari / melioratsiya / suv resurslari / geosistema / yomg’irlatib sug’orish / aeratsiya.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Umirzaqov O.A., Anarboyeva S.M.

O‘zbekistonda voha geosistemalarining kuchli sho‘rlanib borayotganligi va suv resurslarining tanqisligi yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda ko‘p suv talab qilmaydigan va kam harjli, samarali usullarni ishlab chiqishni talab etadi. Ma’lumki, suv tanqisligi bilan bir qatorda tuproqning sho‘rlanish darajasining ortib borishi qishloq ho‘jaligi ekinlarining o‘sish va rivojlanishiga salbiy ta’sir etib, hosil miqdori va sifatining pasayishiga sabab bo‘lmoqda. Mazkur jarayonlar ayniqsa Sirdaryo viloyatida sun’iy suv tanqisligi sharoitida jadal ro‘y bermoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SIRDARYO VILOYATI YER-SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI»

DOI 10.5281/zenodo.10439730

Umirzaqov O.A. Guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi o'qituvchisi Anarboyeva S.M.

Guliston davlat universiteti Amaliy psixologiya yo'nalishi 2-kurs talabasi

SIRDARYO VILOYATI YER-SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING ASOSIY YO'NALISHLARI

Annotatsiya. O'zbekistonda voha geosistemalarining kuchli sho'rlanib borayotganligi va suv resurslarining tanqisligi yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda ko 'p suv talab qilmaydigan va kam harjli, samarali usullarni ishlab chiqishni talab etadi. Ma'lumki, suv tanqisligi bilan bir qatorda tuproqning sho'rlanish darajasining ortib borishi qishloq ho'jaligi ekinlarining o'sish va rivojlanishiga salbiy ta 'sir etib, hosil miqdori va sifatining pasayishiga sabab bo 'lmoqda. Mazkur jarayonlar ayniqsa Sirdaryo viloyatida sun 'iy suv tanqisligi sharoitida jadal ro 'y bermoqda.

Kalit so 'zlar: suvni tejash usullari, melioratsiya, suv resurslari, geosistema, yomg 'irlatib sug 'orish, aeratsiya.

Umirzakov O.A. teacher

Department of Ecology and Geography Gulistan State University Anarboyeva S.M.

2nd year student Applied Psychology Gulistan State University

MAIN DIRECTIONS OF INCREASING THE EFFICIENCY OF USE OF

LAND AND WATER RESOURCES OF SIRDARYA REGION

Abstract. The strong salinization of oasis geosystems in Uzbekistan and the shortage of water resources require the development of effective methods that do not require a lot of water and are low-cost for improving land reclamation. It is known that along with the water shortage, the increase in soil salinity has a negative effect on the growth and development of agricultural crops, causing a decrease in the quantity and quality of the harvest. These processes are accelerating especially in Syrdarya region in the conditions of artificial water shortage.

Key words: methods of water conservation, reclamation, water resources, geosystem, sprinkler irrigation, aeration.

Suvni tejash usullari: Yuqorida bayon etilgan tahlillar shuni ko'rsatadiki, suv resurslari cheklanganligi, havzada qurilgan yirik suv omborlaridan foydalanish rejimining o'zgartirilishi kabi omillar mavjud suv resurslarini tejovchi yangi texnologiyalarni keng joriy etishni va geosistemalardagi tuproqlar meliorativ holatini boshqarishda ilg'or usullarni qo'llash masalasini ilgari suradi.

Suv resurslaridan oqilona foydalanish va tejash bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlariga chet ellik olimlar katta e'tibor beradilar.

Ushbu masalalar MDH va mamlakatimizdagi tadqiqotchilarning ishlarida o'z echimini topgan: A.A. Rachinskiy (1963), N.M. Reshetkina (1967), A.N. Kostyakov (1967), F.M. Raximbaev (1967), I. Bochkarev (1969), V.R. Shreder, V.F. Safonov va boshq. (1970), X.I. Yakubov L. Korelis (1973), B.B. Shumakov (1975), N.F. Bespalov va boshq. (1978), N.T. Laktaev (1978), V.O. Borodavchenko (1979), S.M. Krivovyaz (1980), M.F. Natalchuk (1983), V.A. Duxovno'y (1984), S.Sh. Mirzaev va boshq. (1984), F.A. Baraev (1989), V. Sevryugin (1990), B.Sh. Matyakubov (1998), M.G. Xorst va boshq. (2001), N.R. Xamraev (2001), B.F. Kambarov va boshq. (2002), R.K. Ikramov (2002), G.A. Bezborodov va boshq. (2003), N.N. Mirzaev (2003), F.F. Vo'shpolskiy (2003), M.X. Xamidov (2003), B.S. Serikbaev va boshq. (2003), I.X. Abdullaev, M.A.Yakubov va boshq. (2006).

Suvni tejash muammosi keng ko'lamli bo'lib, quyidagi yo'nalishlarni o'z ichiga oladi: sug'orish texnikasi va texnologiyasini takomillashtirish, kollektor-zovurlar yordamida tuproqning meliorativ rejimini boshqarish, tuproq unumdorligini agrotexnik tadbirlar yordamida oshirish va h.k. Ushbu tadbirlardan kutiladigan asosiy natija - bu har bir tsentner hosil yoki boshqa mahsulot uchun ketadigan suv birligini kamaytirish orqali maksimal natijaga erishishdir.

Har qanday mahsulot birligini etishtirishda suvni iqtisod qilishga yordam beruvchi texnologiyalar jahon tajribasidan ma'lum bo'lib, keng tarqalgan usullar quyidagilardir: tuproq ostidan namlash, tomchilatib sug'orish, yomg'irlatib sug'orish, dalani lazer uskunasi yordamida tekislash va boshqalar.

Yuqorida qayd etilgan olimlarning ishlarini umumlashtirish natijasida turli xil texnologiyalarning suvni tejashdagi imkoniyatlari baholab chiqildi (1-jadval).

Chet el va mahalliy mutaxassislarninig ko'p yillik tajribalari ham umumlashtirildi. Shu bilan birga qo'shimcha investitsiya talab qilmaydigan suv tejovchi texnologik usullar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: sug'orishning maqbul elementlarini tanlash, suv aylanishda o'zgaruvchan oqim bilan sug'orish, pushtani plenka bilan yopish va h.k.

Shu asosda, Sirdaryo viloyatining tabiiy sharoiti uchun sug'orishda suvdan samarali foydalanish hamda tejamkor usul va texnologiyalarni qo'llash bilan bog'liq bo'lgan hisoblashlar amalga oshirildi. Bajarilgan hisoblashlarda ko'rsatilishicha, bunday texnologiyalarni tadbiq qilinishi masalan, tomchilatib

sug'orish hamda jo'yaklab sug'orish elementlarini takomillashtirish natijasida vegetatsiya davrida suv tanqisligini taxminan 30-40% ga qisqartirish mumkin ekan.

1-jadval

Ilg'or texnologiyalarning suvni tejashdagi imkoniyat larini baholash

Sug'orish usuli Yerlarning nishabligi Ekinlar turi Tejaladigan suv miqdori, m3G'ga

Tomchilatib sug'orish > 0,05 uzum 1990-2040

0,025 - 0,05 uzum 4000

paxta 5500

0,0075 - 0,025 paxta 2400

0,0025 - 0,0075 paxta 3000-5200

0,001 - 0,0025 paxta 2340-3090

Yer tagidan namlash 0,001 - 0,0025 paxta 1100-1300

Yomg'irlatib sug'orish 0,0025 - 0,0075 paxta 22-3050

>0,001 paxta 600

Tajriba maydonlarida olib borilgan dala tadqiqotlari bunday usul va texnologiyalardan foydalanish suv tanqisligi va tuproq sho'rlanishi muammosi dolzarb bo'lgan Sirdaryo viloyati hududida suvni tejash bilan birga sizot suvlarining ko'tarilishiga ham barham berish orqali ekin maydonlaridagi tuproqlarni ikkilamchi sho'rlanishining oldini olish imkoniyatini yanada oshirishini isbotladi.

Yerlarning sho'rlanish darajasini pasaytirish tadbirlari: Dunyo amaliyotidan ma'lumki, tuproq sho'rlanishiga qarshi kurashning samarali usullaridan biri yaxshi ishlaydigan zovur-kollektor asosida kuzgi-qishki sho'r yuvish ishlarini amalga oshirish hisoblanadi. Sho'r yuvish me'yorlarini hisoblashning nazariy va amaliy asoslari ko'pgina ilmiy ishlarda (V.R. Volobuev, 1948, V.A. Kovda, 1958, A.Z. Genusov, 1960, S.F. Averyanov, 1978, X.E. Yakubov, L. Korelis 1973, A.R. Ramazanov va boshq. 1979, O.K. Komilov (1980) yaxshi yoritilgan. Turli ilmiy tashkilotlar va mutaxassislarning (SANIIRI, O'zPITI, O'zmeliosuvloyiha, Tuproqshunoslik va agrokimyo ITDI) Mirzacho'l sharoiti uchun tuproqni mexanik tarkibi, tipi va tuz zahirasi hisobga olingan holda ishlab chiqqan sho'r yuvish me'yorlarining tahlili hamda dala tadqiqotlarimiz asosida Sirdaryo viloyati yerlarining sho'rini yuvish uchun me'yorlarni ishlab chiqildi (3-jadval).

2-jadval

Sirdaryo viloyati yerlarining sho'rini yuvish uchun tavsiya etilgan

me'yorlar

(O'zPITI, Tuproqshunoslik c va agrokimyo ITDI ma'lumotlari asosida tuzilgan)

Yuqori qatlamdagi tuzlar miqdori, qattiq qoldiq bo'yicha, % 'uproq qatlamlarining sho'rlanish tip ari

Xloridli Sulfat-xloridli Xlorid-sulfatli Sulfatli

1 2 3 4 5

Mexanik tarki bi yengil tuproqlar (sho'rligi tez yuviluvchi)

a = 0,62 a = 0,72 a = 0,82 a = 1,18

0,2-0,5 2,5 1,5 1,0 -

0,5-1,0 4,5 4,0 3,5 -

1,0-2,0 6,5 6,0 5,5 4,0

3,0-4,0 8,5 8,0 7,5 7,0

O'rta qumoqli, tarkibi aralash, mexanik tarkibi o'zgaruvchi tuproqlar (sho'rligi o'rtacha yuviluvchi)

a = 0,92 a = 1,02 a = 1,12 a = 1,48

0,0-0,5 4,0 3,0 1,0 -

0,5-1,0 6,5 5,5 4,0 -

1,0-2,0 9,5 8,5 7,5 4,5

2,0-3,0 11,0 10,0 9,5 7,0

3,0-4,0 12,0 11,5 11,0 9,0

Loyli va qattiq qumoq tuproqlar (sho'rini yuvish qiyinlashgan)

a = 1,22 a = 1,32 a = 1,42 a = 1,78

0,0-0,5 5,0 35 1,5 -

0,5-1,0 8,5 7,0 5,5 -

1,0-2,0 12,0 11,0 10,0 5,5

2,0-3,0 14,5 13,5 12,0 8,5

3,0-4,0 15,5 15,0 14,0 11,0

Paxtachilikka ixtisoslashgan ho'jaliklarda sho'r yuvish tadbirlari aksariyat holda kuzgi-qishki oylarga rejalashtirilib, uning optimal muddati 15 noyabrdan 30 yanvargacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Chunki bu davrga kelib vegetatsion sug'orish ishlari to'xtatilib, sizot suvlarining chuqurligi 2,8-3,0 metrga tushadi va tuproqning aeratsiya qatlamida tuzlarni eritish va pastga yuvilishi uchun etarlicha bo'shliq hosil bo'ladi. Bundan tashqari ishchi kuchlari va suv resurslari ham odatda yetarli bo'ladi.

Sho'r yuvish tadbirlarining asosiy ko'rsatkichlari (me'yori, uslubi va vaqti) bir qancha tabiiy-ho'jalik omillariga bog'liq bo'ladi: tuproqning mexanik tarkibi, filtratsiya xususiyati, yerlarning drenajlanganligi, tuzlarning miqdori va tarkibi, litologiyasi va h.k. Eng muhim omil - bu yetarli va bo'sh suv resurslarining mavjudligi hisoblanadi. Bu ma'noda qaralganda ta'kidlash joizki, Sirdaryo havzasida qurilgan yirik suv omborlarining ish rejimi o'zgarishiga qaramay, qishki davrda daryodagi oqim miqdori doimo yetarli va viloyatda sho'r yuvish ishlarini rejadagidek o'tkazishga hech narsa to'sqinlik qilmaydi.

Respublikamizdagi ko'pgina rayonlar (shu jumladan, Sirdaryo viloyati uchun ham) uchun kuzgi-qishki sho'r yuvish me'yorlari dala tajriba va

kuzatuvlari yordamida etarlicha o'rganilgan bo'lib, ularning natijalarini bemalol tabiiy-ho'jalik sharoiti o'xshash bo'lgan hududlarda keng qo'llansa bo'ladi (3 -jadval). Ushbu jadval yordamida Sirdaryo viloyati geosistemalari uchun tavsiya etilgan sho'r yuvish me'yorlari va vaqtlari, tuproqlarning sho'rlanish darajasi va miqdori, shuningdek boshqa ko'rsatkichlarini ham belgilash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Mirzacho'l vohasi tuproqlari unumdorligini oshirish muammolari va vazifalari mavzusidagi. Respublika ilmiy- amaliy konferentsiyasi ma'ruzalar to'plami. Guliston. 2003. B. 3-7.

2.Axmedov A.U., Abdullaev S.A., Parpiyev G'.T.Tuproqlarning meliorativ holati. To'plam. Sirdaryo va Jizzax viloyatining sug'oriladigan tuproqlari. T., «Fan», 2005. B. 122-157.

3. Alimqul o'g'li U. O., Muhammadjon o'g'li I. X. SIRDARYO VILOYATI QISHLOQ XO'JALIGINING BUGUNGI RIVOJLANISH HOLATI //SHARQ FALSAFASI. - 2023. - С. 213.

4. O'G'Li U. O. A. Nozoekologik holat va sog'lomlashtirish maskanlarini joylashtirish muommolari (Jizzax viloyati misolida) //Ta'lim fidoyilari. - 2022. -№. 19. - С. 172-177.

5. Tovbayev G. SIRDARYO VILOYATI IQLIMINING GEOGRAFIK-METEOROLOGIK TAHLILI //Экономика и социум. - 2023. - №. 6-2 (109). -С. 535-544.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.