Научная статья на тему 'SIFATNI BOSHQARISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI RIVOJLANISHIDA VATANIMIZ OLIMLARINING QO‘SHGAN HISSASI'

SIFATNI BOSHQARISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI RIVOJLANISHIDA VATANIMIZ OLIMLARINING QO‘SHGAN HISSASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
9
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xizmatlar sohasi / mehmonxona xo’jaligi / sifatni boshqarish / metodologik yondashuvlar. / service industry / hotel industry / quality management / methodological approaches.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Maxmudov Q.S.

Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xizmat ko’rsatish sohalarida boshqaruv jarayonlari va sifat mezonlarini oshirish masalalari, Sifatni boshqarish nazariyasi va amaliyoti rivojlanishida vatanimiz olimlarining qo‘shgan hissasi muallif tomonidan yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTRIBUTION OF OUR COUNTRY'S SCIENTISTS TO THE DEVELOPMENT OF QUALITY MANAGEMENT THEORY AND PRACTICE

In this article, the issues of improving management processes and quality criteria in service sectors in our country today, the contribution of our country's scientists to the development of the theory and practice of quality management are covered by the author.

Текст научной работы на тему «SIFATNI BOSHQARISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI RIVOJLANISHIDA VATANIMIZ OLIMLARINING QO‘SHGAN HISSASI»

Maxmudov Q.S.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Menejment" kafedrasi katta o'qituvchisi

SIFATNI BOSHQARISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI RIVOJLANISHIDA VATANIMIZ OLIMLARINING QO'SHGAN

HISSASI

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kunda mamlakatimizda xizmat ko'rsatish sohalarida boshqaruv jarayonlari va sifat mezonlarini oshirish masalalari, Sifatni boshqarish nazariyasi va amaliyoti rivojlanishida vatanimiz olimlarining qo 'shgan hissasi muallif tomonidan yoritib berilgan.

Kalit so 'zlar: xizmatlar sohasi, mehmonxona xo'jaligi, sifatni boshqarish, metodologik yondashuvlar.

Makhmudov Kh.S. senior teacher department "Management" Samarkand Institute of Economics and Service

CONTRIBUTION OF OUR COUNTRY'S SCIENTISTS TO THE DEVELOPMENT OF QUALITY MANAGEMENT THEORY AND

PRACTICE

Abstract. In this article, the issues of improving management processes and quality criteria in service sectors in our country today, the contribution of our country's scientists to the development of the theory and practice of quality management are covered by the author.

Key words: service industry, hotel industry, quality management, methodological approaches.

Bizlarning zamonamiz rivojlangan tovar ishlab chiqarish jamiyatlari zamonidir. Tovar ishlab chiqarishning zaminida ixtisoslashuv, kooperatsiya va ayrimboshlash yotadi.

Ixtisoslashuv yuqori mexnat unumdorligini ta'minlaydi va shu bilan jamiyatning farovonligiga asos soladi. Shubxasiz faqat mehnat unumdorligining yuqori cho'qqilariga chiqishgina hozirgi xalq boyliklarini vujudga kelishiga sabab bulgan.

Kooperatsiya tovar ishlab chikarishda mukammal alokalarni yaratish asosida ummuiy xarajatlarnikamaytirishga olib kelgan. Masalan: avtomobil motorlarining eng sifatli va arzoni Angliyada ishlab chikariladi. Demak, O'zbekistonda kimmat matorlarni ishlab chikarish urniga arzon motorlarni sotib olib avtomobillarga urnatamiz va "Neksiya"larimiz yanada arzon bo'ladi. Xalqaro

miqyosdagi koopearsiya AKSh, Yaponiya, Singapur Janubiy Koreya kabi davlatlarningrivojlanish negizidir.

Va nixoyat tovar ishlab chiqarish jamiyatining uchinchi va eng muxim elementi ayirboshlashdir. Jamiyat a'zolarining ayirboshlash asosida faoliyat ko'rsatishi ixtisoslashuv va koopearsiyani vujudga keltiradi. Ayirboshlash zarurati ko'proq mahsulot yaratilishiga olib keladi. Ayirboshlash jarayoni ishlab chikarishning zarurligini baholaydi va sifatga e'tibor berishga olib keladi.

Iqtisodiy nazariyada teng ayirboshlash tushunchasi mavjud, ya'ni qiymati teng bulgan buyumlar almashish obyektlari bo'lishi mumkinligiga ta'kidlanadi.

Bu yerda qiymat tariqasida ijtimoiy mehnat sarflari tushuniladi. Ammo shuni e'tiborga olish zarurki, ayirboshlash vaqtida tomonlar ushbu buyumning "qiymatini" o'zlari kelishadilar. Ya'ni tomonlarning fikricha ayirboshlanadigan buyumning foydaliligi berilayotgan buyumdan yuqori bo'ladi. Demak, ayirboshlashda buyumning qiymati emas, balki iste'mol qiymati muhim o'rinni kasb etadi.

Iste'mol qiymati aniq bir shaxsga nisbatan yoki aniq bir buyumga nisbatan namoyon bo'ladi. Xar bir shaxs ushbu buyum qanchalik foydaliligini o'zi xal qiladi. Hozirgi vaqtda ushbu foydalilik darajasini o'rganish va me'yorlashtirish usullari kashf etilgan va muvaffakiyatli qo'llanmoqda. Bozor iqtisodiyotida iste'mol qiymatini buyum bahosiga tenglashtirish tajribasi asosiy urinni egallaydi.

Sifat tushuchasi juda keng ma'noda ma'lum talablarga yoki ko'rsatkichlarga javob berishni anglatadi. Sifat ko'rsatkichlari deganda ma'lum tovar, xizmat, tabiiy yoki siyosiy hodisa va boshqalarning jamiyat qo'ygan talablari tushuniladi. Hayotda xar bir kichik yoki katta narsaga ma'lum talab qo'yiladi. Masalan: Turar joy binosi yashashga mos bulishi kerak; avtomobil yukni tashish vazifasini bajarish kerak, yozda ob-xavo ma'lum darajada bo'lishi kerak va hokazo. Ushbu talablarning bajarilishi mahsulot yoki jarayonning sifatni yokisifatsizligini belgilab beradi.

Mahsulot sifati tushunchasi xam yuqoridagilarga asoslangan xolda ta'riflanadi.

Mahsulot sifati - bu mahsulot yoki xizmatning shunday hossalar va ko'rsatkichlar majmuasini, ular mahsulotda belgilangan yoki potensial ehtiyojlarni qondirish qobiliyatini yaratadilar.

Ushbu atama quyidagilarga asoslanadi:

■ xar bir mahsulot yoki xizmat ma'lum ehtiyojni kondirish uchun yaratiladi, demak uning foydali ko'rsatkichlari oldindan belgilanadi;

■ xar bir mahsulot kuplab turli hossalarga ega va bu hossalar nafaqat oldindan kuzlangan ehtiyojni balki yana boshqa potensial ehtiyojlarni kondirishi mumkin;

■ shu kuplab hossalarning, ichida xaridor yoki iste'molchilarning fakat ehtiyojni kondiruvchi hossalarikiziktiradi.

Demak, mahsulot sifatini albatta iste'molchi nuktai nazaridan kurib chikilishi maksadga muvofikdir. Mahsulot sifatini belgilovchi hossalar birlamchi

sifat belgilari (BSB) deb ataladi. Ushbu birlamchi sifat belgilari mahsulot ishlab chikarish jarayonida ishchilarning psixologik, ijtimoiy va iqtisodiy sharoitlarga turlicha e'tibor berishlari va ularga doimiy ravishda boshqaruv xarakatlarini amalga oshirish bilan bog'liq. Tajriba shuni ko'rsatadiki ishchilarning mexnat kilish sifati mahsulot sifatining eng asosiy omillaridan biri xisoblanadi.

Sifat - bu mahsulotning (xizmatning) belgilangan yoki taxmin kilinadigan ehtiyojlarni kondirish kobiliyatini shakllantiruvchi hossalar va ko'rsatkichlar majmuasidir.

Mahsulot - faoliyat yoki jarayonlar natijasi.

Ehtiyojlar - odatda hossalarda yoki ushbu hossalarning mikdoriy ko'rsatgichlarida namoyon bo'ladi. Ehtiyojlar funksional naflilik, xavfsizlik, ekspluatatsiyaga tayyorlik, ishonchlilik, iktisodiy omillar va atrof muxitni ximoyalash kabi belgilarni uz ichiga olishlari mumkin.

Klass (sort, nav) - hossalar yoki ularning ko'rsatgichlariga tallukli bulgan va xuddi shunday funksional foydalanish uchun kuzda tutilgan mahsulot (xizmatlar) buyicha ehtiyojlarning turli majmualarini xisobga oladigan takkoslashning nisbiy ko'rsatgichi.

Sifat xalkasi (sifat spirali) - mahsulot (xizmat) sifatiga turli boskichlardan, ya'ni ehtiyojlarni aniklashdan to ularni kondirishini baxolashgacha bulgan boskichlarda ta'sir utkazuvchi uzaro bog'liq faoliyat turlarining sxematik modeli.

Sifat tizimi - sifatning umumiy boshqaruvini amalga oshirilishini ta'minlashga karatilgan tashkiliy tarkib, mas'uliyat, protsedura, jarayonlarning majmuasi.

Sifatni tekshirish - sifat soxasidagi faoliyatni va natijalarni rejalashtirilgan tadbirlarga muvofîkligini aniklash imkonini beruvchi muntazam va mustakil taxlil.

Sifat nazorati - ulchovlarni amalga oshirish va belgilangan talablar bilan takkoslashga karatilgan xarakatlar.

Ishonchlilik - mahsulotning talab kilingan funksiyalarni belgilangan sharoitda belgilangan vakt davomida bajarish kobiliyati.

Nomuvofikllik - belgilangan talablarning bajarilmasligi.

Nukson - belgilangan ekspluatatsiya talablarning bajarilmasligi.

Sifatini boshqarishning yana bir uziga xos tizimi "motoresursni oshirish buyicha ishlarni ilmiy tashkil qilish" (NORM) deb ataladi. Ushbu tizimning asosiy elementlariga quyidagilar kiritiladi:

■ ishlab chiqarilgan materiallarning ishonchliligi maxsus tayanch nuktalari orkali yigilish va kayta ishlash;

■ mahsulotni yaratish soxasidagi jaxon tajribasini urganish, uni ijodiy yondashuv asosida korxonaga moslashtirish imkonini maxsus tuzilgan ilmiy bulinmalar tomonidan tadkikot kilish;

■ motorlarning sifati va xizmat muddatini oshirish buyicha ilmiy izlanishlarga ishlab chikarish faoliyatini buysindirish;

■ ishchi va xizmatchilar malakasini doimiy ravishda oshirish;

■ erishilgan sifat darajasini saklab kolishning tashkiliy - texnik choralarini doimiy ravishda amalga oshirish;

■ mahsulot attestatsiyasini joriy kilish;

■ mahsulotlarni ishlatuvchi iste'molchilar bilan birgalikda motorlar Korxona, tashkilotlar va alohida tadbirkorlar bozor talablarinitula

kondirishi uchun sifatni boshqarish tizimlarini yaratishga manfaatlidirlar. Shu sababli yuqoridagi tizimlarning ijobiy tomonlarini takomillashtirish, zamonga moslashtirish va ommaviy qo'llash davr talabi deb ta'kidlasak mubolaga bulmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Managing Quality Service in Hospitality: How Organizations Achieve Excellence in the Guest Experience Robert C. Ford, Michael C. Sturman, Cherrill P. Heaton, 2012 Delmar, Cengage Learning -516 pages.

2. Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish: P. Ismatullayev va boshqalar. T.: Sano-Standart, 2014 y- 336 b

3. Sifat menejmenti (Hojiahmedov G'., boshq.). T.: Cho'lpon nomidagi nashr., 2012 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.