Научная статья на тему 'SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “QARIYA” HIKOYASIDAGI QO‘ZIBOY CHOL OBRAZINING “BEVAQT O‘LIMI”'

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “QARIYA” HIKOYASIDAGI QO‘ZIBOY CHOL OBRAZINING “BEVAQT O‘LIMI” Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
501
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O'LIM / KURASH / VIJDON / OMONATGA HIYONAT / MEHNAT / PUL / HALOLLIK / PEREPETIYA / ISHBILARMON / UMID

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Qo‘Ziyeva Sh.

Maqolada Shukur Xolmirzayevning "Qariya" hikoyasidagi obrazlarning o'ziga xos jihatlari, jumladan, hayotga muhabbat, intilish, o'limga bo'yin egmaslik, kurashchanlik kabi xususiyatga ega obrazdan tortib, omonatga hiyonat, vijdoniga qarshi borishdek illatlar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE "UNTIMELY DEATH" OF THE OLD MAN KOZIBOY IN SHUKUR KHOLMIRZAEV'S STORY "THE OLD MAN"

The article gives an idea of the peculiarities of the images in Shukur Kholmirzayev's story "The Old Man", including such illusions as love for life, aspiration, not bending the neck to death, going against the conscience, from the image to the deposit.

Текст научной работы на тему «SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “QARIYA” HIKOYASIDAGI QO‘ZIBOY CHOL OBRAZINING “BEVAQT O‘LIMI”»

Qo'ziyeva Sh. talabasi Filologiya fakulteti Urganch davlat universiteti

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING "QARIYA" HIKOYASIDAGI QO'ZIBOY CHOL OBRAZINING "BEVAQT O'LIMI"

Annotatsiya: Maqolada Shukur Xolmirzayevning "Qariya" hikoyasidagi obrazlarning o'ziga xos jihatlari, jumladan, hayotga muhabbat, intilish, o'limga bo'yin egmaslik, kurashchanlik kabi xususiyatga ega obrazdan tortib, omonatga hiyonat, vijdoniga qarshi borishdek illatlar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: O'lim, kurash, vijdon, omonatga hiyonat, mehnat, pul, halollik, perepetiya, ishbilarmon, umid.

Koziyeva Sh. student faculty of philology Urgench State University

THE «UNTIMELY DEATH» OF THE OLD MAN KOZIBOY IN SHUKUR KHOLMIRZAEV'S STORY «THE OLD MAN»

Annotation: The article gives an idea of the peculiarities of the images in Shukur Kholmirzayev's story "The Old Man", including such illusions as love for life, aspiration, not bending the neck to death, going against the conscience, from the image to the deposit.

Keywords: death, struggle, conscience, deposit scam, Labor, money, honesty, perepetia, businessman, hope.

Obraz yaratish mahorati o'zbek adabiyotida yetakchi o'rinlarda turuvchi omil hisoblanadi. Obrazlarning o'ziga xos xususiyatlari, jumladan, his -tuyg'ulari, iztiroblari, taqdiri, quvonch-u shodligi har jihatdan yozuvchining estetik didi, so'z qo'llash mahoratiga bevosita bog'liq. Shunday yozuvchilar borki, ular yaratayotgan obrazining taqdirini o'z taqdiri deb biladi, u yig'lagan joyda yig'laydi, kulgan joyda esa, aksincha, u bilan birga kuladi.

Shu o'rinda, qalami o'tkir ijodkor, o'zbek adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri O'tkir Hoshimovning, "Haqiqiy asar shunchaki yaralmaydi, u xuddi farzandday tug'iladi" degan so'zlari fikrimizning yaqqol dalilidir desak, adashmagan bo'lamiz. Xuddi shunday o'z asarini, boringki, asar qahramonini o'z "farzandi"darajasiga ko'tara olgan yana bir buyuk ijodkor Shukur Xolmirzayevdir. Shukur Xolmirzayev, birinchi navbatda, hikoyanavis

sifatida tan olingan yozuvchidir. Adibning hikoyalari o'zbek novellistikasi taraqqiyotining o'ziga xos davrini tashkil etadi. 16

Shukur Xolmirzayev obrazlarni mahorat bilan tasvirlar ekan, asarni to'laqonli o'qib chiqmaguncha o'quvchida "shubha" paydo bo'lishiga zamin yaratadi. Deylik, bir obraz haqidagi fikri to asarni o'qib tugallamaguncha o'zgarib boraveradi. Kezi kelganda, Matyoqub Qo'shjonovning, perepetiya, ya'ni "voqealarning keskin almashinuvi" jumlasini eslamaslikning iloji yo'q, nazarimizda.

Navbatdagi, o'quvchini hayratga solgan "Qariya" hikoyasidagi aynan qaysi o'rinlar kitobxonni "shubha"ga solganini tahlil davomida guvohi bo'lamiz.

Qariya hikoyasidagi Qo'ziboy chol obrazi bir qaraganda juda sodda, beg'am, g'am-tashvishi yo'q obraz bo'lib tuyiladi. Ammo yuqorida ta'kidlaganimizdek, hikoyani o'qish mobaynida asar haqidagi fikrlar tubdan o'zgara boradi. O'quvchi nazarida, odatda, ikki kam yetmish yoshli chollar uyining to'rida, hech qanday kasb-hunar bilan shug'ullanmasdan o'tiradi. Lekin bizning qahramonimizda bu xususiyatlarning mutlaqo aksi.

"Qo'ziboy cholning kasbi betayin. Bozor kunlarida jarchilik qiladi. Xususan, moli yo'qolgan kishilarga asqotadi: "o'zi ola buzoq, bir pochasi qora, ikki yashar! Kimki ushlagan bo'lsa yo ko'rgan bo'lsa, yo bog'lagan bo'lsa, o'ttiz so'm suyunchisi bor xo-o! deb baqira boshlaganda ovozi yetti mahalla nariga ketadi" 17

Salkam yetmish yoshli qari cholga ishlash zarilmi, aslida. Tag'in bitta ish ham qilmaydi. Xoh jarchi, xoh olib sotar, xoh bozor tozalovchi, xullas, aniq kasbi yo'q. Aynan shu yerda kitobxonda bitta savol tug'ilishi, tabiiy. Qo'ziboy cholning oila a'zolari yo'qmi? Gap shundaki, uning na ota tomondan, na ona tomondan hech qarindoshi yo'q, bolasi esa bo'lmagan. Buning ustiga kampiri ham sakkiz yil oldin o'z qo'lida jon bergan. Kampiri o'lganidan beri uni bir vahima chulg'ab olgan. Bu azob shunday alamliki, hatto o'ylashgayam qo'rqadi odam. Qo'ziboy cholning nimadan qo'rqishini quydagi jumladan bilib olamiz:

"To'rt yil bo'ldiki, uni o'lim vahimasi chulg'ay boshladi. Ko'zi pishib ketgani uchun o'limdan emas, jonkuyari bo'lmagani uchun o'lganini hech kim bilmay qolishidan qo'rqadi".

Bu obrazdagi vahima, hammani qo'rquvga soladigan o'lim emas, aksincha, o'lganidan keyin marakalarini o'tkazishga bir yaqin odamning yo'qligidir. Xo'sh, Qo'ziboy cholning hech qanday yaqin qarindoshi bo'lmasa, farzandlari esa yuqorida ta'kidlaganimizday, bo'lmagan. U bu hadikdan qanday qutuladi? Chora topilarmikin? Bizning qahramonimiz har tomonlama"uddaburon". Shu jumladan, Qo'ziboy chol: "o'limligini tayyorlab, tayinlab bir kishiga berib qo'yishni o'z burchi deb bildi va bu yillar orasida jamg'argan pulini Qobil qassobga berib qo'ydi. Onda-sonda qassobning

16 Qozoqboy Yo'ldoshev. "Yoniq so'z". Toshkent. 2006. 290-bet.

17 Shukur Xolmirzayev. "Og'ir tosh ko'chsa". Toshkent. 1984. 48-bet

do'koniga kirib, "Qalay, zo'rmi?" deya pulning omon-eson turganiga shama qilib qo'yadi". 18

Quyida ta'kidlangan "jamg'arma pul"ga e'tiborimizni qaratamiz. Hikoya qahramoni butun bir marakalariga yetadigan pulni qanday topgan? Yoinki, "jamg'arma puli" nimaning evaziga kelgan? Esingizda bo'lsa, biz Qo'ziboy cholga nisbatan "uddaburon" ta'rifini qo'llagan edik.

U yetmish yoshida bo'lsa-da paxta terishga boradi. Bozorda hamma yerni tozalaydi va bozorkomdan maosh oladi. Kimning qo'yi, ho'kizi yo'qolgan bo'lsa, topib berish uchun jarchilik qiladi. Tog'liklar olib kelgan ravochlarni sotib olib, olib sotarlik qiladi. Ta'bir joiz bo'lsa, bu obrazning xatti -harakatlari va tinimsiz mehnatlarini ko'rib, xalqimizning "yigit kishiga qirq hunar ham oz"naqlini eslamaslikning iloji yo'q. Yana u yetmish yoshli insonda o'z aksini topgan bo'lsa. O'quvchi boya o'ylagan, o'zi qari chol bo'la turib, qanday "jamg'arma pul" to'plagan ekan deya qilgan shubhasini tarqata oldik, bizningcha. Qo'ziboy cholning surgan xayollaridanmi, yoki hadik sabablimi hikoyada juda ko'p o'rinlarda o'lim xavotiriga oid detallar o'rin oladi. Sakkiz yil oldin o'lgan kampiri tushiga kiradi: "Marhuma xotini emish, yuring, yuring deb qo'lidan tortqilayotgan emish". O'zbek xalqining o'ziga xos jihatlaridan biri, qanday tush ko'rsa uni darrov ta'birini bilishga qiziqishidir. Deyarli, tushda marhum odamni ko'rish yaxshilik alomati emas. Kamiga u yuring, yuring deb qo'lidan tortqilasa. Yoki shu inson o'ladi, yoki biror bir falokatga yo'liqadi. Aslida, tushga ham unchalik berilib ketmaslik kerak. Axir aytishadi-ku, "Kunduzgi o'ying, kechagi tushing" deb. Bir qaraganda o'quvchi Qo'ziboy cholni marhuma xotini qo'lidan tortqilagan tush voqeasidan keyin o'ladi degan xulosaga keladi. Noto'g'ri xulosa deyishga shoshilmaymiz, sababi, qahramonimiz tanish va notanish kimni ko'rsa vidolashib chiqadi. Shunda hikoyaning syujeti tugaganday tuyuladi, nazarimizda. Bu o'rinda o'quvchini xato tushunganlikda ayblashga haqqimiz yo'q, aslida.

O'quvchining qay darajada savodxonligini qo'ya turamiz. Fikrlarimiz davomida, asar haqidagi fikrlari tubdan o'zgara borgan o'quvchi "haqli"mi yoinki voqealarni almashtirib, tub burilish yasab, o'quvchilar zukkoligini sinashga ahd qilgan adibmi? Qo'ziboy cholning tush ko'rishi va hamma tanigan-tanimagani bilan vidolashayotgani haqida fikr yuritayotgan edik. Xo'sh, tush uning sog'ligiga ta'sir qildimi?

"Qo'ziboy chol bu oqshom yotib qoldi. Shu bo'yi o'nglanmadi. Tag'in 3 kun yotib, ko'zlari do'layib, olti oylik kasaldek bo'lib qold. Yarim kechada tag'in tush ko'rib uyg'ondi va xotinini eslab o'tirgandi, tashqarida jo'xorilar qattiq shitirlab, it g'ingshidi. So'ng cho'zib uvladi, chol dong qotdi".19

Tush hech qanday sog'liqqa ta'sir qilmaydi, aslida. Lekin tortishish qonuni borligi kundek ravshan. Inson salbiy va ijobiy narsalarni xuddi

18O'sha asar. 4-bet

19O'sha asar. 47-bet.

magnitday o'ziga tortadi. Bu obraz ham xuddi shunday kasallikni o'ziga tortib oldi. Aynan ko'rgan tushi esa bunga asos bo'lib xizmat qildi.

Go'yoki, marhum ayolini tushida ko'rishi buning ham o'limi yaqinligini eslatganday. U o'z-o'zidan ruhiyatini shunga tayyorlay boshladi, oqibatda esa tobi bo'lmay, yotib qoladi. Hatto yomg'irning yog'ishi va itning uzoq uvlashi ham o'limni chaqirayotganday. Vaholanki, o'limning na tabiat hodisasi bo'lgan yomg'ir yoki o'zi tabiiy uvlashni xohlagan it bilan zarracha aloqasi yo'q. Qahramonimiz o'limi haqida qayg'urayotgan ekan,keling uni qiynayotgan musibat nima ekanligini aniqlashga harakat qilamiz. Hikoya boshidan bu obraz faqat bitta narsadan qayg'uga tushardi. U ham bo'lsa, o'lganidan keyin marakalarini o'tkazishga bir yaqin insonining yo'qligi. O'ligimni hech kim topmasa, hech kim ahvolimni so'ramasa derdi. Bu dardi musibatligicha qolib ketdimi? Yo'q, albatta, har ishga chora topadigan bu qahramonimiz bu safar ham "uddaburon"ligini isbotladi.

"O'limligini tayyorlab tayinli bir kishiga berib qo'yishni o'z burchi deb bildi va bu yillar orasida jamg'argan pulini Qobil qassobga berib qo'ydi".

Unda qayg'urmasa ham bo'ladi, ana iloji topilibdi deya hukm chiqarayotgan, o'quvchi. Shoshilmang. Bot-bot takrorlayotganim, adibimiz kitobxonni turli xil xulosa chiqarishga undayotganini unutmang! Qobil qassob o'zi qanday odam, unga ishonsa bo'ladimi. Shu kabi savollargaxalqimizning "molingga mahkam bo'l, qo'shningni o'g'ri tutma" maqolini keltirishning o'zini yetarli deb o'ylayman, nazarimizda.

Tabiiyki, Qo'ziboy chol, o'ligim ko'chada qolmasin, dastyoringizga ayting, holimdan xabar olib tursin. Sizga o'limligim uchun bergan pulni esa marakalarga ishlatarsiz deydi va ne ko'z bilan ko'rsinki, na puldan darak bor, na qassobdagi vijdondan. Qassob uni allaqachon o'z ehtiyojlari uchun sarflab ulgurgan edi.

"Yarim soatdan keyin Qo'ziboy chol ko'zidan shashqator yosh oqizib, atrofga xira ovozda jar solar edi:

-Eshitmadim demanglar! Suyunchisi bor. Qobil qassob past odam ekan. Men o'limligim deb ming so'm berib qo'ygan edim. Tondi! Xaloyiq! U pul sizlarning pullaringiz edi. Mening halol mehnatim edi. Xudodan tilagim shuki, o'ligi ko'chada qolsin, bekafan ketsin... Meni bekafan qildi, odamlar!"20

Birinchidan, bu adolatsizlik insonni nafaqat tashqaridan, balki ichkaridan yemiradi. Axir Qo'ziboy chol nohaqlik qurboni bo'ldi. U o'limdan qo'rqsa ham mayli edi. Lekin u aynan o'ligining qarovsiz qolib ketishidan bir umr hadiksirardi va bu voqeaning hali hayotligida guvohi bo'ldi. Tik oyoqda turolmaydigan bu obraz endi butkul ruhan sinib, hatto yuragi ham dosh berolmay o'ladi, yoki o'ldi degan xulosaga kelishgan bo'lsa, ajab emas.

Shukur Xolmirzayev bu o'rinda ham yana kitobxonni tez xulosa chiqarishga shoshilmaslikka undaydi. O'ligi ko'chada qolmasligini shu daraja

20O'sha asar. 48-bet

xohlaydiki, hatto o'limligi uchun bergan pulni o'z ehtiyoji uchun sarflagan qassobdan nafratlanib, uni qarg'ab o'tirishdan bosh tortib, hatto o'z kasalini unutib, qayta kuchga kiradi. Qassobning qilmishi Qo'ziboy cholga zamonaviy til bilan aytganda "Motivatsiya" bo'ldi desak hech mubolag'a bo'lmaydi.

"Men yana mehnat qilishim kerak. Halol pul topishim kerak. O'limlik qilishim kerak... undan keyin o'lsam boshqa gap" deya o'ziga kuch to'pladi.

Yarim kechada turib, go'sht qovurdi. Sahar uyg'onib, soyga tushdi, yuvindi. Tetiklanib, ko'chaga yo'l oldi...

Qo'ziboy chol avvalgiday bo'lib ketdi".21

Umri mobaynida uni qayg'uga solgan tashvishi Qo'ziboy cholni yana oyoqqa turishga undadi. Hatto sahar turib, soyga ham cho'milish uchun tushadi.

Xulosa qilib aytganda, inson hayotda oldiga maqsad qo'ydimi, unga na hayot tashvishlari, na odamlar qarshilik qilolmaydi. Maqolamizni Qo'ziboy obrazining "bevaqt o'limi" deya bejiz nomlamadik. Bu maqolada, guvohi bo'lganimizdek, erta o'lim emas, balki yashashga kurash, umidni tasvirlashga harakat qildik. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, kitobxonni to asar tugamaguncha turli xil shubhalarga soladigan, ko'pchilikning tahsiniga sazovor bo'ladigan, ham o'qishga ham ko'p bora mushohada yuritishga undovchi asarlar muallifi Shukur Xolmirzayev har doimgiday maqsadiga to'laqonli yetdi desak, ayni haqiqat bo'ladi. Haqiqiy va yetuk maqsadli inson Qo'ziboy chol obrazida namoyon bo'lgan. Inson tug'ilar ekan, harakat qiladi, harakat qildimi yuksaladi. Yuksaldimi, demak u yashayapti. Inson harakatdan to'xtadimi, u o'ldi. Chunki harakatsiz inson, quruq tanadir. Quruq tana esa faqatgina o'tin bo'lishga yaraydi

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Xolmirzayev. Sh. "Og'ir tosh ko'chsa". Toshkent. 1980.

2. Yo'ldoshev. Q. " Yoniq so'z" Toshkent. 2006.

3. Qo'shjanov. M. "O'zbekning o'zligi". Toshkent. 1994.

4. Xolmirzayev. Sh. "Yo'llar, yo'ldoshlar". Toshkent. 1984.

5. Mirzayev. T, Musaqulov. A, Sarimsoqov. B. "O'zbek xalq maqollari". Toshkent. 2005.

21O'sha asar. 49-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.