Научная статья на тему 'SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “OMON OVCHINING O’LIMI” HIKOYASIDAGI TARBIYAVIY MAZMUNLAR'

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “OMON OVCHINING O’LIMI” HIKOYASIDAGI TARBIYAVIY MAZMUNLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3842
207
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
hikoya / asar / tarbiyaviy mazmun / farzand tarbiyasi / story / work / educational content / child rearing

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Z. A. Qahharova

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning “Omon ovchining o‘limi” hikoyasidagi tarbiyaviy ahamiyatlar yorotib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EDUCATIONAL CONTENTS IN SHUKUR KHOLMIRZAYEV'S STORY "OMON OVCHINING O’LIMI"

This article highlights the educational value of Shukur Kholmirzaev's story "Omon ovchining o‘limi"

Текст научной работы на тему «SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “OMON OVCHINING O’LIMI” HIKOYASIDAGI TARBIYAVIY MAZMUNLAR»

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING "OMON OVCHINING O'LIMI" HIKOYASIDAGI TARBIYAVIY MAZMUNLAR

Z. A. Qahharova

TerDU Pedagogika fakulteti Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning "Omon ovchining o'limi" hikoyasidagi tarbiyaviy ahamiyatlar yorotib berilgan.

Kalit so'zlar: hikoya, asar, tarbiyaviy mazmun, farzand tarbiyasi

EDUCATIONAL CONTENTS IN SHUKUR KHOLMIRZAYEV'S STORY

"OMON OVCHINING O'LIMI"

Z. A. Kahharova

Termez State University, Faculty of Pedagogy, student of Primary Education

ABTRACT

This article highlights the educational value of Shukur Kholmirzaev's story "Omon ovchining o'limi"

Keywords: story, work, educational content, child rearing

KIRISH

"U o'zi ham o'lishi mumkinligini o'ylamasdi. U o'ldirishni... hayvonlarni, parrandalarni, xullas, Olatog'da ov qilishga arzirli o'lja borki, u qo'liga miltiqni olishi bilan o'zi anglamagan holda, ulardan nimanidir otish - o'ldirishni o'ylardi"

Shu jumlalar bilan boshlanadigan "Omon ovchining o'limi "hikoyasi qahramoni omon ovchi tirik mavjudotlarni o'ldirishga juda mukkasidan ketgan kishi edi. Yozuvchimiz ta'riflaganidek: "Mabodo ovdan quruq qaytsa - u bamisoli otasi o'lganidek aza tutardi..."

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shunday yomon fazilatlar egasi bo'lgan Omon ovchining otasi Rahmon polvon ham bir so'zli edi . U kurashda hech ham yiqilmagan. Ammo qirq yoshida bir polvoni yiqilib qo'yganini ko'tarolmay, omborga bo'yra to'shab, unga suv sepib, bo'yraning ustiga bag'rini berib oxri qon qusa-qusa o'lib ketadi. Balki, otasidagi ba'zi xislatlar o'g'liga o'tgandir. Voqealar rivojida otasi unga, o'n uch yoshli o'g'liga "indamas" miltiq olib beradi. Shu qiziqish bilan mohir mergan bo'ladi. Undan hatto qishlo'g'idagi

odamlar ham qo'rqardi. Otasi vafotidan keyin o'z-o'zidan otasining kaspi qorovullik va bog'bonlik faoliyatini davom ettrida. Onasi uni uylantiradi, lekin ayoliga ham, farzandiga ham uning mehri yoq edi. Ba'zi sabablarga ko'ra, Olatog'dagi odamlar Bandihon tomonlarga ko'chib keta boshlaydi. Shu yo'sinda davom etib, ma'lum vaqta qishloqda Omon ovchining uyidan bo'lak hech qanday hovli qolmaydi. Ayolining: "Men kunduzi ham bu yerda qo'rqaman, siz yo'qsiz, o'g'limizning shuncha uzoq maktabga borib kelishi qiyin"- degan gapiga Omon ovchi: "Chidasang -shu, chidamasang jo'na" - degan javob beradi. Ayoli uzoq o'ylab, bo'lmasa taloq qilishni so'raydi. Ovchi esa hech ham ketishiga rozilik beradi. O'g'lini olip qolish uchun unga miltiq olib bermoqchiligini aytadi. O'g'li esa onasi bilan ketishni xohlaydi. Omon ovchi o'zi yolg'iz qolganda ham ta'sirlanmaydi. Aksincha, yoshligida onasining ham ketib-qaytib keliganini eslab, darrov yana keladi deb o'ylaydi. Shu alfozda yolg'iz yashashga ham o'rganib qoladi unga achinadigan yolg'iz ammasining ham gaplariga quloq solmaydi. Kunlarini duch kelgan jonzotlarni o'ldirish otish bilan o'tkazadi.

"Qon tudadi", "gunoh ", "ko'z tegadi" degan so'zlar u uchun hech qanday ma'no anglatmasdi. Amsining duch kelgan jonlini o'ldiravermasligini, ular ham Allohning yaratkan mahluqi ekanligi haqidagi aytgan gaplari ham zola ketadi. Eng qizig'i, unga boy qushlari tomosha qilish, ularni kuzatish yoqadi.

MUHOKAMA

Bir kuni u yana ovqa jonadi. Tog'da yurganida qor ko'chib, kiyik va boshqa hayvonlar joylaridan qocha boshladi. Omon ovchi birinchi kiyikni o'ldirdi, ikkinchisini o'ldirayotkanini qadimdan ovchi faqat bitta kiyik o'ldirishi kerak degan gapni eslab ham ko'rmadi. U o'dirgan hayvonlar noqulay joyga tushgani uchun uyiga olib ketolmadi. Ertasiga do'sti, Hamdam bilan olib ketishga kelganda kiyiklarni g'ajirlar ko'zlarini o'yib yeyotganini ko'rdi. Qish tufayli barcha suv mavjud joylar muzlagan edi. Uyiga qaytayotganda muz yorilib ketdi. Xullas, ikki oyog'i ham ishlamay jipislab tashlanadi. Do'xtir olti oygacha tuzalmaysiz deydi. U uyda yolg'iz, tashqariga chiqa olmay qoladi. Kunlar shu tarzda o'taveradi. Kakliklar ham go'yo ovozini balandlatib sayray boshlaydi. Kakliklar sayragani eshitib, miltig'ini o'qqa to'ldiradi oyog'i gips holida sudrala-sudrala ovga jo'naydi. Tepalikka chiqib ikkita kaklikni otadi. Kakliklar soy bo'yiga yaqin joyiga tushgani uchun olishga qiynalib tepalikdan dumalab ketadi. Uning ustiga qorlar yopishib katta aylana hosil bo'ladi. U qorning ichida muzlab, qimirlayolmaydi. U bir necha kun shu holda qolip ketadi.

Shu qishloqqa qorovul qilip tayinlangan Ulton piyon soy bo'yidan ketayotganda yulg'inlar orasida g'alati narsani ko'rib qoladi va jon boricha qochib ketadi. Ertasiga u bilan kelgan odamlar Quriqsoyda ko'ngilni aynituvchi manzarani ko'radi. Bu esa ko'plab masliqxo'r g'ajirlar bir kimsani cho'qib-cho'qib yeyayotgan manzara edi.

Bu hikoya shu yo'sinda tugaydi. Inson bu dunyoga bir marta keladi. Hamma har xil hayot yo'lini tanlaydi. Qahramonimiz Omon ovchi ham o'zi uchun eng to'g'ri yo'ldan yurdi.

NATIJA

Tabiatdagi har bir narsa va tirik mavjudotlar Alloh tomonidan mo'jiza qilib yaratilgan. Bu asarda ma'naviy qashshoq qiyofasidagi Omon ovchini ko'ramiz. Avvalo, bu dunyoda, jamiyatda shaxs bo'lib kamol topishida har bir kishining oilasi muhim rol o'ynaydi, muqaddas dargohda qilinadigan amallar, ishlar farzandlarga qanday ta'sir etishini o'ylab ko'rish kerak. Rahmon polvon oilasida ham bu kabi kamchiliklar yaqqol ko'rinadi. Rahmon polvonlikda dovrug'i ketgan bo'lsa ham manaviy tomonidan zaif inson ekanligini ko'rishimiz mumkin. Kurashda mag'lub bo'lganini o'z joniga teng qilib, undan voz kechyapti. U oilasini, farzandini o'ylamadi. Eng muhimi, vaqtni, vaqitning beshavqat hukmini tan olmadi. Chunki kurash ham avloddan- avlodga o'tib kelayotgan milliy qadirayatir. Bugun kimdir zafar qozonishi emas, milliy kurashimizning yuksalayotganiga, uni sevuvchi inson yana bittaga ko'payayotganiga xursand bo'lish kerak.

XULOSA

Hozirgi kunda tabiatni muhofaza qilish va uni asrash kabi dolzarb muammolar paydo bo'lmoqda. Shukur Xolmirzayevning asarida tabiatdagi barcha narsalar o'z o'rniga ega qilib yozilgan. Oxirgi voqealarning nima bo'lishi esa barchamizga saboqdir. O'quvchilar bu asarni o'qib, tabiatdagi barcha jonivorlarga achinadi. O'qigan kishi tabiatda mavjud hodisalarga befarq bo'lmaslikni tushunadi. Shu orqali yozuvchimiz ovchining qanday o'lim topishi misolida har bir harakatimizning javobi borligini eslatib qo'yadi. Xalqimizda: "Odobni odobsizdan o'rgan" - degan maqol bor. Shukur Xolmirzayev bu hikoyasini salbiy tomonlama nosog'lom oilaviy muhit, ma'naviy bo'shlig'i bor insonlar misolida o'quvchini o'z-o'zidan to'g'ri yo'lga olib chiqadi. Asarda shu joyida bunaqa qilmaslik kerak edi deya ko'rsatib o'tirmaydi. Voqealarni xuddi rassomday chizib yaxshilik, mehr- muhabat, yomonlik, oqibat kabi tushunchalarni o'z rangi bilan ko'rsatadi. Bugungi kunda biz yoshlar bu asarni o'qib, oilada qanday muhit yaratishimizni, farzandlarni qanday tarbiyalashimizni, o'z yaqinlariga mehr- e'tibordan boshqa narsa kerak masligini, ajdodlarimiz ishlatib kelgan "gunoh", "qon tutadi" kabi tushunchalarning qanchalik ahamiyatliligini, eng muhimi, yashab turgan olamimiz dagi har bir jonzotning ham yashashga haqqi borligini ich-ichimizdan his qilishga odatlantirish lozim.

REFERENCES

1. Shukur Xolmirzayev Tanlangan asarlar: 3 jildlik. 1-jild: hikoyalar.- T: "SHARQ", 2003.-448 b.

2. Umumiy o'rta talim maktablarining 8-sinf uchun adabiyot darsligi. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent-2019

3. Shukur Xolmirzayev "Yo'ldoshlar" hikoyalar to'plami.

4. ARXIV. UZ sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.