Научная статья на тему 'SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYASIDAGI OVCHI OBRAZI'

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYASIDAGI OVCHI OBRAZI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
129
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ovchi / o‘lim / rohatlanish / nasihat / kiyik / ov / hayvonlar / yolg‘izlik / vahshiylik / sovg‘a / oqibat. / hunter / death / pleasure / advice / deer / hunting / animals / loneliness / savagery / gift / consequence.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. Qo‘Ziyeva

Maqolada Shukur Xolmirzayevning "Omon ovchining o‘limi" hikoyasidagi Omon obrazining jonvorlarni vahshiyona o‘ldirishi, ularga zarracha rahm qilmay, shunchaki nafsining huzurlanishi uchungina otishi natijasida o‘zining hayoti achinarli tarzda yakunlanishi, oqibat esa o‘zi ham hayvonlarday o‘lim topishi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CHARACTER OF THE HUNTER IN SHUKUR KHOLMIRZAYEV'S STORY

In the article, the character of Amon in Shukur Kholmirzayev's story "Death of the Aman Hunter" brutally kills animals, shoots them without the slightest mercy, just for the sake of his ego, and his life ends in a sad way, and as a result, he himself dies like an animal. it is considered to be found.

Текст научной работы на тему «SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYASIDAGI OVCHI OBRAZI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYASIDAGI OVCHI OBRAZI

Qo'ziyeva Shahrizoda

Urganch Davlat Universiteti Filologiya fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7029206

Annotatsiya. Maqolada Shukur Xolmirzayevning "Omon ovchining o'limi" hikoyasidagi Omon obrazining jonvorlarni vahshiyona o'ldirishi, ularga zarracha rahm qilmay, shunchaki nafsining huzurlanishi uchungina otishi natijasida o'zining hayoti achinarli tarzda yakunlanishi, oqibat esa o'zi ham hayvonlarday o'lim topishi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: ovchi, o'lim, rohatlanish, nasihat, kiyik, ov, hayvonlar, yolg'izlik, vahshiylik, sovg'a, oqibat.

ОБРАЗ ОХОТНИКА В РАССКАЗЕ ШУКУРА ХОЛМИРЗАЕВА

Аннотация. В статье персонаж Амона в рассказе Шукура Холмирзаева «Смерть охотника за Аманом» жестоко убивает животных, расстреливает их без малейшей жалости, просто ради своего эго, и его жизнь заканчивается печально, и в результате он сам умирает как животное.это считается найденным.

Ключевые слова: охотник, смерть, удовольствие, совет, олень, охота, звери, одиночество, дикость, дар, следствие.

THE CHARACTER OF THE HUNTER IN SHUKUR KHOLMIRZAYEV'S STORY

Abstract. In the article, the character of Amon in Shukur Kholmirzayev's story "Death of the Aman Hunter" brutally kills animals, shoots them without the slightest mercy, just for the sake of his ego, and his life ends in a sad way, and as a result, he himself dies like an animal. it is considered to be found.

Keywords: hunter, death, pleasure, advice, deer, hunting, animals, loneliness, savagery, gift, consequence.

KIRISH

O'zbek xalqi azal-azaldan o'z qadriyati va urf-odatlariga suyangan holda ovchilik bilan shug'ullanib kelishgan. Har bir yumush bir maqsad yoinki ehtiyoj tufayli yuzaga keladi. Ota-bobolarimiz och qolmaslik, oila a'zolari qornini butlash maqsadida ovga chiqishgan. Ko'rinib turibdiki, ehtiyoj bora-bora majburiyatga aylanadi. Lekin maqolamizda yoritilayotgan hikoya qahramonining xatti-harakatlari fikrimizning mutlaqo aksi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Shu o'rinda, o'zbek adabiyoti nasrining yuqori cho'qqiga chiqishida o'zining salmoqli o'rniga ega, o'tkir qalam sohibi, buyuk yozuvchi Shukur Xolmirzayevning "Omon ovchining o'limi" hikoyasidagi Omon obrazining ovga nima maqsadda chiqishi, hayvonlarni hech ikkilanmasdan otishi, ularni o'ldirib, ruhi, ruhi desak adashgan bo'lamiz, nafsi huzurlanishi uchun qilayotgan bunday harakatlari yuqorida ta'kidlaganimiz, ota-bobolarimizning ehtiyoji uchun qilayotgan majburiyat tufayli qilgan mashg'ulotiga, shunchaki, ovdan rohatlanish uchun qilayotgan ishi, ajdodlarimizga, balki ularning sof vijdoniga tushurilgan dog' deya qarash to'g'ri bo'ladi, nazarimizda. Omon obrazi o'zining qattiqqo'lligi, diydasining toshday qotib ketgani, hech kimni ayamasligi bilan odamlar orasidagi qo'rquvga sabab bo'lgan edi.

Shu o'rinda, insonning yillar davomida kimligi, kim bo'lib yetishishi o'z-o'zidan yoshlikda olgan tarbiya, uydagi muhitga bog'liq. Omonning shu darajaga yetishida ham bevosita otasining o'rni katta.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"U kishi Omonga o'n uch yasharligida "indamas" miltiq- melkokolibr miltig'i olib bergan edi. Omon birotar ov miltig'ida emas, shunda qush otishni o'rgangan. Shu tariqa o'tkir mergan bo'lib yetishgan edi". Maktab yoshidagi, ravon o'qishni hali tuzuk-quruq o'rganmagan yosh bolaga, o'yinchoq bo'lsa ham mayli, haqiqiy o'q otar miltiq olib bergan ota farzandidan nima kutadi. Ota uni shunchaki qiziqqonlik ila olib berdimikan, hech o'ylaganmikan? Kelajakda hech narsani ayamaydigan, shafqatsiz ovchi bo'lib yetishishini? Yoinki orzu qilganday bo'lib yetishdimikan? Agar o'zi xohlamaganda, yoinki bolasining vahshiy ovchi emas, biror bir kasb egasi bo'lishini xohlaganida, 13 yoshligida haqiqiy miltiq emas, 7 yoshida kitob sovg'a qilgan bo'lardi. Bu yerda nafaqat ota, balki shu muhitda tarbiyalangan bolada ham ayb yetarlicha. Xo'sh, mayli ota miltiqni sovg'a qilgan. Lekin bolaning qiziqishlari qanday bo'lgan. Shu qiziqish tomon yo'nalganmi. Quydagi jumlada Omon obrazining qay fikrda ekaniga birgalikda guvoh bo'lamiz.

"U bolalikdan yovvoyi qushlar, yovvoyi hayvonlar otish va yeyish uchun yaratilgan deb o'ylar, har qanday ovchida ham ma'lum bir yoshda paydo bo'ladigan rahmdillik unda hamon uyg'onmas, chamasi, yuragi ham baquvvat ko'kragiday qattiq ediki, buning sababini ehtimol uning otasiga xos jihatlardan izlash mumkin". Ko'rinib turibdiki, inson birdaniga o'zgarmaydi, bilaks, yoshlikdagi tarbiya, oila muhiti, yillar davomida orttirilgan tajriba unga asos bo'ladi. Omon hatto bolalikdan ham noto'g'ri fikrga yo'naltirilgan. Sababi, yovvoyi qushlar va hayvonlar faqat otish uchun, yeyish uchun yaratilgan deya o'ylagan fikrida, aslida xatolik mavjud. U noto'g'ri tarafdan baho bergan va shu asnoda diydasi qattiq vujudga aylangan. Agar unga bolaligida qushlarning mayin sayrashi, hayvonlarning hech takrorlanmas manzarani hosil qilishi, o'rmonlar shu hayvonlarning sururi ila o'zgacha tusga kirishi haqida so'zlanganda edi, balki hozir shafqatsiz ovchi emas, o'rmon himoyachisi bo'lgan bo'lar edi. Afsuski, yillar davomida olingan tarbiyani bitta nasihat yoinki bir ibrat bilan o'zgartirib bo'lmaydi. Ayniqsa u ko'zi qonga to'lib ketgan, vahshiy ovchining ruhiga singib ketgan bo'lsa. O'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas deydi,- xalqimiz. Shu bois, Omon ham ovdan har doim biror narsa otib kelardi. Mabodo ovi baror kelmasa, yanada vaxshiylashardi. Quydagi jumla orqali Omonning ovsiz kelgan kun holatiga guvoh bo'lamiz.

"Mabodo ovdan qo'li quruq qaytsa, bunday voqea juda kam bo'lardi, u bamisoli otasi o'lgandek aza tutar, qovog'i ochilmas, shunda xotini ham ko'ziga yomon ko'rinib, bechora biron-bir yetishmovchilikdan zorlansa, u "jonga tegding-ku sen ham!" deya miltig'ini qo'lga olardi".

TADQIQOT NATIJALARI

Ajabo, oddiygina ovdan quruq qaytishni otasi o'lgandek aza tutish voqeasiga taqqoslash, aqlga sig'maydigan holat, bizningcha. Lekin, guvohi bo'lganimizday, Omon xuddi shu vaziyatga tushadi, hatto xotinining zorlanishini eshitiboq qo'liga miltiq oladi. Qahramonimizga ortiqcha ta'rif berishning hojati yo'q, nazarimizda. Har kuni begunoh hayvon va qushlarni otaverish insonning medasini, balki ko'zlarini ham qonga to'ldirib yuboradi. Tabiiyki, ko'zi qonga to'lgan odam, shu narsani yana va yana xohlayveradi. Oqibatda esa...

Omon ovchi ham jizzaki, sirkasi suv ko'tarmaydigan, qattiq diyda shaxs edi. Hatto odamlar u bilan oddiy so'zlashishga qo'rqishardi. Bora-bora qo'shnilari boshqa yerlarga ko'chib keta boshladilar. Oqibat, Omonning uyidan boshqa uylar egasiz, qarovsiz ahvolga tushdi. Eng achinarlisi, xotini va yakkayu yagona o'g'li ham tashlab ketdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Xotini sigir sog'dirmayotganidan nolinib edi. Omon o'zi xurmani olib tagida cho'nqaydi. Endi yelinni ushlaganini biladi, sigir bir qimtindi. Oyog'i ko'zani urib, chil-chil qildi. Omon o'rnidan turib chetga chiqdi. So'ng xotirjam kavshanayotgan hayvonga birpas qarab turdi-da, pichanga sanchib qo'yilgan panshaxani olib, sigirning beliga ikki tushirdi. Jonivor og'ir marab yuborib, yotib qoldi. Dir-dir titraydi. Omon ertasi kuni sigirni so'ydi. Beli sinib ketgan ekan". Guvohi bo'lganimizdek, vaqtlar o'tishi bilan jonli mavjudotlarning behuda to'kilgan qoni insonning ruhiga ta'sir qilmay qolmaydi. Ayniqsa, umri davomida hayvonlarni vahshiyona tarzda o'ldirishga o'rgangan ovchi bo'lsa. Salgina asabiylashishiga sabab bo'lgan, uyining boquvchisi, tirik sigirni ham ayamay urib, belini sindiradi. Bu darajaga yetgan shaxsga, bizningcha ortiqcha ta'rifning keragi yo'q. Chunki, o'quvchi, allaqachon, Omon ovchining harakterini o'rgandi hisob. "Masalan, qadimdan qolgan gap bor. Ovchi kiyikdan bitta otishi kerak. Aks holda bir falokat yuz berishi mumkin emish". Bejizga, har hikmatli so'zdan oldin, ota-bobolarimizning aytishi bo'yicha, ajdodlarimizdan qolgan bir gap bor deya so'zlamaymiz. Tabiiyki, ota-bobolarimiz shu narsani aniq biladiki, amalda qo'llaganki aytilgan. Demak, har bir ovchi umri davomida faqat bitta kiyik otishi kerak ekan. Undan ko'p otsa, biror bir falokat yuz berar ekan. Ammo bizning qahramonimiz bu gapga ham "qadim-qadimdan kiyiklarni asrab qolish, ularni qirib yubormaslik uchun diniy tus berib aytilgan deya" panja orasidan qaraydi. Agar aqli kaltalik qilmay, sal o'ylaganida, aslida u gaplar begunoh jonivorning qonini to'kish gunoh degan so'zga ishora qilinayotganini bilish ancha qiyin emasligini anglagan bo'lardi. Hikoyamiz prologida, otasining haqiqiy miltiq olib bergani sabab, Omonning beshafqat ovchi bo'lib yetishgani tasvirlangan edi. Har bir ishning ibtidosi bo'lgani kabi, intihosi ham bo'lishi, albatta shart. Xo'sh, Omonning intihosi qanday? Uning qon to'la ko'zlari ochildimi yoinki, shu qonga g'arq bo'ldimi?

"Xalqda: "har kimo'z kasb-koridan topadi degan hikmat bor. Buning yaxshi ma'nosi o'z yo'liga, yomon ma'nosi shu kasb-kor yo'rig'ida olamdan o'tadi. Masalan, o'taketgan zo'r qassoblar umrining ma'lum bir pallasida shu darajaga yetarmishki, yostiqdoshi ehtiyot chorasi deb uning pichog'ini yotganda yashirib qo'yarmish". Xalqimiz bejizga bu hikmatni keltirgan emas. Ha, haqattan inson o'z kasb-koridan topadi. Omon ovchining o'limi hikoyasida ham aynan shu hikmatning o'rin olishi bejiz emas. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ovchi kiyikdan 1ta otishi kerak. Nima uchun aynan kiyik obraziga qayta-qayta e'tibor qaratayotganimizni keyinchalik tushunib olasiz.

"U kiyik oviga jo'nadi. Qarshisida bir kiyik o'ynoqlab chiqdi-ku! Omon uning qoq manglayidan nishonga olib otdi. Jonivor tepaga bir sakrab pasga qulab tushdi. Shunda uning o'rnida yana bir kiyik paydo bo'ldi. Omon miltig'iga o'qlay solib, uni ham otdi. Keyin esa shoxi gajak bir arxar ko'rindi. Omon miltig'iga o'q joylar ekan, allanechuk shoshar edi. Arxarning ham ajali yetganday qochmasdan quyiga qarab turib qoldi. Omon uni ham otdi". Guvohi bo'lganimizday, Omon ovchi uchala kiyikni ham otdi. Unga bundan na foyda bor edi, na zarar. Faqat nafsining zavqi uchungina begunoh jonivorlar qonini to'kdi. Hatto, hayvonning yuragi uvushdi. Ikkita o'z yaqini o'limini ko'rib, bu vahshiy odamdan qochishning chorasi yo'qligi, odamday past ketmasligini tushungan arxar o'lgan kiyiklarga qarab turib qoldi. Bu hayotda yaxshilik javobsiz, yomonlik jazosiz qolmaydi.

"U kiyik otishga berilib ularning qayerga tushayotganini o'ylamagani singari, buning shavqi orqasida tag'in bir narsani xayolidan faromush qilganini ertasi kuni do'sti Hamdam bilan bir eshakka arqon va qop tashlab shu joyga kelganida bildi. Uchala o'lja ham dabdala bo'lgan besh-oltida bahaybat, bo'yni tuksiz g'ajirlar ularni "hashar" qilmoqda edi. Yomon ekanku, bular-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

a? Arxarning ko'zini o'yib yeyotgan ekan". Begunoh jonivorlar jonini bergani yetmaganday, tanasini ham olib ketish uchun kelgan ovchi va uning do'stiga, afsuski, buyurmadi. G'ajirlar ko'zlarini cho'qib, o'yib, yeb bitirishgan edi. Shu paytgacha begunoh qancha hayvonlarning qonini faqat shavq uchun to'kkan inson haliyam hech narsaga yo'liqmay yuribdimi degan savol tug'ilishi, tabiiy.

MUHOKAMA

Xalqimizning, "yemoqning qusmog'i bor" naqlini eslamaslikning iloji yo'q, nazarimizda. Omon ovchi ham ovdan kelayotganda muzga yiqilib, ikkita to'pig'i qorayib ketadi. Qattiq lat yeydi. Olti oy o'rnidan turolmasligi aytilgan qahramonimizning yana ko'ngillari ovni tusab qoladi va qishda qor ustida yurgan kakliklarni otgani keladi. "Bu shunday ikki oyoqli maxluq ediki, yarim tanasi uzilib qolgan chog'da ham, ruhi ovda....o'ldirishda...bo'lar, chamasi, shuning o'zi unga bas, hayot edi. U miltiqni tag'in bo'yniga osib, kakliklarning oyog'ini bir qilib, tishida tishlab kelgan izi bu o'rmalab kelar ekan, simto'rni tagidan ko'tarib o'tgan yeriga yetganda, bir sirpandiyu, og'zidan kakliklarning oyoqlari chiqib ketti. Omon ularga qo'l cho'zgancha yonbag'irga ko'ndalang bo'lib qoldi. So'ng asta-sekin dumalay boshladi. Oqibat, ajabtovur paxta toyidek bo'lib yulqunlar ichiga kirib to'xtadi". Shu o'rinda aytib o'tish kerakki, bejiz yozuvchi Omonni ikki oyoqli maxluq deya ta'riflamadi. Sababi, o'zi yarimjon, ikki oyog'i ishlamayotgan bir paytda ham ruhi ovni, hayvonlarning qonini bot-bot qumsardi, ularga ilhaq edi. Ong-u shuuriga singib ketgan edi Uning ov qilishi, hayvonlarni otishi. Tabir joiz bo'lsa, yuqorida ibtido va intiho haqida so'z yuritgan edik. Quydagi jumla orqali Omon ovchining intihosi qay tarzda yakun topishini ko'rar ekanmiz, ortiqcha izoh va ta'riflarga o'rin yo'q deb o'ylaymiz, nazarimizda.

XULOSA

"Ertasi kuni odamlar ko'ngil aynituvchi manzarani ko'rishdi. Bir gala maslikxo'r g'ajinlar yulg'unzor ichida, go'yo qor supasida yotgan bir kimsani cho'qib-cho'qib yer edi"... Xulosa qilib aytganda, buyuk yozuvchi Shukur Xolmirzayevning hikoyalari o'qishliligini ta'minlovchi omillar, obrazlarning tabiat vositalari bilan uyg'un holda ta'minlanishidir. Tabiiy muhitni o'z asarlari ruhiga singdira olgan adibimiz har doimgiday kitobxonlar qalbidan, allaqachon, joy olib ulgurgan. Ortiqcha dabdaba, maqtovlardan holi asargina kitobxonning medasiga tegmasdan, o'qiladi. Shukur Xolmirzayev ana shunday yuksak e'tirofga sazovor yozuvchidir.

REFERENCES

1. Xolmirzayev. Sh . "Og'ir tosh ko'chsa" . Toshkent. 1980.

2. Yo'ldoshev. Q. " Yoniq so'z". Toshkent. 2006.

3. Qo'shjanov. M. "O'zbekning o'zligi". Toshkent. 1994.

4. Xolmirzayev. Sh. "Yo'llar, yo'ldoshlar". Toshkent. 1984.

5. Mirzayev. T, Musaqulov. A, Sarimsoqov. B. "O'zbek xalq maqollari" . Toshkent. 2005.

6. Xolmirzayev.Sh. Saylanma. 2-jild. w.w.w.ziyo.com.kutubxonasi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.