Научная статья на тему 'SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA BOYCHECHAK OBRAZI (“SOG`INISH” VA “BOYCHECHAK OCHILDI” HIKOYASI MISOLIDA )'

SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA BOYCHECHAK OBRAZI (“SOG`INISH” VA “BOYCHECHAK OCHILDI” HIKOYASI MISOLIDA ) Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
69
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Azim / Ismat / olim / boychechak / bolalik / kaklik.

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Mahfuza Xojaqulova

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning “Sog`inish” va “Boychechak ochildi” hikoyalaridagi boychechak obrazi va bu obraz bilan bog`liq jihatlar, asar badiiyatini va mazmunini ochib berishdagi asosiy vazifasi, qahramonlar ruhiyatini tasvirlashdagi o`ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA BOYCHECHAK OBRAZI (“SOG`INISH” VA “BOYCHECHAK OCHILDI” HIKOYASI MISOLIDA )»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARIDA BOYCHECHAK OBRAZI ("SOGINISH" VA "BOYCHECHAK OCHILDI" HIKOYASI MISOLIDA )

Mahfuza Xo'jaqulova Talaba Termiz davlat universiteti Termiz, Ozbekiston +998995577413 xuj aqulovamahfuza@gmail .com Annotatsiya

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayevning "Sog'inish" va "Boychechak ochildi" hikoyalaridagi boychechak obrazi va bu obraz bilan bog"liq jihatlar, asar badiiyatini va mazmunini ochib berishdagi asosiy vazifasi, qahramonlar ruhiyatini tasvirlashdagi o"ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan. Kalit so'zlar: Azim, Ismat, olim, boychechak, bolalik, kaklik.

Ozbek adabiyoti namoyondalari folklor asarlaridan bahra olib, ulardagi yuksak umuminsoniy g"oyalardan ta'sirlanib, badiiy barkamol asarlar yaratishgan. Har bir yozuvchi yoki shoir xalq og"zaki ijodining rang-barang janrlariga murojaat qilib, badiiy obraz va xarakter yaratishga harakat qiladi. Shu bois, biror-bir shoir yoki yozuvchi ijodi o'rganilganda, folklorga xos uslub, syujet, obraz va tasviriy vositalar yaqqol ko'zga tashlanadi. Muayyan yozuvchi ijodi misolida folklor an'analari muammosini tadqiq etish - o'sha davr adabiy jarayonini, muallifning individual uslubi va mahoratini oydinlashtirishga imkon beradi.1 Shukur Xolmirzayevning hikoyalarida , umuman olganda, barcha asarlarida ham xalq og'zaki ijodi unsurlarining ta'sirini sezishimiz mumkin.

Ijodkor xalq og zaki ijodi namunalaridan oz asarlarida qahramon ruhiyatini ochib berish, qahramonning dunyoqarashi va xarakterini tasvirlash, uning boshqalardan ajralib turadigan o"ziga xos jihatlarini yoritishda foydalanadi. Yozuvchining "Sog'inch" hikoyasida ham yuqoridagi xususiyatlarni ko"rishimiz mumkin.

"Sog'inch" hikoyasining bosh qahramonlari Azim va Ismat yoshlikdan birga o"sgan do"st bo"lib, Azim maktab direktori oilasidan bolsa, Ismat esa maktab qorovuli oilasidan edi. Ularning do" stligi maktab davridan beri davom etib kelar, Ismat Azimni judayam yaxshi korar edi. Ular birgalikda ov qilishga, boychechak terishga borishar, Ismat doim unga mehribonlik qilardi. "Ov deganda oyog'i kuygandek tipirchilab qoladigan"2 Ismatga bu juda yoqadi. Oradan vaqt o"tib, Azim taniqli rahbar bo"lib shaharda qolib ketdi, Ismat esa oddiy xizmatchi bo"lib, qishloqda qoldi. Azim rahbar bo"lib shaharda yashagani uchun biroz takabburlik va kibrga berilgan holda ish yuzasi yoki ta'til bahonasida qishloqqa

1 Holiqova D. Hozirgi o'zbek she'riyatida folklor an'analari va badiiy mahorat. .Fil. fanl.nomz. dissert.avtoref. -Toshkent, 2011 y. 3-b

2 Sh.Xolmirzayev, Olis yulduzlar ostida, Toshkent, 1971/ 14-bet

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. kelganda oilasining, Ismatning sog'indim, degan gaplariga ham unchalik parvo

qilmaydi. Lekin Ismat esa xuddi qadimgidek: epchil, chaqqon, mergan, samimiy.3

Ular bir safar toqqa sayohatga chiqishganida Azim to'satdan qor ichidan o'sib kelayotgan boychechakni ko'rib qoladi va dili zavq-u shavqqa to lib toshadi. Gul favqulodda nozik va iffatli edi, Uning haligina qor ichidan chiqib turishi shu qadar xayoliy, ajib va go'zal edi! Azimning dilida favqulodda bolaligi uyg'ondi, u favqulodda shahardan kelganini unutdi: shahar bergan yangi xislatlar ham uni birdam tark etdi... So'ng u birdan bularning hammasini esladi va yig lagisi kelib ketdi!4

Bilamizki, Xalq og'zaki ijodida ham boychechak obrazi yoshlik, jo'shqinlik timsoli sifatida bolalar folklorining "Boychechak" qo'shig'ida tilga olinadi.5 Hikoyadagi boychechak ham Azimga yoshlik davridagi xotiralarini yodiga soladi, bolalik vaqtida qanchalik samimiy do'stligini eslaydi. Shahar bergan mag'rurlik, takabburligini bir zum unutadi. Hikoyadagi Ismat esa Azimning nazarida ana shu boychechak bilan bog'liq barcha xotiralarini yodiga soluvchi, bolaligi, qishlog'i, yoqimli va ma'yus tuyg'ular bilan boglab turgan narsa bolib tuyuladi. Ayni bu o'rinda insonning o'zligini qayta anglab yetishga, takabburlik va kibrdan voz kechishga undagan narsa ham boychechak guli kabi samimiy yoshlik xotiralari va ajrala olmaydigan yaqin do'sti edi.

"Boychechak ochildi" hikoyasida ham ilm-fan rivojiga katta hissa qo'shgan adabiyotshunos olim katta shaharda yashab, ona tabiatdan uzoqlashib qolgani sababli tabiatga yaqinlashish bilan ruhiyatidagi o'zgarishlar ko'rsatiladi. Uning huzuriga kelgan do'stlaridan biri boychechak olib kelganini, ammo uni topolmayotganini aytgan vaqtida bu gul domlaning qalbida ajib tuyg'uni uyg'otadi. Ular tog' sayriga chiqishadi. Domla anchadan beri tabiatdan uzilib uning go'zalligidan bahramand bo'lmayotgandi, uning hayotiga xiralashib qolgan qandaydir ranglar, o'tmaslashgan tuyg'ulari ko'rina boshlaydi. Beixtiyor shunday shivirladi: "Dunyoga kelganimga shukur. Tirikligimga shukur. Shu go'zalliklarni ko'rib turibman!" Domla apil-tapil burilib, barmoqlari bilan uni siypay boshladi. — Boychechak! Boychechak! — deb hayqirib yuborishdi hamrohlar. Boychechakning ipdek tomiri chuqur edi. Domla ishga berilib ketdi, barmoqlari sovqotdi, tirnoqlari qizarib zirqiray boshladi — u sezmaganday edi, oxiri gulni tortib, uzib oldi. Puflab, iskadi va o'ta nozik, unutilayozgan bir hidni tuydi. «Muncha qo'pollashib ketmagan bo'lsam!» deb o'yladi u battar ta'sirlanib va yana hiddadi. Endi domla yosh go'dakning pokiza, o'tkir sezgisi bilan hidni yaxshi payqadi, yana... yoshligiga qaytdi.6

3 Sh.Xolmirzayev .Olis yulduzlar ostida, Toshkent, 1971/ 15-bet

4 Sh.Xolmirzayev .Olis yulduzlar ostida, Toshkent, 1971/ 16-bet

5O.Madayev, T.Sobitova. Sharq,Toshkent, 2010-yil, 146-bet

6 Sh.Xolmirzayev .Olis yulduzlar ostida, Toshkent, 1971

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES

(CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. Yuqoridagi har ikki hikoyada ham boychechak obrazi ularni yoshligiga,

bolaligiga qaytaradi. Inson uchun qadrdon bo'lgan davrning eng sof tuyg'ularini

tuyishga yordam beradi. Umuman olganda, Shukur Xolmirzayevning o'zi hayotni

teran anglagan , inson ruhiyatidagi o'zgarishlarni seza biladigan inson edi. Shu

sababdan ham asarlarida tabiat qonuniyatlari, tabiiylik, tabiat go'zalliklarini

tasvirlash bilan birgalikda, inson va tabiat munosabatlarini mahorat bilan

tasvirlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Gianluigi Ferrari Marco Picone Luca Veltri

2. The Internet of Things Enabling Technologies, Platforms, and Use Cases 2017 Pethuru Raj Anupama C. Raman

3. Internet of Things in Biomedical and Cyber Physical Systems 2021 Vijender Kumar Solanki Raghvendra Kumar

4. Saloydinov, S. Q. (2021). Paxta tozalash zavodlarida energiya sarfini kamaytirishning texnik-iqtisodiy mexanizmini yaratish. "Academic research in educational sciences", 2(9), 886-889. https://doi.org/10.24412/2181-1385-2021-9-886-889

5. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

6. Caлойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

7. Caлойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

8. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

9. Сaрдoржoн ^д^жт Ynm Сaлoйдинoв. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285. https://doi.org/10.24412/2181 -2454-2022-3-280-285

10. Astanaliev E. T. O. The Process Of Electronic Document Management In The System Of Railway Automation And Telemechanics //The American Journal of Interdisciplinary Innovations Research. - 2021. - Т. 3. - №. 05. - С. 76-80.

11. Astanaliev E. The formalization of the electronic document in railway automatics and telemechanics on the basis of simulation modeling //European Scholar Journal (ESJ). - Т. 2. - №. 3.

12. OGLI A. E. T. Software for Electronic Document Management System of Technical Documentation on Railway Automation and Telemechanics //JournalNX. -2021. - Т. 7. - №. 1. - С. 204-209.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

13. Astanaliev E. ELECTRONIC MODEL OF TECHNICAL DOCUMENT MANAGEMENT PROCESS //36ipHHK HayKOBHx npa^ AOrOE. - 2021.

14. Baratov D., Astanaliev E. Functional Features of the Technical Documentation Control Program //International Journal on Orange Technologies. - 2021. - T. 3. - №. 1. - C. 7-11.

15. Dadaboyev, Q. Q. (2021). Refrigerator in modern heating power stationstechnical water waste through reconstruction of the towerreduction. "International journal of philosophical studies and social sciences", 1(3), 96-101.

16. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Issiqlik elektr stansiyalarida texnik suv isrofini barataraf etish. "Academic research in educational sciences", 3(1), 434-440. https://doi.org/10.24412/2181 -2454-2022-1 -41 -47

17. Dadaboyev, Q. Q. (2022). Bug'-gaz qurilmasi gradirniyalaridagi aylanma suv isrofini kamaytirish "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 15-21

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.