Научная статья на тему 'SHUKUR BURHONOV PORTRETIGA CHIZGILAR'

SHUKUR BURHONOV PORTRETIGA CHIZGILAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
40
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
asar / obraz / tragediya / aktyor / teatr / kino / san’at

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Madina Toshmatova, Jo‘Rayeva Mamlakatxon

Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burhonovning ijodiy faoliyati yoritilgan. Shukur Burhonov har bir obrazni o‘z maromiga yetkazib o‘ynar ediki, asar qaxramonlarining hayoti bilan yashashga intilardi. Keyinchalik romantik va fojeaviy aktyor ustasi sifatida chuqur shuhrat qozonib, falsafiy mazmunga boy bo‘lgan obrazlarni yaratishga muvaffaq bo‘ldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHUKUR BURHONOV PORTRETIGA CHIZGILAR»

SHUKUR BURHONOV PORTRETIGA CHIZGILAR

Madina Toshmatova Ilmiy rahbar: Jo'rayeva Mamlakatxon O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotasiya: Ushbu maqolada O'zbekiston xalq artisti Shukur Burhonovning ijodiy faoliyati yoritilgan. Shukur Burhonov har bir obrazni o'z maromiga yetkazib o'ynar ediki, asar qaxramonlarining hayoti bilan yashashga intilardi. Keyinchalik romantik va fojeaviy aktyor ustasi sifatida chuqur shuhrat qozonib, falsafiy mazmunga boy bo'lgan obrazlarni yaratishga muvaffaq bo'ldi.

Kalit so'zlar: asar, obraz, tragediya, aktyor, teatr, kino, san'at

DRAWINGS FOR THE PORTRAIT OF SHUKUR BURHONOV

Madina Toshmatova Scientific supervisor: Jorayeva Malaktakhon Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article describes the creative activity of the People's Artist of Uzbekistan Shukur Burkhanov. Shukur Burkhanov played each character to his own rite, trying to live the life of the heroes of the play. Later, he gained deep fame as a master of romantic and tragic actors and managed to create images rich in philosophical content.

Keywords: work, image, tragedy, actor, theater, cinema, art

O'zbekiston Xalq artisti, teatr va kino aktyori bo'lgan Shukur Burhonov 1910-yilning 15 - sentabrida Toshkentning Degrez mahallasida dunyoga keldi. Otasi Burhonxo'ja bog'bonlik bilan shug'ullanar edi. Farzandlari bu ishda otasining yordamchilari bo'lib mexnat qilishardi. Shukur Burhonov bog'dagi yumishlardan tin olganda, amakisi Hamidulla Solixovni oldiga shoshilar edi. Buning sababi amakisi -san'atkor puflama sozlari orkestrida cholg'u ustasi edi. Hamidulla o'z jiyaniga yevropa madaniyati va teatr san'ati haqida to'lib toshib so'zlab berar, qahramonimiz esa amakisining so'zlarini jon quloqlari bilan sevib tinglar edi.Bora bora yosh Shukur Burhonov teatrga o'zining o'chmas mehr-muhabbatini qo'yib, unga yuragining butun qo'rini bag'ishladi va o'z san'atining tengsiz fidoiysi bo'lib yetishdi. U aktyor bo'lishga qiziqib, teatr to'garagiga qatnashib yurdi. O'n yeti yoshidan boshlab, Shukur Burhonov hozirgi O'zbek milliy akademik teatrida ishlay boshlagan. Aktyor mana shu teatrdagi faoliyati davomida H.H.Niyoziyning "Boy ila xizmatchi" asarida

G'ofur, " Xolisxon" da Odilbek obrazlarini , urush yillariga kelib "Oleko Dundich" -Oleko Dundich, "Muqanna" - Battol, "Jaloliddin Manguberdi" - Jaloliddin, urushdan keying yillarda esa " General Rahimov" - General Sobir Rahimov, "Dengizchilar uchun" - Maksimov kabi rollarda akytorning qirralari ochilib bordi. Shukur Burhonov har bir obrazni o'z maromiga yetkazib o'ynar ediki, asar qaxramonlarining hayoti bilan yashashga intilardi. Keyinchalik romantik va fojeaviy aktyor ustasi sifatida chuqur shuhrat qozonib, falsafiy mazmunga boy bo'lgan obrazlarni yaratishga muvaffaq bo'ldi. Ushbu obrazlari, Shekspirning "Hamlet" asarida - Hamlet, "Yuliy Sezar" - Yuliy Sezar, Chexovning "Vanya Tog'a" -Voynitskiy, Maqsud Shayxzodaning "Mirzo Ulug'bek" asarida - Mirzo Ulug'bek, Safoklning "Shoh Edip" tragediyasida -Shoh Edip, O'lmas Umarbekovning "Qiyomat qarz" asarida -Sulaymon ota kabilardir. Salobatli aktyor Shukur Burhonov: "Bu ishda, bizning san'atimizda Majnun bo'lish kerak. Aktyor bo'laman desangiz, sihat - salomatlikni o'ylash kerak emas. Agar berilib o'ynamasangiz, u rol bo'lmaydi"- degan. Ya'ni bu gaplari bilan ijodkor o'z kasbiga fidoiy bo'lishini, har bir obrazga o'zining yuragini berishi muhimligini nazarda tutgan. Chunki aktyor saxnaga olib chiqayotgan obraziga ishonmasa, har bir aytayotgan so'ziga yuragini qo'shib gapirmasa, tomoshabin ham bularga ishonmaydi. Shuning uchun ham teatr san'ati murakkab va mas'uliyatli kasb hisoblanadi. Aktyor: "men qanaqa holatdaman, o'sha saxnada aylanib yuraman, to voqea boshlanguncha ...Men hech kimni his qilmayman... hech narsa... hech kim bilan gaplashmayman. Va teatrdagi odamlar ham repititsiya jarayonida men bilan muomala qilmaydi.

Ya'ni har bir inson o'z kasbiga mana shunday mas'uliyat bilan yondoshar ekan, albatta ulkan natijaga erisha oladi.

Shukur Burhonov Mirzo Ulug'bek obrazi ustida ishlaganida tarixiy Ulug'bek qiyofasidagi bir biri bilan chambarchas bog'liq bo'lgan uch hislatni: Inson, davlat arbobi va olim kabi fazilatlarni haqqoniy aks ettirishga alohida e'tibor berdi va bu borada katta muvafaqqiyatga erisha oldi. Ulug'bek obrazi aktyorning ajoyib rollaridan biri bo'lib, yuksak bahoga ega bo'ldi. Shukur Burhonovning "Shox Edip" obraziga O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Rustam Hamidov: Shukur Burhonov deganimizda eng avvalambor ko'z o'ngimizga "Shoh Edip" obrazi keladi, chunki bu asar jahon dramaturgiyasini eng yuqori cho'qqilarini egallagan 2000 ming yillik tarixi bo'lsa, kamdan kam buyuk artistlar bu rolni eplab o'ynagan, hammani ham qo'lidan kelmagan. Bu obraz bilan u jaxon teatrining yirik namoyondalari qatoridan o'rin oldi" degan. Aktyor lirik xarakterli va saterik roller ijrosida ham barovar mahorat ko'rsatgan. Bu o'rinda u yaratgan N.V.Gogolning "Revizor" komediyasidagi "Shahar hokimi" obrazini ham o'ynagan. Shukur Burhonov teatr bilan bir davrda kinoda ham o'z ijodiy faoliyatini olib borgan. U birinchi bor 1940 -yilda sur'atga olingan "Asal" badiiy filmida Rustam obrazini ijro etdi. "Tohir va

Zuhra" badiiy filmidagi Qora Botir roli uni iqtidorli san'atkor sifatida xalqqa tanitdi. Kino tanqidchisi Silmshteyn Shukur Burhonov haqida shunday degan edi: "Aktyorning tajribasi, o'z so'zini aytmat qolmadi. Sahnada u go'yoki ko'zlari tomoshabingga yirik planda yaqinlashtirilgandek o'ynaydi. Ularda qalbning qarama -qarshiliklariga to'la dunyosi jo bo'lgan" 1946 - yilda "Uyqusiz yo'l" filmida -Rustam, 1954- yilda "Boy ila xizmatchi" - G'ofur , 1955- yil "Amirlikning qulashi" -Ibrohim kabi rollarni ijro etgan. 1956-yili kinorejissor Aleksandr Putushko o'zining " Ilya Muromets" ertak filmidagi - Kalin shox obraziga Shukur Burhonovni taklif etadi. Aktyor bu obrazi bilan qo'shni davlatlar o'rtasida ham katta shuxrat qozonadi. Kinorejissyor Latif Fayziyev "Mirzo Ulug'bek" asarini kinoga ko'chiradi. Shukur Burhonov "Ulug'bek yulduzi" filmida Ulug'bek obrazini spektaklda o'ynagani kabi yuksak mahorat bilan o'ynagan. U Ulug'bek obrazi uchun Hamza nomidagi O'zbek davlat mukofoti sovrindori bo'lgan. 1965- yil rejissor Komil Yormatov "Osiyo ustida bo'ron" filmini sur'atga oladi, undagi bosh qahramon Yusuf Yalangtosh obrazi ushbu aktyorga nasib etdi.

Aktyor "Sinchalak"da - Qalandarov, "Vijdon amri bilan" - Professor Mahmudov, "Inqilob chavandozlari"da - Aznauz, "Vatan farzandlari" filmlarida haykaltarosh singari murakkab rollarni ham ijro etdi. Shukur Burhonovga 1940-yillarda "O'zbekiston xalq artisti" faxriy unvoni ham berilgan. Suyukli san'atkor 1987 -yil 14 - avgustda og'ir xastaligi sabab Toshkentda vafot etdi. "Yuraging siqilib borib shahardan, Sekin gapga solsang mo'min dehqonni. Qodiriyni eslar yozuvchilardan Artistlardan esa Shukur Burhonni! " Shoir Muhammad Yusuf.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Teatr - undagi ijtimoiy hayot, uning rivojlanib yuksalishi uchun ustozona san'atkorlarimiz singari o'z kasbimizga butun borlig'imizni berib, har bir ishga mukammal tarzda yondashib ustimizda ishlasak, san'atning kamol topib insonlarni turmush tarziga kirib borishiga erishamiz. Teatr san'atini yuksalishiga hissa qo'shgan bo'lar edik. Maqolamning so'ngida Shukur Burhonovning so'zlari bilan yakunlamoqchiman: "Men o'qimagan odamman, shunday bo'lganmanki, mana shu teatrda tarbiyalanganman". Yana men hayotda uch narsaga amal qildim: Birinchisi: O'z kasbiga sadoqat va muhabbat, ikkinchisi: Temir intizom, uchinchisi : Xalqga yaqinlik, xalqni yaxshi o'rganish, shular bo'lmasa, u akytor bo'lishi qiyin!

Shukur Burhonovning ushbu so'zlari albatta biz yoshlarning o'z ustimizda ko'proq ishlab, kasbimizga mukammal tarzda yondashishimizga sabab bo'ladi. Shunday buyuk ustozlarimizning yurtimizda bo'lganligi bizlar uchun ulkan baxt va saodatdir, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Arastu. Poetika. Ahloqi kabr.— T.: Yangi asr avlodi, 2004.

2. Abdusamatov H. Drama nazariyasi.— T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2000.

3. Tursunov T. Sahna va zamon. — T.: Yangi asr avlodi, 2007.

4. Usmon Azim " Bir qadam yo'l" dramasi - Fan va adabiyot . 2002.

5. Ikromov H. Davr va teatr — T.: "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat taxiliy nashriyoti, 2009.

6. Tursunov T. O'zbek teatr tarixi . — T.: Yangi asr avlodi, 2007

7. Bayandiev T. San'at masalalari - teatrshunos nigohida - T.: Fan va texnologiyalar markazining bosmaxonasi, 2009.

8. Tursunboev S. O'zbek teatri sarhadlarida - T.: Fan va texnologiyalar markazining bosmaxonasi, 2012.

9. Yuldashev Karim, Jo'raeva Mamlakat Alijanovna - PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT 02.04.2022 - Features of Dramaturgy

10. Yuldashev Karim, Jo'raeva Mamlakat Alijanovna - Oriental Art and Culture O'zbekiston. Volume 2 Issue 4. 12.2021 - Nurli umr

11. Yuldashev Karim, Jo'raeva Mamlakat Alijanovna - PINDUS Journal of Culture, Literature, and ELT 18.06.2022. Volume 2 No 6 ISSN 2792-1883 - Gulom Zafari Dramaturdiy( 1889-1938)

12. Maqsud Shayxzoda " Mirzo Ulug'bek " 5 pardali tarixiy fojea . G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti .Toshkent 1972

13. Usmon Azim . Saylanma She'rlar. " Sharq " nashriyot -matbaa kontserinining bosh taxririyati .Toshkent 1995

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.