Научная статья на тему 'Sholi navlarining fizik-mexanik xossalari'

Sholi navlarining fizik-mexanik xossalari Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
101
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Lazer” / “Devzira” / “Alanga” / “09” / chiziqli o‘lchamlar / uzunlik / kenglik / qalinlik / taqsimot qonuni / рис / «Лазер» / «Девзира» / «Аланга» / «09» / линейные размеры / длина / ширина / толщина / закон распределения

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Ergashev Sharibboyto‘lanovich, Otaxanov Bahrom Sadriddinovich, Abdumannopov Nasimjon Abdulxakimovich, Abduqaxarov Asadulloxon Abdumalik O‘gli

Maqolada sholining turli navlari donlarining chiziqli o‘lchamlarini keying tadqiqotlarda foydalanish uchun o‘rganib chiqilgan, o‘rganish metodikasi bayon qilingan va olingan natijalarning tahlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Физико-механические свойства сортов риса

В статье рассмотрены линейные размеры зерен разных сортов риса для использования в последующих исследованиях, описана методика исследования и проанализированы полученные результаты.

Текст научной работы на тему «Sholi navlarining fizik-mexanik xossalari»

UDK 631.365.036.3

SHOLI NAVLARINING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI

Ergashev SharibboyTo'lanovich NamMQI rektori. t.f.n., dots

Otaxanov Bahrom Sadriddinovich NamMQI.t.f.n.,dots

Abdumannopov Nasimjon Abdulxakimovich NamMQI stajyor-o'qituvchi

Abduqaxarov Asadulloxon Abdumalik o'g'li

NamMQI Talaba

Annotatsiya. Maqolada sholining turli navlari donlarining chiziqli o'lchamlarini keying tadqiqotlarda foydalanish uchun o'rganib chiqilgan, o'rganish metodikasi bayon qilingan va olingan natijalarning tahlili keltirilgan.

Annotation. The article examines the linear sizes of grains of different varieties of rice for use in subsequent studies, describes the study methodology and analyzes the results obtained.

Аннотация. В статье рассмотрены линейные размеры зерен разных сортов риса для использования в последующих исследованиях, описана методика исследования и проанализированы полученные результаты.

Kalit so'zlar. "Lazer", "Devzira", "Alanga", "09", chiziqli o'lchamlar, uzunlik, kenglik, qalinlik, taqsimot qonuni

Key words. "Laser", "Devzira", "Alanga", "09", linear dimensions, length, width, thickness, distribution law

Ключевые слова. рис, «Лазер», «Девзира», «Аланга», «09», линейные размеры, длина, ширина, толщина, закон распределения

Respublikamiz hududida yetishtiriladigan sholi navlari juda ko'p. Sholining "UzROS-7-13", "Lazerniy", "Avangard", "Tolmas", "Gulzar", "Nukus-2", "Jayxun", "Alanga", "Arpa sholi", "Istiqlol", "Istiqbol", "Sanam" navlari davlat reestriga kiritilgan, Yaponiyaning Tokio qishloq xo'jaligi va texnologiyalar universiteti olimlari tomonidan sholinining sho'rga chidamli IRRI 154, IRRI 147 va IR 29 navlari olib kelinib, vegetatsiya maydonlarida ekilib sinovdan o'tkazilmoqda. Bugungi kunda O'zbekistonda "Iskandar", "Lazurniy", "Mustaqillik", "Tarona" kabi sholi navlari yaratilib va bu yangi navlarini joriy etish va uni yangi texnologiyalar asosida yetishtirishga alohida e'tibor berilmoqda. Bulardan tashqari Namangan viloyatida sholi yetishtirishda qadimdan ma'lum bo'lgan va ommaviy "07","09" navlari ham ekilmoqda.

Iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda, chet ellardagi kabi mamlakatimizda sholini quritishda radiatsion usul keng qo'llanilmoqda. Bu usulda quritish uchun sholi katta asfaltlangan maydonlariga yoyib chiqiladi va quyoshli kunlarda quritiladi.

Takroriy ekin sifatida ekilgan sholi hosilini yig'ib olish vaqti kuzning oktyabr, noyabr oylariga to'g'ri keladi. Bu oylar mobaynida haroratning pasayishi, yog'ingarchilikning ko'p bo'lishi kuzatiladi. Natijada quritilayotgan sholining sifati buzilib, uni qayta ishlashdan olinadigan guruch miqdori pasaymoqda. Ayrim hollarda yil mobaynida yetishtirilgan sholi hosilining nobud bo'lishi kuzatilmoqda.

Kuzning quyoshli kunlarida quritish muammo tug'dirmaydi, lekin bulutli yoki yog'ingarchilik bo'lgan kunlarda katta hajmdagi (bir necha tonna) quritish uchun yoyilgan don mahsulotlarini bir joyga yig'ish va yog'in-sochindan muhofaza qilish katta muammo tug'dirmoqda. Bundan tashqari, sholining radiatsion usulda sifatsiz quritilishi natijasida, unga mexanik ishlov berilib olinadigan guruch miqdorini kamayishiga olib kelmoqda. Shuning uchun fermer xo'jaliklari va xususiy dehqonchilikda sholini quritadigan texnika vositalariga kuchli zarurat sezilmoqda. Sholini quritish jarayoni ma'lum tartibda o'zaro bog'langan, bir necha bosqichdan iborat issiqlik jarayonlarni o'z ichiga oladi. Quritish jarayonining birinchi bosqichi quritish agenti bilan issiqlikni don yuzasiga yetkazib berish namlikni bug'lantirib chiqarishdan iboratdir. So'ngra, donning ichkarisidan namlik yuzaga chiqadi va bu ham bug'lantiriladi. Quritish jarayonining oxirgi bosqichida quritish agenti yordamida namlik yo'qotiladi va bug'lantirilgan namlik atmosferaga chiqariladi [1].

Sholi navlarining xilma xilligi va ularning donlarini fizik-mexanik xususiyatlarining turlichaligi yetishtirilgan hosilni quritish uskunalarini yaratishda murakkabliklar keltirib chiqarmoqda.

1-rasm. Sholi donini DR.iRON shtangenserkuli bilan o'lchash jarayoni

Hozirgi kunda don quritish uchun mo'ljallangan qurilmalar sholi donini quritishga mo'ljallanmagan va ularning aksariyati chet ellardan keltiriladi, yangi yaratilgan uskunalar ommalashmagan, import o'rnini bosuvchi texnologik mashinalarni ishlab chiqish uchun sholi donlarining fizik- mexanik va aerodinamik xususiyatlar bo'yicha ishonchli ma'lumotlar talab qilinadi.

O'lchash ishlari GOST ISO 11746-2014 "RIS. Opredelenie biometricheskix xarakteristik zeren" (ISO 11746:2011, IDT) bo'yicha bajarildi.

Shu maqsadda quyidagi "Lazerniy", "Devzira", "Alanga", "09" sholi navlarining fizik-mexanik xossalaridan: chiziqli o'lchamlari, shakli, urug' massasi, ularning hajmli massasi, mingta urug' massasi va ishqalanish burchagi. Tadqiqot obyekti sifatida 2021-yilda yetirshtirilgan hosilning har bir navidan 100 dona namuna olindi (namlik 14.2%). Chiziqli

o'lchamlarda namunalarning uzunligi, kengligi va qalinligini o'lchadik, 0,01 mm aniqlikda DR.iRON markali elektron shtangenserkul yordamida o'lchandi [2].

Standart bo'yicha har bir biometrik xarakteristika uchun (uzunlik, kenglik va qalinlik) quyidagi formula bilan kamida ikkita parallel o'lchovlar natijasining o'rtacha arifmetik qiymati hisoblanadi solishtiriladi

P = ^^ .1QQ.

X1 + X 2

Olingan natija 2 ga teng yoki kichik bo'lishi lozim, agar katta bo'lsa tasodifiy namuna olish qoidasi buzilgan bo'ladi va qaytadan namuna olinadi.

Tajriba natijalari qiymatlaridagi absolyut chetlashish 5% dan oshmasligi kerak: uzunlik bo'yicha Ri =0,337 mm, kenglik bo'yicha Rb = 0,163 mm, Rs = 0,092 mm.

2,3,4-rasmlarda turli navdagi sholi donlari o'lchamlarini taqsimoti ko'rsatilgan.

2-rasm. Sholi donining uzunligi bo'yicha taqsimlanishi 1-09 navli sholi, 2-Alanga, 3-Devzira, 4-Lazer

104

%

54

29

i А 2 / 4 /ч /

п\ Д з А

\\ \

\ \

1,8

2,6

3,4

mm

3-rasm. Sholi donining kengligi bo'yicha taqsimlanishi

1-Lazer, 2- Alanga, 3- Devzira, 4-09 navli sholi

109

%

59

34

i / 3 4

1,5

2,5

iniii

3,5

4-rasm. Sholi donining kengligi bo'yicha taqsimlanishi 1-Lazer, 2-Devzira, 3-Alanga, 4-09 navli sholi

Taqsimotda sholi donining o'lchamlarini minimal va maxsimal qiymatlari orasida taqsimlanishi Gaussning normal taqsimot qonuniga bo'ysinishi aniqlandi [3]. Lazer sholi donining uzunligi "09" sholi donining uzunligidan 33 foizga, "Alanga" navli sholidan esa 29 foiga, "devzira" navli sholi uzunligidan 6.7 foizga, uzunroq ekanligi ko'rinib turibdi. Lazer sholi

donining kengligi "09" sholi donidan 30 foizga, "Devzira" navli sholidan 2,2 foizga, "Alanga" navli sholi 21 foizga uzunroq bo'lib chiqdi. Lazer sholi donining qalinligi esa "09" sholi donining qalinligidan 21 foizga, "Devzira" sholi donidan 16 foizga, "Alanga" sholi navidan 21 foizga kaltaroqligi bilan farqlandi.

Olingan natijalar sohta qaynash jarayonida donlarning uchish xarakteristikalarini hisoblash ishlarida foydalanish ko'zda tutilgan.

ADABIYOTLAR

1. Эргашев Ш.Т., Отаханов Б.С., Абдуманнопов Н.А. Малогабаритная зерносушилка для фермерских хозяйств // Universum: технические науки : электрон. научн. журн. 2021. 6(87). URL :https://7universum.com/ru/tech/archive/item/11926

2. Электронный штангенциркуль Electronic Digital Caliper - инструкция по эксплуатации

3. И. Н. Бронштейн, К. А. Семендяев Справочник по математике для инженеров и учащихся втузов. -М:"НАУКА", 13-е издание, 1986 г. c. 446.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.