UDK 631.365.036.3
SHOLI DONINI AERODINAMIK HUSUSIYATLARI
Ergashev Sharibboy To'lanovich Namangan muhandislik-qurilish instituti Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi professori
Otaxanov Baxrom Sadirdinovich Namangan muhandislik-qurilish instituti Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi dotsenti, obaxroml 001 @yandex. ru
Qidirov Adxam Rustamovich Namangan muhandislik qurilish instituti Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi katta o'qituvchisi, [email protected]
Abdumannopov Nasimjon Abdulxakimovich Namangan muhandislik-qurilish instituti Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi tayanch-doktoranti, [email protected]
Sodiqov Muhammadjon Akramjon o'g'li Namangan muhandislik-qurilish instituti Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi tayanch-doktoranti,
muhammodj [email protected]
Annotatsiya: Maqolada sholi donlarini havo bosimi muhitida quritishda donlarning aerodinamik holati o'rganilgan va 4 xil sholi donlarini muallaq uchish koeffitsentlari aniqlangan.
Аннотация: В статье изучено аэродинамическое состояние рисового зерна при сушке воздухом под давлением и определены коэффициенты взвешенного полета 4-х различных видов рисовых зерен.
Abstract: In the article, the aerodynamic condition of rice grains during air pressure drying was studied and the coefficients of suspended flight of 4 different types of rice grains were determined.
Kalit so'zlar: Tezlik, tortishish kuch, havo qarshiligi, vertical,aerodinamik, suspenziya.
Ключевые слова: Скорость, сила тяжести, сопротивление воздуха, вертикаль, аэродинамика, подвеска.
Key words: Speed, gravity, air resistance, vertical, aerodynamic, suspension.
Sholi mahsulotlarini havo oqimi yordamida quritishda uning aerodinamik xususiyatlari katta ahamiyatga ega. Quritish jarayonini to'g'ri boshqarish va samarali amalga oshirish uchun sholi donlarining aerodinamik xususiyatlarini aniqlash zarur.
Aerodinamik xususiyatlar, asosan, quyidagi omillar bilan belgilanadi:
1. Donning shakli va o'lchami: Donlarni geometrik shakli va hajmi donning havo oqimida qanday harakatlanishini belgilaydi. Uzun, yassi yoki dumaloq shakldagi donlar har xil aerodinamik xususiyatlarga ega bo'ladi.
2. Donning zichligi va og'irligi: Donning zichligi va og'irligi havo oqimida donni harakatlanishi va tezligiga ta'sir qiladi. Yengilroq donlar kuchliroq havo oqimida ham osongina harakatlanadi.
3. Don yuzaning silliqligi va strukturasi: Don yuzasining silliqligi yoki g'adir-budirligi havo bilan bog'lanishiga ta'sir qiladi. G'adir-budir yuzalar ko'proq havo qarshiligiga duch keladi.
4. Donning namlik miqdori: Namlikning yuqori bo'lishi donning og'irligini oshiradi va havo oqimida harakatini qiyinlashtiradi.
Sholi donlarini aerodinamik usulda qurutish jarayonida havo oqimi parametrlari (tezlik, harorat va namlik) va quritish kamerasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Havo oqimining tezligi shunday bo'lishi kerakki, donlarni havo oqimida osongina ko'tarib, ular orasidagi namlikni samarali chiqarib yuborish imkonini bersin. Harorat esa donlarning sifatini buzmasdan ularni samarali quritishga yordam berishi kerak.
Bu jarayonni samarali boshqarish uchun aerodinamik xususiyatlarni aniq o'lchash va ularga mos ravishda quritish sharoitlarini optimallashtirish zarur bo'ladi.
Ushbu masalani o'rganish uchun vertikal havo oqimiga joylashtirilgan sholi donlarini harakatlanishini ko'rib, donga tortishish kuchi G, havo oqimining ko'taruvchi kuchi Fh va donning havo oqimidagi tezlik Vv yo'nalishiga to'g'ri keladi. Fh kuchini Nyuton formulasi bilan aniqlash mumkin. Buning uchun bir dona sholi og'irligini o'lchanadi (1-rasm) va Nyuton formulasi orqali hisoblab topiladi.
1-rasm. Sholi donasini o'girligini o'lchash jarayoni
Fn = K-r-s(vd-VhJ H
(1)
bunda r - havoning solishtirma og'irligi, kg/m3;
K - havo qarshilik koeffitsienti, donning shakli va uning sirtining xususiyatlariga bog'liq; S - donning o'rta qismi kesim yuzasi, ya'ni Vrf — Vh, m2 nisbiy tezlikka perpendikulyar
bo'lgan tekislikka proyeksiya qilish maydoni; Vh - havo oqimining tezligi, m/s;
Vj - don tezligi, m/s;
Agar G ^ Fp bo'lsa, u holda urug' pastga harakatlanadi, agar G < Fp bo'lsa, unda urug' yuqoriga ko'tariladi; agar G = Fp bo'lsa, unda don muallaq holatda oqimda bo'ladi, ya'ni V = 0
Donning suspenziyada bo'lgan havo oqimi tezligi (v^=0) ko'tarilish tezligi yoki kritik tezlik deb ataladi.
V 2 Kp = Vh ■ (1) tenglamadan:
Fn = G = k-r-V 2-KP =>-V KP =
(1) tenglamaning ikkala qismini m ga bo'lamiz. Keyin:
G
k-r-S
m / s
(2)
Kn
m
- ^ {Vd ~Vh)
(3)
2-rasm. Sholi donasini geometrik o'lchamlarini o'lchash jarayoni
Donlarni o'lchamlari turli xil ekanligin hisobga olsak (2-rasm), S o'rta qismining ko'ndalan kesimi noaniqdir, shuning uchun K koeffitsientini aniqlash usullarining murakkabligi kelib chiqadi, bunda bitta umumiy koeffitsient - Kn muallaq uchish koeffitsientidan foydalanish qulayroqdir:
Kn -
k-y- S m
(4)
S -donning o'rta qismi yuzasini topishda, sholining turli navlari mavjudligini hisobga olib, har bir nav uchun ushbu koeffitsent turli qiymatlarga ega bo'ladi (1-jadval).
1-jadvalda to'rtta sholi navi uchun muallaq uchish koeffitsentlari hisoblab chiqilgan. Jadvalda sholi navlarining geometrik o'lchamlari (uzunligi, eni, qalinligi), tananing o'rta qismi kesimi (S) va muallaq uchish koeffitsentlari (Kn) gorizontal va vertikal holatlarda keltirilgan.
1-jadval
Sholi navlari uchun muallaq uchish koeffitsenti
Sholi navlari Geometrik o'lchamlari, mm Donning o'rta qismi ko'ndalang yuzasi, S, m2 Muallaq uchish koeffitsienti, Kn
Uzunligi 'S W Qalinligi Shamol yo'nalishiga gorizontal holatda Shamol yo'nalishiga vertikal holatda Shamol yo'nalishiga gorizontal holatda Shamol yo'nalishiga vertikal holatda
"09" 5-8 3-5 1.8-3.2 10.05*10-5 2.76*10-5 1.65 0.562
"Devzira" 6.5-11.2 2.0-4.5 1.4-3.0 9.18*10-5 2.63*10-5 1.83 0.52
"Alanga" 5.5-8.5 1.8-4.0 1.2-3.2 6.73*10-5 2.59*10-5 1.35 0.5198
"Lazer" 8-12 2.5-3.5 1.5-2.5 10.05*10-5 10.05*10-5 1.84 0.42
Qurilish va Ta 'lim ilmiy Jurnali 3-Jild, 4-son https://jurnal.qurilishtalim.uz
144
SHOLI navlarining uzunligi, eni va qalinligi ularning havo oqimidagi harakatiga sezilarli darajada ta'sir qiladi. Masalan, "Lazer" navli sholining uzunligi (8-12 mm) eng katta bo'lib, bu uning muallaq uchish koeffitsentiga ta'sir qiladi.
Sholi donlarining S qiymati gorizontal va vertikal holatlarda har xil bo'lib, bu holatlar uchun muallaq uchish koeffitsenti farq qiladi. Vertikal holatda donalar uchun S qiymati kichikroq, bu esa Kn qiymatini pasaytiradi.
"09" navli sholi uchun Kn qiymati gorizontal holatda 1.65 bo'lsa, vertikal holatda 0.562 ga tushadi. Bu shuni anglatadiki, ushbu sholi navining gorizontal holatda uchishi osonroq, lekin vertikal holatda havo qarshiligiga ko'proq duch keladi.
"Devzira" navli sholi uchun Kn qiymati ham shunga o'xshash, lekin uning gorizontal holatda uchish koeffitsenti biroz yuqori (1.83) bo'lib, bu uning havoda barqaror uchishini ta'minlaydi.
"Alanga" va "Lazer" navli sholilarning Kn qiymatlari nisbatan pastroq, bu ularning vertikal holatda ko'proq barqaror uchishini ko'rsatadi.
Xulosa: Sholi donlarining uchish xususiyatlari ularning geometrik o'lchamlari, shakli va havo oqimiga nisbatan joylashuv holatiga bog'liq. Har bir sholi navi uchun muallaq uchish koeffitsenti ularning quritish jarayonida qanday harakatlanishini belgilab beradi. Eng samarali quritish jarayoni uchun havo oqimining tezligi va yo'nalishini donlarning xususiyatlariga mos ravishda tanlash muhimdir.
ADABIYOTLAR
1. В.В. Деревенко, А.С Коробченко, И.Н. Аленкина. Кубанский государственный технологический университет 350072, г.Краснодар, ул. Московская, электронная почта: [email protected].
2. To'lanovich E. S., Sadirdinovich O. B., Abdulkhakimovich A. N. RICE DRYING METHODS AND ANALYSIS //Scientific Impulse. - 2023. - Т. 1. - №. 10. - С. 768-771.
3. Tolanovich E. S. et al. New Technology for Drying Grain and Bulk Materials //Academic Journal of Digital Economics and Stability. - 2021. - Т. 9. - С. 85-90.
4. Эргашев Ш. Т., Отаханов Б. С., Абдуманнопов Н. А. МАЛОГАБАРИТНАЯ ЗЕРНОСУШИЛКА ДЛЯ ФЕРМЕРСКИХ ХОЗЯЙСТВ //Universum: технические науки. -2021. - №. 6-1 (87). - С. 55-58.
5. Абдуманнопов Н. А. и др. Модернизация кольцевой печи для обжига строительного кирпича //Научное знание современности. - 2018. - №. 12. - С. 25-29.
6. Отаханов Бахром Садирдинович, Абдуманнопов Насимжон Абдулхакимович, Жураев Жамшидбек Абдужаббор Угли, Гиёсов Кахрамонжон Акрамжон Угли Работа! на дробления почвенных глыб и комков // Интерактивная наука. 2019. №2 (36). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/rabota-na-drobleniya-pochvennyh-glyb-i-komkov (дата обращения: 16.05.2022).
7. Отаханов Бахром Садирдинович, Абдуманнопов Насимжон Абдулхакимович, Ёкубжонов Неъматжон Нуриддин Угли, Гиёсов Кахрамонжон Акрамжон Угли Оптимизация параметров ведомого ротора бесприводного ротационного рыхлителя // Интерактивная наука. 2019. №11 (45). URL: https://cyberieninka.m/artide/n/optimizatsiya-parametrov-vedomogo-rotora-besprivodnogo-rotatsionnogo-ryhlitelya (дата обращения: 16.05.2022).
8. Отаханов Б. С. и др. Engineering sciences //Интерактивная наука. - С. 49.
9. Отаханов Б. С. и др. Оптимизация параметров ведомого ротора бесприводного ротационного рыхлителя //Интерактивная наука. - 2019. - №. 11 (45). - С. 49-51.
Qurilish va Ta 'lim ilmiy jurnali 3-jild, 4-son https://iurnal.qurilishtalim.uz
145
10. Tolanovich E. S. et al. New Technology for Drying Grain and Bulk Materials //Academic Journal of Digital Economics and Stability. - 2021. - Т. 9. - С. 85-90.
11. Sadirdinovich O. B., Abdulkhakimovich A. N., Akramjon o'g'li S. M. Mathematical analysis of heat and mass exchange during drying //So 'ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi. - 2023. -Т. 6. - №. 11. - С. 286-294.
12. Sadirdinovich O. B., Akramjon o'g'li S. M., Abdulkhakimovich A. N. Analysis of methods used to determine the need for spare parts of industrial enterprises //Scientific Impulse. - 2023. -Т. 1. - №. 10. - С. 1789-1794.
13. Tolanovich E. S., Sadirdinovich O. B., Abdulkhakimovich A. N. Rice drying methods and analysis //Scientific Impulse. - 2023. - Т. 1. - №. 10. - С. 768-771.
14. Sharibboyto'Lanovich E. et al. Sholi navlarining fizik-mexanik xossalari //Механика и технология. - 2022. - Т. 3. - №. 8. - С. 86-90.
15. Abdumannopov N. A., Marifjonov S. S., Yusufjonov M. I. Quritish jarayonida issiqlik va massa almashinishning differentsial tenglamasi tahlili: quritish jarayonida issiqlik va massa almashinishning differentsial tenglamasi tahlili //"Qurilish va ta'lim" ilmiy jurnali. - 2023. - Т. 1.
- №. 2. - С. 494-498.
16. Abdumannopov N. A., Umarov A. B., Abdufattoxov I. A. Quritish usuli va qurilmalari tahlili: quritish usuli va qurilmalari tahlili //"Qurilish va ta'lim" ilmiy jurnali. - 2023. - Т. 1. - №. 2. - С. 144-149.
17. Ergashev S. T. et al. Massa issiqlik o 'tkazishning o 'xshashlik mezonlari tahlili: Massa issiqlik o 'tkazishning o 'xshashlik mezonlari tahlili //"Qurilish va ta'lim" ilmiy jurnali. - 2023. -Т. 1. - №. 2. - С. 221-225.
Abdumannopov N. A., Marifjonov S. S., Yusufjonov M. I. Quritish jarayonida issiqlik va massa almashinishning differentsial tenglamasi tahlili: quritish jarayonida issiqlik va massa almashinishning differentsial tenglamasi tahlili //"Qurilish va ta'lim" ilmiy jurnali. - 2023. - Т. 1.
- №. 2. - С. 494-498.