Научная статья на тему 'SHIRIN KARTOSHKA (Ipomoea batatas) O‘SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA KOʻCHAT CHIQIMI'

SHIRIN KARTOSHKA (Ipomoea batatas) O‘SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA KOʻCHAT CHIQIMI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

192
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shirin kartoshka / noan’anaviy ekin / koʻchat chiqimi / koʻpaytirish usullari / xalq xoʻjaligidagi ahamiyati. / Sweet potato / non-traditional crop / seedling yield / breeding methods / importance in the national economy

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Iroda Asliddin Qizi Ahmedova

Ushbu maqolada muhim oziq-ovqat ekinlaridan biri batat (Ipomoea batatas) haqida va uning xalq xoʻjaligidagi ahamiyati, oziq-ovqat hamda sanoatda foydalanishi, koʻchat yetishtirish tartibi boʻyicha olib borilgan tajriba natijalari bayon etilgan. Tadqiqot jarayonida batatning 4 ta (Xazina, Toyloqi, Sochakinur hamda Filial) navlari oʻzaro koʻchat chiqimi boʻyicha baholanib, eng yaxshi natija Sochakinur (20,2 dona) hamda Filial (21,3 dona) navlarida qayd etildi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes one of the important food crops sweet potato (Ipomoea batatas) and its importance in the national economy, use in food and industry, as well as the results of experiments carried out on the method of planting seedlings. In the course of research on the yield of seedlings, 4 varieties of sweet potato were evaluated (Khazina, Toyloki, Sochakinur and Filial), and the best result was noted in the varieties Sochakinur (20,2 pcs.) and Filial (21,3 pcs.)

Текст научной работы на тему «SHIRIN KARTOSHKA (Ipomoea batatas) O‘SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA KOʻCHAT CHIQIMI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

SHIRIN KARTOSHKA (Ipomoea batatas) O'SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA KO'CHAT CHIQIMI

Iroda Asliddin qizi Ahmedova

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali talabasi

Ushbu maqolada muhim oziq-ovqat ekinlaridan biri batat (Ipomoea batatas) haqida va uning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, oziq-ovqat hamda sanoatda foydalanishi, ko'chat yetishtirish tartibi bo'yicha olib borilgan tajriba natijalari bayon etilgan.

Tadqiqot jarayonida batatning 4 ta (Xazina, Toyloqi, Sochakinur hamda Filial) navlari o'zaro ko'chat chiqimi bo'yicha baholanib, eng yaxshi natija Sochakinur (20,2 dona) hamda Filial (21,3 dona) navlarida qayd etildi.

Kalit so'zlar: Shirin kartoshka, noan'anaviy ekin, ko'chat chiqimi, ko'paytirish usullari, xalq xo'jaligidagi ahamiyati.

This article describes one of the important food crops sweet potato (Ipomoea batatas) and its importance in the national economy, use in food and industry, as well as the results of experiments carried out on the method of planting seedlings.

In the course of research on the yield of seedlings, 4 varieties of sweet potato were evaluated (Khazina, Toyloki, Sochakinur and Filial), and the best result was noted in the varieties Sochakinur (20,2 pcs.) and Filial (21,3 pcs.).

Keywords: Sweet potato, non-traditional crop, seedling yield, breeding methods, importance in the national economy.

Kirish. Shirin kartoshka (batat) dunyoning tropik va subtropik mamlakatlarida (Xitoy, Malavi, Tanzaniya, Nigeriya, Indoneziya, Hindiston, Yaponiya, Koreya, AQSh, Meksika, Kongo, Uganda kabilarda) asosiy oziq-ovqat ekini sifatida

8,7 mln. gektar maydonda ekilib, 113 mln. tonna yalpi hosil yetishtiriladi. Shuning 64 foizi Xitoy hissasiga to'g'ri keladi1. U asosan kraxmal va shakarga boy tuganak mevasi uchun yetishtiriladi. Tuganak mevasida 90 foizgacha uglevodlar

mavjud. Oziq-ovqatda tuganak mevasi pishirib, qovurib, qaynatib

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

http://www.fao. org/statistics/en/

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

iste'mol qilinsa, sanoatda kraxmal olish uchun ishlatiladi. 1 kg xo'l tuganakmevasida 1200-1250, qaynatilgan yoki konservalanganda esa 1750-2000 kilokaloriya saqlaydi.

Batat yetishtiruvchi yetakchi mamlakatlarda bu ekinni o'stirishda o'simlik o'sish va rivojlanishiga qulay sharoit yaratadigan samarali tadbirlarni belgilash, barqaror, yuqori, sifatli hosil shakllanishiga imkon beradigan muayyan tuproq va iqlim sharoitiga moslanuvchan navlarini tanlash, yaratish, resurs tejamkor zamonaviy texnologiyalarini yaratish va joriy etish borasida tadqiqotlar olib borilgan. Mamlakatimizda shirin kartoshkaning turli hudud tuproq va iqlim sharoitlari uchun mos yangi navlarini tanlash va yaratish, ularni yetishtirish agrotexnologiyalari ishlab chiqilmoqda va takomillashtirilmoqda.

Tuganakmevali ekinlar va ekinlaridan biri batat (shirin kartoshka) hisoblanadi. Bu ekin sharqiy Osiyoda, jumladan Xitoy, Hindistonda, Yevropa davlatlari va Amerika qit'asida keng tarqalgan. Bu mamlakatlarda ushbu ekin, oziq-ovqat va texnika ekini sifatida keng ishlatiladi.

Batat tuganaklaridan sanoatda kraxmal, spirtli ichimliklar va shakar ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Batat yetishtiruvchi davlatlar xalqi uchun u sevib iste'mol qilinadigan oziq-ovqat hisoblanadi. Ugandaliklar ertalab quritilgan batat barglarini choy bilan iste'mol qilishadi. Yaponiya, Xitoy va Koreya davlatlarida batatdan murabbo, chipslar, batat unidan turli pishiriqlar va shirinliklar tayyorlash keng yo'lga qo'yilgan. O'simlik pishib yetilgandan so'ng poyasi va barglari chorva mollarini oziqlantirishda foydalaniladi.

Batat oziq-ovqatda, uni esa non yopishda, konditer sanoatida, pivo tayyorlashda, spirt va qand ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Batat tuganagi tarkibida 69,1% suv, 1,7% azotli moddalar, 1,7% kletchatka, 26,4% azotsiz moddalar, 1,18% kul moddasi bor. Batat tarkibidagi azotsiz ekstraktiv moddalarning asosiy qismini kraxmal tashkil etib, uning miqdori 14,3-25,6%, qand esa monosaxarid va disaxarid (saxaroza) ko'rinishida bo'lib, u 1,4-6,1% ni tashkil etadi.

Batat chorvamollariga yangiligicha, siloslangan va pishirilgan holda beriladi. Palagining tarkibida 2,1% oqsil, 9,5% azotsiz moddalar, 0,8% moy, pichanida esa 12,5% oqsil, 55,8% azotsiz moddalar va 4,9% moy bo'ladi.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Tajribalar Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, O'simlikshunoslik va meva-sabzavotchilik kafedrasi huzurida tashkil etilgan laboratoriya hamda issiqxonada amalga

oshirildi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Tajribada shirin kartoshka (batat)ning quyidagi nav namunalari: Xazina, Sochakinur, Filial, Toyloqi nav namunalari sinaldi.

Batat asosan vegitativ hamda generativ usullarda ko'paytiriladi. Generativ usulda ko'paytirish asosan seleksiya jarayonlarida foydalanish maqsadida generativ urug'lari orqali amalga oshiriladi. Vegitativ usulda ko'paytirish asosan tugunaklari orqali o'simtalar yoki ko'chatlar o'stirish orqali amalga oshiriladi.

Batat nav namunalaridan ko'chat chiqimini aniqlash maqsadida 40 donadan o'rtacha vaznli urug'lik tuganaklarni issiqxonaga 20-22 fevralda ekilib, bir xil parvarish qilinib, ustiga 4-5 sm qalinlikda tuproq bilan ko'milib, namlab turildi. Oradan 7-10 kun o'tgach dastlabki kurtaklar paydo bo'lib, 43-48 kundan so'ng esa o'simtalar bo'yi 12-15 sm ga yetib, dalaga o'tkazishga tayyor bo'ldi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, o'rganilgan nav namunalarida ko'chat chiqimi harbir tuganakdan 15,6 dan 21,8 donagacha o'zgardi (1 -jadval).

1-jadval

Shirin kartoshka (batat) nav namunalaridan ko'chat chiqimi

(2022-2023-yillar)

№ Nav nomi Ekilgan tuganaklar soni, dona Standart ko'chat (o'simta) chiqimi, dona hisobida

Jami tuganaklardan o'rtacha bitta tuganakdan

1. Xazina 40 636 15,9

2. Toyloqi 40 712 17,8

3. Filial 40 840 21,3

4. Sochakinur (UZ) 40 808 20,2

Eng yuqori ko'chat chiqimi Sochakinur (20,2 dona), Filial (21,3 dona), Toyloqi navida (17,8 dona) namunalarida kuzatildi. Nisbatan eng kam ko'chat chiqimi (15,9 dona) Xazina navida qayd etildi.

Umuman, sinalgan nav namunalarida ko'chat chiqimi o'rtacha ko'rsatkichdan (12,6 dona) yuqori bo'ldi.

Xulosalar. Tadqiqotlar natijasida shirin kartoshka ekinini qisqa muddat ichida katta maydonga yetishtirish imkoni mavjud ekanligini ko'rsatmoqda. Bir gektar maydon uchun yetadigan sifatli ko'chatlar yetishtirish maqsadida o 'rtacha kattalikdagi 160-200 kg urug 'lik tuganaklar yetarli

May 12-13

432

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

hisoblanadi. Bu esa o'z navbatida ishlab chiqarishda resurs tejash imkonini berib, daromadni oshishiga olib keladi.

REFERENCES

1. Ostonakulov, T., Alimardonov, O., Amanturdiev, I., & Shamsiev, A. (2021). Management of Agrophysical Soil Properties, Plant Growth and the Formation of a Potato Yield with Early and Double-yielding Culture by Optimizing Row Spacing and Maintenance Measures in Southern UZBEKISTAN. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 11907-11916.

2. Остонакулов, Т. Э., Шамсиев, А. А., Амантурдиев, И. Х., & Турсунов, Г. С. (2022). Оценка сортов батата и разработка технологии их возделывания в Узбекистане. Международный научно-исследовательский журнал, (4-1 (118)),

3. Ostonakulov, T., Alimardonov, O., Amanturdiev, I., & Shamsiev, A. (2021). Management of Agrophysical Soil Properties, Plant Growth and the Formation of a Potato Yield with Early and Double-yielding Culture by Optimizing Row Spacing and Maintenance Measures in Southern UZBEKISTAN. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 11907-11916.

4. Остонакулов, Т. Э., Хамзаев, А. Х., & Шамсиев, А. А. (2020). Вопросы селекции и технологии возделывания батата (сладкого картофеля) в условиях Зарафшанский долины.

5. Ostonakulov, T. E., & Shamsiev, A. A. (2020). Varieties of sweet potatoes and peculiarities of their cultivation technology. Potatoes and vegetables, 12, 18-20.

6. Shamsiev, A., Ubaydullaev, S., & Ostonakulov, T. (2020). Selection of the variety of sweet potato and features of their cultivation technology. Rastenievadni nauki, 57(3), 23-27.

7. Aynaqulov, K., & Anvar, S. (2022). BATAT (Ipomoea batatas) NAVLARINING O'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TURLI EKISH MUDDATLARINING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference), 249-253.

8. Шамсиев, А. А., & Остонакулов, Т. Э. (2020). КАЧЕСТВО И СОХРАНЯЕМОСТИ КЛУБНЕЙ СОРТОВ БАТАТА В УЗБЕКИСТАНЕ. In Пища. Экология. Качество (pp. 728-730).

9. Шамсиев, А. А., & Остонакулов, Т. Э. (2020). ВЛИЯНИЕ РАЗЛИЧНЫХ РЕЖИМОВ ОРОШЕНИЯ СОРТОВ БАТАТА

162-169.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

(СЛАДКОГО КАРТОФЕЛЯ) НА УРОЖАЙНОСТЬ И ЛЕЖКОСТЬ. 1п Научные исследования: проблемы и перспективы (рр. 139-143).

May 12-13

434

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.