SHIFOBAXSH RUKKOLA O'SIMLIGI
Sh. Sh. Nafetdinov, I. I. Subxonov, J.J. Jumayev
Buxoro davlat universiteti Buxoro shahri [email protected]
ANOTATSIYA
Ushbu maqolada aholini oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta'minlash, aholi sog'ligini saqlash va sifatli darmon dorilarga boy bo'lgan osimlik mahsulotlarini tanlash, ularning biologik va agrotexnik jixatlarini o'rganish bilan bog'liq masalalarga qaratilgan. O'zining darmon dorilarga boyligi bilan dorivor o'simliklar bilan bellashib ekiladigan Rukkola o'simligi shular jumlasiga kiradi. Rukkola o'simligi (Eruca Sativa) bir yillik ikki pallali o'tsimon o'simlik bo'lib, tarkibida A (bette korotin), vitamin B1, B2, B4, B5, B6, B9 vitamin C, vitamin K, vitamin E shuningdek rux, selen, magniy, marganes, mis, fosfor, natriy va temir kabi mikro va makro elementlarning borligi, uning afrodiziallik xususiyati va tarkibida Sulforafon moddasining borligi uning qimmatli xususiyatlarini belgilaydi.
Kalit so'zlar: Rukkola, agrotexnik, karotin, vitamin, afrodiziallik, sulforafon, eruca sativa.
Kun sayin yer yuzasida o'sib borayotgan aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, aholi sog'liqini saqlash va sifatli darmon-dorilarga boy bo'lgan qishloq xo'jalik mahsulotlarini tanlash, ularning biologik va agrotexnik jihatlarini, xususiyatlarini o'rganish, ularni madaniylashtirish, iqlimlashtirish va oziq-ovqatga yo'naltirishga ehtiyoj kun sayin ortib bormoqda. Inson salomatligi uchun foydali, darmondorilarga boy bo'lgan, dorivor o'simliklar bilan raqobatlasha oladigan rukkola o'simligi (Eruca Sativa) shular jumlasiga kiradi.
O'simlikning biologik ta'rifi.
Rukkola o'simligi (Eruca Sativa) bir yillik, ikki pallali o'tsimon o'simlik bo'lib, indau turkumiga, karamdoshlar oilasiga mansub o'simlikdir.
October 5-6
264
Bu o'simlik yovvoyi holda Janubiy va Markaziy Yevropada, Osiyoda, Hindistonda va Afrikaning shimoliy regionlarida uchraydi.
Tarkibiy jihatidan odam organizmi uchun kerakli, zarur bo'lgan, darmondorilarga boy bo'lgan bu shifobaxsh o'simlik madaniy holda Italiyada va boshqa ko'plab mamlakatlarda ayniqsa Yevropa shimolida va Amerikada ekib yetishtiriladi.
Bu o'simlik O'zbekistonda yovvoyi holda uchramaydi, madaniy holda endigina ayrim viloyatlarda ekila boshlandi.
Erta bahorda o'simlik oldindan tayyorlangan yerga 3-5 mm chuqurlikda ekiladi. O'simlikning biologik xususiyatlarini hisobga olib, 30 sm li pushta ustiga , pushta oralig'I 25-30 sm, o'simlik orasi 10-15 sm o'lchamda shaxmat usulida ekilishi maqsaga muvofiq. O'simlik urug'lari juda kichik bo'lib, tuproq namligiga talabchan bo'ladi. Harorat 12C bo'lganda, 3-5 kunda unib chiqadi, 18-24C da yaxshi unib rivojlanadi.
O'simlikning inson hayotidagi ahamiyati.
Rukkola o'simligi shifobaxshligi, tabobatda afrodizialik xususiyatga ega ekanligi haqida miloddan oldingi birinchi asrlardagi manbalarda aytib o'tilgan.Qadimgi Rimda bu o'simlikdan sabzavotli va go'shtli ovqatlarning sifatini yaxshilashda, tayyorlashda ziravor sifatida foydalanilgan. Oqsil tabiatli qiyin hazm bo'ladigan loviya, no'xat kabi mahsulotlarni organizmga oson hazm bo'lishida yordam beradigan xususiyati qadimdan ma'lum bo'lgan.
Bugungi kunga kelib vitaminlarga boy bo'lgan ko'kat o'simligi - Rukkolaning o'ta shifobaxsh xususiyatlari ma'lum bo'ldi. Shu uchun ham bu shifobaxsh o'simlikni Respublikamizning tuproq-iqlim sharoitlariga moslashtirish, uning biologiyasi, agrotexnikasi, ekologiyasi va turli xildagi kasalliklarga qarshi kurash chora-tadbirlarini o'rganib chiqish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Respublikamiz qishloq xo'jaligi tarmoqlarida, xususiy tomorqalarida yetishtirilgan ushbu shifobaxsh ko'kat o'simligi vitamin va hayot uchun zaruriy elementlarga boy bo'lgan shifobaxsh oziq-ovqat mahsuloti nafaqat iste'molda balkim, ichki bozorimizni (Kelgusida tashqi bozorni) sifatli mahsulot bilan ta'minlash bilan birga Respublika aholisini salomatligini tiklab, immun sistemasini kuchaytiradi va pandemiya sharoitida turli xildagi xavfli , yuqumli kasalliklar (Covid-19-Karona virus) ga qarshi kurashishga yordam beradi.
Rukkola o'simligining afrodizialik xususiyati qadimdan ma'lum bo'lib uning tarkibi vitaminlar va efirmoylariga boy
bo'lib, tarkibidagi kompleks B va C vitamin-darmondorilar qon
October 5-6
tarkibidagi gemoglobinni oshiradi va organizmda tuzlarning to'planishini oldini oladi.
Rukkola o'simligining tarkibidagi Suforafon- ankologik (rak) kasalliklarini profilaktikasida qo'llaniladigan vosita hisoblanadi.Bu komponent organizmga rak kasalliklari bilan zararlangan hujayralarining bo'linishi oqibatida paydo bo'ladigan Rak o'simtalarining rivojlanishini oldini oladi.Tarkibida Sulforafon borligi uchun rukkola o'simligini iste'mol qilib turish, ankologik kasalliklarni oldini olish va rivojlanishiga qarshi kurash borasida samarali foyda beradi.
Rukkola o'simligi afrodizialik xususiyati bilan birga uning vitaminlarga boy tarkibida vitamin A (beta karotin),vitamin B1, B2, B4, B5, B6, B9, vitamin C, vitamin K, vitamin E shuningdek rux, selen, magniy, marganes, mis, fosfor,natriy va temir kabi mikro va makroelementlarning borligi oshqozon-ichak sistemasining faollashuvida va ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilaydi.O'simlik tarkibidagi faol moddalar organizmdagi virus va bakteriyalarga qarshi kurashadi, gemoglobin miqdorini oshiradi, odam immun sistemasini kuchaytiradi, qon tarkibidagi qand miqdorini pasaytiradi, organizmning suv va tuz miqdorini boshqarib turadi.
Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitida o'stirish uchun har tomonlama mos keladigan ushbu foydali o'simlik qishning past haroratli sovuq kunlariga, yozning issiq jaziramasiga ham bemalol chidab o'sa olishi bilan birga issiqxonalarda, oranjeriyalarda, hatto uy sharoitida gultuvaklarda ham o'stirish mumkin.
REFERENCES
1. Ozbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jaligi ekinlari Davlat reestri. Toshkent - 2020. 34-35-betlar.
October 5-6
267
2. Zuyev V. Abdullayev A. Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnologiyasi. - T: Ozbekiston, 1997. 213-229-betlar.
3. Turkiya Respublikasi "Oziq-ovqat qishloq xojligi vazirligi" hamda "Denizbank" hamkorligida tayyorlangan "100ta kitob" dan iborat to'plami.
4. Zuyev V.Ataxodjayev , A.Qodirxojyev O. Himoyalangan yerlarda ko'chat va sabzavotlarni yetishtirish. Toshkent nashr, 2010. 215-224-betlar.
5. Октябрьская Т.А. Выращивание овощей в защищенном грунте. - М .: Дом МСП , 2005. - С. 163-194
6. Смирнова Е.А. Салат с ранней весны до поздней осени // Картофель и овощы. - Москва , 2000. - № 1. - с . 30-31 .
7. Шуваев Ю. Зеленые культуры. В кн . Ранние овощи из теплицы . - М .: Новая волна , 2001. - с . 280-290 .
October 5-6