Научная статья на тему 'SHАXSNING BАDIIY MАDАNIYАTI VА MА’NАVIYАTINI RIVОJLАNISHIDА TАSVIRIY SАN’АTNING О‘RNI'

SHАXSNING BАDIIY MАDАNIYАTI VА MА’NАVIYАTINI RIVОJLАNISHIDА TАSVIRIY SАN’АTNING О‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
9
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
idrоk etish / bаdiiy did / kо'rish xоtirаsi / rаngni sezish / fаzоviy tаsаvvur / kuzаtuvchаnlik / nаqоshlik / tаsviri. / восприятие / художественный вкус / зрительная память / цветовосприятие / пространственное воображение / наблюдательность / живопись / образ.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — А.E.Turаqulоv

umumiy оʻrtа tа’lim mаktаblаridа tаsviriy sаn’аt mаshgʻulоtlаrini tаshkil etishning mаzmunli vа sаmаrаli metоdlаri shu mаqsаddа tаsviriy sаn’аt vа muhаndislik grаfikаsi tа’lim vа tаrbiyаviy ish tа’lim yо‘nаlishidа «Tаsviriy sаn’аt о‘qitish metоdikаsi» fаni о‘qitilаdi. Bu fаnning аsоsiy mаqsаdi tаlаbаlаrni bоshlаngich sinflаrdаgi «Tаsviriy sаn’аt» dаrslаrini о‘qitishgа tаyyоrlаsh, tаbiаtdаgi hаmdа tаsviriy sаn’аt аsаrlаridаgi gо'zаllikni kо‘rа bilish vа idrоk etish, bаdiiy did, kо'rish xоtirаsi, rаngni sezish, fаzоviy tаsаvvur, kuzаtuvchаnlik vа bаdiiy ijоdiy qоbiliyаtiаmi о‘stirishdаn ibоrаt.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE RОLE ОF FINE АRT IN THE DEVELОPMENT ОF PERSОNАL АRTISTIC CULTURE АND SPIRITUАLITY

в данной статье представлены содержательные и эффективные методы организации занятий изобразительным искусством в общеобразовательных школах с этой целью в области изобразительного искусства и инженерной графики образования и преподается методика воспитательной работы «Образование изобразительного искусства». Основная цель данного предмета – подготовить учащихся к преподаванию занятий «Изобразительное искусство» в начальных классах, видеть и воспринимать красоту в природе и произведениях изобразительного искусства, художественный вкус, зрительную память, цветовосприятие, пространственное воображение., наблюдательность и художественное воображение. креативность.

Текст научной работы на тему «SHАXSNING BАDIIY MАDАNIYАTI VА MА’NАVIYАTINI RIVОJLАNISHIDА TАSVIRIY SАN’АTNING О‘RNI»

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original peper

© A.E.Turaqulov1^_

1Termiz davlat universitetuti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at mashg'ulotlarini tashkil etishning mazmunli va samarali metodlari shu maqsadda tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim va tarbiyaviy ish ta'lim yo'nalishida «Tasviriy san'at o'qitish metodikasi» fani o'qitiladi. Bu fanning asosiy maqsadi talabalarni boshlangich sinflardagi «Tasviriy san'at» darslarini o'qitishga tayyorlash, tabiatdagi hamda tasviriy san'at asarlaridagi go'zallikni ko'ra bilish va idrok etish, badiiy did, ko'rish xotirasi, rangni sezish, fazoviy tasavvur, kuzatuvchanlik va badiiy ijodiy qobiliyatiami o'stirishdan iborat.

MAQSAD: ta'lim muassasalarida umumta'lim maktablarida o'quvchilarga tasviriy san'at fanini yanada chuqurroq o'rgatish va ranglardan qanday foydalanish metodlarini o'rgatish.

MATERIALLAR VA METODLAR: umumiy o'rta ta'lim maktablarining qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya mashg'ulotlari jarayoni hisoblanadi Tasviriy san'at o'qitish metodikasi mashg'ulotlarida fanning nazariyasi va o'qitish usullari, shuningdek, tasviriy san'at asoslari hamda uning tarixi masalalariga alohida e'tibor berilgan. «Tasviriy san'at o'qitish metodikasi» kitobi ketma-ketlik bosqichlari asosida tasvirlar chizish, mustaqil ravishda tasviriy va amaliy mavzularga kompozitsiyalar ishlash, loy va plastilindan har xil narsalar haykalchalarini yasash, rang xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish, tasviriy san'at tarixi asoslarini o'rganish hamda umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida tasviriy san'at o'qitish metodikasiga oid materiallami o'z ichiga oladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: umumiy o'rta ta'lim maktabarida maqsadga muvofiq tashkil etilgan tasviriy san'at mashg'ulotlari talabalarda quyidagi bilim va ko'nikmalarni Shakllantirishi mumkin;

- ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

- qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiyadan nazariy va amaliy bilimlarini yuksaltirish va bilganlarini o'quvchi yoshlarga yetkaza olish qobiliyatini o'stirish;

- tasviriy va amaliy san'atga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'usini uyg'otish;

- badiiy ijodga yo'naltirish.

XULOSA: maktab o'qituvchilariga metodik qo'lllanmalar ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanish metodlarini ko'rsatib berishdan iborat. Bo'lajak tasviriy san'at

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'qituvchilarini tasviriy san'at bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarini Shakllantirish hamda o'z kasbining malakali mutaxassisi bo'lib yetishishlariga erishishga o'stirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: idrok etish, badiiy did, ko'rish xotirasi, rangni sezish, fazoviy tasavvur, kuzatuvchanlik, naqoshlik, tasviri.

В РАЗВИТИИ ХУДОЖЕСТВЕННОЙ культуры и духовности человека

МЕСТО ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА_

© А.Э.Туракулов1^

1Термезский государственный университет, Термез, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье представлены содержательные и эффективные методы организации занятий изобразительным искусством в общеобразовательных школах с этой целью в области изобразительного искусства и инженерной графики образования и преподается методика воспитательной работы «Образование изобразительного искусства». Основная цель данного предмета - подготовить учащихся к преподаванию занятий «Изобразительное искусство» в начальных классах, видеть и воспринимать красоту в природе и произведениях изобразительного искусства, художественный вкус, зрительную память, цветовосприятие, пространственное воображение., наблюдательность и художественное воображение. креативность.

ЦЕЛЬ: обучить учащихся общеобразовательных учреждений образовательных МАТЕРИАЛ И МЕТОДЫ: это процесс рисования, живописи и композиции на занятиях общеобразовательной средней школы. Особое внимание уделяется теории и методике преподавания наук, а также основам изобразительного искусства и его истории. Уделяется внимание. Книга «Методика преподавания изобразительного искусства» учит рисовать изображения на основе последовательных этапов, самостоятельно создавать композиции на изобразительную и практическую тематику, изготавливать фигурки различных предметов из глины и пластилина, знакомиться с особенностями цвета, изучать основы истории изобразительного искусства.«Обучение» и включает материал по методике преподавания изобразительного искусства в начальных классах общеобразовательных школ.

учреждений науке изобразительного искусства и научить их пользоваться цветами.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: занятия изобразительным искусством, организованные в библиотеке общего среднего образования, позволяют сформировать у учащихся следующие знания и умения;

Iqtibos uchun: Turaqulov А.Е. Shaxsning badiiy madaniyati va ma'naviyatini rivojlanishida tasviriy san'atning o'rni // Inter education & global study. 2024. № 3(1). B. 38-47.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

- развитие творческих способностей;

- совершенствовать теоретические и практические знания по рисунку, живописи и композиции и развивать умение донести до юных школьников свои знания;

- пробудить чувство любви к изобразительному и практическому искусству;

- ориентация на художественное творчество.

ВЫВОД: показать учителям школ, как разрабатывать методические пособия и эффективно их использовать. Он служит развитию у будущих учителей изобразительного искусства теоретических и практических знаний в области изобразительного искусства и становлению квалифицированными специалистами своей профессии.

Ключевые слова: восприятие, художественный вкус, зрительная память, цветовосприятие, пространственное воображение, наблюдательность, живопись, образ.

Для цитирования: Туракулов А.Э. В. Развитии художественной культуры и духовности человека место изобразительного искусства. // Inter education & global study. 2024. № 3(1). С. 38-47.

THE ROLE OF FINE ART IN THE DEVELOPMENT OF PERSONAL ARTISTIC CULTURE AND SPIRITUALITY_

© Anvar E. Turakulov 1H

1Termez State University, Termez, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: in this article, meaningful and effective methods of organizing visual art classes in general secondary schools are presented for this purpose in the field of visual art and engineering graphics education and educational work "Education of visual art" methodology" is taught. The main purpose of this subject is to prepare students for teaching "Fine Art" classes in elementary grades, to see and perceive beauty in nature and works of fine art, artistic taste, visual memory, color perception, spatial imagination. , observation and artistic creativity.

AIM: to teach students in general education in educational institutions the science of fine arts and to teach them how to use colors.

MATERIALS AND METHODS: it is the process of drawing, painting and composition classes of general secondary schools. Special attention is paid to the theory and teaching methods of science, as well as the basics of fine art and its history. 'attention is given. The book "Methodology of Fine Art Teaching" teaches you how to draw images based on sequential stages, independently create compositions on visual and practical subjects, make figurines of various objects from clay and plasticine, familiarize yourself with the characteristics of color, learn the basics of the history of visual arts. "learning" and includes material on teaching methods of fine arts in primary classes of general education schools.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 3(1)

CC

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DISCUSSION AND RESULTS: visual arts classes organized in a general secondary education library can form the following knowledge and skills in students;

- development of creative abilities;

- to improve theoretical and practical knowledge of drawing, painting and composition and to develop the ability to convey what they know to young students;

- to awaken a feeling of love for visual and practical art;

- orientation to artistic creativity.

CONCLUSION: it is to show school teachers how to develop methodical manuals and use them effectively. It serves to develop the future teachers of fine arts to develop their theoretical and practical knowledge of fine arts and to become qualified specialists of their profession.

Key words: perception, artistic taste, visual memory, color perception, spatial imagination, observation, painting, image.

Tasviriy san'at o'quv predmetining maqsadi va vazifalari haqida to'xtalganda yana shuni qayd qilish lozimki, u maktabda o'qitiladigan deyarli barcha o'quv predmetlari bilan bog'lanadi va ular yuzasidan materiallarni o'zlashtirishga samarali ta'sir korsatadi. Ayniqsa u o'qish, adabiyot, geografiya, tabiatshunoslik, biologiya, tarix, matematika, mehnat darslarida alohida ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san'at, hattoki, jismoniy tarbiya, kimyo, musiqa darslari uchun ham foydalidir. Shuni ham qayd qilish lozimki, tasviriy san'at estetik tarbiyani amalga oshirishga qaratilgan bo'lsada u axloqiy, mehnat, ekologik, jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi. Maktabda tasviriy san'at estetik tarbiyani amalga oshirishga yonaltirilgan asosiy o'quv predmeti hisoblanib, u quyidagi yonalishlarda amalga oshiriladi: O'quvchilarning tabiat, sanat va hayotdagi go'zalliklarni idrok etishga o'rgatish: O'quvchilarning estetik didini tarbiyalash, go'zallikni baholay olish qobiliyati, haqiqiy go'zallikni xunuk voqea va narsalardan farqlay bilishga o'rgatish; Shaxsning tasviriy-ijodiy faoliyatida o'zini ko'rsata bilishga, hatti-harakatini qo'llabquvvatlash va hayotga go'zallik kiritish malakalarini o'stirish: Bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish va boshqalar.

Tasviriy sanat oquv predmetining muhim vazifalaridan biri u bolalarda kuzatuvchanlikni o'stirish, borliqni ko'ra bilish, qolaversa shu orqali xotirani rivijlantirish hisoblanadi. Ma'lumki, odamzod tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarning deyarli 90% dan ortig'ini ko'z orqali oladi, qolgan 10% ni quloq, burun, og'iz v.b. a'zolar orqali o'zlashtiradi. Bundan ko'rinib turibdiki, kishilar faoliyatida ko'z va xotirani rivojlantirish nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bu sifatlar bolalar tomonidan borliqni idrok etish mashg'ulotlarida, shuningdek, naturadan tasvirlash, san'atshunoslik asoslari mashg'ulotlarida alohida ahamiyatlidir. Bunday darslarda o'quvchilar narsalar va hodisalarning tuzilishi, shakli , rangi,

For citation: Anvar E. Turakulov (2024) 'The role of fine art in the development of personal artistic culture and spirituality', Inter education & global study, (3(1)), pp. 3847 (In Uzbek).

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

o'ichovlari, fazoviy joylashishi, harakat go'zalligini kuzatadilar hamda ularni o'z xotiralarida saqlab qolishga harakat qiladilar.

Kuzatuvchanlikni mohiyati shundaki, bunda bolalar narsa va hodisalar haqida keng va chuqur tasavvurga ega bo'ladilar. Masalan, kuzatuvchanligi rivojlanmagan kishilar gulni kuzatar ekanlar, unga nisbatan yuzaki yondoshadilar,ya'ni gul bandi, guli, yaproqlari, gul rangiga o'z e'tiborlarini qaratadilar.

Kuzatuvchanligi rivojlangan kishilar esa gullarning gul bandi, guli, yap-roqlari va boshqalarning o'lchovlari, o'lchov nisbatlari, har bir qismning rangi, yaproq va gulbarglarning joylashuvini bir ko'rishdayoq eslab qoladilar.

Bolalarning kuzatuvchanligi va sinchkovligi, o'z o'rnida narsalar haqidagi ma'lumotlarni xotirada yaxshi saqlanib qolishga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun ham xotirani ayniqsa, ko'z xotirasini rivojlantirishda tasviriy san'at o'quv predmetining qanchalik ahamiyatli ekanligi oydinlashadi.

Tasviriy san'at darslarining eng muhim vazifalaridan biri tasviriy, amaliy va me'morchilik san'atlari asarlarini o'qishga o'rgatishdir. Tasviriy san'at asarlari ertak, hikoya, doston, roman kabi ma'lum bir mazmunni aks ettiradi. Biroq uni kitob o'qigandek oqib bo'lmaydi. Tasviriy san'at asarlarini o'ziga xos tili bor.

Ularni bilgan kishilargina o'qiy oladilar. Xususan rassomlar, chiziqlar, ranglar, o'lchovlar, kompazitsiya, proportsiya, ritm, simmetriya shakl kabi ifodalilik vositalari yordamida asar mazmunini ochib beradilar.

Tasviriy san'at o'quv predmeti yoshlarning estetik tarbiyasida ahamiyatli bolibgina qolmay balki, axloqiy tarbiyada ham salmoqli o'rinni egallaydi. Ayniqsa, tasviriy san'at darslari yoshlarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, vatanparvarlik va baynalbinnal tarbiyada, do'stlik va o'zaro yordam g'oyalarini tashkil toptirishda katta kuchga ega. Maktab tasviriy san'at dasturiga nazar solar ekanmiz unda Vatanimizning buyuk o'tmishi, vatandoshlarimizning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari, O'zbekistonning nafosatga to'la tabiati, xalqlar do'stligi g'oyalarini ifoda etuvchi tasviriy san'at asarlari bilan tolib toshganligining shohidi bo'lamiz.

Masalan ona tuproq uchun kurash olib borgan, Amir Temur, Jaloliddin Man-guberdi, Spitamen, Muqnna kabi buyuk vatandoshlarimiz hayoti va obrazlarini, O'zbekistonning rango-rang go'zal manzaralarini, o'zbek xalqining Respublikamizda yashayotgan boshqa millat vakillari bilan tinch-totuv mehnat qilayotganligini tasvirlovchi tasviriy san'at asarlari mavjud.l-rasm

Ularni o'rganish jarayonida bolalar sanatning qonun va qoidalari bilan tanishadilar, yuqorida qayd qilingan mazmunda rasmlar ishlaydilar. San'atkor o'z asarida voqea, hodisa, holatning ma'lum bir zumdagi ko'rinishini ifodalab, u tasvir orqali rivojini, mohiyatini ochib berishga intiladi, kishilaming ma'naviy qiyofasi, psixologik holati va boshqa fikrlarni ilgari suradi va tasavvur qiladi.

Rassom biror shaxsni rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni faqat o'ziga o'xshatishga ishtilish bilan chegaralanmaydi. Rassom shu ishlayotgan tasvir orqali awalo o'zining fikr va

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tuyg'ularini tomoshabinga yetkazishga harakat q il ad i. Ishlamoqchi boolgan tasvirida avalom bor g'oyasiga mos mavzu, syujet tanlaydi, voqea kompozitsiyasini quradi, shu yo'lda izlanadi, dastlab hayotni o'rganib, naturani kuzatib, eskizlar chizadi, etyudlar yaratadi.

Rassomlik san'atida predmetlaming shakli, hajmi, rangi, ulaming o'zaro muvozanatini to'g'ri ko'rsatishda rasmni aniq va to'g'ri ishlashning juda muhim ahamiyati bor. San'atkor o'z asarida real borliqda uchraydigan, balki inson fantaziyasi mahsuloti bo'lgan voqea va predmetlar ham aks ettirilishi, hayotda mavjud bo'lgan hodisalarning ayrim jihatlari o'zgartilib,bo'rttirib ko'rsatishi ham mumkin.

1-rasm. Ona tuproq uchun kurash olib brogan buyuk vatandoshlarimiz

Bundan ko'rinib turibdiki, tasviriy san'at asarlari - insondagi ajoyib fazilat - borliqni bilish, uni o'rganish va sirlarini ochishga bo'lgan ehtiyojlarni qondirishga ta'sir ko'rsatadi. Tasviriy san'at inson ongiga tezda ta'sir etib, unda ezgu hislar uyg'otadigan, kishini ruhlantirib, ma'naviy olamini boyitadigan san'at turiaridan biridir. Shu bilan birga, tasviriy san'at inson shaxsining shakllanishiga va kamolatiga yordam beradigan tarbiyachi hamdir. Pedagogika instituti va universitetlarining pedagogika va boshlang'ich ta'lim metodikasi fakultetlarida ta'lim oluvchi talabalar tasviriy san'atdan maxsus bilim va malakalarga ega bolishi o'quvchilarni badiiy-ijodiy qobiliyatlarini, badiiy didni, rang sezishni, fazoviy tasavvurini, buyuk rassomlar asarlarini go'zalliklarini ko'ra bilishga va ulami hissiy idrok etishga olib keladi. Tasviriy san'at o'qitish metodikasi bo'yicha toia bilimlarga ega boiish, ayniqsa, O'zbekistonda va chet ellarda fanning o'qitish tarixi, o'quv fanning maqsad va vazifalari, ta'limning mazmuni, shakllar, usullari haqida chuqur bilimlarga ega bo'lish tasviriy san'at o'qituvchi faoliyatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumki, bugungi o'quvchi kelajakda ishchi, xizmatchi, dizayn konstrktor, muhandis, shifokor, o'qituvchi, yurist yoki harbiy mutaxassis yoki biron bir sohani yaratuvchisi bo'ladilar.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 3(1)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ulami har biri uchun rasm chizish, undan foydalanish lozim bo'ladi. Hatto uy bezashi ham rasmni ko'ra olishi, tushunishi, bu zamonning eng zarur faoliyatidir.

Tarix shohidkim, jahonga mashhur geograflar, tarixchi, adabiyotchi, shoir, yozuvchilar, konstruktor va boshqa soha allomalari rasm chizishni juda yaxshi bilganlar. Shunga ko'ra Beruniy, Ibn Sino, Ulug'bek, Gyote, Gyugo, Anderson, Pushkin, Tagor, Mikluxo-Maklay, Mendeleev, B.Zokirov kabi turli soha ijodkorlari rasm chizish bilan jiddiy shug'ullanib kelganlar. Xullas, har bir sohani ijodkori uchun rasm chizishni bilish unga katta ijodiy imkoniyat va ozuqa beradi.

Agar har bir o'qituvchi rasm chizishni bilganda edi, ular dars berishda yuksak samaralarga erishardi, dars mashg'ulotlarini o'zlashtirish ham o'quvchi uchun juda oson va yengil bo'lardi, hatto o'zlashtirmovchi o'quvchini boiishi ancha qiyin boiardi. Shularga ko'ra bugungi maktab o'quvchilariga badiiy bilim va malaka berishga katta e'tibor berilmoqda. Rasm chizishni o'rganish uchun alohida iqtidor, iste'dod kerakmi?! Agar astoydil istasa, har kim, qobiliyatidan qat'i nazar savodli chizishga o'rgana oladi.

Chizishni o'rganish, savodli yozish yoki maktab matematika kursini o'zlashtirishga qaraganda murakkab emas. Faqat intilish va asosiysi - yaxshi iroda, rasm istalgan kasb, istalgan mashg'ulot egasiga zarurligini tushunish kerak.

Chizishni bilgan san'atning barcha turlarini tushunadi, unga avval odatiy ko'ringanlarning barchasida go'zallikni ko'ra biladi: uning fikrlash doirasi keng, ma'naviy dunyosi boy, u qiziqarli va shodon hayot kechiradi.

Buyuk olim, adib va san'at arboblariga (Lomonosov, Lermontov, Shevchenko, Siolkovskiy, Timiryazev) tasviriy vositalami egallaganliklari muhim kashfiyotlarda, durdona badiiy asarlar yaratishda ko'maklashgan. San'at barcha kasb egalariga do'st va hamkor bo'la oladi. Rassomlarning ko'zi o'tkirligi, idrok va reaksiya tezligi yaxshi ma'lum:

- rassom N. Jukov bilyardda doim g'olib bolishi bilan faxrlangan;

- ertakchi rassom Viktor Vasnetsov gorodkini yuqori mahorat bilan o'ynashi ko'pchilikni lol qoldirgan;

- manzarachi I.Levitan miltiqdan Vilgelm Telldek otgan - «o'qni o'qqa» joylagan;

- XVI asr italyan zargar va haykaltaroshi Benvenuto Chellini artilleriyachi sifatida janglarda qatnashgan. «Mening rasm chizishim va ajoyib mashg'ulotlarim yozadi u, - va musiqa chalish go'zalligi, barchasi shu qurollarda «chalishimda» ketdi». Darhaqiqat, ko'z o'tkirligi talab etiladigan o'rinlarda rassomlar oson g'olib boiishadi. Mikelandjelo aytganidek, san'at ulaming ko'zIarida sirkul va chizg'ichni bir paytning o'zida joylashtirishga o'rgatgan.

Rasm chizish nafaqat ko'rish idroki tezligini, balki yaxshi ko'rish xotirasini ham shakllantiradi. Razvedkasi logann Vays (Sasha Belov) maxfiy hujjatlaming ko'plab sahifalarini bir ko'rishda eslab qolgani ko'pchilikka ma'lum. Mo'jizami. Yo'q mo'jiza emas, mashq qilishi.

Rassomlar hamisha ko'rish xotirasi kuchliligi bilan shuhrat qozonib kelgan. I.Levitan o'rtoqlarini lol qoldirgan. Qish tunida bir guruh rassomlar o'rmonga sayrga otlanishadi. Ular ertaklardagidek go'zal manzaraga guvoh bo'lishadi - moviy, oy shu'lasi yoritib turgan qorda

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

kul rang-pushti jemovlar va ular uzra qorga o'rangan qarag'aylar. Hamma manzaradan bahra olib, uy-uyiga tarqaydi. Oradan bir necha kun o'tib, rassomlardan biri Levitan ustaxonasida kartinani ko'radi: xuddi o'sha tungi manzara - moviy qordagi kul rang-pushti jemovli manzara. Levitan uni, razvedkachi Vays maxfiy hujjatlami eslab qolgani kabi eslab qolgan va xotiradan chizgan.

Rassom Ayvazovskiy shunday ko'rish xotirasiga ega ediki, dengiz ko'rinishlarini o'z ustaxonasiga qamalib olib tasawuri bo'yicha chizardi. Hikoya qilishlaricha, u Peterburgdagi bir kvartiradan ketayotib, devorda kiyim ilgich ostiga o'z po'stinini shunday chizib qo'yganki, uy egasi ijarachi po'stinini unutib qoldiribdi, degan xayolga borgan. Faqat yaqinroq kelganidagina, po'stin chizib qo'yilganini fahmlagan. Shunday qilib, barchaning san'at va go'zallik olamini bilishi ta'limning barcha sohalarida jadal rivojlanishga olib keladi.

Boshlangich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda tasviriy san'at O'qitish metodikasi asosiy predmetlardan biri hisoblanadi va o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

1 .Talabalarga tasvirlash asoslarini o'rgatish, ya'ni badiiy ijodning psixologik asoslari bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar - qiziqish, diqqat, idrok va sezish, xotira va tasavvumi yaxshi bilishi bolalar badiiy ijodini faollashtirishda foydalanishga o'rgatish. shu bilan birga mashg'ulotlarni hayot bilan bog'lab o'tishga o'rgatish.

2.Talabalaming badiiy ijodiy qobiliyatlarini o'stirish, ularning badiiy didini tarbiyalash, borliqdagi va san'atdagi go'zalliklarni ko'ra bilishga o'rgatish.

3. Bo'lajak o'qituvchilarni tasviriy san'at darslarini olib borishga tayyoriash.

4. Sharq mumtoz san'ati, hozirgi zamon o'zbek tasviriy san'ati, sharq xalqlari va xorijiy mamlakatlar san'atlaii haqida qisqacha ma'lumot berish.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xapqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent, O'zbekiston, 2017. - 488 b.

2. Bahodirovna M. Z. IMPROVING THE METHODOLOGY OF DEVELOPING AESTHETIC CULTURE OF STUDENTS IN FINE ARTS //Academia Repository. - 2024. - Т. 5. - №. 2. - С. 300-305.

3. Bakhadirovna M. Z. Methodology for the Development of Students' Comets of Aesthetic Culture and Creativity //EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION. - 2024. - Т. 4. - №. 1. - С. 22-26.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Bahodirovna M. Z. TASVIRIY SAN'AT MASHG'ULOTLARIDA O 'QUVCHILARNING IJODKORLIK KOMETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA TRENINGLARDAN FOYDALANISH //FAN JURNALI TA'LIM VA MADANIYAT. - 2024. - Т. 2. - №. 1.

5. Kh K. K. THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE PORTRAIT GENRE IN AESTHETIC EDUCATION OF V-VIII CLASS STUDENTS OF GENERAL SECONDARY SCHOOLS //American Journal of Pedagogical and Educational Research. - 2024. - Т. 21.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

6. Khasanovich K. K. DRAWING A HUMAN SKULL IN A PEN DRAWING (nose, ears, eyes, lips) //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2021. - Т. 9. -№. 11. - С. 121-125.

7. Xolboy X. STAGES OF THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF THE TYPE OF "PAINTING" OF FINE ART //Universum: технические науки. - 2021. - №. 11-5 (92). -С. 102-104.

8. Raxmonqulov X. B., Botirov M. A., Xurramova N. Y. THE ROLE AND THE PRACTICAL IMPORTANCE OF COMPOSUTION DURING COLOUR DESCRIPTION STUDIES (AS AN EXAMPLE OF DESCRINING HUMAN FEATURE) //Экономика и социум. - 2021.

- №. 1-1 (80). - С. 241-244.

9. Bobokulovich R. K. INTRODUCTION TO STUDENTS AND ANALYSIS OF VISUAL MEDIA IN FINE ARTS LESSONS //Academia Repository. - 2024. - Т. 5. - №. 2. - С. 282-287.

10. Bobokulovich R. K. FINE ART AND ITS PLACE IN HUMAN SOCIETY //Academia Repository. - 2024. - Т. 5. - №. 2. - С. 288-293.

11. Raxmonqulov X. B., Bekkeldiyeva M. F. Q. TASVIRIY SAN'AT VA UNING MOHIYATI, TUR VA JANRLARI //Oriental Art and Culture. - 2022. - Т. 3. - №. 2. - С. 540-546.

12. Suvanovich T. O. METHODS OF ORGANIZATION IN FINE ARTS LESSONS BASED ON MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES //American Journal of Pedagogical and Educational Research. - 2024. - Т. 21. - С. 106-110.

13. Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - Т. 6. - С. 3-3.

14. Toshpo'Latov F. U. et al. Bolalarni o 'yin texnologiyalari asosida kasb-hunarga qiziqishlarini shakllantirishda rivojlantiruvchi o 'yinlar //Science and Education. - 2021.

- Т. 2. - №. 4. - С. 487-491.

15. Uralovich T. F. Conducting classes on fine arts based on information and communication technologies International Engineering Journal For Research & Development.-2021 //Т. - Т. 6. - С. 3-3.

16. Urolovich T. F. et al. USE OF PERSPECTIVE POSITION AND METRIC ISSUES IN PRACTICAL DRAWING IN DESCRIPTION OF NUMBER LESSONS //Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects.-2022.-S. - С. 41-44.

17. Toshpulatov F. U., Norqochkarov R. E. O., Mahmudova K. N. Q. The relationship of folk application art with the science of drawing //Academic research in educational sciences.

- 2021. - Т. 2.

18. Kholbozorovich K. J., Suvonovich T. O. STUDYING THE IMPORTANCE OF DRAWING AS A PRIMARY TOOL //Journal of Integrated Education and Research. - 2023. - Т. 2.

- №. 4. - С. 14-17.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 3(1)

CC

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

19. Tursunbayevna S. S. THE SUBJECT" FUNDS OF COLOR AND COMPOSITION" IS ONE OF THE IMPORTANT THINGS OF FINE ART EDUCATION //American Journal of Pedagogical and Educational Research. - 2024. - Т. 21. - С. 115-119.

20. Tursunbaevna S. S. METHODOLOGY OF WORKING GYPSUM CUTTING HEAD SAMPLE //International Multidisciplinary Journal for Research & Development. - 2024.

- Т. 11. - №. 01.

21. Kamilova N. D. A. K. K. FEATURES OF TARGETED DESIGN FOR WOMENS CLOTHING //Confrencea. - 2023. - Т. 5. - №. 05. - С. 145-148.

22. Qizi R. S. A., Rakhmatullayeva U. S., Temirov D. X. Creation of methods of making national costume decorative elements //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2022. - Т. 12. - №. 5. - С. 1324-1331.

23. Toshbekov O. A. et al. Mechanical and Chemical Processing of Wool Fiber TECHNOLOGY //International Journal on Integrated Education. - 2021. - Т. 4. - №. 9.

- С. 145-146.

24. Toshbekov O. A. et al. Mechanical and Chemical Processing of Wool Fiber TECHNOLOGY //International Journal on Integrated Education. - 2021. - Т. 4. - №. 9.

- С. 145-146.

25. Karimov O. M. O. TASVIRIY SAN'AT ASARLARINI ISHLASH JARAYONIDA KOMPOZITSIYANING XUSUSIYATLARI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2024. - Т. 4. - №. 2. - С. 242-248.

26. Karimov O. M. O. TASVIRIY SAN'AT ASARLARINI ISHLASH JARAYONIDA KOMPOZITSIYANING XUSUSIYATLARI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2024. - Т. 4. - №. 2. - С. 242-248.

27. Abdiqadirovich B. M. APPLIED DECORATIVE ART OF THE INDEPENDENT UZBEKAN PEOPLE //Academia Repository. - 2024. - Т. 5. - №. 2. - С. 294-299.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Turakulov Anvar Ergashovich, PhD., Dotsent [Туракулов Анвар Эргашович, PhD, Ao^n^], [Anvar E. Turakulov, PhD, Associate Professor]; manzil: O'zbekiston, 117036, Surxandaryo, Termiz, Saxovat 18 uy ^дреа Узбекистaн, 117036, Сурхaндaрьинскaя, Термез, Сaхвaт 18 дoм], [address: Uzbekistan, 117036, Surkhandarya, Termez, Sakhovat 18 houses];

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.