Научная статья на тему 'SHAXSNI O‘ZINI-O‘ZI ANGLASHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI'

SHAXSNI O‘ZINI-O‘ZI ANGLASHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

10477
684
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXSNI O‘ZINI-O‘ZI ANGLASHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI»

SHAXSNI O'ZINI-O'ZI ANGLASHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI

Alimardon Kozimjon o'g'li Jalilov

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti alimardonabduj alilov 148@gmail.com

Insoniyat paydo bo'lganidan buyon to hozirgi kungacha insonni o'zi haqidagi masalalar qiziqtirib kelgan. Inson aslida kim ekanligi, qanday paydo bo'ganligi, qay tariqa yashaganligi va qay tartibda yashashlari kerak ekanligi va boshqa mavzular haqida turli xil tortishuvlar va savollar paydo bo'lgan.

Merriyam-Vebster lug'atiga binoan, o'z o'zini anglash tushunchasi - «o'ziga tegishli bo'lgan va undan kelib chiqadigan harakatlar yoki holatlarni anglash» deb ta'riflanadi. O'z-o'zini anglashning psixologik xususiyatatlari ijtimoiy psixologiya fanida o'z - o'zini anglash, ahloqiy o'z-o'zini anglash ijtimoiy-ruhiy hodisa, jarayon sifatida alohida ilmiy nuqtai nazardan to'liq o'rganilmaganligi tufayli uni tahlil qilish ahloq, milliy xarakter, milliy ma'naviyat va qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog'liq ravishda amalga oshirilmoqda. Ushbu kategoriyalarni o'ziga xos tarzda yoritish psixologiya fanining asosiy tushunchasi hisoblanmish shaxsni yaqqol anglash, uning guruh (jamoa)dagi roli, shaxslararo munosabatdagi ahamiyatini o'rganish imkoniyatini yaratadi. XX va XXI asr psixologiya fanida ushbu masalaning ijtimoiy - psixologik tabiatini tushuntirishda ikki xil qarash va yondashuv vujudga kelgan bo'lib, ular o'zaro bir - biridan keskin darajada tavofutlanib turadi. Birinchi yondashuv talqinicha o'z -o'zini anglash - bu o'z yo'nalishini o'zgartirgan ongning aynan o'zidir. Mazkur talqin rus psixologiyasida keng tarqalgan bo'lib, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, V.V.Stolin va

ularning shogirdlari tomonidan tadqiq qilib kelinadi. Ikkinchi yondashuv mohiyati S.L. Rubinshteynning Ilmiy ishlarida o'z aksini topgan. Birinchi yondashuvning namoyondalari talqinida o'z-o'zini anglash: L.S. Vigotskiyning shaxsiy fikricha, o'z-o'zini anglash turli xil ma'nolar orasida birlikni (umumiylikni) vujudga keltiruvchi jarayon sifatida va o'zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo'ladi. A.N. Leontev talqiniga qaraganda, individual ongdagi mohiyat bilan mazmun o'rtasidagi ziddiyat o'zini - o'zi anglashning

O'z-o'zingni anglagin va bilgin"

Suqrot

sababchisidir. V.V. Stolinning ta'kidlashicha, o'zini - o'zi

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

anglashning asosida "Men" likning mazmuni va mohiyati o'rtasidagi ziddiyat yotadi. Ikkinchi yo'nalish asoschisi S.L. Rubinshteyn tadqiqotlariga

asoslanib, biz o'z - o'zini anglash muammosini tadqiq etishga e'tibor qaratamiz, eng avvalo, uning subektiga, ya'ni shaxs (individ)ga qaratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Boshqacha so'z bilan aytganda, o'z - o'zini anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat bo'lmasdan, balki insonning ijtimoiy muhitda tarkib topishi hamda rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus holdagi (vaziyatdagi) obektiv shart - sharoitlari sifatida odamlarning hayoti, umumiy yashash sharoiti yotadi, — deb yozadi S.L. Rubinshteyn. Insonning o'z - o'zini anglash jarayonidagi subektligi bilan amalga oshirishga mo'ljallangan aloqasining shakllanishi va oqibat natijada yuzaga keladigan yangi sifatiy holat undagi oldingi ichki ziddiyatlardan tamoman forig' ekanligini bildiradi. Demak, bu ilmiy yondashuvda o'z-o'zini anglashning uzluksiz ruhiy jarayon sifatida funksiyalashuvi insonning boshqa odamlar to'g'risidagi tasavvurlari va ularning unga nisbatan munosabatlari o'rtasidagi ziddiyat bilan belgilanadi. Odatda inson o'zi haqida fikr yuritar ekan, albatta, u o'zining boshqa odamlar bilan kechadigan o'zaro munosabatlari natijasini tahlil qiladi va ularning samarali ekanligiga asoslanib o'z "Men"ligini yaratadi. S.L.Rubinshteyn va K.A.Abulxanova - Slavskayalar o'z-o'zini anglashning ichki mohiyati ikki negiz (asos) bilan tavsiflanishini ta'kidlaydilar. Negizning birinchisi -insonning atrof - muhit va shaxslararo munosabatlarining mazmunidan iboratdir. Uning ikkinchisi esa ana shu munosabatlar to'g'risida uni fikr yuritish imkoniyatining ifodasidir. Shulardan birinchisi ijtimoiy, ya'ni obektiv xususiyatiga ega bo'lsa, uning ikkinchisi subektiv, binobarin, insonning psixofiziologik va ruhiy xususiyatlariga bog'liqdir. Har ikkala asosning o'zaro bir - biri bilan mos kelishi yoki mos kelmasligi o'zlik, "Men"lik to'g'risidagi aniq, haqqoniy tasavvurlarni vujudga keltiradi. Mualliflarning mulohazasicha, ijtimoiylik insonning ongiga va ruhiyatiga kirib boradi, ongning, o'zini - o'zi anglashning hamda idora qilishning manbai bo'lib qoladi. Oxir oqibatda insonning ijtimoiylashuvi deyilganda - bu yondashuv uni ongining ijtimoiylashuvini nazarda tutadi va ana shu tariqa o'z - o'zini anglashning ijtimoiylashuvdagi o'rni hamda uning roli huddi shunday tushuntiriladi. Mazkur yondashuvga binoan, o'z - o'zini anglash jarayonida ruhiyat va ijtimoiylashuv o'rtasida muttasil ravishda o'zaro munosabatlar vujudga keladi. Munosabatlarning o'zaro mazmuni yuzaga keladi. Bizningcha, insonda o'z - o'zini anglashning subektliligi bosqichidayoq ijtimoiylik aks etadi. Shuning uchun ruhiyat bilan ijtimoiylik o'rtasidagi masalalarni maxsus muammo sifatida ajratish, talqin qilish g'ayritabiiylikdir. Shaxs o'z - o'zini

May 21

https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

273

anglaganligi tufayli emas, balki o'zida o'z - o'zini anglashga nisbatan ichki extiyoj, turtki, motiv kabilar mavjudligi uchun ham u insondir. Ijtimoiylik huddi shu tariqa insonda o'z - o'zini anglashga nisbatan zarur talab va extiyojni o'zida ifodalaydi. Holbuki, shunday ekan, inson tomonidan o'zining ijtimoiylik, ya'ni insoniylik mohiyati va darajasida anglash psixologik nuqtai nazardan ana shu muhtojliklar, qiziqishlar, intilishlar mohiyatining anglashi hamda shu asnoda o'zining hayoti, faoliyati yuzasidan shaxsiy maqsadini yaratish jarayonidir. Yuqoridagi fikr -mulohazalardan kelib chiqqan holda ahloqiy o'z - o'zini anglashga biz ikki xil ta'rif berishimiz mumkin: A) O'z - o'zini u yoki bu ahloqiy ma'naviy me'yor va qoidalarga asoslangan holda anglash deb ta'riflansa; B) Bizningcha, ahloqiy o'z -o'zini anglash bu o'z - o'zini inson sifatida tasdiqlash va ana shu tariqa o'zligida insoniylikni shakllantirishga nisbatan intilishdir. Agarda shaxs o'z - o'zini inson sifatida e'tirof etmas ekan, unda insoniylik fazilatlari vujudga kelishi mumkin emas. O'z - o'zini anglash esa inson uchun ana shu e'tirofni amalga oshiruvchi muhim vosita sifatida namoyon bo'lish jarayoni yoki holatidir.

Abdivalievna, A. N. (2022). Psychological Characteristics of Children with Attention Deficiency and Hyperactivity and their Readiness for School Training. European Multidisciplinary Journal of Modern Science, 4, 295-298.

REFERENCES

1. G'oziyev E (2010) Umumiy psixologiya.T.;

2. Rojers K.R. Psixoterapiyaga qarash. Insonning shakllanishi. (1994) - M.: Taraqqiyot, - 480 b.

3. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya. (2012) T.;

4. Anorbayevna, G. N. (2016). Influence of the sibling statuse's of teenagers on interpersonal relations. European journal of education and applied psychology, (2).

5. Ibragimovich, R. A. (2020). MEASUREMENT OF PERSONALITY TYPE AND ITS FEATURES. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(6).

6. Nazarov, A. S. (2021). RAHBAR FAOLIYATIDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSUSIYATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 2), 342-348.

7. Rasulova, N. T. PSYCHOSOMATIC FEATURES OF THE REPRODUCTIVE SPHERE. Международный научно-практический

электронный журнал «МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-272-275

КАРЬЕРА». Выпуск № 34 (том 1)(март, 2022). Дата выхода в свет: 31.03. 2022., 192.

8. Rustamovich A. M. The moral consciousness dynamics of students is the position in the process of high education //European journal of education and applied psychology. - 2016. - №. 1.

9. Абдуганиева, Д. А. К (2021). КОПИНГ-СТРАТЕГИЯЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШДА ДИН ОМИЛИНИНГ НАМОЁН БУЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 150-156.

10. Аскарова, Н. А. (2022). ВЛИЯНИЕ РОДИТЕЛЬСКОГО ОТНОШЕНИЯ НА ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ЗДОРОВЬЕ ДЕТЕЙ. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(1), 92-97.

11. Ганиева, Г. В. К. (2020). ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ДИАГНОСТИКИ КОМПЕТЕНЦИИ МАГИСТРА. International scientific review, (LXXIV), 58-60.

12. Дусмухамедова, Ш. А. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ЗНАЧЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ОЦЕНКИ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 355-361.

13. Исаева, М. А. К (2022). НАКАЗАНИЕ С ТОЧКИ ЗРЕНИЯ ЕГО ЭФФЕКТИВНОСТИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 378-384.

14. Радеев А.Е. Кластерный подход к искусству: за и против. Вестник УДК 7.01 СПГУ. Сер. 15. 2014.

15. Расулова, Ф. Ф. (2016). Агрессивное поведение и агрессивность личности. Путь науки, (7), 29.

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.