Научная статья на тему 'SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA NIZONING O‘RNI'

SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA NIZONING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
inson / ehtiyoj / qiziqish / tarbiya / munosabat / muammo / pedagogik nizolar / ziddiyat / ixtilof / stress. / человек / потребность / интерес / воспитание / отношение / проблема / педагогические конфликты / конфликт / раздор / стресс.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — K. Xo‘Shboqov

ushbu maqolada nizo tushunchasining mazmuni va moxiyatini tushuntirishga qaratilgan mulohazalar bilan bir qatorda, pedagogik faoliyatda, shaxslararo munosabatlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan nizoli vaziyatlarning o‘ziga xosligi, keltirib chiqaruvchi sabablar va mavzuga oid munosabatlar xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF CONFLICT IN INTERPERSONAL RELATIONS

в данной статье наряду с рассуждениями, направленными на разъяснение содержания и сущности понятия конфликта, рассматривается специфика конфликтных ситуаций, которые могут возникать в педагогической деятельности, в межличностных отношениях, причинно-следственные связи и отношения к предмету.

Текст научной работы на тему «SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA NIZONING O‘RNI»

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA NIZONING O'RNI

© K. Xo'shboqov

■1H

1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada nizo tushunchasining mazmuni va moxiyatini tushuntirishga qaratilgan mulohazalar bilan bir qatorda, pedagogik faoliyatda, shaxslararo munosabatlarda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan nizoli vaziyatlarning o'ziga xosligi, keltirib chiqaruvchi sabablar va mavzuga oid munosabatlar xususida fikr yuritilgan.

MAQSAD: shaxslararo munosabatlarda nizo va uni bartaraf etias bo'yicha tavsiyalar ishlsb chiqishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: zamonaviy yondashuvlar tahlili nizo motiv, nuqtai nazar, ehtiyoj, qiziqish, maqsadga qarama-qarshi yo'nalganlik, to'qnashuv tarzida talqin etilishini ko'rsatdi. Ayrim olimlar nizo tushunchasini emotsional jihat bilan bog'liqlikda salbiy emotsiyalarga moyil sub'ektlar o'rtasidagi qarama-qarshilikning murakkab shakli deya izohlashgan (A.AHcynoB, A.WunurnoB, E.BorgaHOB, O.Gromova, O.^epöaKOBa, A.Becker, H.Becker, G.Schwarz, P. Heigl).

MUHOKAMA VA NATiJalAR: barcha nazariy konsepsiyalarda umumiy nuqtai nazar, ya'ni nizo murakkab tuzilish va dinamik rivojlanish tavsifiga ega ekanligi, nizo konstruktiv va destruktiv funksiyani bajarishi haqidagi xulosaga kelingan.

XULOSA: real hayotda nizoning kelib chiqishi, uning qanday kechishi va yechimi uni keltirib chiqargan vaziyatdan ham ko'ra, ushbu vaziyatda ishtirok etayotgan insonlarning unga nisbatan sub'ektiv munosabatlariga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham har qanday nizoli, ziddiyatli xolatlarda unga aloqador bo'lgan inson sifatida ayrim o'ziga hos psixologik qoidalarga rioya qilishga to'g'ri keladi.

Kalit so'zlar: inson, ehtiyoj, qiziqish, tarbiya, munosabat, muammo, pedagogik nizolar, ziddiyat, ixtilof, stress.

Iqtibos uchun: Xo'shboqov K. Shaxslararo munosabatlarda nizoning o'rni. // Inter education & global study. 2024. №5. B.544-551.

РОЛЬ КОНФЛИКТА В МЕЖПЕРСОНАЛЬНЫХ ОТНОШЕНИЯХ_

© К. Хушбоков1Н

1Термиский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан Аннотация

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье наряду с рассуждениями, направленными на разъяснение содержания и сущности понятия конфликта, рассматривается специфика конфликтных ситуаций, которые могут возникать в педагогической деятельности, в межличностных отношениях, причинно-следственные связи и отношения к предмету.

ЦЕЛЬ: разработка рекомендаций по разрешению конфликта и его преодолению в межличностных отношениях.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: анализ современных подходов показал, что конфликт трактуется в виде мотива, точки зрения, потребности, интереса, противоположной направленности на цель, конфликта. Некоторые ученые интерпретировали понятие конфликта как сложную форму противостояния между субъектами, склонными к отрицательным эмоциям в связи с эмоциональным аспектом (А.Ансупов, А. Шипилов, Е.Богданов, О.Громова, О.Щербакова, А.Беккер, Х.Беккер, Г.Шварц, П. Heigl).

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: во всех теоретических концепциях делается общая точка зрения, то есть вывод о том, что конфликт имеет сложную структуру и характеристику динамического развития, что конфликт выполняет конструктивную и деструктивную функции.

ВЫВОД: в реальной жизни происхождение конфликта, то, как он протекает и разрешается, будет зависеть от субъективного отношения к нему людей, вовлеченных в эту ситуацию, а не от ситуации, которая его спровоцировала. Именно поэтому в любых конфликтных, конфликтных ситуациях приходится придерживаться некоторых специфических психологических правил, как человек, вовлеченный в нее.

Ключевые слова: человек, потребность, интерес, воспитание, отношение, проблема, педагогические конфликты, конфликт, раздор, стресс.

Для цитирования: Хушбоков К. Роль конфликта в межперсональных отношениях. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 544-551.

THE ROLE OF CONFLICT IN INTERPERSONAL RELATIONS

© Kamoliddin Xo'shboqov1H

1Termiz State Pedagogical Institute, Termiz, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: in this article, along with arguments aimed at clarifying the content and essence of the concept of conflict, the specifics of conflict situations that may arise in pedagogical activity, in interpersonal relationships, cause-effect relationships and attitudes to the subject are considered.

AIM: to develop recommendations for conflict resolution and overcoming in interpersonal relationships.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

MATERIALS AND METHODS: the analysis of modern approaches has shown that conflict is interpreted in the form of motive, point of view, need, interest, opposite orientation to the goal, conflict. Some scientists have interpreted the concept of conflict as a complex form of confrontation between subjects prone to negative emotions in connection with the emotional aspect (A.Ansupov, A.Shipilov, E.Bogdanov, O.Gromova, O.Shcherbakova, A.Becker, H. Becker, G.Schwartz, P. Heigl).

DISCUSSION AND CONCLUSIONS: in all theoretical concepts, a common point of view is made, that is, the conclusion that the conflict has a complex structure and characteristic of dynamic development, that the conflict performs constructive and destructive functions.

CONCLUSION: in real life, the origin of the conflict, how it proceeds and is resolved, will depend on the subjective attitude of the people involved in this situation, and not on the situation that provoked it. That is why, in any conflict, conflict situations, you have to adhere to some specific psychological rules, as a person involved in it.

Key words: person, need, interest, upbringing, attitude, problem, pedagogical conflicts, conflict, discord, stress.

Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo'lgan o'ziga xos jarayon bo'lib, hech bir inson o'zini komil ishonch bilan konflikt vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi. Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o'z hayoti davomida konfliktlar bilan to'qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo'lib, konflikt bilan to'g'ri munosabat o'rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir. So'nggi vaqtlarda zamonaviy jamiyatlardagi insonga bo'lgan turli ilmiy-texnik, ma'naviy, iqtisodiy ta'sirlarning haddan ziyod ortib borishi, zamonaviy jamiyatlarda yashash tarzining murakkablik tomon ortib borayotganligi odamlar to'qnash kelishi mumkin bo'lgan turli konflikt vaziyatlarni ham oshiradi.

Bolalik davrida o'yinchoqlarni talashish, birovlarga hasad qilish, yoki o'g'il bolalarning janjal qilib urishganini ko'p kuzatgansiz. Mana shunday konfliktlar keyinchalik oilada, eru-xotin, qaynona-kelin, aka-opalar, yaqinlar, do'stlar, ijtimoiy guruhlar, turli kompaniyalar o'rtasida, shuningdek mehnat faoliyatida ham vujudga kelishi mumkin.

Inson tug'ilibdiki, uning hayoti turli ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bog'liq holda davom etadi. Bu munosabatlar turlicha tarzda namoyon bo'lib, ular insonga qulaylik yoki noqulaylik to'g'dirishi mumkin. Ana shunday vaziyatlardan biri konfliktlar bo'lib, u ba'zida bizda noqulay munosabatlarni vujudga keltiradi. Konfliktlar nizo va ziddiyatlar tarzida hayotning bir maromda davom etishiga o'z ta'sirini ko'rsatib turadi.

Ijtimoiy munosabatlarda ayrim alohida nizolar, o'zaro kelishmovchiliklarning bo'lib turishi muqarrar hisoblanadi. Shuning uchun ba'zan olimlar ziddiyat yoki nizolarning nafaqat salbiy, balki ijobiy tomonlari ham bo'lishi mumkinligini ochiq e'tirof etadilar. Rus

For citation: Kamoliddin Xo'shboqov. (2024) 'The role of conflict in interpersonal relations', Inter education & global study, (5), pp. 544-551. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

olimasi G. Andreeva ayrim ziddiyatlarning konstruktiv oqibatlari to'g'risida yozadi. Uning fikricha, ba'zan ikki shaxs o'rtasida kelib chiqqan nizo ularning istiqbolda to'g'ri xulosa chiqarib, shunady harakatni boshqa qaytarmaslikka, omilkorlikka, xushyorlikka undaydi. Yoki bir qarashda tanbehga assolangan shaxslararo ziddiyat shaxsni o'z ustida muttasil ishlashga, o'z xulqini o'zi tuzatishiga sabab bo'ladi. Bunday nizolar oqibatida ko'ra konstruktiv deb ataladi. Destruktiv nizoning oqibati esa ko'pincha salbiy bo'lib, u shaxslararo antogonizmni keltirib chiqaradi, tomonlarning asablari charchaydi, ular xastalanib qolishi ham mumkin. Yoki er va xotin o'rtasida, yohud qaynona va kelin o'rtasidagi nizo oila ajrimiga sabab bo'lishi va bir butun oila buzilib ketishi mumkin.

Psixologik adabiyotlarda - konflikt, nizo yoki ziddiyat - bu ayrim alohida olingan shaxs ongida, yoki shaxslararo muloqot jarayonida, guruh doirasida yoki guruhlararo o'zaro muloqot va ta'sir paytlarida biror muammo, masala yoki qarashlar borasida bir-biriga to'g'ri kelmaydigan, qarama-qarshi fikr, qarash va pozitsiyalarning to'qnashuvi oqibati paydo bo'lgan salbiy hissiyotlarga to'la munosabatlar maromini bildiruvchi ijtimoiy psixologik xodisa sifatida tushuniladi.

Konfliktlar tabiiy hodisa bo'lib, konfliktga to'g'ri munosabat o'rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy shartlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, nizo insonning turli ijtimoiy munosabatlarga kirishish jarayonining o'ziga xos oqibatlari majmuidan iborat bo'lgan natijaviy hodisa va voqelikdir. Turli nizolar va ularning xususiyatlarini konfliktologiya sohasi o'rganadi. O'zbek tilining izohli lug'atida pedagogik nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi: "Pedagogik nizo - bu o'qituvchi va o'quvchi, ustoz va shogird, domla va talaba o'zaro kelishmovchiliklari yoki qaramaqarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug'ilgan holat, munosabat, ixtilof, nifoq. Konfliktologiya, yoki nizolar yechimi yangi rivojlanib kelayotigan va taraqqiy etayotgan ijtimoiy sohalaridan biri hisoblanadi. Shu bois, konfliktologiyaning nazariy asoslari, uning milliy xususiyatlari, ijtimoiy o'ziga xosliklari, nizolarning jamiyat hayoti bilan aloqadorligi, shaxslararo nizolar, nizolarning huquqiy aspektlari, mehnat jamoasidagi nizolar masalalari ko'pchilik tadqiqotchilarni qiziqtiradi.

Nizoga moyillik (konfliktogenlik) deganda nizolarning yuzaga kelishini ta'minlovchi pedagogik jarayon va ijtimoiy faoliyat omillari yig'indisi tushuniladi. Mazkur sohaga doir amalga oshirilgan tadqiqot natijalariga asoslangan holda nizoga moyillik ta'lim muhitining ob'ektiv qonuniyatlari bilan aloqador bo'lib, pedagogik faoliyatning murakkabligi, o'quv-tarbiya jarayoni sub'ektlarining intensiv nizoli vaziyatda harakatlanishi, nizoli vaziyat ishtirokchilarida intellektual komponentning buzilishiga olib keluvchi emotsionallikning ustunligi, axborotlar ko'lamining stresslarga moyillikni yuzaga keltirishi, kasbiy faoliyatning bir xil qat'iy me'yor va talablar doirasida nazorat qilinishi; axborotlar globallashuvi sharoitida o'quvchilarda addiktik xulq-atvorning kuchayib borishi, o'quv jarayonini ta'limni axborotlashtirish talablari darajasida tashkil etilmasligi bilan tavsiflanishi haqidagi xulosaga kelindi.

Shaxslararo nizo - bir yoki bir necha konkret shaxslarning o'zaro yoki guruh doirasidagi ziddiyatidir. Bu keng tarfalgan nizolardan biri bo'lib, bunday nizolar rasmiy

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

jamoalarda ham norasmiy muloqotlar oqibatida ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday nizolar odamlarning fe'l-atvoriga ham, konkeret vazyaitlarga ham bog'liq tarzda kelib chiqishi va vaziyatning xarakteriga bog'liq xolda turlicha kechishi mumkin. Keng tarqalgan shaxslararo nizolar biri - bu er va xotin, ota-ona va farzandlar, qaynona-kelin o'rtasidagi nizolar hisoblanadi. Ularning tabiati ham, davom etish muddati ham, xal bo'lish yo'llari ham turlicha bo'lib, har qanday ko'rinishda ham baribir bunday nizo ikki va undan ortiq shaxslar o'rtasidagi psixologik masofani tobora uzoqlashtiradi, samimiyatning kamayishiga olib keladi.

Ilmiy adabiyotlarda nizoli vaziyatlarga to'g'ri munosabat (perseptiv tizim, identifikasiya), o'z-o'zini adekvat boshkaruv, ongli "menlik"kabi ko'rinishlari haqida ko'pgina nazariy-ilmiy muloxazalar mavjud.

Gippokrat o'zining fan olamidagi ilk bor tadqiq qilingan individual farqlanishning tabiiy-ilmiy nazariyasida xar bir insonning o'ziga xos va betakror hissiy boshqaruv xususiyatlari bo'ladiki, unda xayotda odamlar bilan muloqotda va birgalikdagi faoliyat jarayonlarida unumli foydalanish zarurligini va bu ma'lum ma'nodagi nizoli vaziyatlarga to'g'ri munosabat ekanligini uqtiradi. Buyuk mutafakkir Ibn Sinoning "Tib konunlari"da esa xar bir insonning mijozi va bu mijozga mos xarakatlar majmuasining batafsil ishlab chiqqanligini nizoli vaziyatlarga to'g'ri munosabatni shakllantirish vositasi sifatida talqin qilish mumkin.

Beruniy o'z asarlarida tabiat va jamiyatdagi barcha ziddiyatdarga nisbatan ijtimoiy -mantikiy fikrlay olish va mantikiy xulosalar chiqara olish xususiyatini xar bir insonda tarkib toptirish lozim bo'lgan nizoli vaziyatlarga to'g'ri munosabat sifatida talkin kiladi.

Darxaqiqat, Gippokrat, Ibn Sino va Beruniylarning muloxazalaridagi nazariy-ilmiy mazmun o'zining amaliy qimmatini bugungi kunda xam yuqotgan emas. Chunki, tabiatan turli-tuman yaratilgan insonning xulq-atvori, hissiy kechinmalari, qiziqish va motivlari xam bir-biriga o'xshamagan rang-barang xolatda namoyon bo'lishi mumkin. Xuddi ana shu rang-baranglikni o'rganish, bilish va rivojlantirish insondagi nizoli vaziyatlarga to'g'ri munosabatning azaliy muhim sharti xisoblangan.

Taniqli psixolog J.Brunerning "yangi qarashlar" g'oyasiga asosan nizoli vaziyatlarga to'g'ri munosabat "perseptiv ximoya" vositasi sifatida, ya'ni insonning inson tomonidan adekvat idrok qilinishi bilan bevosita bog'lab talqin qilinadi. Albatta, bu o'rinda insonlar o'rtasidagi muomala, muloqot va munosabat mezonlari alohida o'rin tutadi.

Pedagogning kasbiy vazifalarini bajarish sifati va maktabning nizoli muhitga moyilligining o'zaro aloqadorligini hisobga olgan holda tadqiqot doirasida o'qituvchining innovatsion salohiyat darajasi va mas'uliyatni yuqori darajada anglashi konseptual asos sifatida olindi.

Pedagogik nizolarning oldini olish, bo'lajak o'qituvchilarda konfliktologik madaniyatni rivojlantirishning konseptual asoslari N.Azizxodjaeva, M.Axmedova, R.Jo'raev, X.Ibragimov, N.Egamberdievalar tomonidan o'rganilgan.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ayniqsa, so'nggi vaqtlarda psixologik tadqiqotlarda nizoga hayotimizning tabiiy "tarkibiy qismi" sifatida yondashuvning ustunligi kuzatildi (N.Grishina, S.Yemelyanov, N.Vishnyakova, E.G'oziev, G'.Shoumarov va h.k.).

O.^epöaKOBa konfliktologik madaniyatni tahlil эtish orqali shaxslararo munosabatlar jarayonida yuzaga keluvchi muammolarni ikki tomonlama foydali tarzda hal etishni ta'minlovchi shaxsning ijtimoiy zaruriy sifat va xususiyatlarini aks ettiruvchi nizoli vaziyatdagi shaxsning xulq-atvor odobi tarzida aniqlashtirgan.

P.Heigl konfliktologik madaniyatni insonning nizoli vaziyatda adekvat yo'nalganligi va konstruktiv harakatlanish qobiliyati; N.Davenport nizoli vaziyatda o'zining mas'uliyatini anglash asosida konstruktiv harakatlanishga imkon beruvchi sifatlar yig'indisi sifatida talqin etishgan. Konfliktologik madaniyatning komponentlarini aniqlashtirishga doir turli yondashuvlar mavjudligiga qaramasdan, ularning mazmunida umumiy-lik kuzatildi. Jumladan, O.^epöaKOBa konfliktologik madaniyatning komponentlari sifatida fikrlash madaniyati, emotsional madaniyat, kommunikativ madaniyat, xulq-atvor madaniyatini; N.Azizxodjaeva, A.Xoliqovlar konfliktologik madaniyatni kommunikativ qobiliyatlar, ijobiy munosabat, empatiya, nizolarni konstruktiv hal etish, vaziyatni tahlil etish qobiliyati bilan uyg'unlikda tahlil etishgan.

Zamonaviy yondashuvlar tahlili shuni ko'rsatadiki, A.Becker, P.Heigl, M.Kurray, L.Deyvits, A.Dezetta kabi xorij olimlari tomonidan nizoning ijtimoiy-psixologik tabiati, pedagogik nizolarning samarali profilaktik metodlari tadqiq etilgan. P.Heigl konfliktologik madaniyatni insonning nizoli vaziyatda adekvat yo'nalganligi va konstruktiv harakatlanish qobiliyati; N.Davenport nizoli vaziyatda o'zining mas'uliyatini anglash asosida konstruktiv harakatlanishga imkon beruvchi sifatlar yig'indisi sifatida talqin etishgan. L.Kozer, R.Darendorf, Z.Freyd, K.Xorni, A.Adler, N.Azizxodjayeva, R.Safarova, X.Ibragimov)ning turli-tuman qarashlarini tahlil etish asosida nizolarning inson hayotidagi o'rni va roli o'rganililgan. Amerikalik tadqiqotchi Lyuis Kozer 1956 yilda nashr qilgan "Ijtimoiy konflikt funksiyalari" nomli kitobida konfliktli munosabatlarsiz ijtimoiy guruhlar mavjud bo'lmasligini hamda ijtimoiy tizimlarning amal qilishi va almashinishida konfliktlarning ijobiy amaliy ahamiyat kasb etishini to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatdi. Uning fikricha, butun jamiyatning barqarorligi unda mavjud konfliktli munosabatlarning miqdoriga va ular o'rtasidagi aloqalar tipiga bog'liq.

Nemis sosiologi Ralf Darendorf jamiyatning konfliktli modeli konsepsiyasini ishlab chiqqan. Uning 1965 yilda chop etilgan "Sinfiy tuzilma va sinfiy konflikt" asarida har bir jamiyat hukmronlikka, majburlash va bo'ysunishga asoslangan deb hisoblaydi. Qarama-qarshiliklar, konfliktlarning bo'lishiga sabab, faqat odamlarning ijtimoiy notenglikka mahkumligi emas, shu bilan birga hokimiyat, shon-shuhrat, avtoritet uchun bo'lgan kurash, boshqaruv munosabatlaridagi noteng mavqega ega bo'lishdir, bunda

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

bir xil odamlar faqat buyruq berish huquqiga, boshqa odamlar bu buyruqlarni bajarishga va bo'ysunishga majburdirlar1 [: 37-38].

Xorij va MDX mamlakatlari olimlari hisoblangan K. Leongard, A. Bass, A.Shmelevlar pedagogik konfliktologiyani, «pedagogik faoliyatni optimallashtirishda zarur bo'lgan axborotni qo'lga kiritish jarayoni» deb ta'kidlaydilar.

Tadqiqotchi S.A.Novikova nizo va uning kelib chiqish sabablari to'g'risida fikr yuritib, shunday yozadi: "Shaxslar o'rtasidagi nizo ko'p xollarda ularning u yoki bu masalaga bo'lgan nuqtai nazarlarining mos tushmasligi, raxbarlar o'rtasida resurslarni taqsimlash, xodimlar bilan raxbar o'rtasida esa ish sharoitini qoniqarsizligi kabilar yuzasidan vujudga kelishi mumkin. Bir lavozimga ikki nomzod qo'yilganda xam shu turdagi nizolar kelib chiqish xolatlari uchrab turadi. Shaxslararo nizolar ham odatda shaxslararo to'qnashuvlar tufayli bo'lishi mumkin. Zero, xar xil toifa, fe'ldagi odamlar xamma vaqt xam bir-birlarini tushunavermaydilar. Garchi bir ko'rinishda bizga shunday tuyulsada, shaxslararo nizolarning 75-80 foizi moddiy manfaatdorlik zamirida sodir bo'ladi". Shu o'rinda nizolar o'ziga xos mavxum munosabat sifatida, ochiq, yoki yopiq ko'rinishlarda bo'lishi mumkinligi ta'kidlab o'tilgan. Ochiq nizolar odatda qarama-qarshi tomonlarning ko'z oldida, to'g'ridan-to'g'ri vujudga keladi. Ular to'qnashish sodir bo'lgunga qadar to'liq yetilgan bo'ladi. Bunday nizolar raxbariyat nazorati ostida turganligi sababli korxona uchun unchalik xavf tug'dirmaydi va ularni boshqarish oson kechadi. "Yopiq nizolar, -deb yozadi K.Xorni, -o'ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga o'xshatsa bo'ladi. Agar nizo xali "yetilmagan" yoki ularni odamlar nigoxidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar "ichida "bo'lsa, bilingki, bu nixoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin" jarayondir. K.Xorni ta'kidlashicha, "yopiq nizolar ko'pincha fitna, ig'vo, hiyla-nayrang, fisqu-fasod shaklida rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga nifoq solish, buzg'unchilikka qaratilgan bo'lib, yolg'on-yashiq, uydirma, bo'xton gaplar muxoliflar uchun asosiy qurol vazifasini bajarib kelishi bildn ham hatarlidir.

Nizoli vaziyatlarga to'g'ri munosabat xar bir shaxsdagi faoliyat jarayonida sodir bo'luvchi xulq-atvor belgilari muvofiqlashtiriladigan va bir-biriga yaqinlashtirib "tenglashtiriladigan" jarayonlarning kechishi bilan xam bevosita bog'liq jarayon sifatida baholanadi va bu muammo V.E.Chudnovskiy tadqiqot-larida shaxs xarakteridagi (individual va jamoa-gurux) motivasiyalarining shakl-lanishi va amalga oshirilishi, shuningdek, o'zaro xamkorlikka intilish nuqtai-nazari dan asoslab berilgan.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Axmedova Mukarram Tursunalievna Pedagogik konfliktologiya (o'quv qo'llanma): 5110900 - Pedagogika va psixologiya / M.T. Axmedova; O'zbekistan Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. -T.: Adabiyot uchqunlari, 2016. — 319 bet.

2. Андреева Г.М. Социлная психология.-М,: Аспект-Пресс, 2003.

1Ахмедова Мукаррам Турсуналиевна Педагогик конфликтология (укув кулланма): 5110900 - Педагогика ва психология / М.Т. Ахмедова; Узбекистан Республикаси олий ва урта махсус таълим вазирлиги. -Т.: Адабиёт учкунлари, 2016. — 319 бет.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

3. Mayers D. Sosialnaya psixolgiya. M. ,2010

4. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya T. 2012

5. Ансупов А Я .. Шипилов А.Н. Конфликтология. М.: Реч, 2000

6. Гришина Н.В Психология конфликта. М.: Питер, 2008

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HKamoliddin Xo'shboqov, Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi, [Камолиддин Хушбоков, преподаватель кафедры психологии], [Kamoliddin Khushbakov, Lecturer at the Department of Psychology]; manzil: O'zbekiston, Termiz sh., I.Karimov ko'chasi, 288b-uy [адрес: ул. И. Каримова, 288б, Термезское ш., Узбекистан], [address: st. I. Karimova, 288b, Termez city, Uzbekistan], kamolxoshboqov1995@gmail.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.