Научная статья на тему 'SHAXS HAYOTIY USTANOVKALARINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI'

SHAXS HAYOTIY USTANOVKALARINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

27
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxs ustanovkasi / moddiy yetishmovchilik ustanovkasi / ijtimoiy munosabatlar / qo‘rquv / negativ ustanovka / pozitiv ustanovka / inson ongi.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Xusnora Raximova

Maqolada shaxsning hayotiy ustanovkalarining ijtimoiy psixologik determinantlari muammo sifatida o‘rganilganligiga qaratilgan bo‘lib, shaxsning ijtimoiy ustanovkalari insonning barcha hayotiy vaziyatlarida unga qanchalik ta‘sir qilishi va shu orqali uning anglanilgan va anglanilmagan vaziyatlarda turli xil yo‘l tutishi va shuning oqibatida shaxsda turli qo‘rquvlar yuzaga kelishi ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilib, ijtimoiy ustanovkalarga doir turli olimlarning turli xil nazariy va amaliy qarashlari borasidagi ma‘lumotlar hamda shaxsning hayotiy ustanovkalriga doir amaliy tavsiyalar ham ma‘lumot sifatida keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXS HAYOTIY USTANOVKALARINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI»

SHAXS HAYOTIY USTANOVKALARINING IJTIMOIY PSIXOLOGIK

DETERMINANTLARI

Xusnora Raximova

"Oila va gender" ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Maqolada shaxsning hayotiy ustanovkalarining ijtimoiy psixologik determinantlari muammo sifatida o'rganilganligiga qaratilgan bo'lib, shaxsning ijtimoiy ustanovkalari insonning barcha hayotiy vaziyatlarida unga qanchalik ta'sir qilishi va shu orqali uning anglanilgan va anglanilmagan vaziyatlarda turli xil yo'l tutishi va shuning oqibatida shaxsda turli qo'rquvlar yuzaga kelishi ilmiy nuqtai nazardan ko'rib chiqilib, ijtimoiy ustanovkalarga doir turli olimlarning turli xil nazariy va amaliy qarashlari borasidagi ma'lumotlar hamda shaxsning hayotiy ustanovkalriga doir amaliy tavsiyalar ham ma'lumot sifatida keltirilgan.

Kalit so'zlar: shaxs ustanovkasi, moddiy yetishmovchilik ustanovkasi, ijtimoiy munosabatlar, qo'rquv, negativ ustanovka, pozitiv ustanovka, inson ongi.

АННОТАЦИЯ

В статье основное внимание уделяется изучению социально-психологических детерминант жизненных установок человека как проблемы того, насколько социальные установки человека влияют на него во всех жизненных ситуациях человека, и благодаря этому он по-разному ведет себя в сознательных и бессознательных ситуациях, и В результате у человека возникают разные ситуации.Появление страхов рассматривается с научной точки зрения, представлены сведения о различных теоретических и практических взглядах различных ученых на социальные институты, а также практические рекомендации по жизненно важным институтам человека. информация.

Ключевые слова: установка личности, установка на материальный недостаток, социальные отношения, страх, негативная установка, позитивная установка, сознание человека.

ABSTRACT

The article focuses on the study of the socio-psychological determinants of a person's life attitudes as a problem of how much a person's social attitudes influence him in all life situations of a person, and due to this he behaves differently in

213

conscious and unconscious situations, and as a result, a person different situations arise. The emergence of fears is examined from a scientific point of view, information is presented on various theoretical and practical views of various scientists on social institutions, as well as practical recommendations on vital human institutions. information.

Keywords: personality attitude, attitude towards material disadvantage, social relations, fear, negative attitude, positive attitude, human consciousness.

Shaxs hayoti davomida turli xil kerak va nokerak ustanovkalar mavjud bo'lib ular shaxsning ya'ni insonning hayotdagi barcha jarayonlariga o'z ta'siri bilan boshqa jarayonlardan ajralib turadi. Chunki inson ustanovkalari orqali ish ko'radi va hayotini yashab o'tadi. Ustanovka, odatda, fikr, his-tuyg'ular va maqsadli xatti-harakatlarda ifodalangan biror narsaga yoki kimgadir ijobiy yoki salbiy baholovchi sifatida tushuniladi. Tushunish - bu ongsiz ravishda harakat qilishga tayyorlik. Psixologlarning fikricha, insonga har qanday ta'sirni ustanovka nazariyasi nuqtai nazaridan ko'rib chiqish mumkin. Agar ular ijtimoiy xususiyatga ega bo'lsa, unda ular ustanovkalarning ijtimoiy-psixologik tabiati haqida gapiradi. Ustanovkalarning harakat mexanizmini tushunish dominant prinsip deb ataladigan harakatni tushunish orqali osonlashadi. Psixofiziologlar yaxshi bilishadiki, inson faoliyati birinchi navbatda miyaning korteks va subkorteksdagi barqaror qo'zg'alishning dominant markazi tomonidan belgilanadi. Bu odamga xalaqit beradigan yoki aksincha, uni muayyan vaziyatlarda har qanday harakatlarni bajarishga majbur qiladigan sirli "narsa".

Yuqoridagi tushunchalardan kelib chiqib shaxs rivojlanishi ijtimoiy muhitda rivojlanadi. Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Misol qilib oladigan bo'lsak, bir kishiga badiiy adabiyotdan aynan bir guruh asarlar yoqadi. Lekin nima uchun xuddi shu asarlar guruhi yoki shu adib yoqishini tushunmaydi. O'sha guruhdan yangi bir kitob qo'lga kirganda u albatta yoqishi kerak degan tasavvurda bo'ladi. Shu ma'noda olib qaralganda, ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanmagan munosabatlarga o'xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma'no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o'z ifodasini topadi. Ya'ni, ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy ob'ektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu ob'ektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma'lum tarzda idrok qilishga tayyorgarlik holatidir.

214

Ijtimoiy ustanovkalarni o'zgartirish ham mumkin va ulardan eng sodda va qulay yo'li - bu vujudga kelgan vaziyatlar va ulardagi emotsiyalarni qaytarishdir. Bu qaytarish qayd qilingan obraz sifatida inson ongida uzoq muddatli xotirada saqlanadi va vaziyat paydo bo'lganda, ob'ektivlashadi, ya'ni o'z kuchini va mavjudligini ko'rsatadi. Shuning uchun ham agar chet el tajribasiga murojaat qiladigan bo'lsak, u yerda biror g'oyani ongga singdirish uchun bir odam yoki biror guruh o'z siyosiy, mafkuraviy yoki boshqa qarashlarini bir xil so'zlar va iboralar, harakatlar bilan qaytaraveradi va shu yo'l bilan jamiyatdagi insonlarning ma'qullashiga erishiladi. Ayniqsa, saylov oldi tadbirlarida ana shu usul keng qo'llaniladi. Shulardan kelib chiqib, ijtimoiy ustanovkalarni o'zgartirishning usullari va psixologik vositalari orqali ham dunyoqarashni o'zgartirishga erishish mumkin

Insonlar bepul narsalarni izlash jarayonida yoki sarf-xarajatlardan qochishga harakat qilinganida "moddiy yetishmovchilik ustanovkasi" atamasini ishlatishadi. Buni amaliy olib qaralganda haqiqat bo'lishi mumkin lekin buni ilmiy tomondan shaxsdagi moddiy yetishmovchilik ustanovkasi deya olmaymiz.

Alan Vayss, falsafa doktori, moddiy yetishmovchilikka bo'lgan ustanovkani "Inson xulq - atvoriga salbiy ta'sir qilishi ya'ni insonda moddiylikka nisbatan ziqnalikni keltirib chiqarishi, bundan tashqari inson moddiy ehtiyojini qondirishda o'ziga turli to'siqlar qo'yish orqali o'ziga kerakli narsalarni qo'quv bilan amalga oshirishi va har qanday yuqori natijaga erishish keyinchalik omadsizlikka olib boradi shuning uchun inson doim hammadan orqada yurishi kerakligini miyada shakllantiruvchi ta'kid", deb ta'riflagan.

Shaxsning moddiy yetishmovchilik ustanovkasida qo'rquv va yetishmaslik sharoitidagi hayot tarzi bo'lib, unga doim nimadir kamlik qiladi. Bu hech qachon hech narsa amalga oshmaydi, hatto hozir bor narsangiz ham istalgan vaqtda sizdan tortib olinib ketishi mumkinligi va moddiy ta'minlanganlik sizning qo'lingizdan kelmaydi degan qo'rquvda yashashni anglatadi. Bu ba'zi insonlar boylik uchun tug'ilgan, boshqalari esa butun umri davomida moddiy yetishmovchilik azobini chekishga mahkum, degan ishonchni saqlashni anglatadi.

Bu endi kerak bo'lmagan narsalarga yopishib olish kabi muayyan yo'llar bilan o'zini namoyon qiladigan tanqislik tafakkuri bilan chambarchas bog'liq. Inson miyasidagi turli hil qo'rquvga sabab bo'luvchi ustanovkalar insonda mintalitet orqali ham vujudga kelgan bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, agar inson har doim moliyaviy tavakkal qilishdan qo'rqsa yoki har doim naqd pul ishlab chiqarish usullarini qidirsa, bu moddiy yetishmaslik haqidagi ustanovka bo'lishi mumkin. Insonlar hech qachon moddiy ta'minlagan bo'la olmaslik fikriga ega bo'lsa, o'zini moddiy yetishmovchilik hissiga olib keladigan xuddi shunday ishlarni qiladi. Moddiy

215

yetishmovchilikdagi insonlar tavakkaldan shunchalik qo'rqadilarki, ular sarmoya kiritishdan qochish orqali moddiy barqaror bo'lish yo'llarini berkitadilar. Bundan tashqari, insonlar o'zidagi moddiy yetishmaslikka bo'lgan ustanovkasi orqali o'zidan moddiy taraflama yaxshi yashaydigan insonlarni o'zining omadsizligida ayblaydi. Bu insonning ustanovkalarining qanchalik noto'g'ri yo'naltirilganligining yana bir ko'rinishidir.

Shu o'rinda M.G.Davletshinning "Yosh va pedagogik psixologiya" o'quv qo'llanmasida keltirilgan ushbu jumlalarni aytib o'tmoqchiman "Kuzatishlar jarayonida shu narsa ma'lum bo'ldi-ki, odamdagi tug'ma, irsiy mexanizmlari uning psixik rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi-yu, biroq uning mazmunini ham, shaxsiy fazilatlarini ham belgilab bera olmaydi. Ta'kidlash zarurki, muhit ham bola psixikasida rivojlantirishda muayyan rol o'ynaydi. Faqat, buning uchun bolani o'qitayotgan kishilarning ta'siri natijasida bola ana shu muhitni faol ravishda o'rganib olishi, tabiiydir" Demak inson tug'ilishidan boshlab, atrofidagi insonlar orqali tarbiyalanadi va ular bergan ustanovka bilan yashaydi.

Insondagi moddiy yetishmovchilik ustanovkasi tushunchasi insonni yuqori imkoniyatlar, yuqori darajalarga bo'lgan imkoniyatlardan mahrum qiladi. Bundan tashqari, bu insonni umidsizlik holatiga soladi va shuning oqibatida inson allaqachon egallab turgan mavqeidan voz kechadi va boshqa yuqori natijalarga erishishni hohlamaydi.

Falsafa doktori Alan Vayss, moddiy barqarorlikka ega bo'lgan insonlardagi ustanovkani shunday ta'riflaydi: "Inson muvaffaqiyatli ekanligiga va bu muvaffaqiyatni takrorlay olishiga ishontiradigan, insonda yuqori talabga ega bo'lgan qadriyat va iste'dodlari borligi va u duch keladigan ko'p vaziyatlarni hal qila olishiga ishonadi (agarda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa ham o'rnidan turadi va tez orada o'zini tiklay oladi).

Moddiy barqaror insonlardagi tafakkur qobiliyati doim pozitiv bo'lganligi uchun ham ular doim omadli va moddiy tomondan to'q insonlarga aylana borishadi. Moddiy yetishmovchilik hissidagi insonlarning tafakkuri esa negativlikka asoslangan. Unday insonlar imkonsiz va bo'lishi mumkin bo'lmagan narsalar bilan shug'ullanadi. Boshqa tomondan, moddiy barqarorlikka bo'lgan ustanovka optimizmni ilhomlantiradi va imkoniyatlarni ochadi. Bu insonni katta yutuqlarga erishishga va o'zi orzu qilgan boy hayotga intilishga undaydi, chunki ular moddiy yetishmovchilik hissidagi insonlardan farqli o'laroq, agar ular buning uchun harakat qilsalar, erisha olishlariga ishonadilar.

Shu o'rinda shaxsning hayotiy ustanovkalarining ijtimoiy psixologiyasi haqida to'xtalib o'tamiz. Mayers talqini bo'yicha ustanovka bizning reaksiyalarimizga ta'sir

216

qilishi mumkin bo'lgan ta'kid yoki his-tuyg'ulardir. Agar biror kishi bizga tahdid solayotganiga amin bo'lsak, biz unga nisbatan dushmanlikni his qilishimiz va shuning uchun do'stona munosabatda bo'lmasligimiz mumkin. "Odamlarning fikrlash tarzini o'zgartiring", dedi janubiy afrikalik fuqarolik huquqlari faoli Stiv Biko, Emersonni takrorlab, "va haqiqat hech qachon avvalgidek bo'lmaydi."Bu so'zlarning haqiqat ekanligiga ishongan ijtimoiy psixologlar 40-50-yillarda munosabatlarga ta'sir qiluvchi omillarni diqqat bilan o'rgandilar. 1960-yillarda o'tkazilgan o'nlab tadqiqotlar odamlarning o'ylashlari va his qilishlari ko'pincha ularning haqiqiy xatti-harakati bilan bog'liq emasligini ko'rsatganda, ular hayratda qoldilar (Wicker, 1971). Ko'p hollarda, o'quvchilarning fanga bo'lgan munosabati ularni qo'shimcha berkitilgan javob varaqlariga qanchalik tez-tez murojaat qilishlari bilan bog'liqligi aniqlandi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, inson qanchalik o'zidagi ustanovkalarni to'g'ri yo'naltirmas ekan shunchalik o'zidagi ishonchsiz hatti -harakatlari ham ko'payib boradi.

Har bir shaxs o'z hayoti davomida, boshqa insonlar bilan bo'lgan munosabatlari, ta'lim va tarbiya orqali passiv bo'lmagan, balki tanlab, faol munosabatda bo'ladigan aktiv ijtimoiy ong ta'sirini boshdan kechiradi. Ijtimoiy ong normalari shaxsga ma'naviy ta'sir ko'rsatadi, uning dunyoqarashini, axloqiy ustanovkalarini, estetik g'oyalarini shakllantiradi. Ijtimoiy ongni o'z qonuniyatlari asosida rivojlanib, faoliyat yurituvchi jamoat ongi deb ta'riflash mumkin. Chunki u insondagi hayotiy ustanovkalarni shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, ijtimoiy ustanovka shaxsning jamiyatdagi xulq-atvorini tushuntirib berish usuli sifatida xizmat qiladi. Ijtimoiy ustanovka muammosi — ijtimoiy psixologiyada eng muhim muammolaridan biri sifatida ko'riladi va ustanovkaning shaxsning xulq-atvorida namoyon bo'lishi ko'pgina tadqiqotchilar tomonidan tahlil etilgan va quyidagi xulosalarga kelingan. Ustanovka shaxsning xulq-atvorini belgilab beradi va boshqa ta'sirlar kamaytirilganda, ustanovka xatti-harakatga mos kelganda, ustanovka kuchli bo'lganda, ustanovka onggacha yetkazib borilganda uni o'zgartirish va boshqarish mumkin.

Ijtimoiy ustanovka tushunchasi ma'lum bir darajada xulq - atvor motivining tanlovini ham izohlab beradi. Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki, anglanilmagan yoki qisman anglanilgan motivlariga kiradi. Masalan, bir talabaga qaysidir o'qituvchining dars o'tishi yoqadi, u nima uchun shu o'qituvchining dars o'tishi yoqishini tushunmagan holda o'qituvchining keyingi darslari ham «menga yoqadi» degan tasavvurda bo'ladi. Shu ma'noda olib qaralganda, ijtimoiy ustanovka shaxsdagi anglanilmagan munosabatlarga o'xshaydi. Lekin aslida uning tabiati juda

217

murakkabdir. Chunki ijtimoiy ustanovka tushunchasida munosabatlar ham, shaxsiy ma'no ham, baholar sistemasi ham, bilimlar ham o'z ifodasini. topadi. Ya'ni, ijtimoiy ustanovka shaxsning turli ijtimoiy ob'ektlarga nisbatan munosabat bildirishining ichki mexanizmidir, shu ob'ektlar bilan ishlashga, ularni baholashga hamda ma'lum tarzda idrok qilishga tayyorgarlik holatidir.

Insonga kerak bo'ladigan ko'p narsa insonning ongida sodir bo'ladi. Shuning uchun ham insondagi turli hil ustanovkalar insondagi moddiy yetishmovchilik ustanovkasi deb atalmagan. Haqiqiy hayot senariylarida o'zini namoyon qilsa-da, u asosan mavhumdir. G'oyalar, e'tiqodlar, fikrlash tizimlari. pessimizmni ortda qoldirib, optimizga o'tish orqali inson o'z ustanovkalarinin o'zgartira oladi. Misol uchun insondagi turli taqiqlovchi so'zlar o'rniga, optimistik nuqtai nazar bilan keyinroqqa qoldirish bilan o'rnini to'diruvchi so'zlar ishlatilsa insondagi ustanovkalar sekin -astalik bilan bo'lsada o'zgaradi.

REFERENCES

1. Р. Мокшанцев, А. Мокшанцева "Социальная психология. Учебное пособие для ВУЗов". Сибирское соглашение, Инфра-М, 2001 г. 31 b

2. F.A.Akramova. Ijtimoiy psixologiya: o'quv qo'llanmasi. - T., 2007. - 166 b. (75 bet)

3. М.Г.Давлетшин, Ш.Дустмухдмедова, М.Мавлонов, С.Туйчиева, М. Джумабаева "Ёш ва педагогик психология" укув кулланма Toshkent 2007 (21-22 b).

4. Майерс Д. ИЗУЧАЕМ СОЦИАЛЬНУЮ ПСИХОЛОГИЮ. Учебник. Москва, 2002.587c. (153-154b)

5. О.Г. Ридецкая. Социальная психология. Учебное пособие. Москва 2008. 272c. (33b)

6. Сагатова, Ш. Ф. (2021). ЭМОЦИОНАЛ ИНТЕЛЛЕКТ РИВОЖЛАНИШИНИНГ ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 124-127.

218

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.