Научная статья на тему 'SHAXS FAZILATLARI TARKIB TOPISHIDAGI NUQSONLARNI OLDINI OLISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA'

SHAXS FAZILATLARI TARKIB TOPISHIDAGI NUQSONLARNI OLDINI OLISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
380
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim-tarbiya / psixologik xususiyat / intellektual / ko‘nikma / malaka / ijtimoiy / individual / ehtiyoj / psixik taraqqiyot / pedagogik ta’lim / psixik rivojlanish / aqliy faoliyat usullari / maktab faoliyati / o‘smirlarning tipologik xususiyati / o‘smirlik davri / psixologik sifat.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Musurmonov R., Sultanova D., Hakimova I.

Maqolada shaxs fazilatlari tarkib topishdagi nuqsonlarni oldini olish pedagogik muammo to‘g‘risida fikr yuritilib, yoshlar bilan olib boriladigan ta’lim tarbiya ishlari samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish haqida taklif va tavsiyalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXS FAZILATLARI TARKIB TOPISHIDAGI NUQSONLARNI OLDINI OLISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA»

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР:

1. Мухамедов Г.И., Хужамкулов У.Н. Педагогик таълим инновацион кластери. Илмий рисола. Чирчик. 2019. 90 б.

2. Мусурмонов Р., Мусурмонова М. Укувчиларнинг дарсга булган муносабатларини кластер усулида урганиш. Укув-методик кулланма, -Т.: "MALIK PRINT CO" 2022. 145 б.

3. Тураева О. Оилавий муносабатлар психологияси. -Т.: 1994.

SHAXS FAZILATLARI TARKIB TOPISHIDAGI NUQSONLARNI OLDINI OLISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA

Musurmonov R.

Chirchiq davlatpedagogika universiteti "Maktab menejmenti" kafedrasi dotsenti, p.f.n.

Sultanova D.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Maktab menejmenti" kafedrasi o'qituvchisi

Hakimova I.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Maktab menejmenti" kafedrasi o'qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada shaxs fazilatlari tarkib topishdagi nuqsonlarni oldini olish pedagogik muammo to'g'risidafikr yuritilib, yoshlar bilan olib boriladigan ta'lim tarbiya ishlari samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish haqida taklif va tavsiyalar berilgan.

Tayanch so'z va iboralar: Ta'lim-tarbiya, psixologik xususiyat, intellektual, ko'nikma, malaka, ijtimoiy, individual, ehtiyoj, psixik taraqqiyot, pedagogik ta'lim, psixik rivojlanish, aqliy faoliyat usullari, maktab faoliyati, o'smirlarning tipologik xususiyati, o'smirlik davri, psixologik sifat.

Yoshlar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ularning yoshi va psixologik xususiyatlarini bilish hamda hisobga olishga bog'liqdir. Bu holat burilish hisoblangan o'smirlik davrining alohida xususiyati bo'lib, u ko'prok shu davrga taaluqlidir. O'smirlik davrini - o'tish davri deb yuritadilar, chunki ana shu davrda bolalikdan kattalik holatiga o'ziga xos o'tish davri yuzaga keladi. U psixik jarayonlarning, o'quvchi faoliyatlarining jiddiy ravishda qayta qurilishi bilan bog'liqdir. Shuning uchun o'smirlik yoshi o'zaro munosabat shakllarida, faoliyatni tashkil qilishda qat'iy o'zgarishlarni talab qiladi. O'smirlarni ta'lim-tarbiya berish ishlarida goho uchraydigan qiyinchiliklar bu yoshdagi bolalarning psixik rivojlanishi qonuniyatlarini va xususiyatlarini ba'zan yetarli darajada bilmaslik yoki inkor etish natijasida paydo bo'ladi. Bu davr tarbiya uchun ancha qiyin davr hisoblanadi. Chunki bolaning ulg'ayib, katta odamga aylanish jarayonining o'zi qiyin, bu jarayon psixikaning, odamlar bilan

bo'lgan munosabat shakllarining jiddiy ravishda qayta o'zgarishi hamda hayot sharoiti va faoliyatining o'zgarishi bilan bog'liqdir.

O'smirlarga ta'lim-tarbiya berishdagi qiyinchiliklar shundan iboratki, bunda o'smir bilan bo'ladigan munosabatlarda uning hayoti va faoliyatini nazorat qilish shakllarini o'zgartirish muhimdir. Ularga ta'sir qilishning qandaydir yangi usullari va vositalarini topish lozim bo'ladi. Bunda albatta, har bir yosh bilan alohida munosabatda bo'lish maqsadga muvofiqdir.

O'smirlarning psixik taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuchlar ularning faoliyatlari tug'dirgan yangi ehtiyojlar bilan bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari o'rtasidagi qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi va bartaraf qilinishidan iboratdir; bu qarama-qarshiliklar o'smirlarning ortib borayotgan jismoniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari bilan ularning eski, ilgari tarkib topgan olam bilan o'zaro munosabat shakllari, ular faoliyatining eski qarama-qarshiliklar, jamiyat, kattalar va jamoa tomonidan o'smirga nisbatan ortib borayotgan talablar bilan o'smirlar real xatti-harakatlarning shakllari o'rtasidagi qarama-qarshiliklardir. Bu qarama-qarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik taraqqiyotni, ancha murakkkab shakldagi faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi psixologik sifatlarini tarkib toptirish orqali bartaraf qilinadi. Buning natijasida o'smirning psixik taraqqiyotining yanada yuksakroq bosqichga o'tishi amalga oshiriladi.[1]

Tarbiyasi qiyin, injiq, xulqi salbiy bolalarning kelib chiqishi ijtimoiy sabablaridan tashqari pedagogik va psixologik sabablari ham mavjud. Yoshlarda nojo'ya xatti-harakatlar paydo bo'lishining sabablari va turtkilari har xildir. Qonunni buzishni yoki qoidaga xilof ish qilishi darajasiga qarab tarbiyasi qiyin o'smirlar jinoiy qonunbuzar va oddiy qoida buzar guruhlarga ajratiladi.

Shaxsning fazilatlari tarkib topishidagi nuqsonlar:

a) axloqiy hislarning yetishmasligi;

b) o'qituvchi, sinf jamoasi, oila a'zolari bilan noto'g'ri muloqot;

v) ishyoqmaslik;

g) bo'sh vaqtni to'g'ri taqsimlay bilmaslik va boshqalar salbiy holatlarni vujudga keltiradi.

Shuningdek, shaxsning o'quv faoliyatidagi kamchiliklari:

1) aqliy faoliyat usullaridan keng foydalana bilmaslik;

2) bilim, ko'nikma va malakalarni egallashdagi uzilishlar;

3) maktab faoliyatidagi tarbiyaviy yo'nalishdagi kamchiliklar;

4) o'qitishdagi nuqsonlar ham shular jumlamasiga kiradi. [2]

O'smirlarning tipologik xususiyatlariga qarab ularni bir necha shartli guruhlarga ajratish mumkin.

Tarbiyasi qiyin o'smirlarning birinchi guruhi orsizlar yoki subutsizlar deyiladi. Bular o'z xatolarini bilib turib qonun va qoidalarni buzadilar, noma'qul ishlarni qiladilar. O'zlarining gunohkor ekanliklarini tan olmaydilar. Lekin yutuqlarini e'tirof qilishini xohlaydilar. Shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga ma'qullashini va o'z talablarini o'zgalar so'zsiz bajarishini juda yoqtiradilar. Ular betga chopar, o'jar, rahm-shafqatsiz, «zo'ravon» bo'ladilar.

Mu^aqil fikrga ega bo'lmagan tengdoshlarini o'z atroflariga to'playdilar va birgalikda tartib buzishga undaydilar.

Ikkinchiguruhgamansubtarbiyasiqiyino'smirlaryaxshivayomonnitushunadiganlar, biroq mu^aqil e'tiqodga, barqaror yuksak his-tuyg'uga ega emasliklari sababli «orqa qanot»da turib qoidani buzadilar. Ularning xatti-harakatlari tasodifiy voqelikka, ta'sir kuchiga va vaziyat xususiyatiga bog'likdir. Ular tashviqotga tez beriladiganlar, barcha narsalarga ishonadilar, qaysi yo'lga kirib qolganliklarini anglab yetadilar, biroq «kompaniya» fikriga qarshi borishga botina olmay ko'ngilsiz ishlarga qo'l uradilar. Ko'pincha tartibbuzarlar qilmishlariga tavba qilib, sinf jamoasi a'zolarini ishontiradilar, lekin ma'lum fursat o'tgandan so'ng bergan va'dalarini butunlay unutadilar.

Uchinchi guruhga mansub tarbiyasi qiyin o'smirlar shaxsiyatpara^lik tufayli qonunbuzarlik, tartibbuzarlik yo'liga kirib qoladilar. Ular shaxsiy talablari va ehtiyojlarini qondiri sh uchun har qanday noj o ' ya xatti-harakatlardan qay tmay dilar, odamlarga y axshilik qilishni orzulaydilar. Biroq o'zlarining shaxsiy manfaatlarini ijtimoiy manfaatdan yuqori qo'yadilar. O'zlarining xoxishlarini taqiqlangan usullar bilan amalga oshiradilar, so'ng qilmishlariga afsus-nadomad chekadilar, ruhan eziladilar. Lekin mazkur kechinmalarni tez unutadilar.[3]

Ularning shaxsiy ehtiyojlari har qanday yuksak hislardan, xoxishlardan u^un turadi. Axloqqa xilof xatti-harakatlar achinish hissi tarzida namoyon bo'ladi.

Injiq tabiatli qiyin tarbiyalanuvchilar jamoa va guruhlarda o'z o'rinlarini topa olmaydilar, ular arazchan, ginaxon bo'lib o'z guruh va jamoalariga qo'shilib ketavermaydilar, tortinib o'zlarini kamsitilgandek his qiladilar. Ular ham qiyin tarbiyalanuvchi yoshlarning bir turidir. Jamoa o'rtasida obro' qozonishni, hurmatga sazovor bo'lishni juda xohlaydilar. Lekin ulardagi tushkunlik kayfiyati, umidsizlik, o'z imkoniyati, aqliy quvvatga ishonchsizlik bunga imkon bermaydi. Ular maktab, sinf jamoasining qoida va qonunlarini buzishga harakat qilmasalar ham, lekin bu jamoaning ish faoliyati va muvaffaqiyatida, ta'lim-tarbiya jarayonida yetarlicha qiyinchiliklarning pay do bo'lishiga salbiy ta'sir ko'rsatadilar, jamoa ishini orqaga suradilar va jamoa ko'zlagan maqsadni amalga oshirishda qiyinchilik tug'diradilar.

Tarbiyasi qiyin o'smirlarni keltirib chiqaruvchi sabablar majmuasiga quyidagilar kiradi.

1. Bola rivojlanishidagi biologik nuqsonlar:

a) sezgi organlaridagi kamchiliklar;

b) o'qishga salbiy ta'sir etuvchi oliy nerv faoliyati va temperament xususiyatlarining mavjudligi;

2. Shaxsning psixik kamolotidagi kamchiliklar:

a) aqlning bo'sh rivojganligi;

b) irodaning zaifligi;

v) hissiyotning kam rivojlanganligi;

g) zarur ehtiyoj va bilishga qiziqishlar mavjud emasligi;

d) o'smirdagi intilish bilan imkoniyatlarning nomutanosibligi.

2. Bola tarbiyasidagi nuqsonlar:

a) axloqiy xislatlarida uchraydigan kamchiliklar;

b) o'smirning o'qituvchi, sinf jamoasi va oila a'zolari bilan muloqotidagi zaifliklar;

v) mehnat tarbiyasidagi nuqsonlar;

g) bo'sh vaqtni taqsimlashdagi xatoliklar;

d) ijtimoiy muhit, oilaviy sharoitdagi ta'lim-tarbiyadagi nuqsonlar.

1. Bolaning bilim olish faoliyatidagi kamchiliklari:

a) bilimlar, maxsus ko'nikmalar va malakalarni egallashdagi o'zgarishlar;

b) ta'lim jarayonida aqliy mehnat usullari va operatsiyalarning yetishmasligi.

2. Maktab ta'limi va tarbiyasidagi kamchiliklar:

a) ta'lim jarayonida bilimlari va xatti-harakatlarini adolatsiz baholash, darslik va o'quv qo'llanmalariga nisbatan anglashilmovchiliklar, sinfda qoldirish va h.z.

b) maktab tarbiyaviy ishlaridagi kamchiliklar (o'qituvchining o'smirga xayrixoh emasligi, o'quvchining yakkalanishi, o'qituvchilar va o'quvchilar jamoasidagi nuqsonlar, pedagogik qarovsizlik, o'z o'rnini topa olmaslik).

3. Maktabdan tashqari muhitdagi nuqsonlar:

a) oilada pedagogik va psixologik bilimlarning yetishmasligi;

b) oilaning buzilishi va oilaviy nizolar;

v) ota-ona yoki oila a'zolarining shahvoniy hayotga va ichkilikka berilishi;

g) oila a'zolari o'rtasida sudlangan kishining uchrashi;

d) tengqurlarning salbiy ishlariga (haqorat qilishiga, ichishga, chekishga, qo'li egrilikka) o'rgatish va h.z.;

ye) madaniy-ma'rifiy, ishlab chiqarish va jamoatchilikning kamchiliklari (e'tiborsizlik va loqaydliklari).

Bu o'rinda yoshlarning g'oyaviy maslagini hisobga olish ham nihoyatda muhimdir. O'quvchi individualligini shaxs mazmuniga, avvalo uning g'oyaviy maslagi, ya'ni uning qizikishlari, ideallarini bilish kerak. Yoshlarga individual munosabatda bo'lishda ijtimoiy maslak sifatida ularning ijtimoiy qiziqishlarini bilish ayniqsa muhimdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O'tmish mutafakkirlari ta'lim-tarbiya haqida. 2-kitob, 1993.

2. To'raeva O. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. -T. 1994.

3. Musurmonov R., Musurmonova M. "O'quvchilarning darsga bo'lgan munosabatlarini kla&er usulida o'rganish" O'quv-metodik qo'llanma, T.: "MALIK PRINT CO" 2022 y. 145 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.