Научная статья на тему 'SHARQ ALLOMALARI ILMIY MEROSIDA HARBIY KADRLAR MASALASINING YORITILISHI'

SHARQ ALLOMALARI ILMIY MEROSIDA HARBIY KADRLAR MASALASINING YORITILISHI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

102
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tarbiya / burch / vatanparvarlik / insonparvarlik / sadoqat / odamiylik / ma‟naviy salohiyat / intellekt / Education / duty / patriotism / humanity / loyalty / humanity / spiritual potential / intellect

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Islomjon Yuldashevich Mullajonov

Mazkur maqolada sharq mutafakkirlarining oila, unda farzand tarbiyasi, yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol va vatanparvar etib kamol toptirish haqidagi qarashlari va fikr-mulohazalari bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the views and opinions of Eastern thinkers about the family, raising children in it, raising the young generation to be mature, mature and patriotic in all aspects

Текст научной работы на тему «SHARQ ALLOMALARI ILMIY MEROSIDA HARBIY KADRLAR MASALASINING YORITILISHI»

SHARQ ALLOMALARIILMIY MEROSIDA HARBIY KADRLAR MASALASINING YORITILISHI

Islomjon Yuldashevich Mullajonov

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada sharq mutafakkirlarining oila, unda farzand tarbiyasi, yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol va vatanparvar etib kamol toptirish haqidagi qarashlari va fikr-mulohazalari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Tarbiya, burch, vatanparvarlik, insonparvarlik, sadoqat, odamiylik, ma'naviy salohiyat, intellekt.

ABSTRACT

This article describes the views and opinions of Eastern thinkers about the family, raising children in it, raising the young generation to be mature, mature and patriotic in all aspects.

Keywords: Education, duty, patriotism, humanity, loyalty, humanity, spiritual potential, intellect.

KIRISH

Ulug' mutafakkirlar, olimu fuzalolar, aziz-avliyolar Vatani bo'lmish O'zbekistonimizda keyingi vaqtlarda xalqimizning ezgulikka yo'g'rilgan an'analari, urf-odatlarini qayta tiklash hamda rivojlantirish, muqaddas qadamjolar va obidalarni obodonlashtirish, yosh avlod va harbiy kadrlarni boy tariximizga hurmat, vatanparvarlik va odamiylik fazilatlari ruhida voyaga yetkazishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Biz ta'lim va tarbiya tizimining barcha bo'g'inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o'zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz", - degan fikri, shuningdek, Fitratning "Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo'lishi, baxtli bo'lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo'lishi yoki zaif bo'lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e'tibordan qolib, o'zgalarga tobe va qul, asir bo'lishi ularning o'z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog'liq", - degan fikrlariga davlatimiz rahbarining alohida urg'u berishi zimmamizda xalq manfaatlari, farzandlar kelajagi, ularning tarbiyasiga oid mas'uliyat nechog'li yuqori ekanidan dalolatdir.

October, 2022

234

Zero, farzandlar bizning kelajagimiz, ular ota-ona va ajdodlarimiz ishining davomchilari hisoblanadi.

Yana Prezidentimiz e'tirof etganidek: "O'z milliy tarixi va madaniyatiga, dunyoda eng katta boylik bo'lgan intellektual va ma'naviy salohiyatga chuqur hurmat bilan yondashish, uni asrab-avaylash va boyitish, shu asosda yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash jahondagi har bir davlat va jamiyatning moddiy va ma'naviy taraqqiyotida, hech shubhasiz, hal qiluvchi o'rin egallaydi"[2]. Ushbu qo'llanmadan ota-onalar, mahalla faollari, ta'lim muassasalari va yoshlar foydalanishi nazarda tutilib, mutafakkirlarning milliy fazilatlar, qadriyatlar, odob-axloq, tarbiya haqidagi fikr-mulohazalari, o'gitlari va hikmatlari tahlillar asosida yoritildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Farzand komilligi, uning tarbiyasi, sog'lomligi, milliy qadriyatlarga, Vataniga bo'lgan muhabbati kabi masalalar ko'tarilganda, mutafakkir Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidur," - degan ma'noli fikrlari naqadar haqiqat ekanligini anglaymiz. Tarbiyaning o'chog'i bo'lgan oila - har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarning rivojini ta'minlovchi, ma'nan va jismonan barkamol avlodni dunyoga keltirib, tarbiyalab, vatanparvar yurt himoyachilarini voyaga yetkazuvchi muqaddas makondir. Inson ilk tarbiyani oiladan, mehr qo'ridan, onaning suti va o'ziga xos allasidan oladi. Uning ta'siri odam tabiatiga, qalbiga mustahkam joylashadi. Farzandning komilligi, ruhiyati, mehribonligi, odobi har bir oilada belgilangan ichki, o'ziga xos qonun-qoidalari asosida shakllanib boradi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Barchamizga ayonki, yurtimizdagi har qaysi inson har qaysi oilaning eng ezgu orzu-maqsadlari, hayotiy manfaatlari, avvalambor, uning farzandlari timsolida namoyon bo'ladi, ro'yobga chiqadi"[3]. Bunda farzandlarning ma'naviy tarbiyasi masalasi ham muhim o'rin tutadi. Ma'naviyat so'zini izohlagan olim Safo Ochil: "Ma'naviyat" deganda, inson xulq-atvorining go'zalligi, saxovatliligi, olijanobligi, va'dasiga vafodorligi, hayoliligi, bilim olishi, donoligi, bag'rikengligi, odobliligi, ozoda va pokizaligi, qalbining beg'uborligi, xushmuomalaligi va shu singari yoqimli urf-odatlar tushuniladi,"[4], - degan fikrni ilgari suradi.

Mutafakkir Mavlono Sodiq Qoshg'ariy (XV asr) "Odobiya" asarida ustoz bo'lishning 400 dan ortiq qoidalarini bayon qilgan[5]. Bulardan

eng muhimlarini ta'kidlab o'tamiz.

October, 2022

1. Ustozlikka da'vogaming avvalo bo'g'zi toza bo'lsin. Ustoz halol yeb, halol ichishi kerak. Aks holda uning so'zlari yolg'on bo'ladi.

2. Ustoz pokdomon bo'lsin. Ustoz kamtar va mag'rur bo'lishi kerakki, oddiy odamlar unga murojaat qila olishi va nopoklar uni bo'ysundira olmasligi kerak.

3. Ustoz zinda dil bo'lsin. Tirikko'ngil odam ruhiyatshunos bo'lib, inson shaxsini yaxshi tushunadi, hayotga optimal qaraydi, o'z kasbini sevadi. Bu o'rinda shaxs psixologiyasini yaxshi tushunish haqida so'z bormoqdaki, uning zamirida ko'ngil ko'zi yumuq odamning tarbiyachi bo'la olmasligiga ishora bor.

4. Ustoz nazarkarda bo'lsin. Ya'niki, Ustoz shogirdining issiq-sovug'idan, yurish-turishidan va fikru zikridan xabardor bo'lishi lozim.

Ustoz shogirdini turli usullarda tarbiyalaydi. Kimdir 20 yil, yana kimdir 7 yil tarbiya olishi mumkin. Jumladan, mashhur Bahouddin Naqshband ustozlari qo'lida bor-yo'g'i 7 yil tarbiya ko'rgan, xolos. Ta'kidlash joiz, qadimda agar ustoz shogirdining iste'dodini tarbiyalashga o'zini ojiz sezsa, uni darhol o'zidan kuchliroq ustoz huzuriga yuborgan, oki shogirdning yo'liga to'g'anoq bo'lmaslik uchun[6]. Bundan ko'rinadiki, farzand tarbiyasida, eng avvalo, ustoz tarbiyachilarimizning o'zlari tarbiyaning talablariga to'la javob beradigan, baxtli-saodatli, o'z oilasi va mavqeiga ega, ma'naviy barkamol, xushxulqli, go'zal muomalali, bugungi zamonaviy talablarga javob bera oladigan, farzandlar ko'ngliga yo'l topa oladigan bo'lishlari ham muhim ekan.

Yosh ofitserlar tarbiyasi, kelajagi va manfaatlari haqida so'z borganda "Bundan uch yarim ming yil ilgari yashab o'tgan fir'avnlardan birining qabrtoshi ustiga "Yoshlarimiz o'jar va qaysar, keksalarning aytganini nazar-pisandga olmaydi, ajdodlar qad riyatlarini inkor etadi[7].- degan so'zlarning bitib qo'yilgani yoshlar tarbiyasi bashariyat taraqqiyotining barcha davrlarida hozirgidek asosiy muammolardan biri bo'lib kelganini tasdiqlaydi.

Amir Temur (1336-1405) - o'zbek davlatchiligini eng yuksak pog'onaga olib chiqqan buyuk shaxs. U o'z hayot faoliyati davomida doimo o'zining "Kuch -adolatda" degan shioriga amal qilgan holda ish yuritgan. Amir Temur farzandlari, nabiralari, yaqinlarining tarbiyasiga alohida e'tibor qaratgan.

Nabiralarini tarbiyalashda Amir Temurning rafiqasi Saroymulkxonim bosh-qosh bo'lgan. Saroymulkxonim shahzoda va malikalarni halol, mehnatsevar, aqlli, dono, odob-axloqli, mo'min va mo'minalar qilib tarbiyalagan. Amir Temur va Saroymulkxonimning tarbiyasini olgan Mirzo Ulug'bek dunyoga mashhur qomusiy olim bo'lib yetishdi va aqlu zakovati bilan ilm ahlini lol qoldirdi. Amir Temurning markazlashgan davlatini, mehnatkash xalqini ko'rolmaydigan davlat atrofidagi dushmanlar ko'p bo'lgani uchun

October, 2022

236

ham sohibqiron harbiy yurishlar olib borishga majbur bo'lgan. Uning yozishicha, o'z yumushlarining o'ndan to'qqizini murosa-yu madora asosida hal qilgan. Tanho o'ndan bir hissa ishlarda iloj topmagach, kuch ishlatishga majbur bo'lgan. Eng muhimi, Amir Temur qonun ustuvorligiga katta e'tibor qaratgan. Bunga Amir Temur tartib bergan "Temur tuzuklari" yorqin misol bo'la oladi. Sohibqiron davrida qonunlar barcha uchun barobar bo'lgan. Hatto uning ba'zi bir o'g'illari va nabiralari qonundan tashqari noloyiq ish qilganlarida ular qattiq jazolanganlar. Amir Temur qattiqqo'l va shu bilan birga adolatparvar davlat arbobi bo'lgan. Amir Temurning "Temur tuzuklari" nomli kitobida uning adolatparvarligi va har bir ishga mas'uliyat bilan yondashganligini ko'rish mumkin. Ushbu tuzuklardan barchamiz turmush tarzimizda, farzand tarbiyasida, oilada ichki qonun-qoidalar o'rnatishda va tarbiyada ma'naviy meros, milliy qadriyat sifatida foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir.

Barkamol inson, uning tarbiyasi haqidagi yuksak g'oyalar bayon qilingan zardo'shtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»ning tub ma'no - mohiyatini belgilab beradigan "Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal" degan tamoyilni oladigan bo'lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli saboqlar borligini ko'rish mumkin.

Somoniylar davrining ulkan shoiri, mutafakkiri Abu Abdullo binni Ja'far Ro'dakiy komil inson to'g'risida quyidagi misralarni yozib qoldirgan: To 'rt narsani berdi menga oqillarcha o 'ylamoq: Tansihatlik, yaxshi odat, yaxshi nom, yaxshi fikr. Tangri kimga qilgan bo 'Isa bu to 'rt narsani nasib, Mangu shodlik bilan yashab, g 'am yemasa ham arzir[8].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O'zbekistondagi Islom Madaniyati Markazini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarorida "Ulug' ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kunda butun ma'rifat olamini dunyoni hayratga solib kelayotgan ilmiy meros faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma'naviy mulki bo'lib, bu bebaho boylik yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, eng muhimi, yangi kashfiyotlar uchun mustahkam zamin bo'lib xizmat qilishi shubhasizdir", deb ta'kidlagani barchamizni ruhlantirib, bu masalaga yanada mas'uliyat bilan yondashishimiz zarurligini ko'rsatmoqda[9].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida shuni aytishim mumkinki, bugungi kunda harbiy kadrlarni tarbiyalashda, ularning ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish va

boyitishda, mutafakkirlarning fikr-mulohazalari, pand-nasihatlari,

October, 2022

hikmatlaridan foydalanish va barkamol insonni voyaga yetkazish barchamizning burchimizdir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. 2016. 8 dekabr. "Xalq so'zi" gazetasi.

2. Mirziyoyev Sh.M. 2017. 24 iyun. "Xalq so'zi" gazetasi.

3. Mirziyoyev Sh.M. 2016. 8 dekabr. "Xalq so'zi" gazetasi.

4. Safo Ochil. Mustaqillik va tarbiya masalalari. "O'zbekiston", 1995. 6-бет

5. M.S.Qoshg'ariy. Odob saboqlari. "Sharq Yulduzi", 1991. 1-son. Fors tilidan N.Komilov tarjimasi

6. Sh.Abdujalilova. Abdurauf Fitratning oila va bola tarbiyasiga oid qarashlari. T., "Yozuvchi", 2002. B.16.

7. P.Taranov. Ensiklopediya visokogo uma. M., 1999. B-16.

8. Ro'dakiy. T; 1967, B. 67.

9. Mirziyoyev Sh.M. 2017. 24 iyun. "Xalq so'zi" gazetasi.

10. Мадаминов, З. Х., Салиджанов, С. О., & Сабиров, Т. С. (2019). ТЕРРИТОРИАЛЬНЫЕ УСТРОЙСТВА ДЛЯ ПРОИЗВОДСТВА ТОВАРОВ НАРОДНОГО ПОТРЕБЛЕНИЯ В СИСТЕМЕ ПРИРОДА-НАСЕЛЕНИЕ-ХОЗЯЙСТВО (НА ПРИМЕРЕ КОМПЛЕКСНОЙ АГРОПРОМЫШЛЕННОСТИ). Экономика и социум, (10), 481-484.

11. Мадаминов, З. Х. (2019). ГЕОГРАФИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ПОТРЕБЛЕНИЯ НАСЕЛЕНИИ. Экономика и социум, (10), 485-488.

Multidisciplinary Scientific Journa

October, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.