Научная статья на тему 'SHAROF RASHIDOV PUBLISTIKASINING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI (KASHMIR QO’SHIG’I MISOLIDA)'

SHAROF RASHIDOV PUBLISTIKASINING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI (KASHMIR QO’SHIG’I MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

418
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zukko va xalqparvar rahbar / sermulohaza va donishmand yetakchi / ekstensiv foydalanish / paxta yakkahokimligi / yurt ozodligi va mustaqilligi. / smart and popular leader / thoughtful and wise leader / extensive use / cotton monopoly / freedom and independence of the country.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Aynur Ibodullayevna Suyarova

Sharof Rashidov adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan edi. Ushbu maqolada Sharof rashidov publistikasining ijtimoiy xayotagi o‘rni xaqida so‘z borgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Sharof Rashidov was also a literary critic. This article discusses the role of Sharof Rashidov's journalism in public life

Текст научной работы на тему «SHAROF RASHIDOV PUBLISTIKASINING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI (KASHMIR QO’SHIG’I MISOLIDA)»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1131-1134

SHAROF RASHIDOV PUBLISTIKASINING IJTIMOIY XAYOTDAGI O'RNI (KASHMIR QO'SHIG'I MISOLIDA)

Aynur Ibodullayevna Suyarova

JDPI Metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Sharof Rashidov adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan edi. Ushbu maqolada Sharof rashidov publistikasining ijtimoiy xayotagi o'rni xaqida so'z borgan

Kalit so'zlar: zukko va xalqparvar rahbar, sermulohaza va donishmand yetakchi, ekstensiv foydalanish, , paxta yakkahokimligi, yurt ozodligi va mustaqilligi.

ABSTRACT

Sharof Rashidov was also a literary critic. This article discusses the role of Sharof Rashidov's journalism in public life

Keywords: smart and popular leader, thoughtful and wise leader, extensive use,, cotton monopoly, freedom and independence of the country.

KIRISH

Sharof Rashidov - xalqimizning ulug' farzandi, ona O'zbekistonimizni o'ta og'ir va murakkab yillarda boshqargan zukko va xalqparvar rahbar, sermulohaza va donishmand yetakchisi xisoblanadi. U bolalik chog'laridanoq hayot va taqdirning ko'p sinovlariga duchor bo'lgan, tiriklikning achchiq- chuchugiga ham, issiq-sovug'iga ham birdek dosh bergan irodasi bukilmas inson . Ikkinchi jahon urushining ham barcha alam- iztiroblarini o'z jonidan o'tkargan sadoqatli, imoni but millat farzandi edi. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 101 yilligini nishonlash to'g'risida"gi qarori bu insonning xalqimiz oldidagi xizmatlariga, sabot va matonatiga ko'rsatilgan ehtirom va e'tibor namunasidir.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidovich Rashidov 1917 yil 6 noyabrda Jizzax shahrida tug'ilgan. Jizzax pedagogika texnikumini (1935),

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1131-1134

Samarqand dalat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1941). Sharof Rashidov Samarqand viloyati gazetasida mas'ul kotib, muharrir o'rinbosari va muharrir (1937—41,1943), O'zbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat komiteti kotibi (1944—47), «Qizil O'zbekiston» gazetasi muharriri (1947—49), O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1949—50), O'zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1950—59). O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy komiteti 1-kotibi (1959—83) lavozimlarida ishlagan.Sharof Rashidov «Chegarachi» dostoni (1937), «Qahrim» she'rlar to'plami (1945), «G'oliblar» qissasi (1953), «Bo'rondan kuchli» (1958), «Qudratli to'lqin» (1964), «G'oliblar» (1972) romanlari, «Kashmir qo'shig'i» lirik qissasi (1956) muallifi.Sharof Rashidov rahbarlik qilgan yillarda Toshkentda metropoliten ishga tushdi. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi dunyoning eng katta 5 ta aviatsiya birlashmalaridan biriga aylandi. Bu yerda yiliga 60 ta katta samolyot ishlab chiqarilgan. Toshkent traktor zavodida yiliga 21000 traktor, «Tashselmash» zavodida 10000 paxta yig'ish kombayni ishlab chiqarilgan. 1969 yili Muruntov oltin koni ochilib, yiliga 100 tonna oltin qazib olinadi.Sharof Rashidov respublikaga rahbarlik qilgan yillarda qator bunyodkorlik ishlari bilan birga qishloq xo'jaligi yerlaridan ekstensiv foydalanish oqibatida ekologik vaziyatning buzilishi, paxta yakkahokimligining qaror topishi kabi noxush holatlar ham yuz berdi.Sharof Rashidov ikki marta Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), (1977). Lenin mukofoti laureati. 6 marta Lenin ordeni bilan, 4 marta boshqa ordenlar bilan, shuningdek medallar bilan taqdirlangan.

NATIJALAR

Sharof Rashidov qalamiga mansub "Kashmir qo'shig'i" qissasi tabiatning jonlanishi, hayotning kurashdan iborat tabiiy harakati mahorat bilan tasvirlangan asarlardan biridir. Ko'hna hind diyori afsonasi asosida yaratilgan asarda Kashmir va Jammu xalqlarining boy o'tmishi, yurt ozodligi va mustaqilligi yo'lidagi qahramonona kurashlari tabiat timsollarida aks ettirilgan. Teatr ijodiy jamoasi asardagi bu ezgu g'oyalarni qo'g'irchoqlar harakati orqali o'ziga xos badiiy talqin etib, bolalar qalbiga yetkazishga harakat qildi. Yangi sahna asarining taqdimot marosimida teatr mutaxassislari, adabiyotshunoslar, pedagoglar ishtirok etib, uning rejissurasi va ijrosi haqida so'z yuritdi. Qissa mazmuni, ezgu g'oyasi uning qahramonlari - asalarilar shohi - Bambur, gullar malikasi - Nargiz, yovuz, yemiruvchi kuch - Bo'ron, ziroat zararkunandasi - Xorud o'rtasidagi kurash

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1131-1134

qo'g'irchoqlar orqali qiziqarli, bolalar ruhiy dunyosiga mos talqin etilgani barchada katta taassurot qoldiradi.

MUHOKAMA

"Kashmir Qo'shig'i" 17-sentbrda ilk bor lotin yozuvida ikki sharq afsonasi-"Kashmir qo'shig'i" va "Ikki yurak kitobi" asarlari nashrdan chiqdi. Ushbu Sharq afsonasi Sharof Rashidovning 1956-yildagi sovet hukumatining rasmiy delegatsiyasi bilan amalga oshirilgan Hindiston safaridan keyin yozilgan. Indiyaga tashrifi Sharaf Rashidov xotirasida chuqur iz qoldirgan. Boy milliy an'analari, go'zal tabiati, xalq donishmandligi, ko'hna rivoyatlarga to'la bu diyorni haqli ravishda "Ertaklar mamlakati" deb atashgan. Shoir va yozuvchi sifatida bu go'zal va ma'naviy jihatdan rang-barang, madaniy merosi yaqin bo'lgan davlatni e'tiborsiz qoldirishi mumkin emas edi. "Kashmir qo'shigi" she'riy afsonasi har qanday musibatlarni yengib o'tib, yovuzlik ustidan g'alaba qozona oladigan muhabbat va go'zallik tantanasi haqida. Qissadagi kuchlar va obrazlar majoziydir. Unda doimo olijanoblik va qalbning yuksak tuyg'ulari tarannum etilgan, yovuzlik inkor etilgan folklor, ertaklarda aks etgan yaxshilik va yomonlik, muhabbat va nafrat, sadoqat va xiyonat go'zal ko'chma ma'nolarda tasvirlangan. Muallif yuksak hayolat parvozida qalam yuritar ekan, tabiatning jonlanishi, tilga kirishi, yashash uchun kurashdan iborat hayotbaxsh faoliyatni ramziy ma'noda qissaga singdiradi. Qissaning tili boy, lug'ati rang-barang, uslubi shirador, jilvakor uslub ekanligini, majoz, sifatlash, o'xshatishlarga boyligi o'quvchini o'ziga maftun etadi. Sharof Rashidov "Kashmir qo'shigT'ni aynan ijodiy kuchga to'lgan qirq yoshida yozgan ekan. Adib hayot vaqtida ushbu qissa qayta-qayta nashr qilingan.

XULOSA

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, Sharof Rashidovning nomi oqlandi va u Vatanimiz tarixidagi munosib o'rnini egalladi. Birinchi prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Sharof Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi. Sharof Rashidov Toshkentdagi Xalqlar Do'stligi saroyi me'moriy majmuasi uchun qurilish g'oyasining muallifi va ijodiy rahbari sifatida vafotidan so'ng (1994) Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Sirdaryo viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shahridagi ko'chalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan. Sharof Rashidov adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-11-1131-1134

tebratgan edi. Sharof Rashidovning bizga qoldirgan publistik asarlari bizning tarbiya uchun dasturilamal bo'lib xizmat qiladi desak mubolag'a bo'lmaydi.

REFERENCES

1. «Toshkent» ensiklopediyasi. 2009 yil

2.Axmedjanov M.M., Xo'jaev B.Q., Hasanova Z.D. Pedagogik mahorat- Buxoro Davlat universiteti, 2014

3. Manzura, N. (2021). Sustainable Activity in the Teaching Profession and Its Foundations. PsychologyandEducationJournal, 58(2), 1339-1345. 4.Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar / Ta'lim muassasalari o'qituvchi-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar. - T.: "Iste'dod" jamg'armasi, 2008. - 180 b.

www. ziyonet.uz www. ziyonet.uz www.arxiv. uz www. google.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.