Научная статья на тему 'SHAROF RASHIDOV PUBLISTIKASINING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI'

SHAROF RASHIDOV PUBLISTIKASINING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

212
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
publistika / yuksak hayolat parvozi / qalam yuritar ekan / adabiyotshunos / munaqqid / ham qalam tebratish / publistik asarlar. / journalism / high fantasy flight / penmanship / literary critic / both pen shaking / journalistic works.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Aynur Ibodullayevna Suyarovna

Sharof Rashidov adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan edi. Sharof Rashidovning bizga qoldirgan publistik asarlari bizning tarbiya uchun dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Sharof Rashidov was also a literary critic. Sharof Rashidov's publicist works serve as a guide for our upbringing

Текст научной работы на тему «SHAROF RASHIDOV PUBLISTIKASINING IJTIMOIY XAYOTDAGI O’RNI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1078-1081

SHAROF RASHIDOV PUBLISTIKASINING IJTIMOIY XAYOTDAGI

O'RNI

Aynur Ibodullayevna Suyarovna

JDPI o'qituvchi Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Sharof Rashidov adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan edi. Sharof Rashidovning bizga qoldirgan publistik asarlari bizning tarbiya uchun dasturilamal bo'lib xizmat qiladi

Kalit so'zlar: publistika, yuksak hayolat parvozi, qalam yuritar ekan, adabiyotshunos, munaqqid , ham qalam tebratish, publistik asarlar.

ABSTRACT

Sharof Rashidov was also a literary critic. Sharof Rashidov's publicist works serve as a guide for our upbringing

Keywords: journalism, high fantasy flight, penmanship, literary critic, both pen shaking, journalistic works.

«Hech shubha yo 'qki, Sharof Rashidov nomini o'zbek xalqining tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib bo 'Imaydi. Sharof Rashidov o 'z xalqiga va Vataniga fidoyi farzand edi»

Shavkat Mirziyoyev.

KIRISH

Hozirgi kunda mustaqil O'zbekistonda Sharof Rashidovning nomi hurmat-e'tibor bilan esga olinadi. O'zini kuchli rahbar va mohir diplomat sifatida ko'rsata olgan o'zbek xalqining qahramoni kamchiliklarga to'la sovet boshqaruv tizimini o'zbek xalqining o'lchab bo'lmas rivoji uchun yo'naltirgan. Sharof Rashidov adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan edi. Sharof Rashidovning bizga qoldirgan publistik asarlari bizning tarbiya uchun dasturilamal bo'lib xizmat qiladi desak mubolag'a bo'lmaydi.

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYA

Sharof Rashidov xayot yo'li xaqida aytadigan bo'lsak, taniqli davlat arbobi Oktabr inqilobidan bir kun oldin Jizzaxda, dehqon oilasida dunyoga kelgan. U 1941-

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 1078 www.ares.uz

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1078-1081

yil Samarqanddagi O'zbek Davlat Universitetining filoligiya fakultetini , BKP (b) MK qoshidagi Butunittifoq Partiya Maktabini (BPM) (1948, sirtqi) bitirgan. Jizzax pedagogik texnikumini bitirgan. 1935-yildan o'rta maktabda o'qituvchilik bilan shug'ullangan. 1937-41-yillarda Samarqand viloyatining „Lenin yo'li" gazetasida ma'sul kotib, ma'sul muharrir o'rinbosari, gazeta muharriri lavozimlarida ishlagan. 1941-42-yillarda Sovet Armiyasi tarkibida Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan. O'zbekistonga sovet-olmon frontining yaradorlari bilan qaytgan. 1943-44-yillarda „Lenin yo'li" gazetasida muharrir. 1944-47-yillarda O'zbekiston KP(b) Samarqand viloyati qo'mitasi kotibi. 1947-49-yillarda „Qizil O'zbekiston" respublika gazetasida ma'sul muharrir bo'lib ishlagan. Rashidov siyosiy arbob sifatida 1949-50-yillarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi. 1950-59-yillarda O'zbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSP Oliy Sovet Prezidiumi raisi o'rinbosari bo'lib ish faoliyat yuritganlar. . 1959-yil mart oyidan esa O'zbekiston KPMK birinchi kotibi. KPSS XIX-XXIV syezdlari delegate va 1956-yildan MK a'zoligiga nomzod, 1961-yildan KPSS MK a'zosi bo'lib ishlaganlar. 1970-yildan SSSR Oliy Soveti Prezidiumi a'zosi bo'lgan.

NATIJALAR

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, Sharof Rashidovning nomi oqlandi va u Vatanimiz tarixidagi munosib o'rnini egalladi. Birinchi prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan Sharof Rashidov tavalludining 75 yilligi nishonlandi. Sharof Rashidov Toshkentdagi Xalqlar Do'stligi saroyi me'moriy majmuasi uchun qurilish g'oyasining muallifi va ijodiy rahbari sifatida vafotidan so'ng (1994) Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Sirdaryo viloyatidagi tuman, Toshkent va Jizzax shahridagi ko'chalar, maktablar, mahallalarga uning nomi berilgan. Bundan tashqari Sharof Rashidov xotirasini abadiylashtirish maqsadida: -I- Toshkent shahrining Mustaqillik maydoni yonidagi ko'chaga Rashidov

ko'chasi nomi berildi -I- 2016-yil 23-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qarori bilan Jizzax

viloyatining Jizzax tumaniga "Sharof Rashidov tumani" nomi berildi. -I- 2017-yil 28-mart kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash haqida"gi qarori qabul qilindi.

-I- 2017yilning 6-oktyabr kuni Jizzax shahrida Sharof Rashidovning haykali ochildi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1078-1081

MUHOKAMA

Sharof Rashidov ijod yo'li xam o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Uning ilk she'riy to'plami "G'azabim" nomi ostida 1945 yil nashrdan chiqqan. Trilogiyasining birinchi qismi, ya'ni "G'oliblar" romanida (1951) yirik yerlar uchun xalqning kurashi aks etgan. Hamid Olimjonning Oyqiz romanining qahramoni tuman qo'mitasi raisi Jo'raboyevning kotibi - muhandis Smirnov. "Bo'rondan kuchli" romanida (1958) ham xuddi shu qahramonlar tasvirlangan. Fe'l-atvorlar to'qnashuvi, g'oyalar mojarosi va dunyoqarashlar yanada chuqurlashdi. "Balog'at" (1971) romanida qahramonlarning tadrijiy rivoji yakunlanadi. "Qudratli to'lqin" (1964) romani Ulug' Vatan urushi yillari front ortidagi sovet odamlarining qahramonliklariga bag'ishlanadi. "Kashmir qo'shig'i" (1956) nomli o'ychan qissasida hind xalqining ozodlik uchun kurashi aks etgan. 1950 yil Rashidov "Tarix hukmi" nomli publitsistik maqolalar to'plamini chop ettiradi, 1967 yil esa "Do'stlik bayrog'i" kitobi chiqadi. Rashidovning tanqidiy maqolalari sovet adabiyotining dolzarb mavzulariga bag'ishlanadi. 1959 yil 14 mart kuni O'zbekiston Kommunistik partiyasining Markaziy Qo'mitasining Oliy sudidagi qizg'in muhokamalardan so'ng Sharof Rashidov birinchi kotib lavozimiga saylanadi. Mazkur lavozimda Sharof Rashidov Markaz tomonidan yetkaziluvchi buyruqlarni kamaytirishga harakat qilgan, hom-ashyo va kerakli resurslarni yetarli darajada ajratilishiga muvaffaq bo'lgan. Ko'plab muhim inshootlarning qurilishi, Mirzacho'l, Qarshi, Jizzax, Yozyavon, Surxon-Sherobod kabi cho'llarining o'zlashtirilishi uning ismi bilan bog'liq bo'ladi. Sharof Rashidov ijodi o'z vaqtida nafaqat O'zbekistonda balki sobiq ittifoq va chet mamlakatlarda ham mashhur bo'lgan ekan, uning "Kashmir qo'shig'i" qator tillarga tarjima qilingan, hatto rus, yapon va AQSh teatrlarida "Hind afsonasi" nomi bilan baletlar qo'yilgan. "Ikki dil dostoni" qissasi asosida badiiy film olingan. "Kashmir qo'shig'i" qissasini o'qirkanmiz afsonaviy qahramonlar - asalarilar shohi Bambur, gullar malikasi "Nargiz" ijobiy obrazlar ramzi bo'lsa, ularga qarshi turuvchi Bo'ron, zararkunanda Harutlar salbiy obraz sifatida tasvirlanadi. Eng qizig'i Bambur bilan Nargiz tarafida qushlar, gullar, dov-daraxtlar, muattar hidlar, dil rishtalari bog'lanib turadi, ularni himoya qiladi. Bo'ron bilan Horutning izmida shamol, vabo, izg'irin va chaqmoq kabi salbiy qiyofalar paydo bo'ladi. Muallif yuksak hayolat parvozida qalam yuritar ekan, tabiatning jonlanishi, tilga kirishi, yashash uchun kurashdan iborat hayotbaxsh faoliyatni ramziy ma'noda qissaga singdiradi. Qissaning tili boy, lug'ati rang-barang, uslubi shirador, jilvakor uslub ekanligini, majoz, sifatlash, o'xshatishlarga boyligi o'quvchini o'ziga maftun etadi. Sharof Rashidov "Kashmir

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-1078-1081

qo'shig'i"ni aynan ijodiy kuchga to'lgan qirq yoshida yozgan ekan. Adib hayot vaqtida ushbu qissa qayta-qayta nashr qilingan.

XULOSA

Sharof Rashidov maqolanavis — publisistlikdan kamolga yetgan adib darajasiga ko'tarildi. Shuning uchun ham uning badiiy ijodi namunalarida bu ruh yetakchi o'rinni egallaydi. Adibning katta nasr namunalari bo'lgan «G'oliblar», «Bo'rondan kuchli», «Qudratli to'lqin"

romanlarida urushdan keyingi O'zbekiston xalqini, tiklanish yillaridagi mehnat jasoratlari badiiy ifodasini topgan. Uning ijodi asosan 30-yillarning ikkinchi yarmida boshlangan bo'lib, dastlab she'riyatda qalam tebratgan. Uning birinchi she'riy to'plami «Samarqand kuylari" nomi bilan bosilgan. So'ng esa «O'lkam», «Orzuimiz» (1939) kabi she'rlari chop etilgan. Ulug' Vatan urushi davrida fashizmga qarshi g'alabaga yetaklovchi she'rlar yozib, 1945 yilda «Qahrim» nomi bilan to'plam sifatida chop ettiradi. U ayni chog'da adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan edi. sharof rashidovning bizga qoldirgan publistik asarlari bizning tarbiya uchun dasturilamal bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. www. ziyonet.uz

2. www. ziyonet.uz

3. www.arxiv. uz

4. www. google.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.