Pardaboyev A.
Jumanov A.N.
Jizzax politexnika institute Elektr texnologiyasi kafedrasi katta o'qituvchisi
Saidov J.X.
Xamrayev S.O.
Energetika kafedrasi magistr 2-kurs Energiya tejamkorligi va energoaudit
SHAMOLELEKTR STANSIYASINING O'RNATILISH JOYI VA ISH
FOLIYATLARI
Annotatsiya: Atmasfera bosimi, shamol tezligi anemometr hisoblangan.
Kalit so'zlar: gibrid, energiya, shamol, generator, foydali ish koeffitsienti.
Pardaboyev A.
Jumanov A.N.
senior teacher Department of Electrical Technology Jizzakh Polytechnic Institute Saidov J.H. Khamrayev S. O. 2nd year master
Energy Department, Energy saving and energy audit
(thermal energy)
WIND POWER PLANT INSTALLATION PLACE AND WORK
ACTIVITIES
Abstract: Atmospheric pressure, wind speed was calculated by anemometer.
Key words: hybrid, energy, wind, generator, useful work coefficient.
Kirish: Havo oqimi hosil qiladigan mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirish, shamol elektrostansiyalari yordamida amalga oshiriladi. Bir necha shamol qurilmalarining yig'indisi shamol elektrostansiyasini tashkil.
Havo massasining yer atmosferasi atrofida aylanishi ekspertlar tomonidan turlicha baholangan. Shamollarning yillik nazariy zahirasi yer yuzidagi barcha energiya zahiralardan 100 marta ortiq bo'lib, 3300 x 1012 kVt/ soatni tashkil qiladi. Ammo bu energiyaning faqatgina 10-12 % foydalanish mumkin. Masalan,1987 yilda er yuzidagi barcha shamol qurilmalari tomonidan 10 x 1012 kVt/soat energiya ishlab chiqilgan, ya'ni yillik zahiraning atiga 0,3 % dan foydalanilgan. Iqtisodiy jihatdan joydagi shamolning tezligi 5 m/s dan kam
bo'lmasa shamol generatorlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shamol elektrogeneratorlari an'anaviy generatorlardan 2 - 4 barobar qimmatdir. Ammo shamol energiyasi doimiy bo'lgan ba'zi bir regionlarda u muhim energiya manbalaridan hisoblanadi.
Ko'pgina shamol generatorlari sekundiga 3-4 m/s dan yuqori tezlikdagi shamol yordamida ishlaydi. Shamol generatorlari 8-25 m/s tezlikda esadigan shamol yordamida maksimal quvvatga ega bo'ladi. Odatda shamol generatorlarining maksimal ishlash tezligi 25-30 m/s ni tashkil qiladi. Shamol energetikasi ekalogik toza energiya manbaidir. Ammo shamol elektrostansiyalari uchun juda katta hududlar zarur (shamol energetik qurilmalarining bir - biridan uzoqda joylashishi va ular orasidagi masofa ish g'ildiragi diametrining 6-18 barobariga teng bo'lishi kerak). Masalan, ish g'ildiragi D = 100 m bo'lgan shamol energetik qurilmasi uchun 5-7 km2 hudud kerak. Butun boshli shamol elektr stansiyasi uchun esa o'nlab km2 hudud zarur. Boshqa bir noqulay tarafi - ish g'ildiragi shovqin chiqarib va havoni tebratib ishlashi natijasida teleradio eshittirishlarga halaqit beriladi. Shamol energiyasidan foydalanish bo'yicha Germaniya birinchi o'rnini egallab kelmoqda. Bu mamlakatda shamol energiyasini ishlab chiqarish yiliga 500 -1500 MVt ga ko'paymoqda, hozirgi vaqtda ishlab chiqariladigan energiya miqdori 2 mln.kVt/soatdan oshib ketdi.
Shamol elektrostansiyalari. Bir necha shamol qurilmalarining yig'indisi shamol elektrostansiyasini tashkil qiladi. Quvvatiga nisbatan shamol elektrostansiyalarini 3 guruhga bo'lish mumkin.
O'rtacha quwatli
Havo sharlari er sathidan 500 m balandlikkacha o'rnatilishi mumkin. Havo shariga o'rnatilgan shamol energoqurilmalari ishlab chiqaradigan elektroenergiya, metall troslarga bog'langan elektr simlari orqali erga uzatiladi. Kanadaning «Magenn Power» kompaniyasi ishlab chiqqan uchib turuvchi havo shari energetik qurilmalari ham, geliy gazi bilan to'ldiriladi. Havo shari qurilmasi o'zining gorizontal o'qi atrofida aylanish orqali elektro - energiya ishlab chiqaradi. Havo shari qurilmasining ma'lum balandlikdagi barqaror turishi, Magnus effekti hisobiga amalga oshiriladi. Ishlab chiqarigan energiya metalla troslarga bog'langan elektr simlari orqali, simlarni o'rab yig'uvchi
chig'ir va transformatorlar o'rnatilgan maydonchaga uzatiladi. Kompaniya ishlab chiqaradigan ushbu konstruksiyadagi havo shari:
Shamol generatorlari-shamolning kinetik energiyasini elektr energiyaga aylantirib beruvchi qurilma. Shamol generatorlarini kki xil turi mavjud: sanoat va uy uchun. Sanoat uchun shamol generatorlari davlat yoki katta energetik korporatsiyalar tomonidan quriladi. Ushbu qurilmalar energiyasi bir joyga to'planadi va natijada shamol elektrostansiyalari vujudga keladi. Uning asosiy farqi-ishlashi uchun xom ashyoning zarur emasligi hamda hech qanday chiqindi chiqmasligidir. Uning asosiy talablaridan biri - yillik o'rtacha shamol tezligining yuqori bo'lishidir. Har bir sanoat energetik qurilmalarida o't o'chirish tizimi, shamol generatorini ishlashi haqida ma'lumot berib turuvchi telekommunikatsion tizim hamda chaqmoqdan himoya qilish tizimi mavjud. Zamonaviy shamol generatorlarining quvvati 6 MVt(6000 kVt)gacha etadi. SHamol generatorining turlari. Shamol turbinalarinig ikkita aso-siy turlari mavjud: vertikal va gorizontal aylanish o'qli. Vertikal o'qli turbinalar kichik tezlikdagi shamollarda ishlaydi, shuning uchun ular past samarali hisoblanadi.
Shuning uchun vertikal o'qli turbinalar juda kam qo'llaniladi. Asosan ular uy uchun o'rnatiladi. Uy uchun quriladigan shamol qurilmalarini qo'llash tez sur'atlar bilan rivojlanib bormokda. Odatda uncha katta bo'lmagan uy uchun 1 kVt atrofidagi elektroenergiyani 9 m/s tezlikda esayotgan shamol energiyasidan olish mumkin. Hozirgi kunda MCHJ «Dialog» tomonidan mamlakatimiz viloyatlarida 1-3 kVt/soat quwatli shamol qurilmalari o'rnatilib ishlatilmoqda.
1
Wind currents
m i
Transformer National grid
power lines
[21
Electricity
Power substation
Adabiyotlar:
1. 1. Nabijonovich J. A. Renewable energy sources in Uzbekistan //ACADEMICIA: An InternationalMultidisciplinary Research Journal. - 2020. -T. 10. - №. 11. - S. 769-774.
2. Jumanov A. N. i dr. ELEKTR TARMOQLARDAGI ELEKTR ENERGIYA ISROFLARNI TUZILISHI //Academic research in educational sciences. - 2021. - T. 2. - №. 4.
3. Mustafakulov A. A., Arzikulov F. F., Djumanov A. Ispolzovanie Alternativno'x Istochnikov Energii V Gorno'x Rayonax Djizakskoy Oblasti Uzbekistana //Internauka: elektron. nauchn. jurn. - 2020. - №. 41 (170).