Научная статья на тему 'SHAHRISABZ MAHALLALARINING OʻRTA ASR SHAHARSOZLIGI NAMUNASI VA XX ASRGA OID TARIXI'

SHAHRISABZ MAHALLALARINING OʻRTA ASR SHAHARSOZLIGI NAMUNASI VA XX ASRGA OID TARIXI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Xurramov M.

Shahrisabz tarixiy markazi 1973-yilda “Respublika uchun muhim yodgorlik” etib belgilangan. Shahar Oʻzbekiston Vazirlar Kengashining 1973-yildagi 339-sonli qarori bilan “Tarixiy shaharlar” roʻyxatiga kiritilgan. Oʻzbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlari mulkni yetarli darajada himoya qilishni ta’minlaydi va tarixiy markazdagi yangi shahar qurilishlarini tartibga soladi. Mulkni boshqarish Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish hududiy inspeksiyasi tomonidan viloyat hokimliklari ishtirokida amalga oshiriladi. Toshkent davlat arxitektura-qurilish instituti tomonidan yiliga bir yoki ikki marta obidalar monitoringi olib boriladi. Asosiy yodgorliklar yaxshi sharoitda va ijaraga olingan joylardan olingan daromad mulkni boshqarish uchun mablagʻlarni ta’minlaydi. Shahar devorlarini tiklash kabi loyihalar uchun davlatdan qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi. Mulkni uzoq muddatli muhofaza qilishni ta’minlash uchun kompleks muhofaza qilish va boshqarish rejasini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlanib oʻtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAHRISABZ MAHALLALARINING OʻRTA ASR SHAHARSOZLIGI NAMUNASI VA XX ASRGA OID TARIXI»

SHAHRISABZ MAHALLALARINING O'RTA ASR SHAHARSOZLIGI NAMUNASI VA XX ASRGA OID TARIXI

Xurramov M.

Shahrisabz davlat muzey qo 'riqxonasi bosh mutaxasisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.11166796 Shahrisabz tarixiy markazi 1973-yilda "Respublika uchun muhim yodgorlik" etib belgilangan. Shahar O'zbekiston Vazirlar Kengashining 1973-yildagi 339-sonli qarori bilan "Tarixiy shaharlar" ro'yxatiga kiritilgan.

O'zbekiston Respublikasining tegishli qonun hujjatlari mulkni yetarli darajada himoya qilishni ta'minlaydi va tarixiy markazdagi yangi shahar qurilishlarini tartibga soladi. Mulkni boshqarish Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish hududiy inspeksiyasi tomonidan viloyat hokimliklari ishtirokida amalga oshiriladi. Toshkent davlat arxitektura-qurilish instituti tomonidan yiliga bir yoki ikki marta obidalar monitoringi olib boriladi. Asosiy yodgorliklar yaxshi sharoitda va ijaraga olingan joylardan olingan daromad mulkni boshqarish uchun mablag'larni ta'minlaydi. Shahar devorlarini tiklash kabi loyihalar uchun davlatdan qo'shimcha mablag' ajratiladi. Mulkni uzoq muddatli muhofaza qilishni ta'minlash uchun kompleks muhofaza qilish va boshqarish rejasini ishlab chiqish zarurligi ta'kidlanib o'tilgan.

Shahrisabz mahallalarida tarixiy qurilgan xonadonlar saqlanib qolishga harakat qilingan, lekin ko'p emas. Ushbu ko'chalarda joylashgan xonadonlarda ko'rishimiz mumkin bo'lgan barcha dekorativ uslublar, samarqancha arxitektura namunalari hisoblanadi. Tarixdan Shahrisabzning ba'zi ko'chalari tor, xonadonlari zich joylashgan. Sayyohlar ko'p bo'lganligi uchun, merosiy obidalar atrofidagi ko'p xonadonlar sayyohlar uchun turar joylarga aylantirilgan, mana shunday xonadonlarda istiqomat qiluvchi samarqandliklar o' z xonadonlarini vayronalikdan asragan xolda, xonadonlarini milliylikga xos rekanstruksiya qilganlar, sabababi u yerdagi sayyoh samarqancha muhitni his qilishi kerakligi. Aksariyat xonadonlarning arxitekturaviy dizayni - hovliga kirish qismida o'ng tomonida ham chap tomonida ham xonadonlar joylashgan bo'ladi, hovli aylana uslubda arkli bo'lgan holda qurilgan, hovli o'rtasida hovuzcha va daraxt dekaratsiylari joylashgan bo'ladi. O'rta asr me'morchiligiga oid ko'plab inshootlar hozirda saqlanib qolgan holda, muzey yoki turistik markaz sifatida qo'llaniladi. Samarqand shahrida ham turli me'moriy obidalarga boy hududlar mavjud.

Temuriylardan qolgan yodgorlik obidalari dunyoga me'morchilikning eng yoqimli obidalari bilan tanilgandir, Amir Temur hukmronligi davrida qurilgan turar joy me'morligi o'zining hashamatliligi, muhandislik ilmining yuksakligi, serhasham

bezaklarga boyligi bilan ajralib turadi. Tarixiy manbalarda saroy, chorbog' va boshqa haqida qiziqarli ma'lumotlar saqlangan.

Shahar markazlarida mahallalar, guzarlar shakllanib, ularda ko'plab do'konlar (chorsu, tim, toklar) bilan birga hunarmandlar va savdogarlar o'zlarining hashamatli qarorgohlarini qurdilar. Turar joylar ichki va tashqi hovlilarga ega bo'lib, uy egasining maqomiga ko'ra jihozlangan. Mehmonxonalar betakror milliy bezaklar (tokchalar, taxmonlar, vassallar, hovuz, devor naqshlari) bilan bezatilgan. Gilam, choyshab, so'zana, sandh, quti, xontaxta kabi uyro'zg'or buyumlari bilan jihozlangan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo'qon, Toshkent kabi eski shaharlarda o'rta asrlarga oid turar-joy binolari namunalari saqlanib qolgan bo'lib, ularda binoning o'ziga xos shakli, past balandliklar nisbati, mahalliy qurilishlardan foydalanish ko'zda tutilgan. materiallar, quyoshning jazirama issiqligini to'sish usullari hisobga olingan. Uylarning fayzi hovlilar orqali ko'rsatilgan, ko'cha tomondan faqat o'yilgan eshik va darvoza oldidagi ayvon ko'rinadi. Shahrizabzning o'rta asr qarorgohlari hovlilarini ayvonsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Yopiq Chorsu bozori ikki asosiy ko'chaning kesishgan joyida, markaziy gumbazli sakkiz burchak ko'rinishida, alohida bezaksiz, ammo o'ziga xos me'morchilikning tashqi ta'sirini hisobga olgan holda qurilgan. Shahrisabzda nafaqat temuriylar davriga oid ko'zga ko'ringan yodgorliklar, balki masjidlar, maqbaralar, qadimiy uylarning butun xonadonlari ham bor. Ushbu yodgorliklardan tashqari shaharchada zamonaviyroq davrga oid turli qiziqarli inshootlar, jumladan Mirhamid, Chubin, Qunduzor va Kunchibar masjidlari ham mavjud. O'sha davr uylari ko'proq mashhur me'moriy uslubni aks ettiradi, xonalar odatda arkli hovli atrofida joylashgan.

Hozirgi vaqtda turar-joy arxitekturasi turli jihatlarga ko'ra tasniflanadi, jumladan, qurilish materiallari (g'isht, beton), qurilish texnologiyasi (katta blok, panel), o'zaro bog'liqlik (blok, alohida), loyihani amalga oshirish jihatlari (individual, takroriy ), qavatlar bo'yicha.bir qavatli, ko'p qavatli), uylarning (kvartiralarning) birikmasiga ko'ra (galereyali hovli kabi), mulkchilik shakliga ko'ra (xususiy, korxona, davlat mulki), hovlining mavjudligi va boshqa jihatlari. Shahar tashqarisidagi turar-joylar oddiyroq ko'rinishi bilan ajralib turadi.

Shaharning mahalliy aholisi turar joyining eng muhim fayzlari uning qulayligi va tashqi ko'rinishidir. Ular ko'proq me'moriy yechim bilan ta'minlangan (turli, ba'zan bir-biriga zid bo'lgan talablarni uyg'unlashtiradigan, qurilish materiallarining konstruktiv va badiiy fazilatlarini to'liq ochib beradigan reja va boshqalar). Mahalliy aholining turar joylarida rasm va o'ymakorlik kabi bezaklardan keng foydalaniladi. Aholi turar joylarida asbob-uskunalar (maishiy), shu jumladan joriy muhandislik ta'minoti (issiq, sovuq suv, gaz, elektr energiyasi), kanalizatsiya, ventilyatsiya, konditsionerlik va boshqalar katta ahamiyatga ega. Har xil mebel

buyumlari (divan, stul, yumshoq mebel kabi) xonalarga qulaylik yaratadi. Maishiy texnika (muzlatgich, televizor, kompyuteг) foydalanishi kengaymoqda. Ko'pgina mebel buyumlarini yaгatish san'at daгajasiga ko'tarilgan (kulolchilik, o'ymakoгlik, gilamdo'zlik, kashtachilik va boshqalar).

Samarqandga tashrif buyuгgan, ko'zdan kechirayotgan ko'plab sayyoЫaг, kamdan-kam istisnolardan tashqaгi, Samaгqandda o'zlaгi sayohat qilishadi. Shahaming asosiy me'moгiy diqqatga sazovor joylaгidan tashqari, ular kamdan-kam hollarda shahaгga boshqa, kam ma'lum bo'lgan nuqtai nazardan qarashga muvaffaq bo'lishadi. TuristlaT o'zlaгining sayohat yo'гiqnomalarida bunday ma'lumotlami topa olmaydilar, sayyohlik agentliklari bunday turlarni tashkil etmaydilar, natijada shaharning madaniy va tarixiy qatlamining butun qatlami o'rganilmaganligicha qoladi.

Shahrisabzda ko'plab go'zal yodgoгliklaг, xususan, O'rta asгlaгda O'гta Osiyoda katta madaniy va siyosiy ahamiyatga ega bo'lgan temuriylar davriga oid yodgorliklar mavjud. Shahrisabzdagi binolar, xususan, Oqsaroy saroyi va Temur maqbarasi bu hudud me'morchiligiga katta ta,siг ko'гsatgan uslubning yorqin namunasidiг. O'гta asгlaг shaharchasining baгcha asl taгkibiy qismlaгi, jumladan, temuгiylaг davгida quгilgan noyob me'moriy yodgoгliklaг va an'anaviy uylaг shahar devorlarining tiklanishi bilan belgilangan mulk chegaralarida joylashgan. Sovet davridagi ba'zi o'zgartirishlariga qaгamay, shahaming taгixiy shahar tuzilishi buzilmagan. Yodgoгliklaгning aгxitektuгaviy yaxlitligiga ta'sir qiluvchi asosiy omil - bu yer osti suvlaгi sathining ko'tarilishi. Shuning uchun tarixiy hudud atrofida dгenaj tizimi talab qilinadi. Shahrisabzda shahar me'moгchiligi duгdonalaгi juda ko'p bo'lsada, uning tarixiyligini bayon etib beruvchi eng qadimiy yodgorligi bu Oqsaroy hisoblanadi. Oqsaroy qurilishida ko'plab o'z kasbining ustalari bo'lgan me'morlar ter to'kishgan.

Shu bilan birga, Samarqanddagi, Shahrisabzning mahallalari va ularda istiqomat qiluvchi xalqlarning xonadonlari haqida so'z yuritdik. Biz qadimiy shaharda me'moriy merosdan tashqari qiziq narsa yo'q degan keng tarqalgan fikrni rad etishga harakat qildik. To'g'ri, Shahrisabz mahallalari Xiva yoki Buxorodagidek eshiklari o'yilgan taxta uylarning me'moriy muhitini saqlab qolmagan, balki madaniy muhitni saqlab qolgan: Samarqand mahallasi shaffof shahar muhiti bilan ajralib turadir. Ko'k gumbaz ostidagi koshinlar alohida e'tiboringizni jalb qilishi turgan gap. Bejiz emaski, Samarqand YUNESKO tomonidan "madaniyatlar chorrahasi" sifatida Jahon merosi ro'yxatiga kirgan.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, Shahrisabzda mana shunday me'morchilikga ega bo'lgan tarixiy obidalar borligi, ushbu hududdagi boshqa

mahalliy obidalar ham me'morchilik san'atining eng oliy namunalari ekanligiga endi shubxa qilmaymiz.

Adabiyotlar:

1. M.Q. Ahmedov. History of Central Asian Architecture. Tashkent. "Uzbekistan" 1995.

2. Isomuhammadiyeva D. U., Mirzaev M. K. The theory of modern urban planning. - Tashkent. 2016

3. Isomuhammadiyeva D. U., Mirzayrv M. K. Modern urban planning theory. Tashkent: 2015.

4. Akhmedov M.Q. Aesthetics of cities.- Textbook- Tashkent: 2016.

5. Mirzaev M K. District planning and territorial placement.- Tashkent "Science and Technology" 2014.

6. Pulatov X. History of urban planning. Textbook - Tashkent: 2008.

7. Kholmatov A. T., Usmonov Q.T. The city area is complex beautification Study guide. - Tashkent: 2014

8. Po'latov.X. History of Urban Planning. Textbook - Tashkent. 2008.

9. Voronina V.L.,Narodnie traditsii arxitekturi Uzbekistana, M., 1951;

10. Adilov SR., Tursunov F.Yu. i dr. Gorod, rojdenniy dvajdi, M., 1970;

11. Asamov X.A., Borovkov I.I., Pletnev I. Ye., Jilishnograjdanskoye stroitelstvo Uzbekistana za 50 let, M., 1974;

12. Kadirova T.F., Arxitektura Uzbekistana, M., 1987. Po'lat Zohidov, Xayrulla Po'latov.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.